ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
| I. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, mahalliy sanoatni rivojlantirish, investitsiyalarni faol jalb qilish va eksport hajmini oshirish | ||||
| 1. | Yalpi hududiy mahsulot hajmini 50,4 trln soʻmga (oʻsish surʼati 104,4 foiz) yetkazish. | 1. Yalpi hududiy mahsulot tarkibida sohalar boʻyicha qoʻshilgan qiymatni oshirish, shundan, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari hajmini 103,5 foizga, sanoat hajmini 107,0 foizga, qurilish hajmini 104,0 foizga, xizmatlar hajmini 112,0 foizga oʻsishiga erishish. 2. Hududlar kesimida belgilangan prognoz parametrlarini bajarilishini tahlil qilib borish. | 2023-yil dekabr | Buxoro viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 2. | Ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan yangi turdagi mahsulotlarni mahalliylashtirish. | 1. Mahalliylashtirish boʻyicha 122 ta loyiha doirasida 1,7 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish. | 2023-yil yakunigacha | Buxoro viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 2. Keyingi yil uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining manzilli dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil noyabr | |||
| 3. | Viloyat hududidan oʻtuvchi xalqaro avtomobil yoʻli atrofida yoʻlboʻyi infratuzilmasini hamda turizm, taʼlim va tibbiy xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini yaratish. | 1. 2023-yilgi investitsiya dasturi doirasida xizmat koʻrsatish sohasida yangi loyihalarning oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlash. | Dasturlarda belgilangan muddatda | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 2. 3500 ta yangi servis obyektini tashkil qilish orqali 5 ming nafar yangi ish oʻrinlari yaratish. | 2023-yil davomida | |||
| 3. Xalqaro avtomobil yoʻlining hududdan oʻtuvchi qismida 45 ta yangi savdo va servis obyektini ishga tushirish. | tarmoq jadvali asosida | |||
| 4. | Turizm yoʻnalishiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish, xususiy sektor uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholi bandligini oshirish, viloyatning turistik salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda targʻib qilishni jadallashtirish. | 1. Ekoturizm va boshqa turdagi turizm marshrutlarini tashkil etish va ularni sayyohlarga taklif etish. | 2023-yil noyabr | Buxoro viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi |
| 2. Turistik obyektlar komplekslarida mahalliy va tarixiy hunarmandchilikning amaliy ustaxonalarini koʻpaytirish, turistlarga mahsulot yaratilishi jarayonini kuzatish va mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etish imkoniyatini yaratish. | 2023-yil | |||
| 3. 280 ming xorijiy va 200 ming nafar mahalliy sayyohlarni jalb qilish. 8 ta joylashtirish vositalarini tashkil qilish va ularning sonini 547 taga, turoperatorlar sonini 140 taga yetkazish. | 2023-yil yakuniga qadar | |||
| 5. | Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmini 568,4 mln dollarga yetkazish. | 1. Joriy yilda 29 ta loyiha doirasida xorijiy investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirish prognoz koʻrsatkichlari ijrosini taʼminlash. | 2023-yil | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, tijorat banklari, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. Qoʻshimcha 220,7 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish choralarini koʻrish. | 2023-yil | |||
| 6. | Sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi hududiy investitsiya loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirish. | 1. Hududiy investitsiya dasturi doirasida 349 ta loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish, muammoli loyihalarni hal etish yuzasidan zarur tezkor va amaliy choralar koʻrish. | 2023-yil | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Markaziy bank, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. Davlat inves�itsiya dasturi doirasida Buxoro shahridagi 1 ta, Kogon shahridagi 1 ta, Gʻijduvon tumanidagi 1 ta, Qorakoʻl tumanidagi 1 ta va Kogon tumanidagi 3 ta loyihalarni, shuningdek, hududiy investitsiya dasturi doirasida kredit mablagʻlari ajratilishi kechikayotgan 53 ta loyihaning muammolarini oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatish. | 2023-yil noyabr | |||
| 3. Amalga oshirilgan loyihalar doirasida yaratiladigan ish oʻrinlariga fuqarolarni ishga qabul qilishda mahallalardagi hokim yordamchilari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish. | doimiy | |||
