03.10.2023 yildagi 521-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini yanada jadallashtirish, shuningdek, milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimiga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimining (keyingi oʻrinlarda — Bitim) 23.2-moddasida har bir aʼzo — davlat savdo tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha milliy qoʻmitani tashkil etishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy qonunchilikni Bitimga muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha milliy qoʻmitasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Milliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning Jahon savdo tashkiloti bitimi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo sohasidagi qonunchilik, maʼmuriy tartib-taomillar, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, tizimli tahlil qilish, shu jumladan, xalqaro savdoda Oʻzbekiston Respublikasining xarajatlari va raqobatbardoshligiga taʼsir etuvchi omillar va muammolarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning savdoni soddalashtirish masalalari boʻyicha milliy qoʻmitalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

tashqi savdo faoliyatida tovarlarni olib oʻtish, muomalaga chiqarish, bojxona rasmiylashtiruvi taomillarini soddalashtirish, standartlashtirish, bojxona rasmiylashtiruvini hamda hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni toʻplash hamda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo, transport va logistika sohalaridagi tartibotlarni soddalashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo sohasidagi tartibotlarni xalqaro standartlar asosida soddalashtirish boʻyicha strategiyalar, rejalar va amaliy chora-tadbirlar loyihalarini ishlab chiqish;

tashqi savdoni amalga oshirish tartib-taomillarini soddalashtirish, uygʻunlashtirish va standartlashtirish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borishda amaliy yordam koʻrsatish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi pozitsiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo sohasidagi vakolatli davlat organlari mutaxassislari va xususiy sektor vakillarining xalqaro savdo tamoyillari, ilgʻor tajriba, tashqi savdo sohasidagi tartibotlarni soddalashtirish choralari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Milliy qoʻmita faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 3-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
521-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 521-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha milliy qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

J.A. Xodjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Milliy qoʻmita raisi

2.

A.A. Urunov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili, Milliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

L.Sh. Kudratov

—

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, Milliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

I.M. Muxtarov

—

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosa�i

5.

A.Y. Haydarov

—

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

6.

J.E. Choriyev

—

transport vaziri oʻrinbosari

7.

A.N. Karimov

—

adliya vaziri oʻrinbosari

8.

F.E. Karabayev

—

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

9.

M.�. Mirzayev

—

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

10.

I.K. Ergashev

—

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori

11.

B.Q. Yusupaliyev

—

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi boshligi

12.

B.T. Norqobilov

—

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi

13.

D.N. Sattarov

—

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori

14.

D.A. Vaxobov

—

Savdo-sanoat palatasi raisi

15.

A.O. Ayrapetyans

—

Bojxona brokerlari uyushmasi raisi

16.

S.N. Poʻlatov

—

Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi raisi

17.

Y.E. Malikov

—

�ksportchilar uyushmasi raisi

18.

X.S. Matchanov

—

Xalqaro ekspeditorlar uyushmasi raisi

19.

A.A. Muxidov

—

Logistika uyushmasi raisi

20.

Lavozim boʻyicha

—

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash va savdo muzokaralari departamenti boshligʻi, Milliy qoʻmita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.

Milliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita qarori asosida uning tarkibiga tarmoq birlashmalari va xususiy sektor vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 521-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Milliy qoʻmita) asosiy vazifalari, huquqlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyati uchun shaffof, raqobatbardosh muhitni rivojlantirish maqsadida tashqi savdo faoliyati tartibotlari va bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish, modernizatsiya qilish va standartlashtirish bilan shugʻullanuvchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy qoʻmita oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, mazkur Nizom asosida tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Milliy qoʻmita faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Milliy qoʻmitaning asosiy vazifalari va huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Milliy qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning tashqi savdo, logistika sohasidagi tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, Jahon savdo tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — JST) Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona tartib-taomillari, transport, logistika, moliya va sugʻurta, texnik jihatdan tartibga solish, veterinariya, sanitariya va fitosanitariya, elektron hujjat aylanishi hamda boshqa masalalarni oʻz ichiga olgan tashqi savdo sohasidagi qonunchilik, maʼmuriy tartib-taomillar, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, tahlil qilish, shuningdek, xalqaro savdoda Oʻzbekiston Respublikasining xarajatlari va raqobatbardoshligiga taʼsir etuvchi omillar va muammolarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning importi, eksporti va tranziti tartibotlarini hamda rasmiylashtiruvini, shu jumladan, tashqi savdo faoliyatida tovarlarni olib oʻtish, muomalaga chiqarish, bojxona rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini soddalashtirish, standartlashtirish, shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvini va hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni toʻplash hamda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo, transport va logistika sohalaridagi tartibotlarni soddalashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo sohasidagi tartibotlarni xalqaro standartlar asosida soddalashtirish boʻyicha strategiyalar, rejalar va amaliy chora-tadbirlar loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdoni amalga oshirish tartib-taomillarini soddalashtirish, uygʻunlashtirish va standartlashtirish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borishda amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaffof va istiqbolli tashqi savdo faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar, shu jumladan, JSTning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimi qoidalari bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSTning Savdoni soddalashtirish boʻyicha qoʻmitasi bilan JSTning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlari va xususiy sektor uchun tashqi savdo sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirish usullari va afzalliklarini, shuningdek, sohadagi ilgʻor axborot kompaniyalarining xalqaro tajribasini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdoni amalga oshirish tartib-taomillarini soddalashtirish, uygʻunlashtirish va standartlashtirish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi pozitsiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo sohasidagi vakolatli davlat organlari mutaxassislari va xususiy sektor vakillarining xalqaro savdo tamoyillari, ilgʻor tajriba, tashqi savdo sohasidagi tartibotlarni soddalashtirish choralari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurslarni ustuvor vazifalarga yoʻnaltirish maqsadida tashqi savdo sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirish va qoʻllab-quvvatlovchi boshqa xalqaro donor tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning savdoni soddalashtirish masalalari boʻyicha milliy qoʻmitalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan axborot hamda tajriba almashishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va xususiy sektor bilan muntazam muloqotni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarining savdoni soddalashtirish choralari, amaliyotlari, standartlari boʻyicha xabardorligi va koʻnikmalarini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Milliy qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo sohasidagi tartibotlarni soddalashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar yuzasidan qarorlar qabul qilish, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita tarkibiga kiradigan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga Milliy qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida topshiriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita majlislarida tashqi savdo sohasidagi tartibotlarni soddalashtirish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat sohalari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha texnik ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo sohasidagi tartibotlarni soddalashtirish masalalari boʻyicha ekspertiza oʻtkazish uchun mahalliy va xorijiy ekspertlarni, mutaxassislarni, shuningdek, xalqaro tashkilotlarni, ilmiy tashkilotlarni va tegishli davlat organlarini va boshqa tashkilotlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo sohasidagi tartibotlarni soddalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga tavsiyalar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, xalqaro tashkilotlardan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo sohasidagi tartibotlarni soddalashtirish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil qilish va chet elda oʻtkaziladigan mintaqaviy va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari bilan kelishilgan holda, ularning xodimlarini Milliy qoʻmita faoliyatiga doir masalalarni hal etishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tartibotlarini soddalashtirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, bojxona chegarasini kesib oʻtishda yuzaga keladigan toʻsiqlar yuzasidan xorijiy davlatlar milliy qoʻmitalari bilan maslahatlashuvlar va axborot almashinuvini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Milliy qoʻmita oʻz vazifalarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Milliy qoʻmita faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Milliy qoʻmitaga qoʻmita raisi rahbarlik qiladi va oʻziga yuklangan vazifalarning samarali va natijador ijrosi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita majlislarini chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita majlislarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita majlislarining reglamenti, ish rejasi, kun tartibini va majlis bayonlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita qabul qilgan qarorlarning ijrosi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita aʼzolarining faoliyatini ularga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq Milliy qoʻmitaning samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita raisi yoʻqligida, uning topshirigʻiga koʻra Milliy qoʻmita raisi oʻrinbosari Milliy qoʻmita ishiga rahbarlik qiladi, uning faoliyatini tashkil etadi, majlislar oʻtkazadi, Milliy qoʻmita qarorlari bajarilishini ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Milliy qoʻmitaning muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Milliy qoʻmita aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita tomonidan tashkil etilgan texnik ishchi guruhlar majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etish, ushbu majlislarda muhokama qilingan masalalarning mohiyati boʻyicha taklif va mulohazalarni ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita tomonidan qabul qilinadigan tavsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita faoliyatida ishtirok etish uchun zarur maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita majlisida asosli sabablarga koʻra qatnashish imkoni boʻlmaganda, kun tartibiga kiritilgan masala boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muvofiqlashtiruvchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmitaning navbatdagi majlisi kun tartibini shakllantiradi, takliflarni umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat va takliflarni qabul qiladi hamda ularni Milliy qoʻmita aʼzolariga yoki boshqa davlat organlari va tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita majlislarining bayonlari loyihalarini tayyorlaydi, majlislarning yakuniy hujjatlari loyihasini raisga tasdiqlash uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita majlislarining bayonlari nusxalarini Milliy qoʻmita aʼzolariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita ishini tashkiliy va tahliliy jihatdan taʼminlaydi, imzolangan bayonlar hisobini yuritadi va saqlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmitaning yillik ish rejasi loyihasini tayyorlaydi hamda qoʻmita aʼzolaridan ish rejada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, Milliy qoʻmita qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobotlar va boshqa maʼlumotlarni soʻrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi organ qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq Milliy qoʻmita faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Milliy qoʻmita oʻz faoliyatini yil boshida tasdiqlangan ish rejasi asosida tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Milliy qoʻmita majlislari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga asosan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmitaning majlislari muammoli masalalarni va respublikada savdoni tartibotlarini soddalashtirish boʻyicha ilgʻor tajribani koʻrib chiqish, bu boradagi takliflarni muhokama qilish maqsadida Milliy qoʻmita raisi tomonidan yilida kamida ikki marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita raisining topshirigʻi bilan muvofiqlashtiruvchi organ Milliy qoʻmita aʼzolaridan fikr va takliflarni qabul qilib oladi, takliflarni va kun tartibini majlisdan kamida ikki hafta oldin ularni tasdiqlash uchun Milliy qoʻmita raisiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita raisi qoʻmita majlisi kun tartibi va reglamentini majlis boʻlib oʻtadigan kundan kamida bir hafta oldin tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita majlisining kun tartibi va unga tegishli hujjatlar majlis boshlanishidan kamida 5 kalendar kun oldin Milliy qoʻmita aʼzolariga majlis toʻgʻrisida xabarnoma bilan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmitaning majlislariga davlat organlari va tashkilotlar, ishbilarmon doiralar, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlarning vakillari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Milliy qoʻmita, agar uning majlisida qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etganda, qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita qarorlari majlisda qatnashayotgan qoʻmita aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Milliy qoʻmita raisi yoki uning majlisda raislik qiluvchi oʻrinbosarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita qarorlari bayon shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis bayoni Milliy qoʻmita raisi yoki uning majlisda ishtirok etgan oʻrinbosari, shuningdek, kotib tomonidan majlis oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir hafta ichida imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita aʼzolari qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha oʻz fikrlarini yozma ravishda bayon etishga haqli. Bunda ushbu fikrlar Milliy qoʻmita majlisi bayonida aks ettirilishi va unga ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis bayonida majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt, joy, ishtirokchilar roʻyxati, tasdiqlangan kun tartibi, muhokama qilinadigan masalalarning qisqacha mazmuni va koʻrib chiqilgan takliflar natijalari (agar mavjud boʻlsa, ovoz berish natijalari) koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmita aʼzolari majlis oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida Milliy qoʻmita majlisi bayoni nusxasini olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Milliy qoʻmita majlislari ommaviy tadbir hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Milliy qoʻmita aʼzolari tomonidan olingan maʼlumotlar Milliy qoʻmita raisi ruxsatisiz uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Milliy qoʻmita tomonidan qabul qilingan qaror tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Milliy qoʻmita faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha milliy qoʻmitasi majlislarini tashkil qilish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Milliy qoʻmita raisi

