11.10.2023 yildagi PQ-331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida islohotlarni yanada jadallashtirish va sohaning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini yanada rivojlantirish, import oʻrnini bosuvchi va eksportga moʻljallangan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, shuningdek, joriy yilning 18-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq hududlarda xom ashyoni toʻliq yigʻib olish va qayta ishlashga yoʻnaltirish maqsadida terini qayta ishlovchi korxonalar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik klasterlari va chorva mollarini soʻyish kushxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholidan terini yigʻuvchi tadbirkorlik subyektlari va oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar oʻrtasida kooperatsiya tizimi joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi ushbu kooperatsiya tizimining birinchi navbatda 1-ilovaga muvofiq tumanlarda joriy qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda terini qayta ishlovchi va uni yetkazib beruvchi tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan namunaviy shartnomani ishlab chiqib, oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J.A. Xodjayev) bir oy muddatda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining masʼullarini biriktirgan holda, 2023 — 2025-yillarda teri xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu investitsiya loyihalari quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokidagi “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” va Jahon banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihalari doirasida xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan 100 million AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy banklarning uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarining tijorat banklari orqali jalb qilinadigan 200 million AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-143-son qarorining toʻrtinchi bandi bilan tijorat banklarida ochilgan kredit liniyalarining foydalanilmagan qismidan moliyalashtirish tartibi va shartlarini saqlab qolgan holda 40 million AQSH dollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Charm-poyabzal va moʻynachilik sohasida investitsiya loyihalari uchun yer maydonlarini ajratish tizimini soddalashtirish va kichik sanoat zonalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) charm-poyabzal, moʻynachilik va ixtisoslashgan soʻyish korxonalari tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, korxonalar tomonidan bir yil ichida har oy teng ulushlarda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashkil etilgan 16 ta ixtisoslashgan charm-poyabzal kichik sanoat zonalarida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining boshlangʻich narxi 25 yil muddatdan kelib chiqib, hisob-kitob qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga aniqlangan boshlangʻich narxining 10 foizi miqdorida chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblari tomonidan yer uchastkalari uchun mablagʻlar 3 yil davomida teng ulushlarda toʻlab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasida markazlashgan oqova suv tozalash inshootini qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-292-son qaroriga asosan respublika budjetidan 10 yil muddatga 50 milliard soʻmgacha ssuda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, terini qayta ishlash korxonalari tomonidan markazlashgan oqova suv tozalash inshootini qurish va boshqarish uchun teng ulushlarda yagona korxona taʼsis etiladi hamda ushbu ssuda ikkinchi yildan boshlab yagona korxona tomonidan har yili teng ulushlarda respublika budjetiga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur maqsad uchun zarur boʻlgan mablagʻlarning yagona korxonaga ajratilishini 2024-yil budjet parametrlarida koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi 2024-yil yakuni bilan markazlashgan oqova suv tozalash inshootining foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Charm-poyabzal va moʻynachilik sohasida eksport qiluvchi korxonalarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-sonli Farmoniga asosan 4-band “a” kichik bandining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mavjud resurslari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida ular tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport hajmi 1 million AQSH dollaridan 2 million AQSH dollarigacha boʻlganda — 1 million AQSH dollarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport hajmi 2 million AQSH dollaridan 4 million AQSH dollarigacha boʻlganda — 2 million AQSH dollarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport hajmi 4 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 3 million AQSH dollarigacha miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi. Bunda, moliyaviy resurslar yillik 4 foiz stavkadan (shundan 2 foizi bank marjasi) oshmagan holda taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi korxonalari tomonidan xorijda savdo uyi va doʻkonini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 50 ming AQSH dollarigacha mablagʻni chet elga oʻtkazishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida kadrlar tayyorlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali tikuvchi, bichuvchi va kosiblarni tayyorlashda “usta-shogird” anʼanasi asosida korxonaning tajribali xodimlariga biriktirilgan shogirdlar uchun dastlabki uch oy mobaynida Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur subsidiyaning 50 foiz qismi ustaning ish haqiga ustama sifatida beriladi va qolgan qismi zarur xom ashyolar sotib olish uchun maqsadli sarflanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish uchun oliy taʼlim muassasalari “taʼlim-fan-ishlab chiqarish” tamoyili asosida hududlarga 2-ilovaga muvofiq biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur oliy taʼlim muassasalari tomonidan biriktirilgan hududlarda kollej va texnikumlarga sohaga kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv-metodik yordam koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi biriktirilgan hududlarda taʼlim muassasalari bilan soha korxonalarining oʻzaro uzviy hamkorligini taʼminlash, shu jumladan talabalarga ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini oʻrgatish hamda yuqori kurs talabalarini ish haqi toʻlanadigan tizim orqali band qilish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi va hududlarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari 2024/2025 oʻquv yilidan Italiya, Turkiya, Germaniya va boshqa davlatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda charm-poyabzal va moʻynachilik sohasida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni (muhandis, texnolog, dizayner, marketolog) tayyorlash boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining Italiyaning poyabzal va charm uskunalari ishlab chiqaruvchi milliy uyushmasining (ASSOMAC) grant mablagʻlarini jalb qilgan holda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab xalqaro tajriba asosida charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlarining sinov laboratoriyalarini tashkil etish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2024 — 2026-yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish va xorijiy brendlar bilan hamkorlik oʻrnatish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilish, qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-331-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-oktabrdagi PQ-331-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholidan terini yigʻib olish va tayyorlash punktlari tashkil etiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUMANLAR ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Tumanlar nomi

