1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.11.00 Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hadli Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida
Toshkent, 2023-yil 1-iyun
(2023-yil 23-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan davlat reyestrida 4509-CN-2023-H tartib raqami bilan roʻyxatga olindi.]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqlim oʻzgarishi va uning salbiy oqibatlari insoniyatning umumiy tashvishi ekanligini eʼtirof etib, shoshilinch va birgalikda chora koʻrishning zarurligini anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Hadli konvensiyasi (keyingi oʻrinlarda “Konvensiya” deb ataluvchi) va Konvensiyaga 2012-yil 8-dekabrda soʻnggi tahrirda kiritilgan hamda Konvensiya qoidalarini implementatsiya qilishda muhim rol oʻynagan Kioto protokolining iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlar uchun mustahkam asos yaratishini taʼkidlagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yildan keyingi davrda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolarni samarali hal etish boʻyicha tomonlarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlarini amalga oshirishda markaziy rol oʻynaydigan Parij Bitimini implementatsiya qilishning muhimligini eʼtirof etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yuzasidan kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Hadli Bitimning maqsadi (keyingi oʻrinlarda-Bitim) Tomonlarning issiqxona gazi tashlanmalarini kamaytirish va/yoki bartaraf qilish hamda iqlim oʻzgarishining salbiy taʼsiriga moslashish salohiyatini mustahkamlash va shu orqali Tomonlarning past uglerodli hamda iqlimga chidamli iqtisodiyotga oʻtishini osonlashtirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun ushbu Bitim Tomonlar tarafidan kelishilgan hamkorlik faoliyati orqali oʻzaro manfaatli va keng qamrovli sheriklikni oʻrnatishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Hamkorlik sohalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimdan koʻzlangan maqsadlarga erishish uchun Bitim quyidagi hamkorlik sohalarini oʻz ichiga olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) issiqxona gazi tashlanmalarini hamkorlikning istiqbolli tarmoqlarida, jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, energetika, sanoat, transport, qurilish, chiqindilarni boshqarish, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi sohalarida kamaytirish va/yoki bartaraf qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Parij Bitimining 6-moddasida belgilangan ixtiyoriy hamkorlikdan foydalanish va milliy kadastrlarni monitoring qilish, ular boʻyicha hisobot berish va tekshirish (MRV) boʻyicha salohiyatni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) moslashish strategiyalariga alohida eʼtibor qaratgan holda iqlim oʻzgarishiga moslashish salohiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) iqlim bilan bogʻliq fan va texnologiyalar sohasida, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, modellashtirish, prognozlash va kuzatish, iqlim texnologiyalarini ishlab chiqish va almashishda hamkorlikni amalga oshirish; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida metan tashlanmalarini qisqartirish, adolatli energetik oʻtish, yashil investitsiyalarni ragʻbatlantirish, iqlimga chidamli qishloq xoʻjaligi va shaharlarni barqaror rejalashtirish kabi iqlim bilan bogʻliq harakatlarni ilgari surish boʻyicha boshqa hamkorlik sohalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Hamkorlik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 2-moddasida belgilangan sohalardagi hamkorlik faoliyati quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) iqlim oʻzgarishi boʻyicha ekspertlar, tadqiqotchilar, olimlar va hukumat amaldorlari oʻrtasidagi almashuvlarni amalga oshirish, shu bilan birga, ularning malakasini oshirishda treninglar oʻtkazish imkoniyatlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) salohiyatni oshirish, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Parij Bitimining 6-moddasida belgilangan ixtiyoriy hamkorlikni, monitoring, hisobot berish va tekshiruv, moslashish strategiyalari, xavfsizlik hamda texnik tartibga solish sohalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ikki Tomonning milliy miqyosda belgilangan hissalariga (MMBH) erishish uchun foydalaniladigan issiqxona gazi tashlanmalarini qisqartirish natijalarining hosil boʻlishiga olib keluvchi davlat va xususiy loyihalar va/yoki dasturlarni ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini oldini olish uchun moslashish harakatlarini amalga oshirish; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Tomonlarning oʻzaro kelishib olishi mumkin boʻlgan hamkorlikni ilgari surish boʻyicha boshqa faoliyatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Parij Bitimi doirasida ixtiyoriy hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar tan oladilarki, Parij Bitimining 6-moddasida belgilanganidek, Tomonlar oʻrtasidagi ixtiyoriy hamkorlik ularning yumshatish va moslashish harakatlarida yuqori ambitsiyalarga erishishni hamda barqaror rivojlanish va atrof-muhitning yaxlitligini ragʻbatlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar mazkur Bitimning 3(b) va 3(s)-moddalarida nazarda tutilganidek, Parij Bitimining 6-moddasida belgilangan ixtiyoriy hamkorlik salohiyatidan foydalanishga intiladilar, bunda yumshatish natijalaridan foydalanish mazkur Bitimning 6-moddasida belgilangan Qoʻmita tarafidan koʻrib chiqilishi kerakligini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlarning ixtiyoriy hamkorligi asosida mazkur Bitimning 6-moddasida belgilangan Qoʻmita tarafidan tasdiqlangan yumshatish natijalari har bir Tomonning milliy miqyosda belgilangan hissalarini amalga oshirish va ularga erishish uchun foydalanishlari mumkin va bu holda PParij Bitimining 6-moddasi 2-bandida nazarda tutilgan tegishli tuzatish kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar Parij Bitimining 6-moddasi 2-bandiga muvofiq har bir Tomonning milliy miqyosda belgilangan hissalariga nisbatan qoʻllaniladigan yumshatish natijalaridan boshqa xalqaro yumshatish maqsadlari uchun foydalanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yumshatish natijalarini taqsimlash ishtirokchilarning ixtiyoriy hamkorlikka qoʻshgan hissalarini, jumladan, investitsiyalarning nisbatlarini hisobga olgan holda, ishtirokchilar oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilanadi. Tomonlar kelishgan taqdirda, taʼsirni yumshatish natijalarini taqsimlash mazkur Bitimning 6-moddasida koʻrsatilgan Qoʻshma qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Fan va texnologiya sohasidagi hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitimning 2(d)-moddasida belgilangan iqlim bilan bogʻliq fan va texnologiya sohasidagi hamkorlik ikki Tomonga ham issiqxona gazlari taʼsirini yumshatish va iqlim oʻzgarishiga moslashish texnologiyalariga asoslangan iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va ularning MMBHlarini bajarish imkonini berishi mumkinligini tan oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar texnologik innovatsiyalar salohiyatini oshirish va ikki mamlakatning tegishli sanoat tarmoqlarini ragʻbatlantirish maqsadida, mazkur Bitimning 3-moddasida belgilangan tadbirlar orqali texnologik hamkorlik salohiyatidan foydalanishga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Qoʻshma qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimni amalga oshirishga koʻmaklashish va muvofiqlashtirish uchun Tomonlar Iqlim oʻzgarishi sohasida hamkorlik boʻyicha qoʻshma qoʻmitani (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tuzadilar va u har bir Tomon tarafidan tayinlangan vakillardan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻmita yigʻilishlari yiliga bir marta navbatma-navbat Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasida, oʻzaro kelishilgan joyda va sanada oʻtkaziladi. Qoʻmita majlislarining vaqti tomonlarning oʻzaro roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻmita Tomonlar tarafidan birgalikda ishlab chiqilgan ish rejalarini maslahatlashuvlar va koʻrib chiqishlar orqali tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻmita tavsiyalar va qarorlar qabul qilish orqali, jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, ushbu Bitimning 3-moddasida koʻrsatilgan faoliyatlarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni ragʻbatlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirish uchun bunday guruhlar zarur deb qaror qilgan taqdirda, Qoʻmita qoshida hamkorlikning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha ishchi guruhlarni, jumladan, Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik boʻyicha kichik qoʻshma qoʻmita va/yoki Bozor mexanizmlari boʻyicha kichik qoʻshma qoʻmita tashkil etishga kelishib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuqoridagi 5-bandda bayon etilgan Bozor mexanizmlari boʻyicha kichik qoʻshma qoʻmita atrof-muhit daxlsizligini taʼminlash, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, quyidagi elementlarni qamrab olgan holda, Tomonlarning MMBH yoki boshqa yumshatish maqsadlari uchun oʻtkazilgan va ishlatilgan yumshatish natijalari ikki marta hisobga olinishining oldini olish maqsadida mazkur Bitimning 4-moddasida nazarda tutilgan ixtiyoriy hamkorlik qoidalari va usullarini belgilaydilar va kelishib oladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) roʻyxatdan oʻtkazish, shu jumladan, har bir Tomonga taqdim etiladigan tegishli hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yumshatish natijalarini taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) monitoring va tekshiruv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) yumshatish natijalarini uzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) reyestr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(f) tegishli tuzatishlar; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) hisobot, shu jumladan, dastlabki hisobotlar, yillik maʼlumotlar va 6-moddaga muvofiq muntazam maʼlumot va Parij Bitimining 13-moddasiga muvofiq ikki yilda bir martalik shaffoflik hisobotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar hamkorlikni kengaytirishga harakat qiladilar, jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, ikki davlat kompaniyalari, investorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlari va ijtimoiy tashkilotlari oʻrtasida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar kompaniyalar, investorlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va ijtimoiy tashkilotlar kabi nodavlat subyektlar bilan iqlim oʻzgarishi muammolarini hal qilishda yaxshiroq imkoniyatlarga ega boʻlishlari uchun aloqalarni kuchaytirishga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Toʻldiruvchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikka koʻmaklashish maqsadida Tomonlar zarur hollarda vazirliklar yoki boshqa davlat organlari oʻrtasida qoʻshimcha kelishuvlar tuzishni ragʻbatlantirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday qoʻshimcha kelishuvlar hamkorlikning alohida shakllari, amal qilinishi kerak boʻlgan tartiblar va boshqa tegishli masalalar, jumladan, har bir mamlakatning amaldagi milliy qonunlari va qoidalariga muvofiq intellektual mulk huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Xarajatlar va yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitim boʻyicha hamkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni teng asosda, resurslar mavjudligini hisobga olgan holda va har bir mamlakatning amaldagi milliy qonunlari va qoidalariga muvofiq qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Tomon boshqa Tomonga mazkur Bitim boʻyicha hamkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tegishli yordamni koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Boshqa shartnomalarga bogʻliqlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim qoidalari Tomonlarning iqlim oʻzgarishiga oid tegishli xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimning 8-moddasida koʻrsatilgan qoʻshimcha kelishuvlar har bir mamlakatning tegishli milliy qonunlari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish yoki amalga oshirishdan kelib chiqadigan har qanday nizo Tomonlar oʻrtasidagi maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Bitimning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar diplomatik kanallar orqali mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar. Mazkur Bitim soʻnggi xabarnoma olingan kundan boshlab oʻttiz (30) kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Oʻzgartirish kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga istalgan vaqtda Tomonlarning oʻzaro yozma roziligi bilan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Tomonlar tarafidan kelishilgan har qanday tuzatishlar mazkur Bitimning 12-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Bitimning tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim 5 (besh) yil muddat davomida amal qiladi, agar tomonlardan biri boshqa tomonni ushbu shartnomani tugatish niyati haqida yozma ravishda xabardor qilmasa, keyingi 5 (besh) yillik davrga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Tomon istalgan vaqtda Mazkur Bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori haqida yozma ravishda diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonga xabar berishi mumkin. Ushbu Bitimning bekor qilinishi boshqa Tomon tarafidan xabar qabul qilingan kundan boshlab 3 (uch) oy oʻtgach, kuchga kiradi, agarda kelishuvga asosan shartnomani bekor qilish muddati undan oldinroq koʻrsatilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimning amal qilish muddati tugashi yoki bekor qilinishi, basharti Tomonlar tarafidan oʻzaro boshqacha kelishib olinmagan boʻlsa, ushbu bitim boʻyicha davom etayotgan har qanday hamkorlik faoliyatining yakunlanishiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UShBUNI TASDIQLAGAN HOLDA, oʻzlarining tegishli Hukumatlari tomonidan lozim darajada vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2023-yil 1-iyun, sanasida, ikki nusxada, oʻzbek, koreys va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin etishda tafovutlar yuzaga kelgan hollarda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш