28.09.2023 yildagi 504-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda transport va yoʻl xoʻjaligi sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllagan holda oʻquv jarayoniga yangi taʼlim uslublarini, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bugungi kunda transport sohasida taʼlim oluvchilarga keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratish, soha kadrlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish jarayonlarini ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻliq holda amalga oshirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Transport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, avtomobil, temir yoʻl, havo, suv, elektr transporti, metropoliten va yoʻl xoʻjaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning temir yoʻl transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi negizida taʼlim muassasasi shaklida Transport vazirligi huzurida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut avtomobil, temir yoʻl, havo, suv va elektr transporti, metropoliten hamda yoʻl xoʻjaligi sohalari (keyingi oʻrinlarda — transport sohasi) kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning tuzilmasi va ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat transport universitetining Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi faoliyati tugatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut Avtomobil transporti xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning temir yoʻl transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut transport sohasiga oid ilmiy-tadqiqot, innovatsion loyihalar, shuningdek, loyihalashtirish, laboratoriya sinovlarini oʻtkazish, sertifikatlashtirish, ekspertiza, diagnostika va nazorat oʻlchovlaridan oʻtkazish faoliyatlari bilan shugʻullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida har uch yilda kamida bir marta malaka oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda avtomototransport (elektrotransport) vositalarini boshqaruvchi shaxslar (haydovchilar)ning malaka oshirish oʻquv kurslari dasturlari boʻyicha mustaqil tayyorgarlik koʻrgan va imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan shaxslarga taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni berish amaliyoti joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi tomonidan transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish hamda yakuniy imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan maxsus platforma yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kurslari boʻyicha yakuniy imtihonlar Transport vazirligi tomonidan yaratilgan maxsus elektron platformada topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarining yakunida olinadigan imtihonlarda avtoproktoringdan foydalaniladi, yaʼni taʼlim oluvchilarning shaxsini avtomatik tarzda autentifikatsiyalash, ularning xatti-harakatlari va nigohi yoʻnalishini nazorat qilish, xonadagi tovushlarni tahlil etish, videodagi buzilishlarni tuzatish hamda hisobotlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy imtihon oʻtkazish uchun oʻquv dasturlarining har bir soati uchun kamida beshtadan nazorat materiallari (savollar, testlar va boshqalar) maxsus platformaga joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Institutning buyurtmasiga asosan transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlar blankalarini belgilangan tartibda tayyorlaydi. Ushbu blankalar Institut tomonidan boshqa davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlariga ularning buyurtmasiga muvofiq shartnoma asosida yetkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kursi bitiruvchilariga taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni (diplom, sertifikat, guvohnoma) elektron shaklda berish amaliyotini joriy etish maqsadida identifikatsiya raqami va QR-kod (matrik-shtrixli kod) hamda himoya elementlarini nazarda tutuvchi “Elektron repozitoriy” tizimi va dasturiy taʼminoti yaratiladi hamda joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini, shu jumladan, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasida innovatsion, fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish hamda natijalarini amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasida oʻquv-uslubiy metodik majmualar ishlab chiqilishini va joriy etilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarining malakasini baholash faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha mutaxassislari uchun uzluksiz va kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil qilish, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona elektron platformani yaratish va amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, buyurtmachilarga (taʼlim oluvchilarga) malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning bevosita va bilvosita bir-birini toʻldiruvchi tamoyillarini qoʻllash hamda masofaviy va boshqa taʼlim shakllarini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda jamoat transportidagi avtobus haydovchilariga boʻlgan mavjud talabdan kelib chiqqan holda, Institutda “D” toifali haydovchilarni tayyorlash boʻyicha maxsus kurslarni tashkil etib, ushbu kurslarni tamomlagan haydovchilarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish tizimi hamda uni boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kurslarining oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil qilish hamda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar namunalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga belgilangan namunadagi taʼlim hujjatlarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish hamda baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasiga oid ilmiy-tadqiqot, diagnostika va laboratoriya ishlaridan olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki oy muddatda avtodrom qurish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha yer uchastkasi Institutga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 28-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
504-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentabrdagi 504-son qaroriga
1-ILOVA

