1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Amalga oshirish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi huzurida karate (WKF) sport turi boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — karate) respublika professional klubini tashkil etish. |
1. Karate boʻyicha respublika professional klubi faoliyatini samarali tashkil qilish. |
2024-yil yanvar |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
2. Karate boʻyicha nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilar bilan individual ishlash va ularning puxta tayyorgarligini tashkil etish. |
2023 — 2026-yillar davomida | ||||
|
2. |
Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi yoʻllanmasi asosida hududlarga trenerlarni va mutaxassislarni maʼlum bir muddatga ilgʻor tajribani joriy etish maqsadida yuborish (rotatsiya qilish). |
1. Karate rivojlanmayotgan va natijadorligi past boʻlgan hududlarga trenerlar va tegishli mutaxassislarni yuborish (rotatsiya qilish), ularni biriktirish, reja va shartlarni ishlab chiqish. 2. Tajriba sifatida Jizzax va Navoiy viloyatlarini tanlash. |
2024-yil mart |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari |
|
3. |
Hududlarda karate boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish. |
1. Iqtidorli yoshlarni hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda aniqlash. 2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli karate boʻyicha sportchi boʻlib shakllanishi uchun sport maktablariga yoʻnaltirish. 3. Taʼlim muassasalarida ushbu yoshlarning oʻqish va shugʻullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish. 4. Olimpiya va jahon chempionlari, mashhur sportchilar hamda boshqa xalqaro darajadagi mutaxassislar tomonidan yosh karatechilar bilan mahalla, tuman va shaharlarda doimiy ravishda mahorat darslarini tashkil qilish. 5. Tuman (shahar) saralash bosqichlarining uzluksiz oʻtkazilishini joriy etish. 6. Hududlardagi seleksionerlar tomonidan tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi asosida oʻtkazilayotgan musobaqalarda iqtidorli yoshlar roʻyxatini shakllantirish hamda ularning harakatlanish monitoringini yuritishni yoʻlga qoʻyish. |
2023 — 2026-yillar davomida |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Olis va chekka hududlarda joylashgan sport muassasalarining karate boʻyicha boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Olis va chekka hududlarda joylashgan sport muassasalarining karate boʻyicha boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilash. 2. Olis va chekka hududlarda joylashgan sport muassasalarining karate boʻyicha boʻlimlari faoliyatini tahlil qilish va natijadorlikni baholash. |
2024-yil fevral |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Maktabgacha yoshdagi bolalarda karatening “Kata” yoʻnalishiga qiziqishni uygʻotish. |
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Kids karate” (kids karate) loyihasini ishga tushirish. |
2024-yil aprel |
Ijrochilar, homiylar, grant va Davlat budjeti mablagʻlari |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
2. Loyiha doirasida tanlangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini karate boʻyicha inventar va kiyimlar bilan taʼminlash. |
2024-yil sentyabr | ||||
|
6. |
Karatechilarning sport tibbiyoti haqidagi bilim darajasini oshirish. |
1. Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Andijon va Buxoro davlat tibbiyot institutlari sport tibbiyoti kafedralari bilan hamkorlikda seminar-treninglar tashkil etish. 2. Seminar-treninglarni sport kardiologiyasi, travmatologiyasi va ortopediyasi, farmakologiyasi, sportchilarning somatik kasalliklarini davolash, immunitetni korreksiyalash (tuzatish), funksional tashxis (diagnostika), sport jarohatidan keyingi reabilitatsiyasi hamda sportchilarning mashgʻulotlar va musobaqa yuklamalaridan keyingi reabilitatsiyasi kabi mavzularda oʻtkazish. |
2024-yil martdan boshlab |
Ijrochilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
7. |
“Karate hamma uchun” dasturini amalga oshirish. |
1. Karateni taʼlim muassasalari, yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish orqali ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirish. 2. Taʼlim muassasalari, mahallalarda karate boʻyicha toʻgaraklarni tashkil qilish. 3. Karate boʻyicha sport klublari faoliyatini yanada kengaytirish, ularni qoʻllab-quvvatlash. 4. Hududlarda karate infratuzilmasini kengaytirish maqsadida investitsiya va grant mablagʻlarini jalb qilish. |
2024-yil fevral |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning karate bilan bepul shugʻullanishlari uchun qulayliklar yaratish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash. |
“Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |||
|
8. |
Oʻzbekiston karateni rivojlantirish markazi uchun sport bazasini barpo etish. |
1. Toshkent shahridagi sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabining Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Sakkokiy koʻchasi, 4-“B” uy manzilida joylashgan bino-inshootlarini tegishli hududi bilan birga Oʻzbekiston karateni rivojlantirish markazi tasarrufiga oʻtkazib berish. |
2023-yil dekabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
2. Ajratilgan obyektda Oʻzbekiston karateni rivojlantirish markazi faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻladigan bino-inshootlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish. |
2024-yil mart |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi | ||
|
3. Oʻzbekiston karateni rivojlantirish markazida zarur bino va inshootlarni (zamonaviy mehmonxona, trenajyor zali, nazariy mashgʻulotlar xonalari, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, oshxona binolarini) qurish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2024-yil sentyabr |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi | ||
|
9. |
Sport-taʼlim muassasalarida karate boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish va uni rivojlantirishning ilmiy-metodik taʼminotini yoʻlga qoʻyish. |
1. Oʻquv reja va dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta k�rib chiqish. |
2024-yil fevral |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
2. Xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv reja va dasturlari, maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlarini amalga oshirish. |
2024-yil aprel | ||||
|
10. |
Karate boʻyicha trener va mutaxassislar salohiyatini oshirish. |