| 4. Yaratilgan ish oʻrinlari va mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib borish. | doimiy | |||
| 7. | Eksport hajmini 300,0 mln dolla�ga (oʻsish surʼati 130 foiz) yetkazish. | 1. Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushini koʻpaytirish, shuningdek, mavjud xomashyo resurslarini qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobiga eksport tarkibidagi ulushini kamaytirish. | 2023-yil davomida | Buxoro viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 2. Xizmatlar eksporti hajmini oshirish. 3. Eksportchi korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini faol davom ettirish orqali eksportyor korxonalar sonini oshirish. | 2023-yil davomida | |||
| 8. | Oʻzbekiston R�spublikasi Vazirlar Mahkamasining | 1. Hukumat qarori va bayoniga muvofiq istiqbolsiz deb topilgan 24 ta loyihalarni oʻrniga-oʻrin muqobil ravishda yangi loyihalarga almashtirish. 2. Yangi loyihalarni hududiy tijorat banklari tomonidan moliyalashtirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish. | 2023-yil noyabr | Buxoro viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari |
| II. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash | ||||
| 9. | 7792 ta faoliyat koʻrsatmayotgan va faoliyatini vaqtincha toʻxtatib qoʻygan, ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanmayotgan sanoat korxonalarning quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish. | 1. Faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalarning 538 tasi faoliyatini tiklash va shu orqali ish oʻrinlarini saqlab qolish. 2. Istiqbolsiz va faoliyatini tiklash imkoni boʻlmagan, soliq yoki boshqa toʻlovlardan qarzi boʻlmagan korxonalarni oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan chiqarish choralarini koʻrish. | 2023-yil yakuniga qadar | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 3. Ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan sanoat va xizmat koʻrsatish korxonalari hamda faoliyati toʻxtab qolgan tadbirkorlik subyektlarini oʻrganib chiqib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralarni belgilash. | 2023-yil oktyabr | |||
| 4. Qoʻshimcha 203 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish va 7 mlrd soʻmlik soliq tushumlarini taʼminlash. | 2023-yil yakuniga qadar | |||
| 10. | Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan resurs mablagʻlaridan samarali foydalanish. | 1. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida hokim yordamchilari tomonidan tavsiyanomalarni loyihalarni oldindan sinchkovlik bilan tahlil qilgan holda berish. 2. Qarz oluvchi tomonidan ariza rasmiylashtirilayotgan paytda fuqaroning manzili avtomatik ravishda oilakredit.uz platformasiga kiritilishini taʼminlash maqsadida platformani Ichki ishlar vazirligi bazasi bilan integratsiya qilish choralarini koʻrish. | 2023-yil yakuniga qadar | Markaziy bank, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
| 11. | Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi 59,8 mlrd soʻmlik muammoli kredit qarzdorliklarini qisqartirish. | 1. Viloyat, tuman hokimliklari, sektor rahbarlari, hokim yordamchilari va tijorat banklari bilan birgalikda ishchi guruhlarni tashkil etish. | 2023-yil noyabr | Markaziy bank, tayanch tijorat banklari, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. Muammoli kreditlarni soʻndirish boʻyicha oyma-oy grafiklarni ishlab chiqish, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasida shtab tashkil qilish. | doimiy | |||
| 12. | Hokim yordamchilari koʻmagida mikroloyihalarni tashkil etish orqali aholi bandligini taʼminlash. | Viloyatdagi 28 ta mahallada, jumladan, Romitan tumanida 10 ta, Shofirkon tumanida 6 ta, Kogon shahrida 5 ta, Buxoro shahrida 4 ta, Gʻijduvon tumanida 2 ta, Vobkent tumanida 1 ta mahallalarda mikroloyihalarni amalga oshirish. | 2023-yil yakuniga qadar | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, tijorat banklari |
| 13. | Mahallalar ixtisoslashuvini hisobga olgan holda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida mikromarkazlarni tashkil etishni yanada jadallashtirish. | 1. Jondor tuman mahallalarida mikromarkazlarni ishga tushirish. | 2023-yil yakuniga qadar | Buxoro viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
| 2. Mikromarkazlarni zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya va transport tarmoqlari bilan taʼminlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2023-yil yakuniga qadar | |||