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom avtomobil, temir yoʻl, havo, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yoʻl xoʻjaligi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar malakasini oshirish — avtomobil, temir yoʻl, havo, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yoʻl xoʻjaligi sohasida (keyingi oʻrinlarda — transport sohasi) talablar asosida tegishli faoliyat turlari boʻyicha kasbiy bilim, mahorat va koʻnikmalarni muntazam yangilab borish, shuningdek, mutaxassislik yoki kasbiy faoliyatni yuritish uchun bilim darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni qayta tayyorlash — tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning zarur hajmi egallanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslari (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslari) — tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq transport sohasi kadrlarining bilim, mahorat va koʻnikmalarini oshirish maqsadida tashkil qilinadigan oʻquv kurslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlari — transport sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarning ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq lavozim va mutaxassisliklar nomenklaturasiga kiruvchi xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) huzuridagi Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha lavozimlar hamda mutaxassisliklar nomenklaturasi Vazirlik tomonidan shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport sohasi kadrlarining tayyorgarligi, malakasiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan dastur boʻyicha ularning kamida har uch yilda bir marta oʻz malakasini oshirganligi toʻgʻrisida Institut tomonidan beriladigan malaka sertifikatiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qayta tayyorlash natijasida beriladigan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat koʻrsatish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Transport sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsadi hamda vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport sohasi xodimlarini va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasi oshirishning maqsadi tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning zarur hajmi egallanishini, shuningdek, chuqurlashtirilishi hamda doimiy yangilab borilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar transport sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirishning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi xodimlarining kasbiy bilimi, koʻnikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq kasb faoliyati sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini (avtomototransport, temir yoʻl, havo, suv, elektr transporti, metropoliten) boshqarish (toifalar) boʻyicha tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali kasbiy tayyorgarlikni samarali tashkil etishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi xodimlarining vazifa va majburiyatlari samarali bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan darajada kasbiy tayyorgarligini oshirish, bilim, koʻnikma va mahoratini uzluksiz yangilash mexanizmlarini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga Vazirlik, Institut va nodavlat taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda  taʼlim tashkilotlari) hamda buyurtmachilar (davlat organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha Institutga hamda taʼlim tashkilotlariga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida taʼlim jarayoni mexanizmlari va usullarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlari malakasini baholash tartibini belgilaydi va joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim talablarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslariga qabul qilish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini baholash tartibini belgilaydi hamda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslarning yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari uchun oʻquv kurslarining maxsus dasturlarini tasdiqlaydi, malaka imtihonlarini tashkil qilish, oʻtkazish va malakani baholash tartiblarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv adabiyotlarini chop etishni taʼminlaydi va moliyalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarida taʼlim shakllari joriy etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslari bitiruvchilari tayyorgarligiga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch oʻquv rejasi va fan (modul) dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasining rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini oʻquv-uslubiy, axborot hamda moddiy-texnik jihatdan taʼminlaydi va takomillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining yanada rivojlanishini va modernizatsiya qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha xalqaro hamkorlikni kengaytiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslari yoʻnalishlarining transport sohasidagi kasb standartlari, mutaxassisliklar klassifikatoriga muvofiqligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro toifadagi haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotlarida oʻquv kurslari bitiruvchilariga taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni (diplom, sertifikat, guvohnoma) elektron shaklda berish amaliyotini joriy etish maqsadida identifikatsiya raqami va QR-kod hamda himoya elementlarini nazarda tutuvchi “Elektron repozitoriy” tizimi va dasturiy taʼminotini yaratadi va joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanuvchi taʼlim tashkilotlarining reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati boʻyicha monitoring yuritilishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalari haydovchilarini mahalliy va xalqaro toifalarga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini (avtomototransport, temir yoʻl, havo, suv, elektr transporti, metropoliten) boshqarishga (toifalar) tayyorlash faoliyatini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportida lokomotiv, drezina va metropoliten transportida elektropoyezd mashinisti kasbiga tayyorlaydi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metropoliten, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalari va oʻzining umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllariga ega yuridik shaxslar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiradi;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy kasb mutaxassislarini qayta tayyorlash faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch oʻquv rejasi va fan (modul) dasturlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoniga tinglovchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitishning ilgʻor shakllari va usullarini tatbiq qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interfaol usullarni joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslari mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun malakali