ILOVA
|
T/r |
Indikator nomi |
Taqdim etiladigan maʼlumotlar |
Maʼlumotlarni taqdim etuvchi masʼul vazirlik va idoralar |
|
1. |
Davlat tashkilotlari soni indikatori |
tegishli bozorlarda davlat ulushlarini qisman yoki toʻliq sotish uchun davlat tomonidan huquqiy hujjat qabul qilinishi kerak yoki kerak emasligi toʻgʻrisida maʼlumot; tegishli bozorlardagi mavjud davlat ishtirokidagi korxonalar soni (roʻyxati) va unda davlat ulushining hajmi. |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
2. |
Davlat tashkilotlarini boshqarish indikatori |
davlat korxonalarini boshqarish mexanizmlari toʻgʻrisida maʼlumot; davlat ulushi mavjud korxonalar boshqaruv shakllari hamda ularning egalik huquqini amalga oshiruvchi davlat organlari yoki korxonalar toʻgʻrisida maʼlumot. | |
|
3. |
Davlatning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishtiroki indikatori |
tegishli bozorlarning yillik umumiy hajmi (aylanmasi); keltirilgan bozorlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar roʻyxati hamda sotuv hajmi. |
Statistika agentligi |
|
4. |
Narxlarni tartibga solish indikatori |
tegishli bozorlarda Hukumat, vazirlik, tartibga soluvchi yoki boshqa davlat idoralari tomonidan ushbu toifalardagi isteʼmolchilar uchun chakana narxlar tartibga solinishi yoki tasdiqlanishi; tartibga solinadigan narxlar roʻyxati. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
5. |
Davlat xaridlari indikatori |
davlat xaridlari va ommaviy tenderlarda ishtirok etish talablari; davlat xaridlarida berilgan imtiyozlar (agar mavjud boʻlsa). | |
|
6. |
Manfaatdor shaxslarning jalb etilish (oʻzaro hamkorlik) darajasi indikatori |
qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda manfaatdor shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar va asoslovchi hujjatlar. |
Adliya vazirligi |
|
7. |
Yangi biznesni roʻyxatdan oʻtkazishning murakkablik indikatori |
yangi biznesni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan majburiy jarayonlar soni; biznesni tashkil qilish uchun sarflangan vaqt; biznesni tashkil qilish qiymati (aholi jon boshiga daromadning foizi); eng kam ustav fondi (oʻrtacha aholi jon boshiga daromadning foizi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | |
|
8. |
Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari indikatori |
mamlakatimizdagi mavjud ruxsatnomalar va litsenziyalar soni; Hukumat tomonidan talab qilinadigan ruxsatnomalar va litsenziyalar sonini koʻrib chiqish va qisqartirish boʻyicha dastur mavjud yoki mavjud emasligi; biznes uchun litsenziyalash (ruxsat berish tartib-qoidalari) talablari va tegishli qonunchilik hujjatlari. | |
|
9. |
Raqobat muhiti indikatori |
tegishli bozorlarning umumiy eksport hajmi; tegishli bozorlarda faoliyat yuritayotgan eksport qiluvchi korxonalar roʻyxati hamda eksport hajmi. |
Statistika agentligi |
|
10. |
Energiya resurslari ishonchliligi va undan barqaror foydalanish indikatori |
har bir mijozga toʻgʻri keladigan elektr taʼminoti uzilishlarining oʻrtacha umumiy davomiyligi; yiliga oʻrtacha elektr taʼminotida uzilishlar soni; energiya taʼminotida asossiz ravishda uzilishlar uchun javobgarlikning mavjud yoki mavjud emasligi; elektr taʼminotidagi uzilishlar paytida yuzaga kelgan zararni qoplash boʻyicha samarali mexanizmlarning mavjud yoki mavjud emasligi. |
Energetika vazirligi |
|
11. |
Transport, kommunikatsiya tarmoqlari va muqobil logistikadan foydalanish imkoniyati indikatori |
aeroport yigʻimlari; avtomobilda tashish uchun tariflar; temir yoʻlda tashish uchun tariflar; mavjud logistika firmalari hamda ularning bozordagi oʻrni. |
Transport vazirligi |