ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Masʼullar |
|
I. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga oid normativ huquqiy bazasini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Tajriba tariqasida xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining komissiya raislarining doimiy asosda faoliyat olib borishlarini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Loyihada, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlarining oʻzi saylangan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal qilish boʻyicha dastur va loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etishini belgilash (PQ-300-sonli qarorga asosan). |
Senat Kengashi qarori loyihasi |
2023-yil oktyabr |
Q. Muqumov, E. Nurillayev |
|
2. |
Yangi konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda hududlarda hokimiyatlar boʻlinishi prinsipi hamda oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining qonuniy asoslarini takomillashtirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etish. Bunda loyihaning mahalliy Kengashlarda muhokama qilinishi tashkil etiladi va ularning fikrlari asosida qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish (PQ-300-sonli qarorga asosan). |
Qonun loyihasi |
Qonun loyihasi Senatga kelishish uchun kelib tushgandan soʻng bir hafta muddatda |
Q. Muqumov, N. Ortiqov, A. Chinmirzayev, E. Nurillayev, A. Altiyev, A. Nazarov |
|
3. |
Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyalarini kengaytirish, ularni tizimlashtirish maqsadida “Xalq deputatlari Kengashlari nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda mahalliy Kengashlarning nazorat tadbirlarini amalga oshirishdagi imkoniyatlarini, “Kengash deputati murojaati”, “Kengash soʻrovi” va “Kengash tekshiruvi” kabi taʼsirchan institutlarni joriy etish hisobiga kengaytirish (PQ-300-sonli qarorga asosan). |
Qonun loyihasi |
2023-yil dekabr |
Q. Muqumov, N. Ortiqov, A. Chinmirzayev, E. Nurillayev, A. Altiyev, A. Nazarov |
|
4. |
Mahallalarga quyidagi huquqlarni berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasining ishlab chiqilishida koʻmaklashish: tegishli hududdagi tuman (shahar) mahalliy Kengashlari sessiyalari kun tartibiga koʻrib chiqish uchun taklif kiritish; tuman (shahar) mahalliy Kengashlarining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish. Loyihaning mahalliy Kengashlarda muhokama qilinishini tashkil etish va ularning fikrlari asosida qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish (PQ-300-sonli qarorga asosan). |
Qonun loyihasi |
Qonun loyihasi Senatga kelishish uchun kelib tushgandan soʻng bir hafta muddatda |
Q. Muqumov, N. Ortiqov, A. Chinmirzayev, E. Nurillayev, A. Altiyev, A. Nazarov |
|
5. |
Qonunchilik hujjatlarida mahalliy vakillik organlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni tahlil qilish hamda maqbullashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish. |
Maʼlumotnoma, Normativ-huquqiy hujjat |
2023-yil noyabr-dekabr |
N. Ortiqov, A. Chinmirzayev |
|
II. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning nazorat va norma ijodkorligi faoliyatini monitoring qilish | ||||
|
6. |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari mablagʻlarining maqsadli yoʻnaltirilishini oʻrganish va tahlil etish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil oktyabr |
Q. Muqumov, N. Ortiqov, A. Chinmirzayev, E. Nurillayev |
|
7. |
Mahalliy Kengashlar tomonidan hududiy prokurorlar hisobotini eshitishning namunaviy tartibini ishlab chiqish. |
Namunaviy tartib loyihasi |
2023-yil noyabr |
N. Ortiqov, A. Chinmirzayev |
|
8. |
Mahalliy Kengashlarning individual tusdagi qarorlar qabul qilish amaliyotini tahlil qilish va ushbu yoʻnalishda asoslantirilgan takliflar tayyorlash. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil noyabr |
N. Ortiqov, A. Chinmirzayev |
|
9. |
Mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismini taqsimlash amaliyotini va ularning sarflanishini oʻrganish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil noyabr |
N. Ortiqov, A. Chinmirzayev, A. Nazarov |
|
10. |
“E-qaror” yagona elektron tizimiga joylashtirilgan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni monitoring qilib borish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
Har oy yakunlari boʻyicha |
N. Ortiqov, A. Chinmirzayev |
|
11. |
