Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Qarori
“16 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 9-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2005-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-noyabrdagi PQ-22-son “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 13-avgustdagi 14, 51-QQ-son “16 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2005, 2009-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 38-son, 419-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-sentabr,
36-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-sentabr,
72/2023q/q-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 10/23/2005-1/0761-son)