12.09.2023 yildagi KQ-572-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-197-sonli Farmoniga muvofiq Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksi Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar roʻyxatiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida (keyingi oʻrinlarda Indeks deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash uchun Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (hozirgi kunda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi) masʼul etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Indeksning 2021-yil natijalariga koʻra, mamlakatimiz ilk bor xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik boʻyicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritilgan hamda 70,6 ball bilan 5 pogʻonaga yuqorilab, 190 ta davlat orasidan 134-oʻrinni (2019-yilda 139-oʻrin) egallagan. Biroq soʻnggi ikki yilda ushbu koʻrsatkich oʻzgarishsiz qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, mamlakatimiz milliy qonunchiligi Indeksning 8 ta indikatori boʻyicha maksimal 100 balldan quyidagi koʻrsatkichlarga erishgan: “Harakatlanish erkinligi” — 100 ball, “Mehnat qilish” — 50 ball, “Mehnat sharoitlari” — 25 ball, “Nikoh” — 80 ball, “Ota-onalik qilish” — 60 ball, “Tadbirkorlik” — 100 ball, “Mulkka egalik qilish” — 100 ball, “Pensiya” — 50 ball.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar boʻyicha samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlariga (KPI) koʻra, Indeksda mamlakatimiz 2021-yilda 73,7 ball va 2022-yilda 88,1 ball toʻplashi belgilangan, ammo bunday natijalarga erishilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Indeks doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan tarkibiy indikatorlarda mamlakatimiz koʻrsatkichlarini keskin oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish taqozo qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Indeks hisobotini tuzishda ishtirok etuvchi xalqaro tashkilotlar va mahalliy ekspertlar bilan hamkorlik qilish, Jahon banki ekspertlarini jalb qilish, zarur boʻlgan maʼlumotlarni Indeks hisobot tuzuvchilariga yetkazish, shuningdek Indeksda respublikamiz oʻrnini yanada yuksaltirish strategiyasini ishlab chiqish kabi yoʻnalishlarda chora-tadbirlar belgilash zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksi boʻyicha samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlariga (KPI) erishilmaganligi, shuningdek, ushbu yoʻnalishda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyati qoniqarsiz ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun indeksi”da Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chora-tadbirlar rejasi ijrosi uchun masʼul boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar unda belgilangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin hamda har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Senatga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini nazoratga olsin hamda Qoʻmita majlislarida tanqidiy muhokama qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-572-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 12-sentabrdagi KQ-572-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Masʼullar

1.

Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksi bilan ishlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

1. Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksini ishlab chiquvchi jamoa (The Women, Business and the Law team) aʼzolari, jumladan Norman Loayza (jamoa rahbari), Ti Trambik (jamoa menejeri) bilan aloqa oʻrnatish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2023-yil sentyabr — dekabr

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Pensiya jamgʻarmasi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. “Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksi hisobotini tuzishda ishtirok etuvchi tashkilotlar (BMTTD, BMT Ayollar tashkiloti va boshqalar) vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

2023-yil sentyabr — dekabr

3. Zarur maʼlumotlarni ushbu Indeks hisobotini tuzuvchilariga yetkazish.

doimiy

4. Yuqoridagi vazifalar ijrosi yuzasidan Senatga axborot kiritish.

har oy

2.

“Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksi hisobotini tuzishda ishtirok etuvchi mahalliy ekspertlar bilan hamkorlik qilish.

1. Indeks hisobotini tuzishda ishtirok etuvchi milliy ekspertlar (Sayyora Xodjayeva, Diyorbek Kimsanov, Irina Matviyenko va boshqalar) bilan uchrashuvlar tashkil etish.

2023-yil sentyabr — dekabr

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Pensiya jamgʻarmasi

2. Indeks hisoboti uchun zarur maʼlumotlarni milliy ekspertlarga yetkazish.

doimiy

3. Yuqoridagi vazifalar ijrosi yuzasidan Senatga axborot kiritish.

har oy

3.

Jahon banki bilan “Ayollar, biznes va qonun” indeksi natijalari muhokamasiga bagʻishlangan oʻquv seminarini tashkil etish.

Jahon banki bilan Indeks natijalari muhokamasiga bagʻishlangan oʻquv seminarini oʻtkazish, bunda ayrim indikatorlarning (masalan, ota-onalik qilish) subindikatorlari mazmun-mohiyatiga oydinlik kiritish.

2023-yil sentyabr-oktyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Pensiya jamgʻarmasi

4.

Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksi bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uygʻunligini taʼminlash.

1. “Ayollar, biznes va qonun” indeksida respublikamiz oʻrnini yaxshilash maqsadida NNT va xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda quyidagi masalalarni tahlil qilish hamda nat�jalaridan kelib chiqqan holda milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish:

ayollarning mehnat qilish sharoitini yanada yaxshilash;

ayollarning erkaklar bilan bir xil kasb va sohalarda ishlash huquqini taʼminlash;

ish joylarida shilqimlikka qarshi kurash choralarini belgilash;

mehnatga haq toʻlash tartibini takomillashtirish;

ota-onalik qilish, jumladan homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarishlash boʻyicha shart-sharoitlarni yanada yaxshilash;

pensiya taʼminotida gender tenglikni taʼminlash.

2023-yil dekabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

Pensiya jamgʻarmasi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish.

2024-yil mart

3. Yuqoridagi vazifalar ijrosi yuzasidan Senatga axborot kiritish.

har oy

5.

“Ayollar, biznes va qonun” indeksi boʻyicha samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlariga (KPI) erishishni taʼminlash.

1. Indeks boʻyicha samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlariga (KPI) erishish, jumladan 2023-yilda 91,2 ball toʻplash boʻyicha masʼullarni belgilash, alohida ishchi guruh tuzish va vazifalarni taqsimlash.

2023-yil sentyabr-oktyabr

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

Pensiya jamgʻarmasi

2. 2024-yilda eʼlon qilinadigan ushbu Indeks hisobotini tahlil qilish hamda tegishli takliflar ishlab chiqib, Xalqaro �eyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashiga kiritish.

2024-yil fevral-mart

6.

Jahon banki “Ayollar, biznes va qonun” indeksining tarkibiy indikatorlarini shakllantirishda beriladigan savollarga asoslantirilgan javoblarni tayyorlash hamda Jahon bankiga taqdim etilishini tashkil etish.

1. Indeks tarkibiy indikatorlarini shakllantirishda beriladigan savollarga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan qonunchilik va boshqa yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardan kelib chiqib, asoslantirilgan javoblar tayyorlash hamda tegishli javoblarni ingliz va rus tillariga tarjima qilish.

2023-yil sentyabr-oktyabr

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

Pensiya jamgʻarmasi

2. Asoslantirilgan javoblarni Indeks hisobotini tuzishda ishtirok etuvchi tashkilotlarga (BMTTD, BMT Ayollar tashkiloti va boshqalar) hamda milliy ekspertlar va NNTlarga yetkazish.

2023-yil oktyabr — dekabr

3. Yuqoridagi vazifalar ijrosi yuzasidan Senatga axborot kiritish.

har oy

7.

Bola tugʻilishi munosabati bilan otaga qisqa muddatli haq toʻlanadigan taʼtilni joriy etish masalasini oʻrganish va takliflar ishlab chiqish.

1. Rivojlangan xorijiy davlatlarning bola tugʻilishi munosabati bilan otaga qisqa muddatli haq toʻlanadigan taʼtil berilishi boʻyicha qonunchiligini oʻrganish va tahlil qilish.

2023-yil oktyabr

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Tahliliy maʼlumotlarga asosan tegi?l? normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2023-yil oktyabr

3. Takliflarni amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda kelishish.

2023-yil oktyabr-noyabr

4. Yuqoridagi vazifalar ijrosi yuzasidan Senatga axborot kiritish.

har oy

8.

Xalqaro hamjamiyatni mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik masalalari boʻyicha olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish hamda ilgʻor xorijiy tajriba bilan tanishish, malaka oshirish, metodologik va uslubiy ishlanmalar bilan almashish.

1. Xorijiy tillardagi targʻibot materiallarini (maqolalarni) koʻpaytirib, ularning xorijiy nashrlarda chop etilishini tashkil etish.

doimiy

Oʻzbekiston milliy axborot agentligi,

“Dunyo” axborot agentligi

2. BMT Ayollar tashkiloti ijrochi direktori Sima Sami Baxusni Oʻzbekistonga rasmiy tashrifini tashkil etish masalasini ishlab chiqish.

2024-yil davomida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

3. Xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik masalalari boʻyicha parlament va davlat organlari xodimlari malakasini oshirish maqsadida ilgʻor xorijiy tajriba bilan tanishtirish masalasini ishlab chiqish.

2023-2024-yillar davomida alohida reja as�sida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi

9.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotida ayollarning teng ishtirok etishiga erishish borasida:

xotin-qizlarning xabardorligini oshirish;

xotin-qizlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan NNT va OAV hamda ilmiy hamjamiyati ishtirokini taʼminlash.

1. Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksining tarkibiy indikatorlaridan kelib chiqib (gender tenglikni taʼminlash, mehnat qilish, oila, ota-onalik qilish, tadbirkorlik, mulkka egalik va Pensiya masalalarida) xotin-qizlarning xabardorligini oshirish maqsadida seminar-trening va uchrashuvlar oʻtkazish.

2023-2024-yillar davomida alohida reja asosida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Pensiya jamgʻarmasi,

“Yuksalish” umummilliy harakati,

OʻzNNTMA,

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

2. Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksi bilan ishlashda xotin-qizlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan NNT va OAV hamda ilmiy hamjamiyatni jalb qilish, ular ishtirokida davra suhbatlari, seminarlar tashkil etish.

2023-yil davomida alohida reja asosida