Mahalliy Kengashlarda qarorlarni rasmiylashtirish holatini tahlil qilish va soddalashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil dekabr |
A. Chinmirzayev, E. Nurillayev |
|
III. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tahlil qilish va faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish | ||||
|
12. |
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining pasporti�i shakllantirish. |
Maʼlumotnoma |
2023-yil noyabr |
Q. Muqumov, A. Nazarov |
|
13. |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining faoliyat samaradorligini baholash tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Maʼlumotnoma |
2023-yil dekabr |
N. Ortiqov, E. Nurillayev, A. Nazarov |
|
14. |
Hududiy vakillik organlari deputatlarining saylovchilar bilan ishlash holati yuzasidan soʻrov oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Bunda: “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi; oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy soʻrov savolnomasi loyihasi tayyorlanadi. |
Tashkiliy-chora tadbirlar |
2023-yil dekabr |
Q. Muqumov, N. Ortiqov, E. Nurillayev |
|
15. |
“Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 131-moddasiga muvofiq IIV hududiy boʻlinmalari rahbarlarining mahalliy Kengashlar oldida hisobdorligi hamda 15-moddasi talablaridan kelib chiqib, Profilaktika inspektorlarining mahalliy Kengash qarori bilan lavozimga tasdiqlanishi holatlarini tahlil etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil dekabr |
Q. Muqumov, N. Ortiqov, E. Nurillayev |
|
16. |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tahlil qilib borish, tahlillar natijasiga koʻra mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
Doimiy ravishda |
Q. Muqumov, E. Nurillayev |
|
IV. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini uslubiy qoʻllab-quvvatlash | ||||
|
17. |
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi misolida Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini oʻrganish hamda sessiya muhokamasiga olib chiqishning namunaviy tartibini ishlab chiqish va joylarga yetkazib berish. Bunda masala xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi bilan birgalikda joyida oʻrganiladi va sessiya muhokamasiga olib chiqish boʻyicha hujjatlar toʻplami ishlab chiqiladi. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil noyabr |
Q. Muqumov, E. Nurillayev, A. Chinmirzayev |
|
18. |
Mahalliy Kengash deputatlarining notiqlik madaniyati boʻyicha tajribalarini oshirish maqsadida onlayn oʻquv seminarini tashkil etish. |
Amaliy choralar |
2023-yil noyabr |
N. Ortiqov, A. Altiyev |
|
19. |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan mahalliy budjet ijrosi ustidan deputatlik nazoratini tashkil etish masalalari boʻyicha amaliy qoʻllanma ishlab chiqish va mahalliy Kengashlar kotibiyatlariga yetkazish choralarini koʻrish. |
Amaliy qoʻllanma |
2023-yil dekabr |
N. Ortiqov, A. Altiyev, E. Nurillayev |
|
20. |
Oliy Majlis Senati qoʻmitalari tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari raislari hamda kotibiyat mudirlari uchun soha boʻyicha qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlar toʻgʻrisida seminarlar tashkil etishga koʻmaklashish. |
Reja-grafik |
2023-yil noyabr — doimiy ravishda |
N. Ortiqov, A. Altiyev |
|
21. |
Yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari asosida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga berilgan vakolatlarni tahlil etish hamda Kengashlar faoliyatida ushbu vakolatlardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda mahalliy vakillik organlariga yetkazish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma va amaliy qoʻllanma |
2023-yil dekabr |
N. Ortiqov, A. Altiyev |
|
22. |
Oliy Majlis Senati qoʻmitalari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qoʻshma majlislarida hududlarni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilinishini tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil oktyabr — dekabr |
N. Ortiqov, A. Altiyev, Senat qoʻmitalari kotibiyatlari |
|
V. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining xalqaro hamkorligini rivojlantirishga koʻmaklashish | ||||
|
23. |
Hududiy vakillik organlari faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganish va ilgʻor tajribani xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga implementatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash. Bunda mahalliy Kengash raisini hamda kotibiyati mudirlarini deputatlar orasidan tanlash (saylash) mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil dekabr |