| 3. Mikromarkazlarni istiqbolda tashkil etish uchun boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil dekabr | |||
| III. Sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, boʻsh turgan bino va inshootlardan unumli foydalanish | ||||
| 14. | Kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalariga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish holatini yaxshilash. | 1. Boʻsh turgan yer maydoni hududini zarur infratuzilma bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2024-yil mart | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. Kichik sanoat zonasiga tadbirkorlik subyektlarini faol jalb etish. | 2023-yil davomida | |||
| 3. Kichik sanoat zonalarida loyihalar joylashtirilishini oxiriga yetkazish. | 2024-yil davomida | |||
| 4. Investitsiya majburiyatlarini muddatida bajarmasdan tarmoq jadvalidan ortda qolgan loyihalarni xatlovdan oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2023-yil dekabr | |||
| 15. | Erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar san�at va tadbirkorlik zonalarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanganlik holatini yanada yaxshilash. | 1. Buxoro viloyati shahar va tumanlarida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanganlik holatini yanada yaxshilash. | 2023-2024-yillar davomida | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanganlik holati yaxshilangan erkin iqtisodiy zonalar, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida loyihalarni ishga tushirish choralarini koʻrish. | 2024-yil davomida | |||
| 16. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-noyabrdagi PQ-13-sonli qarori bilan “Gʻijduvon” EIZ tarkibiga Peshku tumani hududidan ajratilgan 100 gektar yer maydonini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash. | “Gʻijduvon” EIZning Peshku hududiga zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish boʻyicha asoslangan hisob-kitoblar asosida tegishli takliflarni tayyorlash va keyingi yil muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash yuzasidan qabul qilinadigan manzilli dasturlarda aks ettirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritish. | bir oy muddatda | “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Buxoro viloyati hokimligi |
| 17. | Peshku tumani Turkiston massivida joylashgan kichik sanoat zonasini optimallashtirish (tugatish) choralarini koʻrish. | 1. Peshku tumani Turkiston massivida joylashgan kichik sanoat zonasini optimallashtirish (tugatish) taklifini Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishish. | bir oy muddatda | Buxoro viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 2. Sanoat zonasini optimallashtirish (tugatish) masalasini belgilangan tartibda Xalq deputatlari viloyat Kengashi muhokamasiga kiritish. | 2023-yil yakuniga qadar | |||
| 18. | Boʻsh turgan bino-inshootlardan samarali foydalanish. | 1. Boʻsh turgan bino-inshootlarni aniqlash va ushbu obyektlarga tadbirkorlarni jalb qilish. 2. Xususiylashtirish dasturlari doirasida auksionga chiqarilgan 60 ta obyektni sotish choralarini koʻrish. 3. Ushbu obyektlarga investitsiya kiritish orqali yangi ish oʻrinlari yaratilishini taʼminlash. | 2023-2024-yillar davomida | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| IV. Yangi ish oʻrinlari yaratish, aholini daromadli mehnat bilan band qilish va shu orqali kambagʻallik hamda ishsizlikni qisqartirish | ||||
| 19. | Norasmiy ishlayotgan 1,8 ming nafar fuqarolarning bandligini legallashtirish. | 1. Hududda doimiy ravishda norasmiy bandlik diagnostikasini oʻtkazish, norasmiy bandlikni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish. | 2023-yil | Buxoro viloyati hokimligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
| 2. Qurilish brigadalarini tashkil etgan fuqarolarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish hamda subsidiyalarni olishda koʻmaklashish. | 2023-yil davomida | |||
| 20. | Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan 50 ming nafar fuqarolar bandligini taʼminlash va reintegratsiya qilish choralarini koʻrish. | 1. Mehnat migrantlarini doimiy ishga joylashtirish va oʻzini oʻzi band qilishda amaliy yordam koʻrsatish. | 2023-yil davomida | Buxoro viloyati hokimligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
| 2. Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarning bandligini taʼminlashda reintegratsiya markazlaridan hamda hokim yordamchilari koʻmagida mikroloyihalarni tashkil etish, subsidiyalash mexanizmlaridan keng foydalanish. | 2023-yil davomida | |||