professor-oʻqituvchilar va amaliyotchi mutaxassislarni jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha taʼlim jarayonining ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasida ilgʻor xalqaro amaliyotni oʻrganadi va joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarida taʼlim olishning elektron bazasini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va taʼlim jarayonini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikka taʼlim jarayonini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritadi hamda taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion gʻoyalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslarning yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari uchun oʻquv kurslarining maxsus dasturlariga muvofiq malakasini oshiradi va taʼlim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat beradi, shuningdek, malakani baholash faoliyati bilan shugʻullanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasini oʻrganadi va oʻzaro tajriba almashishni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Buyurtmachilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ehtiyojidan kelib chiqib, transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha taʼlim oluvchilar roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarining tasdiqlangan jadvali asosida taʼlim oluvchilarning oʻquv kurslarida qatnashishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarning ilgʻor tajribasi, yangi bilimlari va koʻnikmalari ommalashishini tashkil etadi, ularning ijobiy tajribasini targʻib qilish boʻyicha choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarining ichki monitoringini yuritadi, oʻquv kurslari yakuniy natijalarida yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan mutaxassislarni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shuningdek, boʻsh lavozimlarni toʻldirish uchun tanlovlar oʻtkazish jarayonida ularni asosiy mezon sifatida eʼtiborga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Transport sohasi kadrlari uch yilda kamida bir marta malakasini oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Transport sohasi kadrlari oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari yoki magistratura mutaxassisliklarini tamomlaganidan soʻng ularning ikki yil davomida malaka oshirishi talab etilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar hamda soha kadrlarini mutaxassislikka tayyorlash vaqtida, ishlab chiqarish amaliyotida tanishmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda yangi joriy qilingan texnologiyalar, usullar va uslublarni oʻrganish talab etiladigan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy maʼlumot talab etilmaydigan kasblar boʻyicha talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, oʻquv kurslarida taʼlim olish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻquv kurslari buyurtmachilardan kelib tushgan buyurtma asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻquv kurslarida koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari shakli buyurtmachi bilan kelishgan holda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻquv kurslarida oʻqiganlik uchun toʻlov miqdori Institut tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻquv kurslari Vazirlik tomonidan tasdiqlangan tayanch oʻquv rejasi va dasturlariga hamda Institut tomonidan tasdiqlangan ishchi oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Institut oʻquv kurslarini anʼanaviy, masofadan va boshqa taʼlim shakllarini joriy qilgan holda tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlarining juft soati davomiyligi 80 daqiqani, oʻquv mashgʻulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻquv kurslarida taʼlim jarayonlari 30 nafar taʼlim oluvchidan oshmagan akademik guruhlarda tashkil etiladi. Amaliy, laboratoriya va auditoriyadan tashqari mashgʻulotlar alohida guruhlar boʻyicha, nazariy mashgʻulotlar esa 3 tadan koʻp boʻlmagan guruhni birlashtirgan holda maʼruza shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Institutda oʻquv kurslari quyidagi shakllar orqali oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish (anʼanaviy) — oʻquv kurslari dasturlarini Institutga kelib, toʻliq dars jarayonlariga qatnashgan holda oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kechki taʼlim olish — oʻquv kurslari dasturlarini ish vaqtiga xalaqit bermagan holda tuzilgan jadvalga muvofiq oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy taʼlim olish — onlayn (videomaʼruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida oʻtkazish) va oflayn (masofaviy taʼlim tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) shaklda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdan qisman ajralgan holda (aralash usul) taʼlim olish — 3+1 tizimi boʻyicha (75 foiz bevosita Institutda, 25 foiz ish joyida mustaqil taʼlim olish yoʻli bilan) yoki 2+2 tizimi boʻyicha (50 foiz bevosita Institutda, 50 foiz ish joyida mustaqil taʼlim olish yoʻli bilan) va/yoki 1+3 tizimi boʻyicha (25 foiz bevosita Institutda, 75 foiz ish joyida mustaqil taʼlim olish yoʻli bilan) taʼlim olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Auditoriya oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soatdan (bir kunlik 6 soatdan) oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Masofadan (videokonferensaloqa orqali) onlayn shaklda tashkil qilinganda, auditoriya oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 24 soatdan (bir kunlik 4 soatdan) oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Masofadan onlayn va oflayn shaklda oʻquv kurslari tashkil qilinganda, oʻquv yuklamalarning hajmini mazkur Nizomda belgilangan meʼyorlarga muvofiq Institut mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari oʻquv yuklamalarining eng kam meʼyori davlat taʼlim talablari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻquv kurslarining yoʻnalishlari, davomiyligi, oʻquv yuklamalari hajmi, taʼlim berish shakli, shuningdek, oʻqitiladigan kadrlar toifalari (kontingenti), tayanch oʻquv rejasi va dasturlarida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qayta tayyorlash oʻquv kurslarida taʼlim oluvchi mutaxassislar qaysi mutaxassislikdan qaysi lavozimga qayta tayyorlanishi oʻquv rejasi va dasturlarida yoki Vazirlikning buyrugʻi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Malaka oshirish oʻquv kurslarida taʼlim oluvchilar bilimlari yakuniy nazorat turlari natijalari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qayta tayyorlash oʻquv kurslarida taʼlim oluvchilar bilimlari joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari hamda bitiruv ishi natijalari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻquv kurslari boʻyicha taʼlim oluvchilarning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini oʻzlashtirish darajasi test sinovlari, ogʻzaki va yozma shaklaridan birida baholanadi. Nazorat shakli va baholash mezonlari Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nazorat