10.11.2023 yildagi PQ-364-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining oʻrni va ulushini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, aholining keng qatlamlari tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, hududlarda mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish koʻlamini kengaytirish, mikromoliya tashkilotlari uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslar, shu jumladan depozit jalb qilish imkoniyatini yaratish, mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari oʻrtasidagi “zanjir”ni mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning 2024 — 2026-yillarda quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliyalash bozori hajmini kamida 5 barobarga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliyaviy xizmatlar bilan 1 milliondan ortiq tadbirkorlik subyektlarini qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya tashkilotlari resurs bazasida jismoniy shaxslardan jalb qilinadigan mablagʻlar miqdorini 2 barobarga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish orqali rasmiy daromadga ega boʻlmagan 500 mingga yaqin shaxslarni oʻzini oʻzi band qilish va biznesni rivojlantirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln soʻmdan 100 mln soʻmgacha oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablagʻlarini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs boʻlgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aksiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablagʻlarini jalb etishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya tashkilotlari tegishli litsenziya olgan holda toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi ulushga egalik qilish uchun Markaziy bank dastlabki ruxsatnomasini olish talabi qonunchilikda belgilangan 10 foizlik ulushni 20 foizga oshirish orqali yumshatiladi. Bunda, olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha boʻlganda Markaziy bankni xabardor qilish tartibi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya tashkilotlariga tijorat banklaridan kredit resurslari jalb etilganda yoki tadbirkorlik subyektlariga mikromoliya tashkilotlaridan mikrokredit olinganda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kafilligini berish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklariga mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda ularning koʻrsatilgan mikromoliyaviy xizmatlari boʻyicha talab qilib olish huquqini garovga olish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy bank, Moliya bozori ishtirokchilari milliy assotsiatsiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining mikromoliyaviy xizmatlar bozorini hududlarda rivojlantirish maqsadida bazaviy bank xizmatlarini koʻrsatuvchi mikromoliya banklarini tashkil etish va mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga transformatsiya qilish mexanizmini yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2024-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida oldin ajratilgan kreditlarning qaytarilgan qismidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 1 trln soʻm mablagʻlarni mikromoliya tashkilotlariga joylashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklar tomonidan mikromoliya xizmatlari koʻrsatishga 2 trln soʻm mablagʻlar yoʻnaltirilishiga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ATB “Xalq banki” bilan birgalikda 2024-yilda mikromoliya tashkilotlariga tanlov asosida (mavjud xatar va iqtisodiy koʻrsatkichlarni inobatga olgan holda) joylashtirish uchun xalqaro moliya institutlari resurslarini jalb etsin. Bunda, mazkur resurslar kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliya xizmatlari koʻrsatish uchun yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. ATB “Mikrokreditbank” 2024-yil 1-aprelga qadar mikromoliya xizmatlari sohasiga ixtisoslashgan strategik xorijiy investorlar ishtirokida asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻlgan raqamli texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi yangi mikromoliya tashkilotining tashkil etilishini va yil yakuniga qadar uning ustav kapitali 30 mln AQSh dollari ekvivalentiga yetkazilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslar uchun oʻzini oʻzi band qilish va oilaviy biznesning yangi yoʻnalishlarini topishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasida norasmiy band boʻlgan qatlamlar uchun kompleks moliyaviy xizmatlar paketini joriy qilish va ularga bepul maslahat xizmatlarini koʻrsatish elektron portalini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning mavjud infratuzilmalari orqali moliyaviy xizmatlar boʻyicha yetarli bilimga ega boʻlmagan aholi qatlamlari uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydonlarida ijara asosida faoliyat yuritayotgan dehqon xoʻjaliklari uchun barcha turdagi mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, shu jumladan kichik uskunalar va qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishga kreditlar ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. ATB “Xalq banki” 2024-yil davomida mikromoliyalashtirish maqsadlari uchun xalqaro moliya institutlaridan qoʻshimcha 100 mln AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2023-yil yakuniga qadar ATB “Xalq banki”ga likvidlikni yaxshilash uchun ajratilgan 100 mln AQSh dollari miqdoridagi depozit mablagʻlarining shartlari oʻzgartirilmagan holda uni qaytarish muddatini qoʻshimcha 3 yilga uzaytirsin va ATB “Xalq banki” ushbu mablagʻlarni mikromoliyalashtirish maqsadlariga yoʻnaltirishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mikromoliya institutlari va Moliya bozori ishtirokchilari milliy assotsiatsiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisida tahliliy axborot portali faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida mikromoliya tashkilotlarini hamda mikromoliya banklarini tashkil etish boʻyicha keng targʻibot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya banklari va mikromoliya tashkilotlari xodimlari uchun mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatilishini takomillashtirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaziy bank:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-yanvarga qadar mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishning normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-aprelga qadar sohaga oid ilgʻor xorijiy tajriba asosida Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya banklarining tashkiliy-huquqiy shaklini belgilashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya banklari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning ruxsat beriladigan turlarini va ularning eng koʻp miqdorini belgilashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya banklariga aholi va yuridik shaxslardan ruxsat etilgan miqdorda omonat (depozit) jalb qilish va ularga mikromoliyaviy xizmatlarni koʻrsatish huquqini berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlarini oʻrnatishni va mijozlarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha xizmat koʻrsatishni taqiqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga va mikromoliya banklarini tijorat banklariga hamda aksincha transformatsiya qilish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya banklarining ustav kapitalining eng kam miqdorini 50 mlrd soʻm qilib belgilashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliya banklari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish tartibini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda mikromoliyaviy xizmatlar sohasini takomillashtirish, xodimlarni oʻqitish va zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagini jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaziy bank manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 10-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-364-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 07/23/364/0843-son)