Xom ashyo hosil boʻlishi

(ming dona)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Taxtakoʻpir tumani

65,1

Qoʻngʻirot tumani

52,5

2.

Andijon viloyati

Qoʻrgʻontepa tumani

80,0

Ulugʻnor tumani

32,9

3.

Buxoro viloyati

Romitan tumani

150,3

Buxoro tumani

131,6

4.

Jizzax viloyati

Zarbdor tumani

65,4

Sharof Rashidov tumani

115,4

5.

Qashqadaryo viloyati

Nishon tumani

147,8

Koson tumani

241,3

6.

Navoiy viloyati

Qiziltepa tumani

171,8

Navbahor tumani

152,6

7.

Namangan viloyati

Kosonsoy tumani

53,6

Pop tumani

83,6

8.

Samarqand viloyati

Kattaqoʻrgʻon tumani

128,0

Bulungʻur tumani

101,6

9.

Surxondaryo viloyati

Jarqoʻrgʻon tumani

152,6

Muzrabot tumani

55,9

10.

Sirdaryo viloyati

Sardoba tumani

31,3

11.

Toshkent viloyati

Ohangaron tumani

164,9

Quyi Chirchiq tumani

32,4

12.

Fargʻona viloyati

Oʻzbekiston tumani

55,8

Furqat tumani

43,0

13.

Xorazm viloyati

Urganch tumani

67,7

Shovot tumani

52,2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-oktabrdagi PQ-331-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida “taʼlim-fan-ishlab chiqarish” tamoyili asosida hududlarga biriktiriladigan oliy taʼlim muassasalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Oliy taʼlim muassasasi

Tayyorlanadigan mutaxassislar soni

Hududlar

kunduzgi

sirtqi

1.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

200

150

Toshkent shahri,

Toshkent viloyati,

Sirdaryo viloyati

2.

Fargʻona politexnika instituti

50

50

Fargʻona viloyati,

Andijon viloyati

3.

Namangan toʻqimachilik sanoati instituti

75

25

Namangan viloyati

4.

