28.10.2023 yildagi 572-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.04.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish portalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga asosan davlat mulki obyektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborotlarni yagona platformada eʼlon qilib borish orqali ularning ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish portalida (keyingi oʻrinlarda — portal) eʼlon qilinadigan axborotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish portaliga axborot tizimlari integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlarning tegishli maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiya qilish hamda maʼlumotlar almashishni inobatga olgan holda, bir oy muddatda portalni yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda portalning ishga tushirilishini va “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi hamda ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portal faoliyati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ portal faoliyatini tashkil qilish va yuritish boʻyicha operator hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portalni yaratish, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda uning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar portal operatorining mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portaldan foydalanish bepul amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi axborotlarni portalga joylashtirmasdan, savdoga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat organlari va tashkilotlar portalga davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi axborotlarni (obyektning umumiy tavsifi, qiymati, savdoni oʻtkazish mexanizmi, shartlari va boshqalar) savdo oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin, shuningdek, yakuniy maʼlumotlarni (gʻolib haqidagi maʼlumotlar, obyektning realizatsiya qiymati va boshqalar) savdo natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh kun ichida joylashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan axborotlarning portalga oʻz vaqtida va sifatli joylashtirilishini monitoring va tahlil qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
572-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 572-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish portalida eʼlon qilinadigan axborotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Eʼlon qilinadigan axborotlar

Masʼullar

I. Davlat mulki va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni sotish boʻyicha

1.

Davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) sotish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

“Toshkent” Respublika fond birjasi,

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

2.

Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning asosiy vositalarini sotish.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

4.

Davlat organlari va tashkilotlarning avtomototransport vositalarini sotish.

5.

Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida sotish.

6.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida sotish.

7.

Mikromarkazlarni tashkil qilish uchun davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali tadbirkorlarga ijara huquqi asosida sotish.

8.

Kichik sanoat zonalari hududida yer uchastkalarini berish, mulk huquqi va ijara huquqi asosida sotish.

9.

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida sotish.

10.

Maxsus sanoat zonalari hududida yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida sotish.

II. Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha

11.

Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

12.

Davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

13.

Davlatga tegishli tabiiy va sunʼiy suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish

14.

Moddiy-madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish.

15.

Koʻchma savdo joyini ijaraga berish.

16.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ijaraga berish.

17.

Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish.

18.

Yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish.

19.

Telekommunikatsiya obyektlarini ijaraga berish.

20.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning asosiy vositalarini ijaraga berish.

III. Davlat-xususiy sheriklik boʻyicha

21.

Vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlarga tegishli boʻlgan davlat mulki obyektlarini (yer uchastkalarini) davlat-xususiy sheriklik asosida berish.

Vazirlik va idoralar

22.

Vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlarda xizmatlarni koʻrsatish tizimini davlat mulki negizida autsorsing shartlari asosida tashkil etish.

23.

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qoʻllagan holda istirohat bogʻlari va yashil zonalarni tashkil etish.

Madaniyat vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik sholi yetishtirish uchun urugʻchilik xoʻjaliklarini tanlash.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

IV. Boshqa tegishli huquqlarni berish boʻyicha

25.

Davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

26.

Koʻp kvartirali uy-joylar joylashgan hududlarni ochiq tanlov oʻtkazish yoʻli bilan boshqaruv tashkilotlariga biriktirish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

27.

Ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatish.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

28.

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish.

29.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish.

30.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish.

31.

Strategik turdagi (asosiy) foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish.

32.

Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish.

33.

Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish.

34.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarni oʻrnatish.

35.

Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga boʻsh yer uchastkalarini berish.

36.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 572-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish portaliga axborot tizimlari integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
  1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
  6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
  11. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi
  12. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
  13. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi
  14. Toshkent” Respublika fond birjasi
  15. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ
  16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborot tizimlari portalga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat organlari va tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashish xizmatlari bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan, zaruratga koʻra, boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari ham oʻzaro kelishuv asosida portalga integratsiya qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 09/23/572/0809-son; 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)