turlari quyidagicha baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86 foizdan 100 foizgacha oʻzlashtirgan — “aʼlo”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71 foizdan 85 foizgacha oʻzlashtirgan — “yaxshi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56 foizdan 71 foizgacha oʻzlashtirgan — “qoniqarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56 foizgacha oʻzlashtirmagan hisoblanadi — “qoniqarsiz”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kasbiy faoliyatni yuqori darajada oʻzlashtirish talab etiladigan (yoki tor doiradagi) ayrim turdagi kasblarga qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarining natijalari boʻyicha oʻzlashtirish darajasi Vazirlik tomonidan mazkur Nizomda keltirilgan oʻzlashtirishning eng past va eng yuqori darajalaridan chiqmagan holda belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv dasturlarini mustaqil yoki masofaviy oʻqitish texnologiyalari orqali oʻzlashtirayotgan taʼlim oluvchilar yakuniy imtihondan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Asossiz sabablar bilan mashgʻulotlarni oʻtkazib yuborganligi uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining taʼlim oluvchilari safidan chetlatilganlar qayta toʻlov asosda oʻquv kurslarida taʼlim olishlari, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirishning navbatdagi kurslarida tegishli yoʻnalish (mutaxassislik) boʻyicha yakuniy imtihondan oʻtishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yakuniy imtihon boʻyicha “qoniqarsiz” baho olgan taʼlim oluvchilarga yana ikki marta imtihon topshirish imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Taʼlim oluvchilar quyidagi hollarda tinglovchilar safidan chetlashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xohishiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv intizomini va Institutning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta oʻquv kursi dasturida belgilangan oʻquv yuklamasi umumiy soatining (mustaqil tayyorgarlik bundan mustasno) uzrli sabablarsiz 10 foizidan ortiq qoldirganligi sababli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlarini oʻzlashtirmaganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hukmi asosida ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganligi sababli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻquv kurslari bitiruvchilariga quyidagi hujjatlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslari dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan (oʻzlashtirgan) shaxslar uchun ushbu Nizomga 1 yoki 1a-ilovalarda keltirilgan shakllarga va tavsifga muvofiq transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqida sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslari dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan (oʻzlashtirgan) shaxslar uchun ushbu Nizomga 1b yoki 1v-ilovalarda keltirilgan shakllarga va tavsifga muvofiq xalqaro yoʻnalishda yoʻlovchi va yuk tashuvchining kasbiy mahorat sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslari dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan (oʻzlashtirgan) shaxslar uchun ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakl va tavsifga muvofiq transport sohasida tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tugatganlik haqida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash oʻquv kurslari dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan (oʻzlashtirgan) shaxslar uchun ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl va tavsifga muvofiq transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash haqida diplom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻquv kurslari boʻyicha imtihon natijalariga koʻra yetarli ball toʻplay olmagan taʼlim oluvchiga oʻquv jarayoniga qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mazkur taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar qogʻoz yoki elektron va/yoki plastik shaklda berilishi mumkin hamda uchalasi ham teng yuridik kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) tushirilgan holda berilganda, qayd raqami qoʻyish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Malaka oshirish oʻquv kurslari takrorlanmas boʻlgan taqdirda, amal qilish muddatiga “-” chiziqcha belgisini qoʻyish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat blankalariga QR-kod (matrik shtrixli kod) tushirilganda, taʼlim muassasasi (tashkilot) muhri va rahbarining imzosi talab qilinmaydi. QR-kod (matrik shtrixli kod) tushirilmasdan berilganda, taʼlim muassasasi (tashkilot) muhri va rahbarining imzosi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga tushirilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tekshirilganda, taʼlim tashkilotining saytida taʼlim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, taʼlim olgan yoʻnalishi, oʻquv yuklamasi hajmi, davri va rasmiylashtirilgan sanasi boʻyicha maʼlumotlar boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob.Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish hamda baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish hamda baholash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi nazorat — transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazorati — belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkilotlar va buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat — belgilangan tartib asosida taʼlim tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy nazorat — yakuniy attestatsiya va (yoki) boshqa nazorat usullari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha Institut faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Oʻquv kurslari oʻquv rejasi va dasturlari asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Oʻquv dasturlari zaruratga qarab yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Oʻquv dasturlari taʼlim oluvchilarning amaldagi ehtiyojlari va ularning tayyorgarlik darajasini eʼtiborga olgan holda shakllantiriladi. Oʻquv dasturlari ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olgan holda, turli faoliyat sohalari uchun alohida ishlab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oʻquv dasturlari asosiy va qoʻshimcha oʻquv modullariga ajratilgan holda alohida oʻquv modullariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Oʻquv dasturlarining mazmuniga boʻlgan asosiy talablar qayta tayyorlash va malaka oshirishga qoʻyilgan talablar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Oʻquv dasturi fan, texnika, texnologiya va transport bozori rivojlanishining ilgʻor yutuqlariga muvofiq holda yaratilishi, transport taʼlimi tizimida uzluksizlik, izchillik va ketma-ketlikni taʼminlashga doir talablarga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Oʻquv dasturi taʼlim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash va ularni oʻzlashtirish uchun imkoniyatlarini nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat shakli Tashqi tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi tomoni