| 21. | Yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini taʼminlash. | 1. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlangan dastur doirasida 250,0 ming (qishloq xoʻjaligi sohasida 149,1 ming, tadbirkorlik va xizmat koʻrsatish 74,8 ming, investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 15,5 ming, qurilish sohasida 10,6 ming) aholi bandligini taʼminlash ishlarining monitoringini yuritish. | 2023-yil | Buxoro viloyati hokimligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
| 2. Hududiy investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga yaratilgan yangi ish oʻrinlarida aholi bandligini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirib borish. | 2023-yil | |||
| 3. Yirik investitsiya loyihalarining belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi va ularda yaratilgan ish oʻrinlari hamda mavjud boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib borish. | 2023-yil | |||
| 22. | Mahallabay ishlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini takomillashtirish. | 1. Faoliyat samaradorligi past boʻlgan hokim yordamchilarini rotatsiya qilish. | 2023-yil | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlari hamda mikroloyihalarni tashkil etish orqali bandligi taʼminlangan fuqarolarni onlayn mahalla platformasiga kiritib borish. | 2023-yil | |||
| 3. Subsidiya mablagʻlaridan foydalanish koʻrsatkichlari past boʻlgan hududlarda targʻibot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish. | 2023-yil oktyabr | |||
| 4. “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini chuqur tahlil qilish, ularni bartaraf etish hamda daromadli mehnat bilan band qilish choralarini koʻrish. | 2023-yil | |||
| 5. Kvotalangan ish oʻrinlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotg�n shaxslarni ishga joylashtirish. | 2023-yil | |||
| 23. | Qishloq xoʻjaligi sohasida bandligi taʼminlangan aholi hisobining, shuningdek, yaratilgan ish oʻrinlari va mavjud boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Yagona milliy mehnat tizimida toʻliq qayd etilishini taʼminlash. | 1. Qishloq xoʻjaligi sohasida doimiy va mavsumiy ishlarda band boʻlgan aholining hisobini yuritishdagi tafovutlarni bartaraf etish. | 2023-yil | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. Ish oʻrinlarida aholi bandligining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishini taʼminlash. | 2023-yil | |||
| 3. Yaratilgan ish oʻrinlari va mavjud boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib borish. | muntazam | |||
| 4. Ochiq elektron tanlov natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan fuqarolarga dehqon xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatish. | elektron tanlov yakunlariga koʻra | |||
| 24. | Hududlarni ixtisoslashuvidan kelib chiqib 832 nafar ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunarga oʻqitish. | 1. Ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitishni tashkil qilish. | 2023-yil | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. Tadbirkorlik subyektlari bilan manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali bitiruvchilarning bandligini taʼminlash. | 2023-yil davomida | |||
| V. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, belgilangan topshiriqlarning bajarilishi | ||||
| 25. | Mahallalar ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasini oshirish hamda tadbirkorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish. | 1. Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ijrosini taʼminlash yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish: dastur ijrosi yuzasidan sektor rahbarlari va boshqa aloqador mutasaddilarning xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida hisobotini eshitish; qurilish-taʼmirlash ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish; bajarilgan ishlar boʻyicha mablagʻlarning qonuniy sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish. | 2023-yil yakunigacha | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Transport nazorati inspeksiyasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, Bosh prokuratura, Buxoro viloyati hokimligi |
