03.11.2023 yildagi 583-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Sport sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, sport sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sport-taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali 2023-yil 1-dekabrdan boshlab koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 20-noyabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimini YIDXPga integratsiya qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borishni joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlar talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
583-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat sport-taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.

1. Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimidagi davlat sport taʼlim muassasalariga bolalarning oʻqishga kirish uchun hujjatlarini qabul qilish hamda davlat sport taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarni bir davlat sport taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglament talablari Vazirlik tizimidagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga (keyingi oʻrinlarda — sport taʼlim muassasalari) nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Reglament boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi sport taʼlim muassasalari hamda nodavlat sport taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — ushbu Reglamentga muvofiq sport taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarini qabul qilish yoki oʻqishini bir sport taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirishni soʻrab murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati — Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ariza beruvchining sport taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarini qabul qilish yoki oʻqishini bir sport taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul rejasi — sport taʼlim muassasasi hududidagi aholi soni, shu jumladan, maktab yoshidagi bolalar soni, sport taʼlim muassasasining quvvati va trenerlar bilan taʼminlanganligini inobatga olgan holda, muassasa tomonidan shakllantiriladigan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan reja.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. YIDXP va sport taʼlim muassasalari oʻrtasidagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida axborot almashinuvi “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatiladigan sport taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirishda olis va chekka hududlarda fuqarolarning elektron davlat xizmatlari portalidan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik tomonidan har yili 1-yanvarga qadar oʻquvchilarning sport taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun hujjatlarini qabul qilish yoki ularni bir sport taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladigan hududlar roʻyxati, qabul muddatlari tasdiqlanadi va oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchining yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida sport taʼlim muassasalariga joylashishi taʼminlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sport taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sport taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun 20-iyundan 20-iyulga (shu kuni ham) qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1-iyuldan 31-iyulga (shu kuni ham) qadar istalgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi oʻquvchining ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar boʻlgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

11. Soʻrovnoma quyidagi ketma-ketlik asosida toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarindoshlik darajasi belgilanadi;

ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari va yashash manzili “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan farqli boʻlsa, ariza beruvchi yashash manzilidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilgan holda yashash manziliga aniqlik kiritadi;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan yashash manzili toʻgʻri ekanligi yoki yashash manziliga aniqlik kiritilgandan soʻng YIDXP orqali yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda mustaqil toʻldiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari maʼlumotlar bazasidan avtomatik tarzda toʻldiriladi;

yashash manzili boʻyicha sport taʼlim muassasasi avtomatik ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining yashash manzili boʻyicha sport taʼlim muassasasida tanlagan sport turi boʻlmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa sport taʼlim muassasasi biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma elektron raqamli imzo yoki tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlanishi mumkin.

13. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi toʻldirilib tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda sport taʼlim muassasasiga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.

