Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi ichki kema yoʻllarida suzish qoidalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 9-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 769-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 462-son “Oʻzbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshligʻi tomonidan 1999-yil 9-iyulda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki kema yoʻllarida suzish qoidalari (roʻyxat raqami 769, 1999-yil 9-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-sentabr,
25-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 10/23/769-1/0758-son)