Ichki tomoni

‎‎Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat
‎tavsifi

‎‎Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) blankasi A5 formatda 14,85 sm x 21 sm oʻlchamdagi kitobcha shaklda boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi yuqori sifatli maxsus himoyaga ega ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
‎I. Sertifikat tashqi tomonida:
‎Varaqning oʻng yuqori qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri (20 — 40 mm oraligʻida) va davlat tilida (lotin yozuvida) quyidagilar joylashtiriladi:
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI. pastiga koʻk chiziq joylashtiriladi.
‎MALAKA OSHIRGANLIK HAQIDA SERTIFIKAT.
‎II. Sertifikat ichki tomonida:
‎Varaqning chap yuqori qismida davlat tilida (lotin yozuvida) quyidagilar ketma — ketlikda joylashtiriladi:
‎Taʼlim muassasasining (tashkilotining) nomi;
‎Malaka oshirganlik haqida sertifikat;
‎MO № 000000
‎Berilgan sana: 20___-yil “___” _________
‎Amal qilish muddati: 20___-yil “___” _________ gacha
‎Qayd raqami: ____________.
‎Taʼlim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎QR-kod yoki muhr joyi.
‎Sertifikatning oʻng qismida davlat tilida (lotin yozuvida) quyidagilar ketma — ketlikda joylashtiriladi:
‎Mazkur sertifikat egasi
‎taʼlim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎Oʻqish davri: 20___-yil ____________ dan, 20___-yil ____________ gacha;
‎malaka oshirish kursining nomi va umumiy soati;
‎Berilgan joy nomi (Misol uchun: Toshkent shahar yoki Samarqand viloyati).
‎III. Sertifikatni chop etish shartlari:
‎Yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoqning och ranglaridan foydalaniladi.
‎Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
‎Rasmlar tasviri uchun yashil, koʻk, och sariq, siyoh, pushti va qizil ranglardan, shuningdek, fon naqshli rastri uchun och koʻk yoki och sariq va (yoki) och qizil rangdan foydalangan holda bosib chiqarilishi mumkin.
‎Sertifikat blankasining chetki qismlariga naqshli rastr ramka qoʻyiladi.
‎Matnlarda qora rangdan foydalaniladi.
‎Sertifikatda tartib raqamlar ikkita lotin harfi “MO” va oltita takrorlanmaydigan hamda ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻladi.
‎QR-kod sertifikatning ichki tomonining chap pastki qismiga joylashtiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat shakli

Oldi tomoni

Orqa tomoni

Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqida sertifikat
‎tavsifi

I. Sertifikat old tomonida:
‎Chap yuqori qismida taʼlim muassasasining (tashkilotining) logotipi va yonida OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI. pastida
‎MALAKA OSHIRGANLIK HAQIDA SERTIFIKAT.
‎Ketma-ketlikda:
‎1. Sertifikat tartib raqami. MO № 0000001
‎2. Taʼlim muassasasining (tashkilotining) nomi: (Misol uchun Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti).
‎3. Malaka oshirish kursining nomi va oʻquv yuklamasi hajmi. (Misol uchun: “Avtomobil transportida tashishni tashkil etish”).
‎4. Oʻqish davri: 20___-yil “___” ____________dan, 20___-yil “___” ____________ gacha. (Misol uchun: 2023-yil 10-yanvardan, 2023-yil 30-yanvargacha).
‎5. Taʼlim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi. (Misol uchun: Toxirjonov Tohir Tolib oʻgʻli)
‎6. Berilgan joy nomi (Misol uchun: Toshkent shahri)
‎7. Berilgan sana: 20___-yil “___” _________ (Misol uchun: 2023-yil 30-yanvar).
‎8. Amal qilish muddati: 20___-yil “___” __________ (Misol uchun: 2026-yil 29-yanvar).
‎II. Sertifikat orqa tomonida:
‎Oʻng yuqori qismida taʼlim muassasasi (tashkiloti) logotipi joylashtiriladi va yon tomonidan:
‎MINISTERSTVO TRANSPORTA RESPUBLIKI UZBEKISTAN
‎SERTIFIKAT O POVISHENII KVALIFIKATSII
‎MINISTRY OF TRANSPORT OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
‎PROFESSIONAL DEVELOPMENT CERTIFICATE
‎Ketma-ketlikda:
‎1. Seriyniy nomer sertifikata/Certificate serial number MO № 0000001
‎2. Obrazovatelnoye uchrejdeniye/The name of the educational organization
‎3. Nazvaniye kursa povisheniya kvalifikatsii i obʼyom uchebnoy nagruzki/ Names of the advanced training course and volume of study load
‎4. Period obucheniya: ot “___” ________ 20___g. do “___” ________ 20___ g./ Period of study: from “___” _______ 20___ year till “___” ___ 20___year.
‎5. Familiya, imya, otchestvo obuchayushego/Surname, name, patronymic students.
‎6. Mesto vidachi/ Place of issue.
‎7. Data vidachi:”___” ________ 20___g./date of issue: “___” _______ 20___ year.
‎8. Deystvitelen do: “___” _______ 20___g./Valid till: “___” _______ 20___ year.
‎III. Sertifikatni chop etish shartlari:
‎Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) plastikdan tayyorlanadi, 54x86 millimetr oʻlchamda boʻlib, rangi och koʻk, davlat tilida (lotin yozuvida) rasmiylashtiriladi, matnlarda qora rangdan foydalaniladi.
‎Yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoqning och ranglaridan foydalaniladi.
‎Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
‎Sertifikat blankasining chetki qismlariga naqshli rastr ramka qoʻyilishi mumkin.
‎Sertifikatda tartib raqamlar ikkita lotin harfi “MO” va oltita takrorlanmaydigan hamda ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻladi.
‎QR-kod sertifikat oldi tomonining oʻng pastki qismiga joylashtiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro yoʻnalishda yoʻlovchi va yuk tashuvchining kasbiy mahorat sertifikati shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xalqaro yoʻnalishda yoʻlovchi va yuk tashuvchining kasbiy mahorat sertifikati
‎ tavsifi