14. Sport taʼlim muassasasi masʼul xodimi soʻrovnomani uch ish kunida koʻrib chiqadi va qabul komissiyasiga yoʻnaltiradi yoki sababini koʻrsatgan holda qaytaradi hamda bu haqda ariza beruvchiga xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport taʼlim muassasasi tomonidan murojaati qaytarilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi murojaati boʻyicha yuborilgan sport taʼlim muassasasiga onlayn navbat boʻyicha boradi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablariga bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya sport turlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori nomiga ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport taʼlim muassasalari tomonidan berilgan yoʻllanma;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band “b” kichik bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paralimpiya sport turlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori nomiga ariza va yozma roziligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band “b” kichik bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining tavsiyanomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori nomiga ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK)ning xulosasi “Raqamli hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimidan hamda ariza beruvchining sport razryadi yoki unvoni haqidagi maʼlumotlar Sport vazirligining “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimi mustaqil ravishda olinadi.
(15-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sport taʼlim muassasasida oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish boʻyicha kamida 5 nafardan iborat tarkibda qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi tarkibiga sport taʼlim muassasasi direktori, direktorning oʻquv, sport ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, trener, maktab shifokori (psixologi) va hamshirasi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasiga sport taʼlim muassasasi direktori raislik qiladi, aʼzolarning vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul jarayonining shaffofligini taʼminlash maqsadida sport taʼlim muassasasi joylashgan hududdagi mahalla vakillari hamda kuzatuv kengashi aʼzolari ham jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qabul komissiyasi quyidagi holatlarda oʻquvchilarning hujjatlarini sport taʼlim muassasasiga qabul qilishni rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchining tibbiy maʼlumotnomasida sport maktablarida taʼlim olish tavsiya etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchining tibbiy maʼlumotnomasida Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida taʼlim olish tavsiya etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchida tegishli sport razryadi yoki unvoni mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchining tibbiy maʼlumotnomasida Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida taʼlim olish tavsiya etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa holatlarda oʻquvchilar hujjatlarini sport taʼlim muassasasiga qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qabul komissiyasi bir ish kunida soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq koʻrsatgan holda qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat rad etilganda, qabul komissiyasi shu kunning oʻzida xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ariza beruvchi soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning sport taʼlim muassasasiga imtihon topshirish uchun qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda besh ish kunida qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻqishni sport taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki oʻquv yili tugaganidan soʻng bir sport taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻqishini koʻchirishi (keyingi oʻrinlarda — oʻqishni koʻchirish) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻquvchilarning bir sport taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻqishni koʻchirish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ariza beruvchi oʻqishni koʻchirish uchun istalgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki YIDXP davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchining murojaatiga asosan Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi oʻquvchining ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar boʻlgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Soʻrovnoma quyidagi ketma-ketlikda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarindoshlik darajasi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari va yashash manzili “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan farqli boʻlsa, ariza beruvchi yashash manzilidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilgan holda yashash manziliga aniqlik kiritadi;
(25-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan yashash manzili toʻgʻri ekanligi yoki yashash manziliga aniqlik kiritilgandan soʻng YIDXP orqali yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda mustaqil toʻldiradi;

ariza beruvchining farzandi haqidagi maʼlumotlar toʻldiriladi;

oʻqishi koʻchiriladigan guruh yoki sinf tanlanadi;

oʻqishi koʻchiriladigan sport taʼlim muassasasi tanlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishini koʻchirish sababi kiritiladi.

26. Ariza beruvchi soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma elektron raqamli imzo yoki tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi toʻldirilib tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda sport taʼlim muassasasiga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sport taʼlim muassasasi soʻrovnomani uch ish kunida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasiga koʻra sport taʼlim muassasasi oʻqishni koʻchirishga ruxsat berish yoki sababini aniq koʻrsatgan holda rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat rad etilganda, sport taʼlim muassasasi bu toʻgʻrisidagi xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Quyidagi hollarda oʻqishni koʻchirish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport taʼlim muassasasi (qabul qilinadigan guruh, sinf)da boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining farzandida tegishli sport razryadi yoki unvoni mavjud boʻlmaganda;

soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda.

Boshqa holatlarda oʻqishni koʻchirish rad etilishi mumkin emas.

31. Ariza beruvchi sport taʼlim muassasasiga oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilganligi yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni Davlat xizmatlari markazidan yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ariza beruvchiga oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilganda, uch kun muddatda oʻqiyotgan sport taʼlim muassasasidan tegishli hujjatlarini olib, oʻqishi koʻchiriladigan sport taʼlim muassasasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining oʻzi oʻqiyotgan sport taʼlim muassasasidagi guruh yoki sinfga koʻchirishga ruxsat berilganda, tegishli hujjatlar sport taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda besh ish kunida qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan sport taʼlim muassasasiga koʻchirilgan oʻquvchi oʻn kun ichida sababsiz yoki sport taʼlim muassasasi rahbariyati va trenerini xabardor qilmasdan mashgʻulotlarga kelmasa, sport taʼlim muassasasi direktori bu haqda ota-onalarni, oʻquvchining yashash joyidagi mahalla fuqarolari yigʻinini, Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarini hamda oʻquvchi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabi direktorini yozma ravishda ogohlantiradi va bir vaqtning oʻzida oʻquvchining mashgʻulotlarga kelmaganligi sabablarini aniqlash va uni mashgʻulotlarga jalb etish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar

35. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sport-taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Sport taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun.

Har yili 20-iyundan 20-iyulga (shu kuni ham) qadar

Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun.

Yil davomida, Har yili 1-iyuldan 31-iyulga (shu kuni ham) qadar

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni sport taʼlim muassasasiga yuboradi.

1. Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida.