| 26. | 2023 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida obyektlarni oʻz muddatida va sifatli tarzda foydalanishga topshirish (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli qarori). | 1. Dastur doirasida viloyat hududida joriy yilda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarining oʻz vaqtida va sifatli tarzda topshirilishini taʼminlash. Bunda: qurilish-montaj ishlarini tarmoq jadvali asosida olib borish; obyektlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish; ishsiz va qurilish brigadalarini tashkil etgan fuqarolarni qurilish ishlariga keng jalb qilish; qurilish sohasida norasmiy band boʻlganlarning mehnat faoliyatini legallashtirish; qurilish ishlari amalga oshirilishi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda obyektlarni jamoatchilik nazorati ostida qabul qilish. | Shartnomada belgilangan muddatda | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Buxoro viloyati hokimligi |
| VI. Mahalliy budjet ijrosi samaradorligini oshirish | ||||
| 27. | Budjet tushumlarini koʻpaytirish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni yigʻish samaradorligini oshirish orqali budjetga 3,5 trln soʻm tushumlarni taʼminlash. | 1. Soliq toʻlovchilarning budjet oldidagi mavjud boqimanda qarzdorligini undirish. 2. Soliq turlari boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarining toʻliq bajarilishini taʼminlash. | 2023-yil davom�da | Buxoro viloyati hokimligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
| 3. Soliq maʼmurchiligi asosida soliq solish obyektlarini toʻliq hisobga olish. | 2023-yil davomida muntazam | |||
| 28. | Mahalliy budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish. | 1. Mahalliy budjetning qoʻshimcha manba mablagʻlarini Budjet kodeksiga muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tegishli qarorlari asosida sarflash. | doimiy | Buxoro viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 2. Budjet mablagʻlari hisobidan xaridlarni amalga oshirishda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga qatʼiy rioya etish. | doimiy | |||
| 29. | Tashabbusli budjet doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish. | 1. Tashabbusli budjet doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat tadbirlarida aniqlangan 6 ta holatda 6,8 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklarni bartaraf etish. | 2023-yil davomida | Buxoro viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
| 2. Har bir tadbirni amalga oshirishning barcha bosqichlari ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda loyihalarning ijrosi natijalariga koʻra jamoatchilik nazorati ostida qabul qilishni tashkil etish. | doimiy | |||
| VII. Aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish | ||||
| 30. | Kasanachilikni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini taʼminlash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi PQ-376-sonli qarori). | Kasanachilikni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandli�ini taʼminlash, xususan: xotin-qizlar faollari tomonidan kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanishga layoqati va qiziqishi bor xotin-qizlarni jalb qilish; yetakchi tadbirkor va kasanachilardan iborat oʻqituvchilar jamoasini shakllantirish; kasanachilik sohasi uchun mutaxassis kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish; tadbirkorlarga davlat mulkidagi bino va inshootlardan foydalanish boʻyicha qulayliklar yaratish; “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishdagi toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish; mahallalarda xotin-qizlar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini tashkil etish. | 2023-yil | Buxoro viloyati hokimligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
| 31. | “Ayollar daftari”ga kiritilgan 60,0 ming xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish va daftardan chiqarilishini taʼminlash. | 1. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari toʻliq va tizimli hal etilishini taʼminlash, xususan, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, moddiy va tibbiy yordam koʻrsatish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash. | 2023-yil noyabr | Buxoro viloyati hokimligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 2. Koʻrsatilgan yordamlarning haqqoniyligini manzilli oʻrganish va natijalarini xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyalarida muhokama qilish. | 2023-yil | |||
| 32. | “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 5,3 ming yoshlarning muammolarini tizimli hal etish va daftardan chiqarilishini taʼminlash. | 1. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolari toʻliq va tizimli hal etilishini taʼminlash. | 2023-yil davomida | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. Koʻrsatilgan yordamlarning haqqoniyligini manzilli oʻrganish va natijalarini xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasida muhokama qilish. | 2023-yil noyabr | |||