Muammoli masalalarni, mamlakatda savdoni soddalashtirish boʻyicha ilgʻor tajribani koʻrib chiqish, shuningdek, bu boradagi takliflarni muhokama qilish maqsadida Milliy qoʻmita majlislarini chaqiradi.

Yilda kamida ikki marotaba

2-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Muvofiqlashtiruvchi organ)

Milliy qoʻmita raisi topshirigʻi bilan Milliy qoʻmita aʼzolaridan fikr va takliflarni qabul qilib oladi, takliflarni va kun tartibini tasdiqlash uchun raisga taqdim etadi.

Majlisdan kamida 2 hafta oldin

3-bosqich

Milliy qoʻmita raisi

Milliy qoʻmita majlisining kun tartibini tasdiqlaydi.

Majlisdan kamida 1 hafta oldin

4-bosqich

Muvofiqlashtiruvchi organ

Milliy qoʻmita majlisi kun tartibi va unga tegishli hujjatlarni Milliy qoʻmita aʼzolariga xabarnoma bilan yuboradi.

Majlisdan kamida 5 kun oldin

5-bosqich

Milliy qoʻmita raisi

Milliy qoʻmita majlisini oʻtkazadi.

Doimiy ravishda

6-bosqich

Muvofiqlashtiruvchi organ

Milliy qoʻmita majlisi qarorini bayon shaklida rasmiylashtiradi.

Majlisdan soʻng 1 hafta ichida

7-bosqich

Milliy qoʻmita raisi yoki uning majlisda ishtirok etgan oʻrinbosari

Majlis bayonini imzolaydi.

Doimiy ravishda

8-bosqich

Muvofiqlashtiruvchi organ

Majlis bayonini Milliy qoʻmita aʼzolariga yuboradi.

Majlisdan soʻng 2 hafta ichida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2023-y., 09/23/251/0768-son)