2. YIDXP

2. Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda

3-bosqich

Sport taʼlim muassasasi masʼul xodimi

Soʻrovnomani koʻrib chiqadi va qabul komissiyasiga yoʻnaltiradi yoki sababini koʻrsatgan holda qaytaradi hamda bu haqda ariza beruvchiga xabar yuboradi.

Uch ish kunida

4-bosqich

Ariza beruvchi

Murojaati boʻyicha yuborilgan sport taʼlim muassasasiga boradi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Onlayn navbat boʻyicha

5-bosqich

Qabul komissiyasi

1. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq koʻrsatgan holda qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1. Bir ish kunida

2. Murojaat rad etilganda, xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

2. Shu kunning oʻzida

6-bosqich

Ariza beruvchi

1. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni sport taʼlim muassasasiga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP orqali yuklab oladi.

1. Avtomatik tarzda

2. Murojaati rad etilganda avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.

2. Besh ish kunida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sport-taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Sport taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun hujjatlarni taqdim etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Qarindoshlik darajasi (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs)

2. Familiyasi

3. Ismi

4. Otasining ismi

5. Pasport (ID karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

7. Yashash manzili (“Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasidan)

8. Yashash manzili (kiritish orqali)

9. Telefon raqami

II. Ariza beruvchining farzandi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (ID karta, pasport) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

6. Tugʻilgan sanasi

III. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi davlat sport taʼlim muassasalari (sport maktabi, ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (avtomatik ravishda):

1. Hudud nomi

2. Tuman (shahar) nomi

3. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi davlat sport taʼlim muassasalari (sport maktabi, ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi) nomi (raqami)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sport-taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

Oʻquvchilarni bir sport taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni taalluqliligi boʻyicha sport taʼlim muassasasiga yuboradi.

1. Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida

2. YIDXP

2. Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda

3-bosqich

Sport taʼlim muassasasi

Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasiga koʻra oʻqishni koʻchirishga ruxsat beradi yoki sababini aniq koʻrsatgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Murojaat rad etilganda, bu toʻgʻrisidagi xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

Uch ish kunida

4-bosqich

Ariza beruvchi

1. Sport taʼlim muassasasiga oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilganligi yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Davlat xizmatlari markazidan yoki YIDXP orqali yuklab oladi.

1. Avtomatik tarzda

2. Sport taʼlim muassasasidan tegishli hujjatlarni olib, oʻqishi koʻchiriladigan sport taʼlim muassasasiga taqdim etadi.

2. Uch ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sport-taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarni bir sport taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Qarindoshlik darajasi (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs)

2. Familiyasi

3. Ismi

4. Otasining ismi

5. Pasport (ID karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

7. Yashash manzili (“Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasidan)

8. Yashash manzili (kiritish orqali)

9. Telefon raqami

II. Ariza beruvchining farzandi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (ID karta, pasport) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

6. Tugʻilgan sanasi

7. Tegishli sport razryadi yoki unvoni

8. Oʻqish koʻchiriladigan guruh (sinf)

III. Oʻqish koʻchiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi sport taʼlim muassasalari (sport maktabi, ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Hudud nomi

2. Tuman (shahar) nomi

3. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi sport taʼlim muassasalari (sport maktabi, ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi) nomi (raqami)