| 33. | Mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish. | 1. Mahallalar kesimida jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan shaxslar roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil oktyabr | Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. Profilaktika inspektori, nuroniylar, psixologlarni jalb qilgan holda ular bilan manzilli suhbatlar oʻtkazish, profilaktik ishlarni amalga oshirish. | 2023-yil oktyabr | |||
| 3. Ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish choralarini koʻrish. | 2023-yil | |||
| 4. Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etib borish. | 2023-yil | |||
| 34. | “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida viloyatdan roʻyxatga olingan turar joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirish. | 1. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida viloyatdan roʻyxatga olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolari toʻliq va tizimli hal etilishini taʼminlash. | 2023-yil | Buxoro viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
| 2. Joriy yilda 7 nafar yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga xarid qilingan uy-joylarni — notarial tartibda oldi-sotdi shartnomalari asosida ularning nomiga rasmiylashtirib berish. | 2023-yil noyabr | |||
| 3. Yetim bolalarga xarid qilingan uy-joylarni taʼmirlangan va jihozlangan holda topshirilishini nazoratga olish. | 2023-yil dekabr | |||
| VIII. 2023-2024-yil gi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, zarur energiya manbalari zaxiralarini shakllantirish, elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash | ||||
| 35. | Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini oʻrnatish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish. | 1 Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish afzalliklari yuzasidan aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida targʻibot ishlarini kuchaytirish 2. Viloyatning tuman va shaharlarida belgilangan rejaning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash yuzasidan masʼul tuman tashkiloti va idoralari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish. | 2023-yil | Buxoro viloyati hokimligi, Energetika vazirligi |
| 36. | Viloyatdagi eskirgan 3,9 km gaz quvurlarini mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish. Aholi va ijtimoiy soha obyektlarining tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida viloyatdagi 2350 ta aholi xonadonini ikki bosqichli gaz taʼminoti tizimiga oʻtkazish. | 1. 2023-yilda viloyatdagi eskirgan gaz quvurlarini mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish maqsadida obyektlarning manzilli dasturlarini tasdiqlash va ushbu obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda gaz quvurining montaj ishlarini bajarish. | 2023-yil oktyabr | Buxoro viloyati hokimligi, “Hududgaztaʼminot” AJ |
| 2. Ikki bosqichli gaz taʼminotiga oʻtkaziladigan hududlar roʻyxatini shakllantirish va bosqichma-bosqich oʻtkazish. | 2023-yil dekabr | |||
| 37. | Elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash va barqarorligini oshirish maqsadida 21 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 3 dona transformator punktlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish. | 1. Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish. | 2023-yil oktyabr | Buxoro viloyati hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
| 2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Tarmoq jadvali asosida qurilish taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. | 2023-yil dekabr | |||
| 38. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-sonli qaroriga muvofiq hududlarda fotoelektr stansiyalar qurilishini taʼminlash. | 1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan quriladigan 1 MVtdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradigan kichik fotoelektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotib olish boʻyicha Nizom ishlab chiqish. | 2023-yil 1-dekabr | Energetika vazirligi, Adliya vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
| 2. Tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari tomonidan quriladigan kichik fotoelektr stansiyalarini qurishdan oldin tadbirkorlik subyekti va Energetika vazirligi oʻrtasida shartnoma tuzilishini taʼminlash. | 2023-2024-yillar | |||
