16.10.2023 yildagi PQ-335-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindi poligonlarida hosil boʻladigan chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasini yanada takomillashtirish, “Nol chiqindi” tamoyili asosida yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish, sohaga aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy etish, shuningdek, yangi ish oʻrinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sejin G&E Co., Ltd” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda — Investor) ishtirokida “Toshkent viloyatining “Ohangaron” (Ohangaron tumani) va “Maydontol” (Parkent tumani) qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida hosil boʻladigan chiqindi gazidan quvvati 16 MVt boʻlgan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan “Sejin Uz” masʼuliyati cheklangan jamiyat koʻrinishidagi xorijiy korxona (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ijrochisi) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Investor oʻrtasida 2018-yil 14-sentabrda “Toshkent viloyatining “Ohangaron” va “Maydontol” maishiy chiqindilar poligonlarida (keyingi oʻrinlarda — Poligonlar) hosil boʻladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida investitsiya shartnomasi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri hokimliklarining Investor ishtirokida Investitsiya loyihasini davom ettirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya loyihasini 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish uchun masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya shartnomasiga Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatlarini yangilash hamda tomonlarning oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarishlarini taʼminlash boʻyicha talablarni qatʼiy belgilashni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kelishuv tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi Investor bilan birgalikda Investitsiya loyihasining toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqariladigan 16 MVt elektr energiyasi boʻyicha “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha ijrochisi oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim imzolanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-yanvarga qadar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish” loyihasi doirasida Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 59 gektar yer maydonida joylashgan “Ohangaron” maishiy chiqindilar poligoniga tutash hududsa yangi maishiy chiqindi poligonini qurish va ishga tushirish ishlari yakunlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Poligonlarda hosil boʻlgan chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish liniyasi uchun zarur boʻlgan yer maydonlari tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib, Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida bepul oʻtkazib berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-martga qadar “Ohangaron” qattiq maishiy chiqindi poligonini Vazirlikka operativ boshqarish huquqi asosida bepul oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Vazirlik tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2045 yilgacha Loyiha ijrochisiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Poligonlar hamda ulardagi mavjud infratuzilma obyektlari, bino va inshootlar Investitsiya loyihasi doirasida chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun tekin foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish liniyasi uchun ajratilgan yer maydonlari ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyiha ijrochisi Investitsiya loyihasi doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va oshiruvchi podstansiya qurib ishga tushirganidan soʻng elektr uzatish tarmoqlari joylashgan yer maydonlari “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga jamoat ehtiyojlari uchun bozor qiymatida ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-335-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2023-y., 07/23/335/0779-son)