N. Ortiqov, A. Altiyev, A. Chinmirzayev, A. Nazarov |
|
24. |
Markaz va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qoʻshni mamlakatlarning hududiy vakillik organlari bilan xalqaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganib chiqish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil dekabr |
Q. Muqumov, Markazning xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha bosh maslahatchisi |
|
25. |
Mahalliy vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirish, bunda ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishl�b chiqish. |
Axborot xati |
2023-yil dekabr |
Q. Muqumov, Markazning xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha bosh maslahatchisi |
|
VI. Mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirishga hamda faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga koʻmaklashish | ||||
|
26. |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga “Raqamli xalq deputatlari Kengashi” kompleks axborot tizimining toʻliq tatbiq etilishini tashkil etish, ushbu axborot tizimining samarali ishlashini taʼminlash yuzasidan mahalliy vakillik organlariga amaliy yordam koʻrsatib borish. |
Tashkiliy-chora tadbirlar |
Doimiy ravishda |
N. Ortiqov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “E-Kengash” axborot tizimini rivojlantirish va yuritish shuʼbasi |
|
27. |
Mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralarni tahlil qilish. Bunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilishi holatini, ommaviy axborot vositalarida yoritilishini monitoring qilishga alohida eʼtibor qaratish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
Doimiy ravishda |
N. Ortiqov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “E-Kengash” axborot tizimini rivojlantirish va yuritish shuʼbasi |
|
28. |
“Oʻzbekiston-24” telekanalidagi “Parlament vaqti” koʻrsatuvi doirasida “Mahalliy vakillik organlari faoliyatidan” ruknini tashkil qilish hamda unda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda deputatlar faoliyatini yoritib borishni yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil noyabr oyidan boshlab |
Q. Muqumov, X. Tulyaganov, Markazning xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha bosh maslahatchisi |
|
29. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan birgalikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda deputatlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va yoritib borilishini yoʻlga qoʻyish. |
Media-reja va tashkiliy chora-tadbirlar |
Media-rejaga asosan |
Q. Muqumov, X. Tulyaganov, Markazning xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha bosh maslahatchisi |
|
VII. Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi ishini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy-huquqiy choralar | ||||
|
30. |
Markaz faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash. Bunda: |
N. Ortiqov, A. Chinmirzayev | ||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni toʻgʻrisidagi nizomda Markazning vazifa va funksiyalarini mustahkamlash; |
Senat Kengashi qarori loyihasi |
2023-yil oktyabr | ||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kelib tushgan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga doir qonunlarni Markaz tomonidan koʻrib chiqish amaliyotini joriy qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Senat Kengashi qarori loyihasi |
2023-yil noyabr | ||
|
31. |
Markaz xodimlarining funksional vazifalarini ishlab chiqish va tasdiqlanishini tashkil etish. |
Senat Raisi farmoyishi loyihasi |
2023-yil oktyabr |
Q. Muqumov, N. Ortiqov, A. Chinmirzayev, E. Nurillayev, A. Altiyev, A. Nazarov |
|
32. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari bilan onlayn muloqotini tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil oktyabr |
Q. Muqumov, E. Nurillayev |
|
33. |
Markazning boʻsh ish oʻrinlarini istiqbolli kadrlar bilan toʻldirish va kadrlar zaxirasini shakllantirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil oktyabr-noyabr |
Q. Muqumov, N. Ortiqov, A. Chinmirzayev, E. Nurillayev, A. Altiyev, A. Nazarov |
|
34. |
Markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil oktyabr |
Q. Muqumov, N. Ortiqov, A. Muxammadiyev |