30.10.2023 yildagi 577-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.10.2025 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat muhitini baholashning samarali tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq iqtisodiyotda raqobat muhiti holatini baholash boʻyicha Raqobat rivojlanishi indeksini (keyingi oʻrinlarda — Indeks) joriy qilish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Raqobat qoʻmitasi) tomonidan Indeksni hisoblashning vaqtincha metodikasi (keyingi oʻrinlarda — Metodika) ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Indeks quyidagi asosiy baholash yoʻnalishlarini nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlaridagi raqobat muhiti, mazkur bozorlarga kirish uchun toʻsiqlarning bartaraf etilganligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslaridan ishonchli va barqaror foydalanish imkoniyati hamda ushbu resurslar bilan taʼminlanganlik holati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy mulk daxlsizligi va yer munosabatlarining rivojlanganligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport va kommunikatsiya tarmoqlaridan (shu jumladan, internet) foydalanish, muqobil transport vositalarining oʻzaro bogʻliqligi va rivojlanganligi, shu jumladan logistika samaradorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Raqobat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 30-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning 2021-2022-yillardagi koʻrsatkichlari asosida Metodikaning aprobatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aprobatsiya natijalaridan kelib chiqib, Metodikani takomillashtirsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Indeksni hisoblash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etuvchi vazirlik va idoralarning roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatda nazarda tutilgan vazirlik va idoralar Metodikani aprobatsiyadan oʻtkazish uchun 2021-2022-yillar uchun tegishli maʼlumotlarni bir oy muddatda Raqobat qoʻmitasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatda nazarda tutilgan vazirlik va idoralar har yili 1-aprelga qadar tegishli maʼlumotlarni Raqobat qoʻmitasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan maʼlumotlar hamda Metodika asosida Raqobat qoʻmitasi iqtisodiyotda raqobat muhitini baholab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat qoʻmitasi har yili 1-iyunga qadar avvalgi hisobot yili boʻyicha Indeksni hisoblash natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Indeksni hisoblash natijalari Raqobat qoʻmitasining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Raqobat qoʻmitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Indeksni hisoblash ishlarini Raqobat qoʻmitasi huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Indeksni yuritish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni Raqobat qoʻmitasi huzuridagi Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh. Sharaxmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
577-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 577-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat rivojlanishi indeksini hisoblash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etuvchi vazirlik va idoralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Indikator nomi

Taqdim etiladigan maʼlumotlar

Maʼlumotlarni taqdim etuvchi masʼul vazirlik va idoralar

1.

Davlat tashkilotlari soni indikatori

tegishli bozorlarda davlat ulushlarini qisman yoki toʻliq sotish uchun davlat tomonidan huquqiy hujjat qabul qilinishi kerak yoki kerak emasligi toʻgʻrisida maʼlumot;

tegishli bozorlardagi mavjud davlat ishtirokidagi korxonalar soni (roʻyxati) va unda davlat ulushining hajmi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2.

Davlat tashkilotlarini boshqarish indikatori

davlat korxonalarini boshqarish mexanizmlari toʻgʻrisida maʼlumot;

davlat ulushi mavjud korxonalar boshqaruv shakllari hamda ularning egalik huquqini amalga oshiruvchi davlat organlari yoki korxonalar toʻgʻrisida maʼlumot.

3.

Davlatning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishtiroki indikatori

tegishli bozorlarning yillik umumiy hajmi (aylanmasi); keltirilgan bozorlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar roʻyxati hamda sotuv hajmi.

Milliy statistika qoʻmitasi

4.

Narxlarni tartibga solish indikatori

tegishli bozorlarda Hukumat, vazirlik, tartibga soluvchi yoki boshqa davlat idoralari tomonidan ushbu toifalardagi isteʼmolchilar uchun chakana narxlar tartibga solinishi yoki tasdiqlanishi;

tartibga solinadigan narxlar roʻyxati.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

Davlat xaridlari indikatori

davlat xaridlari va ommaviy tenderlarda ishtirok etish talablari; davlat xaridlarida berilgan imtiyozlar (agar mavjud boʻlsa).

6.

Manfaatdor shaxslarning jalb etilish (oʻzaro hamkorlik) darajasi indikatori

qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda manfaatdor shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar va asoslovchi hujjatlar.

Adliya vazirligi

7.

Yangi biznesni roʻyxatdan oʻtkazishning murakkablik indikatori

yangi biznesni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan majburiy jarayonlar soni;

biznesni tashkil qilish uchun sarflangan vaqt; biznesni tashkil qilish qiymati (aholi jon boshiga daromadning foizi);

eng kam ustav fondi (oʻrtacha aholi jon boshiga daromadning foizi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

8.

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari indikatori

mamlakatimizdagi mavjud ruxsatnomalar va litsenziyalar soni; Hukumat tomonidan talab qilinadigan ruxsatnomalar va litsenziyalar sonini koʻrib chiqish va qisqartirish boʻyicha dastur mavjud yoki mavjud emasligi;

biznes uchun litsenziyalash (ruxsat berish tartib-qoidalari) talablari va tegishli qonunchilik hujjatlari.

9.

Raqobat muhiti indikatori

tegishli bozorlarning umumiy eksport hajmi; tegishli bozorlarda faoliyat yuritayotgan eksport qiluvchi korxonalar roʻyxati hamda eksport hajmi.

Milliy statistika qoʻmitasi

10.

Energiya resurslari ishonchliligi va undan barqaror foydalanish indikatori

har bir mijozga toʻgʻri keladigan elektr taʼminoti uzilishlarining oʻrtacha umumiy davomiyligi;

yiliga oʻrtacha elektr taʼminotida uzilishlar soni; energiya taʼminotida asossiz ravishda uzilishlar uchun javobgarlikning mavjud yoki mavjud emasligi;

elektr taʼminotidagi uzilishlar paytida yuzaga kelgan zararni qoplash boʻyicha samarali mexanizmlarning mavjud yoki mavjud emasligi.

Energetika vazirligi

11.

Transport, kommunikatsiya tarmoqlari va muqobil logistikadan foydalanish imkoniyati indikatori

aeroport yigʻimlari; avtomobilda tashish uchun tariflar; temir yoʻlda tashish uchun tariflar;

mavjud logistika firmalari hamda ularning bozordagi oʻrni.

Transport vazirligi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 09/23/577/0815-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)