Jizzax politexnika instituti

50

25

Jizzax viloyati,

Samarqand viloyati,

Qashqadaryo viloyati,

Surxondaryo viloyati

5.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

125

50

Buxoro viloyati,

Navoiy viloyati,

Xorazm viloyati,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-oktabrdagi PQ-331-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish va xorijiy brendlar bilan hamkorlik oʻrnatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazifa

Amaliy chora-tadbir

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

“Xom ashyodan tayyor mahsulotgacha” tamoyili asosida Xom ashyoni chuqur qayta ishlash boʻyicha klaster loyihalarini amalga oshirish.

1. Klaster loyihalarini amalga oshirish boʻyicha mahalliy va xorijiy investorlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2024-yil yanvar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Mahalliy hokimliklar bilan klaster loyihalarini amalga oshirish hududlarini aniqlash.

2024-yil mart

3. Loyihani amalga oshirish jarayonlarini doimiy monitoring qilib borish va ularni belgilangan muddatlarda ishga tushirishni taʼminlash.

2023 — 2025 yillar

2.

Charm mahsulotidan poyabzal va charm-attorlik tayyor mahsulotlari, shuningdek, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdagi mavjud boʻshliqlarni toʻldirish.

1. Hududlarning Xom ashyo bazasini va ishlab chiqarishdagi mavjud boʻshliqlarini tahlil qilish.

2024-yil yanvar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tahlil asosida ishlab chiqarishdagi mavjud boʻshliqlarni toʻldirishga qaratilgan tarmoq investitsiya dasturini shakllantirish.

2024-yil fevral

3. Tarmoq investitsiya dasturini amalga oshirish choralarini koʻrish.

2024 — 2026-yillar

3.

Ishlab chiqarish korxonalar quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish.

1. Ishlab chiqarish korxonalarining quvvatlaridan foydalanish darajasini toʻliq tahlildan oʻtkazish.

2023-yil dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Korxonalarni energiya tejamkor va innovatsion texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish.

2024-yil mart

3. Dasturni amalga oshirishning moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni amalga oshirish choralarini koʻrish.

2024-yil aprel

4.

Taniqli xorijiy brendlar bilan ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qoʻshilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali 30 dan ortiq nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish hisobiga qoʻshilgan qiymatni 5 barobarga oshirish.

1. Uyushma va soha korxonalari vakillarini Xitoyga safarini tashkil qilish va “Li-Ning”, “Anta Sports Products”, “Peak Sport Products” va “Xtep” kompaniyalari bilan brend mahsulotlarni “autsorsing” va “franchayzing” asosida ishlab chiqarish masalasini muhokama qilish.

2024-yil mart

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi,

Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari

2. Italiya, Portugaliya va Ispaniya davlatlariga Uyushmaning biznes-missiyasini tashkil etish hamda bu tashrifda “APIC”, “APICCAPS”, “COTANCE”, “Inpelsa” va “ACEXPIEL” kabi yirik tashkilot va kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazib Oʻzbekistondan charm mahsulotlari eksportini amalga oshirish choralarini koʻrish.

2024-yil iyun

3. “Adidas” (Germaniya), “Berkemann” (Germaniya), “Kari” (Rossiya), “Geox” (Italiya) va boshqa yirik poyabzal brendlari bilan muzokaralar oʻtkazish va soha korxonalariga buyurtmalar qabul qilish masalalarini muhokama qilish.

2024-yil iyun

5.

Korxonalarda xalqaro tajriba asosida sifat nazorati va sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO: 9001, ISO: 14001, ISO: 45001) joriy qilish.

1. Xorijiy konsultantlar bilan hamkorlikda korxonalarda xalqaro tajriba asosida sifat nazorati tizimlarini joriy qilish choralarini koʻrish.

2024-yil fevral

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

2. Eksportchi korxonalarda sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini joriy qilish darajasini 80 foizga yetkazish choralarini koʻrish.

2025-yil yanvar

6.

Sport, mebel, mashinasozlik va boshqa sohalarda ishlatiladigan sifatli tabiiy va sunʼiy charm mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish.

1. Tabiiy va sunʼiy charm mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun loyihalarni amalga oshirish boʻyicha mahalliy va xorijiy investorlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2024-yil mart

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni amalga oshirish choralarini koʻrish.

2024-yil aprel

7.

Charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda kimyoviy va biologik tozalash inshootlarini tashkil qilish.

1. Charm ishlab chiqarishda ekologik normalar va ishlab chiqarishning tabiatga taʼsiri masalalarida korxonalarda xalqaro standartlarni joriy qilish boʻyicha Leather Working Group (LWG), Sustainable Leather Foundation (SLF) xalqaro tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2024-yil mart

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi,

Charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar

2. Charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda xalqaro talablar asosida kimyoviy va biologik tozalash inshootlarini tashkil qilish choralarini koʻrish.

2025-yil yanvar

8.

Tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning charm-poyabzalni yirik import qiluvchi davlatlardagi koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etishini tashkil qilish.

Xorijiy davlatlarda (AQSH, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Niderlandiya, Ispaniya, Belgiya va Rossiya Federatsiyasi kabi) oʻtkaziladigan koʻrgazma hamda yarmarkalarda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning tayyor charm-poyabzal mahsulotlari bilan ishtirok etishini tashkil qilish.

Har yili koʻrgazma va yarmarkaning oʻtkazilishi sanasidan kelib chiqib

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

9.

UzCharmExpo” xalqaro charm, poyabzal va moʻyna koʻrgazma-yarmarkasi koʻlamini yanada kengaytirish.

“UzCharmExpo” xalqaro charm, poyabzal va moʻyna koʻrgazma-yarmarkasi koʻlamini kengaytirish va xorijiy ishtirokchilarni yanada keng jalb qilish maqsadida koʻrgazmani charm-poyabzal yoʻnalishida tajribali xorijiy tashkilotchilar bilan birga tashkil etib borish choralarini koʻrish.

Har yili bir marotaba

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

10.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasida terini qayta ishlash korxonalari uchun markazlashgan oqova suv tozalash inshootini qurish.

1. Markazlashgan oqova suv tozalash inshootini boshqaradigan yagona korxonani teng ulushlarda taʼsis etish.

2024-yil yanvar

Toshkent viloyati hokimligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi,

Sanoat zonasida joylashadigan terini qayta ishlash korxonalari

2. Markazlashgan oqova suv tozalash inshootini qurish uchun zarur mablagʻlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil aprel

3. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq va ushbu yagona korxona taʼsischilarining kafilligi asosida respublika budjetidan 10 yil muddatga 50 milliard soʻmgacha ssuda ajratish.

Loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgan muddatlarda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4. Mablagʻlar ajratilganidan soʻng kichik sanoat zonasida markazlashgan oqova suv tozalash inshootini qurish ishlarini tashkil qilish.

Loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgan muddatlarda

Loyiha tashabbuskorlari tomonidan tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt

11.

Respublika hududlaridagi 16 ta charm-poyabzal kichik sanoat zonalari faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash.

1. Zarur hollarda yer maydonlarining toifasini oʻzgartirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 222-son qarori talablariga muvofiq tegishli hujjatlarni tayyorlab, Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritish.

2023-yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Kadastr agentligi

2. Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarorini qabul qilish choralarini koʻrish (zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng).

10 kun muddatda

3. Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarori qabul qilinganidan soʻng sanoat zonasida yerlar belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlash.

15 kun muddatda

12.

Toshkent viloyatida charm mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasini kengaytirish.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasini kengaytirish boʻyicha tegishli taklif ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil fevral

Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

13.

Soha korxonalarining davlat va korporativ xaridlardagi ishtirokini kengaytirish orqali qoʻllab-quvvatlash.

Davlat buyurtmachilariga yetkazib berilayotgan goʻsht avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan soʻyish korxonalarida soʻyilganligi va “Veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan soʻyilgan hayvon goʻshtlarining yagona elektron maʼlumotlar bazasi axborot tizimi”da roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar va hujjatlar (QR-kod) asosida isteʼmolga qabul qilish tartibini joriy qilish.

