Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
“Daryo transportida yuk tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek, unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 10-noyabr 2023-yil roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2468-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 462-son “Oʻzbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-oktabr,
27-son
Kelishildi:
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
2023-yil 6-oktabr
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
2023-yil 12-oktabr
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2023-yil 24-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-oktabrdagi 27-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 26-apreldagi 76-son “Daryo transportida yuk tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2468, 2013-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 320-modda).
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2016-yil 10-iyundagi 44-son “Daryo transportida yuk tashish qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2468-1, 2016-yil 20-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 314-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2023-y., 10/23/2468-2/0845-son)