06.11.2023 yildagi PQ-357-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yoʻq qilish jarayonida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) (keyingi oʻrinlarda — kimyoviy moddalar (mahsulotlar)) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yoʻq qilish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu sohada belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tuzilmasida vazirlikning umumiy shtatlar soni doirasida yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻlimi hamda boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — boʻlim (boʻlinmalar)) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar boʻlimning (boʻlinmalarning) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yoʻq qilishda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududiga olib kirilgan, respublika hududida joylashgan obyektlarda saqlanayotgan hamda respublika hududi orqali tranzit tashilayotgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) toʻgʻrisida yagona markazlashgan maʼlumotlar bazasini yaratish va doimiy yuritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yoʻq qilishda yuzaga keladigan texnogen avariyalar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, oqibatlarini bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yoʻq qilish sohasida manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika hududiga olib kiriladigan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) boʻyicha elektron maʼlumot almashinuvi tizimini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlimni (boʻlinmalarni) va kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq texnogen avariyalar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etiladigan radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza guruhlarini maxsus texnikalar va zarur asbob-anjomlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi hamda Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda boʻlim (boʻlinmalar) xodimlarini qayta tayyorlash dasturini tasdiqlasin va ularni “Kontexnazoratoʻquv” davlat muassasasi bazasida ushbu dastur asosida tayyorgarlikdan oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududiga olib kirilgan hamda belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) va ularni olib kiruvchi subyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligiga real vaqt rejimida taqdim etib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalar (mahsulotlar) faqat favqulodda vaziyatlarning (yongʻinlarning) oldini olish va sanoat xavfsizligi talablariga javob beradigan omborlarda saqlanishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi buyurtmasiga asosan ikki oy muddatda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan respublika hududiga kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) olib kiruvchi subyektlar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) va ularni saqlash joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish imkoniyatiga ega boʻlgan axborot platformasini (keyingi oʻrinlarda — axborot platformasi) yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yoʻq qilishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlashga quyidagilar javobgar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalar (mahsulotlarni) omborga joylashtirilguniga qadar — tashuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

kimyoviy moddalar (mahsulotlar) omborga joylashtirilganda — ombor egasi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalardan (mahsulotlardan) foydalanish va yoʻq qilishda — ulardan foydalanuvchi subyekt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2024-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) olib kirish, tashish, saqlash, ulardan foydalanish va yoʻq qilishda belgilangan talablarga rioya etilishini doimiy nazorat qilishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yoʻq qilishda mazkur qarorga ilovadagi sxemaga muvofiq oʻzaro hamkorlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bojxona qoʻmitasi kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazadi hamda bir kun muddatda Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kimyoviy moddalar (mahsulotlar) turi, miqdori va ularni olib kiruvchi subyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markaziga (keyingi oʻrinlarda — Milliy markaz) taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) olib kiruvchi subyektlar ushbu moddalar (mahsulotlar) bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgan kunning oʻzida axborot platformasi orqali kimyoviy moddalarning (mahsulotlarning) saqlanadigan joyi (ombor) haqidagi maʼlumotlarni Milliy markazga taqdim etadi. Bunda, Milliy markazga taqdim etilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi va ishonchliligi uchun javobgarlik kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) olib kiruvchi subyektning rahbari zimmasiga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Milliy markaz kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq har bir harakat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyiga chiqqan holda kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, ulardan foydalanish va yoʻq qilishda belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan ularning omborda toʻgʻri joylashtirilganligi, yemiruvchi yoki boshqacha taʼsirga chidamli tarada saqlanayotganligi, shuningdek, bir-biriga oʻzaro taʼsir qilmasligi va xavfli oqibatlarni keltirib chiqaruvchi reaksiyaga kirishmasligini taʼminlovchi sharoitlar yaratilganligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot platformasiga kiritilgan maʼlumotlarni monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) tegishli manzilga tashish davomida yuzaga keladigan texnogen avariyalar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yoʻq qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda kimyoviy moddalardan (mahsulotlardan) foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obyektning (omborning) sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xulosa taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalar (mahsulotlar) tegishli manzilga xavfsiz tarzda yetkazilishi (tashilishi) uchun qonunchilikda belgilangan tartibda kuzatuvni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq texnogen avariyalar va favqulodda vaziyatlarda jamoat tartibini saqlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) tashish, saqlash, ulardan foydalanish va yoʻq qilishda belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish respublikada ishlab chiqarilgan kimyoviy moddalarga (mahsulotlarga) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, boʻlim (boʻlinmalar) hamda kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq texnogen avariyalar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etiladigan radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza guruhlarini maxsus texnikalar va zarur asbob-anjomlar bilan taʼminlash Favqulodda vaziyatlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, shuningdek, vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxslarga tegishli kimyoviy moddalar (mahsulotlar) saqlanadigan yoki foydalaniladigan obyektlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddalarni (mahsulotlarni) saqlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tezkor chora-tadbirlarni belgilasin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda kimyoviy moddalarga (mahsulotlarga) oid xavfsizlik qoidalari va texnik reglamentlarni xatlovdan oʻtkazib, ularning talablarini tadbirkorlik subyektlari va boshqa masʼul tashkilotlarga yetkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 15-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalar (mahsulotlar) roʻyxatini (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari va nomlanishi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yoʻq qilish ustidan nazoratni amalga oshirish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha asosiy tadbirlar rejalari asosida kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari uchun kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va ularni yoʻq qilish tadbirlarini xavfsiz tashkil etish boʻyicha koʻrgazmali seminar va oʻquv mashqlarini oʻtkazib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Kuldashev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-357-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-noyabrdagi PQ-357-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq texnogen avariyalar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha hamkorlik qilish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Shartli belgilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVV — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVB — favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TGSXNQI — Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, TGSXNQI HB — Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV — Ichki ishlar vazirligi, IIB — ichki ishlar boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BQ — Bojxona qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombor egasi — yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlaydigan shaxs
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KM — yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2023-y., 07/23/357/0833-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son; 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)