2024-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

14.

Ishlab chiqarishga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni kengaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.

1. Ishlab chiqarishda avtomatlashgan va robotlashgan texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish choralarini koʻrish.

2. Poyabzal detallari, stelkalari va tag qismlarini ishlab chiqarishda 3D-chop etish texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha yetakchi kompaniyalar tajribasini oʻrganish va amaliyotga joriy qilish choralarini koʻrish.

2025-yil yanvar

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

soha korxonalari

15.

Xalqaro tajriba asosida mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Jizzax politexnika instituti, Namangan toʻqimachilik sanoati instituti, Fargʻona politexnika instituti talabalarini xorijiy davlatlar, shu jumladan Fransiya (ITECH), Ispaniya (UdL), Turkiya (EGE) oliy taʼlim muassasalari tajribasi asosida moda, dizayn, texnologiya, standartlashtirish, innovatsiyalar, marketing va menejment yoʻnalishlarida oʻqitish hamda soha korxonalari mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

2025-yil yanvar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

16.

2023 — 2025-yillarda charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida yuqori qoʻshilgan qiymatli, import oʻrnini bosuvchi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha umumiy qiymati 1,0 mlrd AQSH dollariga teng 769 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

1. 2023 — 2025-yillarda charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlasin.

2023-yil noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

2. Investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini va tizimli monitoring olib borilishini taʼminlash.

2023 — 2025 yy.

3. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi taklifiga asosan mazkur dasturdagi loyihalar roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

2023 — 2025 yy.

17.

Charm-poyabzal mahsulotlarini onlayn-savdo platformalari orqali eksport qilishni kengaytirish.

Yirik onlayn-savdo platformalari hamda multi-brend onlayn doʻkonlar vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish va ular ishtirokida soha korxonalari uchun onlayn-plaftormalardan foydalanish, mahsulotlarni onlayn reklama qilish koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish.

Doimiy ravishda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

18.

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi veb-saytini takomillashtirish va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlaridan iborat sifatli onlayn koʻrgazma yaratish.

1. Sifatli onlayn koʻrgazma yaratish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda sohadagi xorijiy birlashma va korxonalar orasida keng targʻib qilish.

2024-yil yanvar

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

2. Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlarini onlayn koʻrgazmaga yuklab borish.

Doimiy ravishda

3. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi veb-saytiga sohada faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni joylashtirib va yangilab borish.

Doimiy ravishda

19.

Korxonalar bilan onlayn muloqotni yoʻlga qoʻyish orqali muammoli masalalarni hal qilish va yangi tashabbuslarni shakllantirish.

1. Internet tarmogʻida soha korxonalari uchun (telegram, veb-sayt va boshqa) onlayn muloqot platformalarini tashkil qilish.

2023-yil noyabr

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

2. Onlayn platformalarda muntazam ravishda turli (ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport hajmlarini oshirish, kadrlar tayyorlash, tartibga solishdagi va maʼmuriy toʻsiqlarni aniqlash va boshqa dolzarb mavzularda) soʻrovlar oʻtkazib borish.

Doimiy ravishda

3. Soʻrov natijalarini chuqur tahlil qilish va yangi tashabbuslarni shakllantirish.

Doimiy ravishda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 03/26/250/0671-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-oktabrdagi PQ-331-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qaroriga ilova quyidagi mazmundagi 81 va 82-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“81. Teri xom ashyosini yigʻish va tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Junni yigʻish va tayyorlash”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“charm-attorlik mahsulotlari, charmdan tayyor kiyimlar, oyoq kiyimlari, sport inventarlari, shuningdek furnitura, aksessuarlar va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga ajratiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-143-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “2022-yil” soʻzlari “2022 — 2025-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 07/23/331/0770-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 02.07.2026-y., 03/26/250/0671-son)