4. Oʻqishni koʻchirish sababi

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol akademiyalariga (keyingi oʻrinlarda — akademiya) oʻquvchilarning oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish hamda ularda tahsil olayotgan oʻquvchilarni bir akademiyadan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Reglament boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi sport taʼlim muassasalari hamda nodavlat sport taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — ushbu Reglamentga muvofiq akademiyaga oʻqishga kirish uchun hujjatlarini qabul qilishni yoki oʻqishini bir akademiyadan boshqasiga koʻchirishni soʻrab murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati — Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ariza beruvchini akademiyaga oʻqishga kirish uchun hujjatlarini qabul qilish yoki oʻquvchining oʻqishini bir akademiya (guruh, sinf)dan boshqasiga koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul rejasi — akademiyaning quvvati, trenerlar bilan taʼminlanganligi va sanitariya talablarini inobatga olgan holda akademiya tomonidan shakllantiriladigan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — OʻFA) tasdiqlaydigan reja.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. YIDXP va akademiya oʻrtasidagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida axborot almashinuvi “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatilishida olis va chekka hududlarda fuqarolarning elektron davlat xizmatlari portalidan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. OʻFA tomonidan har yili 1-mayga qadar oʻquvchilarning akademiyaga oʻqishga kirish uchun hujjatlarini qabul qilish yoki ularni bir akademiyadan boshqasiga oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladigan hududlar roʻyxati, qabul muddatlari tasdiqlanadi va oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaga oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchining yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari biriktirilgan hududlar doirasida akademiyaga joylashishi taʼminlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Akademiyaga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Akademiyaga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi har yili 15-iyundan 30-iyulga qadar istalgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki YIDXP davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchining murojaatiga asosan Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi oʻquvchining ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar boʻlgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soʻrovnoma quyidagi ketma-ketlik asosida toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarindoshlik darajasi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari va yashash manzili “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan farqli boʻlsa, ariza beruvchi yashash manzilidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilgan holda yashash manziliga aniqlik kiritadi;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan yashash manzili toʻgʻri ekanligi yoki yashash manziliga aniqlik kiritilgandan soʻng YIDXP orqali yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda mustaqil toʻldiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari maʼlumotlar bazasidan avtomatik tarzda toʻldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash manzili boʻyicha akademiya avtomatik ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma elektron raqamli imzo yoki tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi toʻldirilib tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda akademiyaga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Akademiya masʼul xodimi soʻrovnomani uch ish kunida koʻrib chiqadi va qabul komissiyasiga yoʻnaltiradi yoki sababini koʻrsatgan holda qaytaradi hamda bu haqda ariza beruvchiga xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya tomonidan murojaati qaytarilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi murojaati boʻyicha yuborilgan akademiyaga onlayn navbat boʻyicha boradi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan akademiya direktori nomiga ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy maʼlumotnomalar (F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-u shakldagi tibbiy maʼlumotnoma, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, psixonevrologik dispanserdan maʼlumotnoma);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolchi pasporti (mavjud boʻlsa).
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomasi yoki 16 yoshga toʻlgan shaxsning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud xorijga chiqish biometrik pasporti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Raqamli hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasidan hamda sport pasporti (agar mavjud boʻlsa) Sport vazirligining “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimidan mustaqil ravishda olinadi.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Akademiyada oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish boʻyicha kamida 5 nafardan iborat tarkibda qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi tarkibi OʻFA tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul jarayonining shaffofligini taʼminlash maqsadida akademiya joylashgan hududdagi mahalla vakillari hamda kuzatuv kengashi aʼzolari ham jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qabul komissiyasi bir ish kunida hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq koʻrsatgan holda qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat rad etilganda qabul komissiyasi shu kunning oʻzida xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ariza beruvchi soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning akademiyaga imtihon topshirish uchun qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda besh ish kunida qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻqishni akademiyadan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki oʻquv yili tugaganidan soʻng bir akademiyadan boshqasiga oʻqishini koʻchirishi (keyingi oʻrinlarda — oʻqishni koʻchirish) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻquvchilarni bir akademiyadan boshqasiga oʻqishni koʻchirish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchi oʻqishni koʻchirish uchun istalgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki YIDXP davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza beruvchining murojaatiga asosan Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi oʻquvchining ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar boʻlgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Soʻrovnoma quyidagi ketma-ketlikda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarindoshlik darajasi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari va yashash manzili “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan farqli boʻlsa, ariza beruvchi yashash manzilidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilgan holda yashash manziliga aniqlik kiritadi;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan yashash manzili toʻgʻri ekanligi yoki yashash manziliga aniqlik kiritilgandan soʻng YIDXP orqali yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda mustaqil toʻldiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining farzandi haqidagi maʼlumotlar toʻldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishi koʻchiriladigan guruh yoki sinf tanlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishi koʻchiriladigan akademiya tanlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishini koʻchirish sababi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchi soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma elektron raqamli imzo yoki tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi toʻldirilib tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda akademiyaga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Akademiya soʻrovnomani uch ish kunida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasiga koʻra akademiya oʻqishni koʻchirishga ruxsat berish yoki sababini aniq koʻrsatgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat rad etilganda, akademiya bu toʻgʻrisidagi xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Quyidagi hollarda oʻqishni koʻchirish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademiya (qabul qilinadigan guruh, sinf)da boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining farzandida tegishli sport razryadi yoki unvoni mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa holatlarda oʻqishni koʻchirish rad etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ariza beruvchi akademiyaga oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilganligi yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni Davlat xizmatlari markazidan yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ariza beruvchiga oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilganda, uch kun muddatda oʻqiyotgan akademiyadan tegishli hujjatlarni olib, oʻqishi koʻchiriladigan akademiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining oʻzi oʻqiyotgan akademiyadagi guruh yoki sinfga koʻchirishga ruxsat berilganda, tegishli hujjatlar akademiya rahbariyati tomonidan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda besh ish kunida qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan akademiyaga koʻchirilgan oʻquvchi oʻn kun ichida sababsiz yoki akademiya rahbariyati va trenerini xabardor qilmasdan mashgʻulotlarga kelmasa, akademiya direktori bu haqda ota-onalarni, oʻquvchining yashash joyidagi mahalla fuqarolari yigʻinini, Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarini hamda oʻquvchi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabi direktorini yozma ravishda ogohlantiradi va bir vaqtning oʻzida oʻquvchining mashgʻulotlarga kelmaganligi sabablarini aniqlash va uni mashgʻulotlarga jalb etish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Akademiyaga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