| IX. Qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish | ||||
| 39. | Buxoro viloyatida 2023-yil yakuni bilan 31,1 trln soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarilishi taʼminlab, oʻsish surʼatini 103,5 foizga yetkazish choralarini koʻrish. | 1. Dehqonchilikda 884 ming tonna sabzavot, 249,1 ming tonna kartoshka, 198,3 ming tonna poliz, 289,6 ming tonna meva va 218,7 ming tonna uzum mahsulotlarini yetishtirish. 2. Chorvachilikda goʻsht ishlab chiqarishni 330,4 ming tonnaga, sut — 1 132 ming tonnaga, tuxum — 487,4 mln donaga hamda baliq yetishtirishni 20 ming tonnaga yetkazish. | 2023-yil | Buxoro viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 40. | 2023-2024-yillarning qish-bahor mavsumida respublika aholisi va ijtimoiy soha tashkilotlarini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash | 1. Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarishning tumanlar kesimida reja-jadvalini tasdiqlash. | 2023-yil oktyabr | Buxoro viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, |
| 2. Viloyat boʻyicha jami 40,4 ming tonna asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, jumladan, 19,6 ming tonna kartoshka, 6,7 ming tonna piyoz, 6,9 ming tonna sabzi va 7,2 ming tonna guruch mahsulotini zaxira qilish. | 2023-yil dekabr | |||
| 3. Qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻ�aligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini belgilangan muddatlarda jamgʻarish va mahsulotlarning ichki bozorga hamda ijtimoiy soha tashkilotlari ehtiyoji uchun muntazam yetkazib berilishini taʼminlash. | 2023-2024-yil | |||
| 41. | Viloyatda 2023-yil yakuniga qadar 41,2 ming gektar yer maydonlariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish. | 1. 21,4 ming gektar yer maydoniga, jumladan 13,2 ming gektar paxta, 2,1 ming gektar bogʻ, 1,8 ming gektar tokzorlarda tomchilatib sugʻorishni joriy etish. 2. 2 ming gektar, jumladan 1,6 ming gektar gʻalla, 200 gektar sabzavot va poliz, 190 gektar ozuqa ekin yerlarida yomgʻirlatib sugʻorish tizimini tashkil etish. 3. 1,5 ming gektar yer maydonini diskret sugʻorish hamda 16,3 ming gektar yer maydonlarini lazerli tekislash. | 2023-yil yakuniga qadar | Suv xoʻjali�i vazirligi Buxoro viloyati hokimligi |
| 42. | 2024-yil hosili uchun barcha toifa xoʻjaliklarida avgust-sentyabr piyozi va sarimsoqpiyozi hamda toʻqsonbosti ekinlar ekilishini taʼminlash. | 1. 2024-yil hosili uchun 10,5 ming gektar maydonga avgust-sentyabr piyozi va sarimsoqpiyozi hamda 18,4 ming gektar maydonga toʻqsonbosti ekinlarini ekish. 2. Ekish uchun talab etiladigan zarur urugʻlik va moddiy resurslar taʼminoti yoʻlga qoʻyish. | 2023-yil | Buxoro viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
| 3. Etishtirilgan hosilni oʻz muddatlarida nes-nobud qilmasdan yigʻib olish. | 2024-yil mart — may | |||
| 43. | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari va suv resurslaridan oqilona foydalanish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish. | 1. Unumdorligi past boʻlgan 40 ming gektar maydonda zamonaviy suv tejovchi texnologiyani joriy etish. | 2023-yil davomida | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. Suv tejovchi tizimlarni oʻrnatish, erni lazerli tekislash, yangi va yuqori daromadli ekinlar ekish kabi choralarni qoʻllash. | 2023-yil davomida | |||
| 3. “E-AUKSION” savdosiga takroran chiqarilganiga qaramasdan va tanlovda gʻolib aniqlanmagan yer uchastkalarini qayta koʻrib chiqish. | 2023-yil noyabr | |||
| 4. Noqulay va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun samarasiz boʻlgan yer uchastkalari oʻrniga aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlarni ochiq elektron tanlovga chiqarish. | 2023-yil noyabr | |||
| 44. | 2 ming gektarni yomgʻirlatib sugʻorishni tashkil etish ishlarini yakuniga yetkazish. | 1. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari ijrosini taʼminlash yuzasidan 2023-yil uchun manzilli roʻyxatni aniqlashtirib qayta tasdiqlash, bunda: suvni tejaydigan tizimlarni “bir kanal-bir tizim” tamoyili asosida joylashtirish; ekin maydonlarining mavjud infratuzilmasidan kelib chiqqan holda doimiy ravishda uzluksiz elektr energiyasi va suv bilan taʼminlash imkoni mavjudligiga eʼtibor qaratish. | 2023-yil noyabr | Buxoro viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
| 2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ishlarini yakuniga yetkazish. | 2023-yil dekabr | |||