Hujjat 04.01.2025 sanasi holatiga | Joriy versiya | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
qarori | qarori | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoniga muvofiq davlat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) yuritish tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoniga muvofiq davlat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) yuritish tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Belgilansinki: | 2. Belgilansinki: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) inson resurslarini boshqarishga oid barcha maʼlumotlar va hujjatlar elektron platformada shakllantiriladi va yuritiladi (harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bundan mustasno); | 2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) inson resurslarini boshqarishga oid barcha maʼlumotlar va hujjatlar elektron platformada shakllantiriladi va yuritiladi (harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bundan mustasno); | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organlari elektron platformani joriy qilish va yuritish boʻyicha sarf-xarajatlarni oʻzlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shuningdek, yuqoridagi manbalar mavjud boʻlmagan hollarda budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi. | davlat organlari elektron platformani joriy qilish va yuritish boʻyicha sarf-xarajatlarni oʻzlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shuningdek, yuqoridagi manbalar mavjud boʻlmagan hollarda budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. Quyidagilar: | 3. Quyidagilar: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“hrm.argos.uz” elektron platformasini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | “hrm.argos.uz” elektron platformasini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. Inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumot va hujjatlar elektron platforma orqali quyidagi elektron tizimlarga avtomatik tarzda yuboriladi: | 4. Inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumot va hujjatlar elektron platforma orqali quyidagi elektron tizimlarga avtomatik tarzda yuboriladi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari va ularga qoʻshimcha bitimlar, mehnat shartnomalarining bekor qilinishi hamda vakant ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga; | davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari va ularga qoʻshimcha bitimlar, mehnat shartnomalarining bekor qilinishi hamda vakant ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
qabul qilingan ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun “edo.ijro.uz” axborot tizimiga; | qabul qilingan ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun “edo.ijro.uz” axborot tizimiga; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar “UzASBO” dasturiy majmuasiga. | xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar “UzASBO” dasturiy majmuasiga. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi 2023-yil 1-noyabrga qadar: | 5. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi 2023-yil 1-noyabrga qadar: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda elektron platforma doirasida Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq (vacancy.argos.uz) portalining yangi talqinini ishlab chiqish; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda elektron platforma doirasida Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq (vacancy.argos.uz) portalining yangi talqinini ishlab chiqish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga yuborilishini taʼminlash uchun tizimlarni oʻzaro integratsiya qilish; | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga yuborilishini taʼminlash uchun tizimlarni oʻzaro integratsiya qilish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda davlat organlari xodimlarining ish haqini avtomatik tarzda hisoblashni taʼminlash uchun elektron platformani “UzASBO” dasturiy majmuasiga integratsiya qilish choralarini koʻrsin. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda davlat organlari xodimlarining ish haqini avtomatik tarzda hisoblashni taʼminlash uchun elektron platformani “UzASBO” dasturiy majmuasiga integratsiya qilish choralarini koʻrsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. Davlat organlari rahbarlari: | 6. Davlat organlari rahbarlari: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2023-yil 1-oktabrga qadar davlat organlarining markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalarini elektron platformaga ulash; | 2023-yil 1-oktabrga qadar davlat organlarining markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalarini elektron platformaga ulash; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2023-yil 1-dekabrga qadar davlat organlari elektron platformaga ulanish va xizmat koʻrsatish boʻyicha “Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ — elektron platforma operatori bilan shartnomalar tuzish choralarini koʻrsin. | 2023-yil 1-dekabrga qadar davlat organlari elektron platformaga ulanish va xizmat koʻrsatish boʻyicha “Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ — elektron platforma operatori bilan shartnomalar tuzish choralarini koʻrsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Elektron platforma operatori va Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining oʻzaro kelishuviga asosan elektron platformaga ulanish va xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma asosida kelib tushgan mablagʻlarning bir qismi Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkazib berilishi mumkin. | Bunda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga inson resurslarini boshqarishga oid barcha maʼlumotlar va hujjatlarni elektron platforma orqali shakllantirish hamda yuritish xizmati bepul koʻrsatiladi. Elektron platforma operatori va Boshqaruv samaradorligi agentligining oʻzaro kelishuviga asosan elektron platformaga ulanish va xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma asosida kelib tushgan mablagʻlarning bir qismi Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkazib berilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. | 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toshkent sh., | Toshkent sh., | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2023-yil 22-sentabr, | 2023-yil 22-sentabr, | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
492-son | 492-son | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi 492-son qaroriga 1-ILOVA | Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi 492-son qaroriga 1-ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
NIZOM | NIZOM | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Mazkur Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. | 1. Mazkur Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat organlarida inson resurslarini boshqarishga moʻljallangan mavjud elektron dasturlar elektron platforma bilan integratsiya qilingan holda yuritilishi mumkin. | Davlat organlarida inson resurslarini boshqarishga moʻljallangan mavjud elektron dasturlar elektron platforma bilan integratsiya qilingan holda yuritilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) — axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan majmui boʻlib, mehnat shartnomalari va xodimlarning ish stajiga oid maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va qayta ishlash boʻyicha axborot tizimi; | “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) — axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan majmui boʻlib, mehnat shartnomalari va xodimlarning ish stajiga oid maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va qayta ishlash boʻyicha axborot tizimi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (keyingi oʻrinlarda — “vacancy.argos.uz”) — davlat organlaridagi vakant lavozimlarni egallash boʻyicha tanlovlarni amalga oshirish boʻyicha markazlashgan yagona elektron tizimi; | Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (keyingi oʻrinlarda — “vacancy.argos.uz”) — davlat organlaridagi vakant lavozimlarni egallash boʻyicha tanlovlarni amalga oshirish boʻyicha markazlashgan yagona elektron tizimi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“samaradorlik.uz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — samaradorlik.uz) — boshqaruvning turli darajadagi rahbarlari faoliyatining samaradorligini baholashning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi; | “samaradorlik.uz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — samaradorlik.uz) — boshqaruvning turli darajadagi rahbarlari faoliyatining samaradorligini baholashning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
tashkilot kabineti — davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish uchun elektron platformadagi sahifasi. | tashkilot kabineti — davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish uchun elektron platformadagi sahifasi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. Davlat organlarining ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish, tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va ularga ishlov berish, xodimlar faoliyatining samaradorligini avtomatik tarzda baholash, kadrlar boʻyicha maʼlumotlarning elektron arxivini yuritish, rahbar kadrlar uchun belgilangan zaxiralarni shakllantirish hamda inson resurslarini boshqarishga oid boshqa faoliyati elektron platformada amalga oshiriladi. | 3. Davlat organlarining ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish, tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va ularga ishlov berish, xodimlar faoliyatining samaradorligini avtomatik tarzda baholash, kadrlar boʻyicha maʼlumotlarning elektron arxivini yuritish, rahbar kadrlar uchun belgilangan zaxiralarni shakllantirish hamda inson resurslarini boshqarishga oid boshqa faoliyati elektron platformada amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlari va hujjatlarini elektron platformada shakllantirish va yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. | Davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlari va hujjatlarini elektron platformada shakllantirish va yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat organi hisoblanmaydigan tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan kelishilgan holda elektron platformadan foydalanishi mumkin. | Davlat organi hisoblanmaydigan tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan kelishilgan holda elektron platformadan foydalanishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. Elektron platformaga belgilangan tartibda ulangan davlat organlariga inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish imkonini beruvchi yopiq boʻlim hisoblangan tashkilot kabineti yaratiladi. | 4. Elektron platformaga belgilangan tartibda ulangan davlat organlariga inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish imkonini beruvchi yopiq boʻlim hisoblangan tashkilot kabineti yaratiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Elektron platformadan foydalanish va uni yuritish elektron raqamli imzo kaliti (keyingi oʻrinlarda — ERI kaliti) orqali, axborot almashinuvlari esa Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi. | 5. Elektron platformadan foydalanish va uni yuritish elektron raqamli imzo kaliti (keyingi oʻrinlarda — ERI kaliti) orqali, axborot almashinuvlari esa Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. Davlat organlarining xodimlari toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari elektron platforma orqali shakllantiriladi va yuritiladi. | 6. Davlat organlarining xodimlari toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari elektron platforma orqali shakllantiriladi va yuritiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-bob. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtish va undan foydalanish | 2-bob. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtish va undan foydalanish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. Inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish uchun yuridik shaxs maqomidagi davlat organlari elektron platformadan foydalanuvchi hisoblanadi. | 7. Inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish uchun yuridik shaxs maqomidagi davlat organlari elektron platformadan foydalanuvchi hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. Barcha foydalanuvchilar elektron platformada shaxsiy ERI kaliti orqali roʻyxatdan oʻtadi, bunda: | 8. Barcha foydalanuvchilar elektron platformada shaxsiy ERI kaliti orqali roʻyxatdan oʻtadi, bunda: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organi rahbari shaxsiy ERI kaliti yordamida davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi masʼul xodimini belgilab, unga elektron platformadan foydalanish imkoniyatini beradi; | davlat organi rahbari shaxsiy ERI kaliti yordamida davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi masʼul xodimini belgilab, unga elektron platformadan foydalanish imkoniyatini beradi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi xodimi shaxsiy ERI kaliti yordamida elektron platformada maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantiradi hamda yuritadi. | inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi xodimi shaxsiy ERI kaliti yordamida elektron platformada maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantiradi hamda yuritadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. Davlat organining tashkilot kabinetidagi maʼlumotlari elektron hukumatning idoralararo integratsion platformasi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi. | 9. Davlat organining tashkilot kabinetidagi maʼlumotlari elektron hukumatning idoralararo integratsion platformasi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
10. Elektron hukumatning idoralararo integratsion platformasi orqali shakllantirilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha kiritish, ularni tahrir qilish va toʻldirish inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. | 10. Elektron hukumatning idoralararo integratsion platformasi orqali shakllantirilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha kiritish, ularni tahrir qilish va toʻldirish inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
11. Agentlik davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlari va hujjatlarini shakllantirish va yuritish, shu jumladan, ichki idoraviy hujjatlar (buyruq, qaror va farmoyish) loyihalarini elektron platformada ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish jarayonlarining doimiy monitoringini yuritadi. | 11. Agentlik davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlari va hujjatlarini shakllantirish va yuritish, shu jumladan, ichki idoraviy hujjatlar (buyruq, qaror va farmoyish) loyihalarini elektron platformada ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish jarayonlarining doimiy monitoringini yuritadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
12. “Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — operator) elektron platformani joriy etish, unga texnik xizmat koʻrsatish, uni yanada takomillashtirish, shuningdek, uning uzluksiz va xavfsiz ishlashi uchun masʼul hisoblanadi. | 12. “Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — operator) elektron platformani joriy etish, unga texnik xizmat koʻrsatish, uni yanada takomillashtirish, shuningdek, uning uzluksiz va xavfsiz ishlashi uchun masʼul hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3-bob. Elektron platformada tarkibiy tuzilma, shtatlar va lavozimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va tahrir qilish | 3-bob. Elektron platformada tarkibiy tuzilma, shtatlar va lavozimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va tahrir qilish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