Xalqaro yoʻnalishda yoʻlovchi va yuk tashuvchining kasbiy mahorat sertifikati (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) blankasi A5 formatda 14,85 sm x 21 sm oʻlchamdagi kitobcha shaklda boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi yuqori sifatli maxsus himoyaga ega ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
‎Sertifikatning old qismi oʻng tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi (20 — 40 mm oraligʻida) tasviri va quyidagilar ketma — ketlikda joylashtiriladi:
‎oʻzbek, rus va ingliz tillarida “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi”, “Ministerstvo transporta Respubliki Uzbekistan”, Ministry of transport of the Republic of Uzbekistan soʻzlari pastiga koʻk chiziq joylashtiriladi;
‎oʻzbek, rus va ingliz tillarida “Xalqaro tashuvchining kasbiy mahorat sertifikati”, “Sertifikat professionalnoy kompetentnosti mejdunarodnogo perevozchika”, “Certificate of Professional Competence for international road transport” soʻzlari.
‎Sertifikatning old qismi chap tomonida davlat tilida (lotin yozuvida) ketma — ketlikda quyidagilar yoziladi:
‎Taʼlim muassasasining (tashkilot) nomi, berildi, taʼlim oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi.
‎Malaka oshirish oʻquv kursi dasturi boʻyicha imtihonni topshirdi (sana, yilda) va mutaxassisligi (misol uchun: haydovchi, tashuvlar boʻyicha menejer, boshqaruvchi, direktor va boshqa) sifatida kasbiy faoliyat uchun malakali deb eʼtirof etildi;
‎Berilgan sanasi (kun, oy va yil), amal qilish muddati(kun, oy va yil), sertifikat seriya va raqami hamda taʼlim muassasasi (tashkiloti) rahbarining imzosi, QR-kod yoki muhr oʻrni.
‎Sertifikatning orqa qismi chap tomonida rus tilida ketma — ketlikda quyidagilar yoziladi:
‎Naimenovaniye Obrazovatelnogo uchrejdeniya (organizatsii), Vidano familiya, imya i otchestvo obuchayushegosya, data rojdeniya.
‎Sdal(a) kvalifikatsionniy ekzamen (data: den, mesyats i god) na professionalnuyu kompetentnost i priznan(a) kvalifitsirovannim(oy) dlya professionalnoy raboti v kachestve
‎Data vidachi, srok deystviya, seriya i nomer sertifikata.
‎Naimenovaniye mesto vidachi (naprimer: gorod Tashkent, Djizakskaya oblast).
‎Sertifikatning orqa qismi oʻng tomonida ingliz tilida ketma — ketlikda quyidagilar yoziladi:
‎Name Educational institution (organizations), last name, first name and patronymic of the student, date of birth.
‎Passed qualifying examination (date: day, month and year) for professional competence and recognized as qualified for professional work as a, on program.
‎Date of issue, validity period, series and number of the certificate.
‎The name of the given place (for example: Tashkent city, Jizzakh region).
‎Sertifikatni chop etish shartlari:
‎Yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoqning och ranglaridan foydalaniladi.
‎Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
‎Rasmlar tasviri uchun yashil, koʻk, och sariq, siyoh, pushti va qizil ranglardan, shuningdek, fon naqshli rastr uchun och koʻk yoki och sariq va (yoki) och qizil rangdan foydalangan holda bosib chiqarilishi mumkin.
‎Sertifikat blankasini chekka qismlariga naqshli rastr ramka qoʻyiladi.
‎Matn uchun toʻq koʻk rangdan foydalaniladi.
‎Seriyasi “KMS” hamda takrorlanmaydigan raqamlardan, olti karralik himoyaga ega va ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻladi.
‎QR-kod sertifikat tashqi chap tomonining pastki oʻng qismiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1v-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldi tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orqa tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat
‎tavsifi

