Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining
Qarori
“Davlat xizmatlari yagona reyestrini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 27-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3181-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. TAShKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-oktabr,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-oktabr,
23/11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 3-son va Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 26-oktabrdagi 23/11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 31-iyuldagi 6, 136-son “Davlat xizmatlari yagona reyestrini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3181, 2019-yil 13-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 19/19/3181/3738-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020-yil 31-avgustdagi 2-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020-yil 26-avgustdagi 203-mh-son “Davlat xizmatlari yagona reyestriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3181-1, 2020-yil 31-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3181-1/1270-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 18-oktabrdagi 2-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 8-oktabrdagi 218-mh-son “Davlat xizmatlari yagona reyestriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3181-2, 2021-yil 18-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 10/21/3181-2/0973-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi 4-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi 230-mh-son “Davlat xizmatlari yagona reyestriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3181-3, 2022-yil 27-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3181-3/0678-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2023-y., 10/23/3181-4/0805-son)