13. Elektron platformada davlat organi tuzilmasini uning shtat jadvaliga muvofiq boʻlinmalar va ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni kiritish orqali shakllantiriladi. Bunda har bir lavozim alohida yaratiladi. | 13. Elektron platformada davlat organi tuzilmasini uning shtat jadvaliga muvofiq boʻlinmalar va ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni kiritish orqali shakllantiriladi. Bunda har bir lavozim alohida yaratiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
14. Davlat organining tuzilmasida: | 14. Davlat organining tuzilmasida: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organining barcha boʻlinmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (alohida yuridik shaxslar bundan mustasno); | davlat organining barcha boʻlinmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (alohida yuridik shaxslar bundan mustasno); | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organining tasdiqlangan shtat jadvali (davlat siri yoki qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan maʼlumotlar hisoblangan shtat jadvali bundan mustasno); | davlat organining tasdiqlangan shtat jadvali (davlat siri yoki qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan maʼlumotlar hisoblangan shtat jadvali bundan mustasno); | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
siyosiy, boshqaruv, yordamchi, ishlab chiqarish va texnik xodimlar bilan birgalikda davlat organidagi barcha ish oʻrinlari, shu jumladan, boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak. | siyosiy, boshqaruv, yordamchi, ishlab chiqarish va texnik xodimlar bilan birgalikda davlat organidagi barcha ish oʻrinlari, shu jumladan, boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
15. Davlat organining boʻlinmalari haqidagi maʼlumotlar boʻlinma nomi yozilgan maxsus shaklni toʻldirish orqali kiritiladi. | 15. Davlat organining boʻlinmalari haqidagi maʼlumotlar boʻlinma nomi yozilgan maxsus shaklni toʻldirish orqali kiritiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
16. Ish joyi haqidagi maʼlumotlar shtat jadvaliga muvofiq lavozim nomi yozilgan maxsus shaklni toʻldirish orqali va xodimlarning ish haqi, stavka hajmi va lavozimga qoʻyilgan malaka talablari, malaka darajasi, lavozim guruhi va toifasi, shu jumladan, mehnat sharoitlari va lavozim vazifalarini koʻrsatgan holda kiritiladi. | 16. Ish joyi haqidagi maʼlumotlar shtat jadvaliga muvofiq lavozim nomi yozilgan maxsus shaklni toʻldirish orqali va xodimlarning ish haqi, stavka hajmi va lavozimga qoʻyilgan malaka talablari, malaka darajasi, lavozim guruhi va toifasi, shu jumladan, mehnat sharoitlari va lavozim vazifalarini koʻrsatgan holda kiritiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4-bob. Elektron platformada davlat organlarining ichki idoraviy hujjatlarini yuritish | 4-bob. Elektron platformada davlat organlarining ichki idoraviy hujjatlarini yuritish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
17. Elektron platformada davlat organlarining ichki idoraviy hujjatlari (buyruq, qaror va farmoyish) ERI bilan tasdiqlangan holda faqat elektron platformada shakllantiriladi va qabul qilinadi. | 17. Elektron platformada davlat organlarining ichki idoraviy hujjatlari (buyruq, qaror va farmoyish) ERI bilan tasdiqlangan holda faqat elektron platformada shakllantiriladi va qabul qilinadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
18. Ichki idoraviy hujjat loyihasi inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi tomonidan elektron platformada ishlab chiqiladi hamda tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlari bilan kelishiladi. | 18. Ichki idoraviy hujjat loyihasi inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi tomonidan elektron platformada ishlab chiqiladi hamda tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlari bilan kelishiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Elektron platforma orqali qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar ijroga qaratish uchun “edo.ijro.uz” axborot tizimiga avtomatik tarzda yuboriladi. | Elektron platforma orqali qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar ijroga qaratish uchun “edo.ijro.uz” axborot tizimiga avtomatik tarzda yuboriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
19. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ichki idoraviy hujjatlarni elektron platforma orqali qabul qilish (chiqarish)ga yoʻl qoʻyilmaydi hamda shaxsga doir maʼlumotlarga xodimlarning roziligi bilan ishlov beriladi. | 19. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ichki idoraviy hujjatlarni elektron platforma orqali qabul qilish (chiqarish)ga yoʻl qoʻyilmaydi hamda shaxsga doir maʼlumotlarga xodimlarning roziligi bilan ishlov beriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari maxfiy toifaga kirmaydigan hujjatlar loyihalarini mustaqil ravishda ushbu toifaga kiritish taqiqlanadi. | Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari maxfiy toifaga kirmaydigan hujjatlar loyihalarini mustaqil ravishda ushbu toifaga kiritish taqiqlanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5-bob. Elektron platformani boshqa elektron axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilish | 5-bob. Elektron platformani boshqa elektron axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
20. Elektron platformada davlat organlarining axborot tizimlari bilan axborot almashinuvi Agentlik tomonidan tasdiqlangan texnologik yoʻriqnoma asosida operator tomonidan amalga oshiriladi. | 20. Elektron platformada davlat organlarining axborot tizimlari bilan axborot almashinuvi Agentlik tomonidan tasdiqlangan texnologik yoʻriqnoma asosida operator tomonidan amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
21. Davlat organlarining vakant lavozimlarini eʼlon qilishdan tortib, tanlov oʻtkazish va ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha boʻlgan jarayonlar elektron platforma va “vacancy.argos.uz” axborot tizimining oʻzaro integratsiyalashuvi asosida amalga oshiriladi. | 21. Davlat organlarining vakant lavozimlarini eʼlon qilishdan tortib, tanlov oʻtkazish va ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha boʻlgan jarayonlar elektron platforma va “vacancy.argos.uz” axborot tizimining oʻzaro integratsiyalashuvi asosida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
22. Davlat organi xodimining faoliyati samaradorligini avtomatik tarzda baholash jarayonlari elektron platforma va “samaradorlik.uz” axborot tizimlarni oʻzaro integratsiya qilish asosida amalga oshiriladi. | 22. Davlat organi xodimining faoliyati samaradorligini avtomatik tarzda baholash jarayonlari elektron platforma va “samaradorlik.uz” axborot tizimlarni oʻzaro integratsiya qilish asosida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
23. Davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari tomonidan elektron platformaga kiritilgan: | 23. Davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari tomonidan elektron platformaga kiritilgan: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari va ularga qoʻshimcha bitimlar, mehnat shartnomalarining bekor qilinishi hamda vakant ish oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAMMT IDAK” elektron tizimiga, | davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari va ularga qoʻshimcha bitimlar, mehnat shartnomalarining bekor qilinishi hamda vakant ish oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAMMT IDAK” elektron tizimiga, | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar “UzASBO” dasturiy majmuasiga avtomatik tarzda yuboriladi. | xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar “UzASBO” dasturiy majmuasiga avtomatik tarzda yuboriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
24. Davlat organlarining belgilangan rahbarlik lavozimlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish jarayoni elektron platforma orqali amalga oshiriladi. | 24. Davlat organlarining belgilangan rahbarlik lavozimlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish jarayoni elektron platforma orqali amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning shaxsiy maʼlumotlari elektron platforma va “zaxira.argos.uz” platformasining oʻzaro integratsiyalashuvi asosida yuritiladi. | Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning shaxsiy maʼlumotlari elektron platforma va “zaxira.argos.uz” platformasining oʻzaro integratsiyalashuvi asosida yuritiladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
25. Elektron platformaga maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi, toʻgʻriligi hamda toʻliqligi boʻyicha davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining masʼul xodimlari javobgar hisoblanadi. | 25. Elektron platformaga maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi, toʻgʻriligi hamda toʻliqligi boʻyicha davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining masʼul xodimlari javobgar hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6-bob. Yakunlovchi qoidalar | 6-bob. Yakunlovchi qoidalar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
26. Operator elektron platformaning ishlashi, axborot xavfsizligining taʼminlanishi, tizimdagi shaxsga doir maʼlumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun masʼul hisoblanadi. | 26. Operator elektron platformaning ishlashi, axborot xavfsizligining taʼminlanishi, tizimdagi shaxsga doir maʼlumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun masʼul hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Shaxsga doir maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi. | Shaxsga doir maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
27. Davlat organlari rahbarlari davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid faoliyatini elektron platformada yuritish boʻyicha ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi uchun shaxsan masʼuldirlar. | 27. Davlat organlari rahbarlari davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid faoliyatini elektron platformada yuritish boʻyicha ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi uchun shaxsan masʼuldirlar. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
SXEMASI | SXEMASI | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi 492-son qaroriga 2-ILOVA | Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi 492-son qaroriga 2-ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“hrm.argos.uz” elektron platformasini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish boʻyicha | “hrm.argos.uz” elektron platformasini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish boʻyicha | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“YOʻL XARITASI” | “YOʻL XARITASI” | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|