28.10.2023 yildagi 572-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga asosan davlat mulki obyektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotlarni yagona platformada e’lon qilib borish orqali ularning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalida (keyingi o‘rinlarda — portal) e’lon qilinadigan axborotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portaliga axborot tizimlari integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlarning tegishli ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiya qilish hamda ma’lumotlar almashishni inobatga olgan holda, bir oy muddatda portalni yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda portalning ishga tushirilishini va “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi hamda ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portal faoliyati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ portal faoliyatini tashkil qilish va yuritish bo‘yicha operator hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portalni yaratish, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda uning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar portal operatorining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portaldan foydalanish bepul amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi axborotlarni portalga joylashtirmasdan, savdoga chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat organlari va tashkilotlar portalga davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi axborotlarni (obyektning umumiy tavsifi, qiymati, savdoni o‘tkazish mexanizmi, shartlari va boshqalar) savdo o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin, shuningdek, yakuniy ma’lumotlarni (g‘olib haqidagi ma’lumotlar, obyektning realizatsiya qiymati va boshqalar) savdo natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh kun ichida joylashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan axborotlarning portalga o‘z vaqtida va sifatli joylashtirilishini monitoring va tahlil qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
572-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 572-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalida e’lon qilinadigan axborotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

E’lon qilinadigan axborotlar

Mas’ullar

I. Davlat mulki va davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni sotish bo‘yicha

1.

Davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) sotish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

“Toshkent” Respublika fond birjasi,

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

2.

Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning asosiy vositalarini sotish.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

4.

Davlat organlari va tashkilotlarning avtomototransport vositalarini sotish.

5.

Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida sotish.

6.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida sotish.

7.

Mikromarkazlarni tashkil qilish uchun davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali tadbirkorlarga ijara huquqi asosida sotish.

8.

Kichik sanoat zonalari hududida yer uchastkalarini berish, mulk huquqi va ijara huquqi asosida sotish.

9.

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida sotish.

10.

Maxsus sanoat zonalari hududida yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida sotish.

II. Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha

11.

Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi
O‘rmon xo‘jaligi agentligi

12.

Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

13.

Davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish

14.

Moddiy-madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish.

15.

Ko‘chma savdo joyini ijaraga berish.

16.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ijaraga berish.

17.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish.

18.

Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish.

19.

Telekommunikatsiya obyektlarini ijaraga berish.

20.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning asosiy vositalarini ijaraga berish.

III. Davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha

21.

Vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlarga tegishli bo‘lgan davlat mulki obyektlarini (yer uchastkalarini) davlat-xususiy sheriklik asosida berish.

Vazirlik va idoralar

22.

Vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlarda xizmatlarni ko‘rsatish tizimini davlat mulki negizida autsorsing shartlari asosida tashkil etish.

23.

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llagan holda istirohat bog‘lari va yashil zonalarni tashkil etish.

Madaniyat vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik sholi yetishtirish uchun urug‘chilik xo‘jaliklarini tanlash.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

IV. Boshqa tegishli huquqlarni berish bo‘yicha

25.

Davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

26.

Ko‘p kvartirali uy-joylar joylashgan hududlarni ochiq tanlov o‘tkazish yo‘li bilan boshqaruv tashkilotlariga biriktirish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

27.

Og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatish.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

28.

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish.

29.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish.

30.

Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish.

31.

Strategik turdagi (asosiy) foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish.

32.

Daryolar o‘zanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish.

33.

Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish.

34.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarni o‘rnatish.

35.

Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga bo‘sh yer uchastkalarini berish.

36.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 572-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portaliga axborot tizimlari integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
  4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
  5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
  6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
  7. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi
  8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
  9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
  11. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi
  12. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
  13. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi
  14. Toshkent” Respublika fond birjasi
  15. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ
  16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborot tizimlari portalga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat organlari va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashish xizmatlari bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan, zaruratga ko‘ra, boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari ham o‘zaro kelishuv asosida portalga integratsiya qilinishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 09/23/572/0809-son; 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)