I. Sertifikat oldi tomonida:
‎Chap yuqori qismida taʼlim muassasasining (tashkilotining) logotipi va yonida ingliz tilida MINISTRY OF TRANSPORT OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. pastida
‎PROFESSIONAL DEVELOPMENT CERTIFICATE.
‎Ketma-ketlikda:
‎1. Certificate serial number
‎2. The name of the educational organization
‎3. Names of the advanced training course and volume of study load
‎4. Period of study: from “___” ________ 20___year
‎till “___” ________ 20___year.
‎5. Surname, name, patronymic students
‎6. Place of issue
‎7. date of issue: “___” ________ 20___year
‎8. Valid till: “___” _________ 20___year
‎II. Sertifikat orqa tomonida:
‎Oʻng yuqori qismida taʼlim muassasasining (tashkilotining) logotipi joylashtiriladi va yon tomonidan:
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
‎MALAKA OSNIRGANLIK‎ NAQIDA SERTIFIKAT
‎MINISTERSTVO TRANSPORTA RESPUBLIKI UZBEKISTAN
‎SERTIFIKAT O POVISHENII KVALIFIKATSII
‎Ketma ketlikda:
‎1. Sertifikat tartib raqami/Seriyniy nomer sertifikata MO № 0000001
‎2. Taʼlim muassasasining (tashkilotining) nomi/Obrazovatelnoye uchrejdeniye
‎3. Malaka oshirish kursining nomi va oʻquv yuklamasi hajmi/Nazvaniye kursa povisheniya kvalifikatsii i obʼyom uchebnoy nagruzki
‎4. Oʻqish davri: 20___-yil “___” ________dan, 20___-yil “___” ________gacha/ Period obucheniya: ot “___” ________ 20___g. do “___” ________20___g.
‎5. Taʼlim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi/Familiya, imya, otchestvo obuchayushiyesya
‎6. Berilgan joy nomi/Mesto vidachi
‎7. Berilgan sana: 20___-yil “___” _________/Data vidachi: “___” _________ 20___g.
‎8. Amal qilish muddati: 20___-yil “___” ________/Deystvitelen do: “___” ________ 20___g.
‎III. Sertifikatni chop etish shartlari:
‎Transport sohasi kadrlarining malaka oshirganligi haqidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) plastikdan tayyorlanadi, 54x86 millimetr oʻlchamda boʻlib, rangi och koʻk, davlat tilida (lotin yozuvida) rasmiylashtiriladi.,
‎Matnlarda qora rangdan foydalaniladi.
‎Yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoqning och ranglaridan foydalaniladi.
‎Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
‎Sertifikat blankasining chetki qismlariga naqshli rastr ramka qoʻyish mumkin.
‎Sertifikatda tartib raqamlar ikkita lotin harfi “MO” va oltita takrorlanmaydigan hamda ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻladi.
‎QR-kod sertifikat oldi tomonining oʻng pastki qismiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Transport sohasida tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv kursini tugatganlik haqidagi guvohnoma shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Transport sohasida tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv kursini tugatganlik haqidagi guvohnoma
‎tavsifi