Har yili 15-iyundan 30-iyulga qadar

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni akademiyaga yuboradi.

1. Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida.

2. YIDXP

2. Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda

3-bosqich

Akademiya masʼul xodimi

Soʻrovnomani koʻrib chiqadi va qabul komissiyasiga yoʻnaltiradi yoki sababini koʻrsatgan holda qaytaradi hamda bu haqda ariza beruvchiga xabar yuboradi.

Uch ish kunida

4-bosqich

Ariza beruvchi

Murojaati boʻyicha yuborilgan akademiyaga boradi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Onlayn navbat boʻyicha

5-bosqich

Qabul komissiyasi

1. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni akademiyaga imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq koʻrsatgan holda qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1. Bir ish kunida

2. Murojaat rad etilganda, xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

2. Shu kunning oʻzida

6-bosqich

Ariza beruvchi

1. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni akademiyaga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni YIDXP orqali yuklab oladi.

1. Avtomatik tarzda

2. Murojaati rad etilganda avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.

2. Besh ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaga oʻqishga qabul qilish uchun hujjatlarni taqdim etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Qarindoshlik darajasi (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs)

2. Familiyasi

3. Ismi

4. Otasining ismi

5. Pasport (ID karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

7. Yashash manzili (“Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi)

8. Yashash manzili (kiritish orqali)

9. Telefon raqami

II. Ariza beruvchining farzandi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (ID karta, pasport) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

6. Tugʻilgan sanasi

7. Tegishli sport razryadi yoki unvoni

III. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (avtomatik ravishda):

1. Hudud nomi

2. Tuman (shahar) nomi

3. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyasi nomi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarni bir futbol akademiyasidan boshqasiga oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni taalluqliligi boʻyicha futbol akademiyasiga yuboradi.

1. Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida

2. YIDXP

2. Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda

3-bosqich

Futbol akademiyasi

Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasiga koʻra oʻqishni koʻchirishga ruxsat beradi yoki sababini aniq koʻrsatgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Murojaat rad etilganda, bu toʻgʻrisidagi xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

Uch ish kunida

4-bosqich

Ariza beruvchi

1. Futbol akademiyasiga oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilganligi yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Davlat xizmatlari markazidan yoki YIDXP orqali yuklab oladi.

1. Avtomatik tarzda

2. Futbol akademiyasidan tegishli hujjatlarni olib, oʻqishi koʻchiriladigan akademiyaga taqdim etadi.

2. Uch ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarni bir futbol akademiyasidan boshqasiga koʻchirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Qarindoshlik darajasi (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs)

2. Familiyasi

3. Ismi

4. Otasining ismi

5. Pasport (ID karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

7. Yashash manzili (“Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi)

8. Yashash manzili (kiritish orqali)

9. Telefon raqami

II. Ariza beruvchining farzandi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (ID karta, pasport) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

6. Tugʻilgan sanasi

7. Tegishli sport razryadi yoki unvoni

8. Oʻqish koʻchiriladigan guruh (sinf)

III. Oʻqish koʻchiriladigan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Hudud nomi

2. Tuman (shahar) nomi

3. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyasi nomi

4. Oʻqishni koʻchirish sababi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 09/23/583/0830-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)