13.10.2023 yildagi 537-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshiradigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3901-son qarori hamda Hukumatning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-sentabrdagi 772-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2023/2024 oʻquv yilida davlat granti asosida malaka oshirish kurslariga yuboriladigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tegishli vazirliklar Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Akademiya va uning hududiy filiallarida mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan tarkibda boshqaruv kadrlarining malaka oshirish kurslarida ishtirokini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Akademiya Agentlik va tegishli vazirliklar bilan birgalikda 2023-yil oktyabr — 2024-yil iyun oylarida mazkur qarorga ilovaga muvofiq boshqaruv kadrlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023/2024 oʻquv yili davomida Akademiyaga jami 46 ta professor-oʻqituvchi shtat birliklari ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Akademiya professor-oʻqituvchilarining 2023-yil sentyabr — dekabr oylarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar Akademiyaning 2023-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024/2025 oʻquv yiliga qadar esa 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻliq moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
537-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-oktabrdagi 537-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2023/2024 oʻquv yilida davlat granti asosida malaka oshirish kurslariga yuboriladigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Boshqaruv kadrlarining lavozimlari

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda hududiy transport boshqarmalari boshliqlari

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining boshqarmalari va boʻlim boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari va boʻlim boshliqlari

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi, Toshkent shahar uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarma va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimlari boshliqlari

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari,viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi, �rinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Energetika vazirligining boshqarma va boʻlim boshliqlari,viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 09/23/537/0773-son)