Transport sohasida tayyorlash va qayta tayyorlash (bazaviy maʼlumoti umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional va oliy taʼlimidan tashqari) oʻquv kurslarini tugatganlik haqidagi guvohnoma (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) blankasi A5 formatda 14,85 sm x 21 sm oʻlchamdagi kitobcha shaklda boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi yuqori sifatli maxsus himoyaga ega ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
‎I. Guvohnoma tashqi tomonida:
‎Varaqning oʻng yuqori qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri (20 — 40 mm oraligʻida) va davlat tilida (lotin yozuvida) quyidagilar joylashtiriladi:
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI pastiga koʻk chiziq joylashtiriladi.
‎GUVOHNOMA
‎II. Guvohnoma ichki tomonida:
‎Varaqning chap yuqori qismida davlat tilida (lotin yozuvida) ketma –ketlikda quyidagilar joylashtiriladi:
‎Taʼlim muassasasining (tashkilotining) nomi;
‎Tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv kursini tugatganlik haqida guvohnoma;
‎Seriya va tartib raqami (G № 000000);
‎Berilgan sana: 20__-yil “___” _________;
‎Berilgan joy: ___________________________;
‎Taʼlim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎qayd raqami;
‎QR-kod yoki muhr joyi.
‎Guvohnomaning oʻng qismida davlat tilida (lotin yozuvida) ketma — ketlikda quyidagilar joylashtiriladi:
‎taʼlim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎oʻqish davri, oʻquv kursining nomi va umumiy soati;
‎Davlat attestatsiya komissiyasining qarori sanasi va raqami.
‎III. Guvohnomani chop etish shartlari:
‎Yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoqning och ranglaridan foydalaniladi.
‎Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
‎Rasmlar tasviri uchun yashil, koʻk, och sariq, siyoh, pushti va qizil ranglardan, shuningdek, fon naqshli rastri uchun och koʻk yoki och sariq va (yoki) och qizil rangdan foydalangan holda bosib chiqarilishi mumkin.
‎Guvohnoma blankasining chekka qismlariga naqshli rastr ramka qoʻyiladi.
‎Matnlarda qora rangdan foydalaniladi.
‎Guvohnomada tartib raqamlar lotin harfi “G” va oltita takrorlanmaydigan hamda ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻladi.
‎QR-kod guvohnoma ichki tomonining chap pastki qismiga joylashtiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash haqidagi diplom shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash haqidagi diplom
‎tavsifi

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom (keyingi oʻrinlarda — diplom) blankasi A5 formatda 14,85 sm x 21 sm oʻlchamdagi kitobcha shaklda boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi yuqori sifatli maxsus himoyaga ega ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
‎Diplom tashqi tomonida:
‎Varaqning oʻng yuqori qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri (20 — 40 mm oraligʻida) va davlat tilida (lotin yozuvida) hamda ingliz tilida quyidagilar joylashtiriladi:
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI pastiga koʻk chiziq joylashtiriladi.
‎QAYTA TAYYORLASH HAQIDA DIPLOM.
‎Diplom ichki tomonida:
‎Varaqning chap yuqori qismida davlat tilida (lotin yozuvida) quyidagilar joylashtiriladi:
‎Taʼlim muassasasining (tashkilotining) nomi;
‎Qayta tayyorlash haqida DIPLOM;
‎QT № 000000
‎Berilgan sana: 20___-yil “___” _________
‎Qayd raqami: ____________
‎Taʼlim muassasasi (tashkiloti) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎QR-kod yoki muhr joyi;
‎Berilgan joy: ____________.
‎Diplomning oʻng qismida davlat tilida (lotin yozuvida) ketma — ketlikda quyidagilar joylashtiriladi:
‎taʼlim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎oʻqish davri: 20___-yil “___” _______ dan 20___-yil “___” _______ gacha;
‎oʻquv kursi umumiy soati;
‎qayta tayyorlash oʻquv kursi yoʻnalishi nomi;
‎Davlat attestatsiya komissiyasining qarori raqami va sanasi.
‎Diplomni chop etish shartlari:
‎Yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoqning och ranglaridan foydalaniladi.
‎Turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastrdan foydalaniladi.
‎Rasmlar tasviri uchun yashil, koʻk, och sariq, siyoh, pushti va qizil ranglardan, shuningdek, fon naqshli rastri uchun och koʻk yoki och sariq va (yoki) och qizil rangdan foydalangan holda bosib chiqarilishi mumkin.
‎Diplom blankasining chetki tomonlariga naqshli rastr ramka qoʻyish tavsiya etiladi.
‎Matnlarda qora rangdan foydalaniladi.
‎Diplomda tartib raqamlar ikkita lotin harfi “QT” va oltita takrorlanmaydigan hamda ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻladi.
‎QR-kod diplomni ichki chap tomonining pastki qismiga joylashtiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentabrdagi 504-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r

Obyekt nomi

Joylashgan joyi

1.

Avtomobil transporti xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutining maʼmuriy va tibbiy yordam binosi

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mumtoz koʻchasi, 5A-uy

2.

Oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning temir yoʻl transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazining maʼmuriy oʻquv binosi

Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 31-mavze, Diyorobod mahallasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentabrdagi 504-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qarorining 4-bandi va unga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-son qarori bilan tasdiqlangan Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi haqidagi nizom quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31. Ushbu Nizom Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyuldagi 421-son qarori bilan tasdiqlangan Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti” soʻzlari “huzuridagi Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-iyundagi 399-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “avtomobil yoki texnik yoʻnalishda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3 va 4-bandlar hamda 1-2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 09/23/504/0736-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)