1. Trener va hakamlar uchun oʻquv-seminar tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha reja grafik va oʻquv dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2. Reja-grafik asosida salohiyatli mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻqishlarni bosqichma-bosqich tashkil etish. |
2024-yil yanvardan boshlab har yili |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
3. Oʻquv-seminarlar yakuni boʻyicha tegishli trener va hakamlarni attestatsiyadan oʻtkazib, uning natijasidan kelib chiqib yil davomida ularga sport musobaqalarida qatnashishi yuzasidan xulosa berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
2024-yil mart | ||||
|
11. |
Karate bilan shugʻullanishga qiziqishni oshirishga yoʻnaltirilgan adabiyotlarni yaratish. |
1. Sport qahramonlari hayotini jozibali bayon etish orqali adabiyotlarni yaratish. 2. Mashhur sportchilar tajribasini koʻrsatib beruvchi oʻquv adabiyotlar yaratish va mashgʻulotlarda foydalanishni yoʻlga qoʻyish. |
2024-2025-yillar davomida |
Ijrochilar, homiylar, Davlat budjeti mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
12. |
Karate boʻyicha elektron taʼlim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan metodik tavsiyalarning respublika ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish. |
1. Karate boʻyicha elektron darsliklar, mashq jarayonlarini videolavhalarda aks ettiruvchi elektron metodik qoʻllanmalar yaratish. 2. Elektron darslik va qoʻllanmalarning yagona respublika ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish. |
2024-yil aprel |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
13. |
Oʻquv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida karate rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborish. |
1. Karate boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlarning (Yaponiya, Koreya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Eron, Xitoy va boshqalar) ilgʻor tajribasini oʻrganish. |
2024-yil iyun — dekabr |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi |
|
2. Mutaxassislarni xorijiy davlatlarga tajriba almashishga yuborish hamda ularning yurtimizga tajriba almashish maqsadida kelish rejasini ishlab chiqishva tasdiqlash. |
2024-yil dekabr | ||||
|
14. |
Xalqaro karate federatsiyasi (WKF), Osiyo karate federatsiyasi (AKF) hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning karate federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash. |
Karate boʻyicha jahon reytinglarida yuqori oʻrinlarni egallagan davlatlar, shu jumladan Yaponiya, Koreya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Eron, Xitoy davlatlarining ilgʻor tajribasini oʻrganish va amaliyotga joriy qilish, ularning sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni kuchaytirish. Bunda, yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratish. |
2024-yil yanvardan boshlab |
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
15. |
Karate boʻyicha mahoratli sportchilarni tayyorlash. |
1. Kara�e boʻyicha sportchilarga daraja (belbogʻ) berish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish orqali takomillashtirish hamda bu borada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash. 2. Sportchilarga daraja (belbogʻ) berish, ulaning salohiyatini baholash boʻyicha respublika va hududiy komissiyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda ularning majburiyatlarini belgilash. 3. Joylarda sportchilar salohiyatini baholash va ularga daraja (belbogʻ) berish boʻyicha sinovlarni qabul qilish jarayonlarini yagona reja-grafik asosida oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil dekabr |
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
16. |
Oʻzbekistonda anʼanaviy tarzda karate boʻyicha erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari boʻyicha) xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish. |
1. Respublikaning barcha hududlarida 7-oktabr kuni — Butunjahon karate kuniga bagʻishlangan karate festivalini oʻtkazish. |
2024-yildan boshlab har yili oktyabr |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Karate va parakarate boʻyicha “Uzbekistan Open” xalqaro turnirini respublika hududlarida oʻtkazish. |
2024-yildan boshlab har yili aprel | ||||
|
3. Mazkur musobaqalar gʻolib va sovrindorlarini munosib ragʻbatlantirish. |
Musobaqalar yakunlari boʻyicha | ||||
|
17. |
Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali karateni keng targʻib qilish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash: |
Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2024-yil aprel |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida karate boʻyicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Karate WKF” maxsus ruknini tashkil qilish; hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida karateni keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish; mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini oʻtkazish; taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va namoyish etish; sport jurnalistlarining karate yutuqlari tahliliga bagʻishlangan koʻrsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish. |
Amalga oshirish — 2024 — 2026-yillar davomida |
2-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar |
Oʻlchov birligi |
Yillar kesimida |
Masʼul ijrochilar | |||
|
2023 |
2024 |
2025 |
2026 | ||||
|
1. |
Oʻzbekistonda karate (WKF) bilan doimiy shugʻullanuvchilar |
Son |
40 000 |
45 000 |
50 000 |
55 000 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
2. |
Sport-taʼlim muassasalarida karate (WKF) bilan doimiy shugʻullanuvchilar |
Son |
23 200 |
24 000 |
25 000 |
26 000 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
3. |
Maktabgacha taʼlim muassasalarida karate toʻgaraklari |
Son |
10 |
20 |
30 |
40 |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
4. |
Sport-taʼlim muassasalaridagi karate (WKF) boʻyicha trenerlar |
Son |
1 175 |
1 250 |
1 300 |
1 350 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
5. |
Karate (WKF) boʻyicha xalqaro toifadagi hakamlar |
Son |
4 |
8 |
15 |
20 |
Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
6. |
Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan karate (WKF) musobaqalari |
Son |
14 |
18 |
20 |
22 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |
|
7. |
Karate (WKF) boʻyicha terma jamoalarning xalqaro sport musobaqalarida ishtiroki |
Son |
6 |
10 |
14 |
18 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi |