1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-378-son qaroriga muvofiq ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqishda arxitektura tanlovi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqishda arxitektura tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni oʻtkazish boʻyicha hayʼat aʼzolari tarkibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblariga beriladigan diplom namunasini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy axborot agentligi hamda Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
488-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-sentabrdagi 488-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi xizmati — obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va buzishning amalga oshirilishini taʼminlovchi, shuningdek, ushbu maqsadlarda loyiha-qidiruv, ekspertlik, qurilish-montaj va nazorat ishlarini bajarish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek, uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlar — alohida yoki birgalikda oʻziga xos, betakror hajmiy-rejaviy, konstruktiv, muhandislik yoki texnologik yechimlari hamda arxitektura gʻoyasini, yuqori texnik darajadagi yutuqlar va meʼmorchilikni oʻzida mujassam etgan binolar, inshootlar va ularning majmualari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov ishtirokchilari — tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan, shuningdek, arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eskiz loyiha — bino va inshootlarning muhim xususiyatlari va elementlarini tavsiflash imkonini beradigan loyihaning yakuniy natijasi toʻgʻrisida toʻliq tasavvur beruvchi arxitekturaviy chizmasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlov shaharsozlik faoliyati sohasidagi loyiha va ishlanmalarni hamda innovatsion qurilish texnologiyalarini amaliyotda qoʻllashga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari yoki buyurtmachi xizmati funksiyasi yuklatilgan tashkilotlar tanlovni oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarni loyihalashtirishda tajribaga ega boʻlgan, muhandislik ishlanmalarini hamda qurilish innovatsion texnologiyalarini yaratish imkoniyatiga ega raqobatbardosh loyiha tashkilotlarini aniqlash tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-378-sonli “Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish va obyektlarni qurish jarayonida innovatsion gʻoyalarni roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihachilarning erkin fikrlash tafakkurini yuksaltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovi mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmachi xizmati tanlovga qoʻyiladigan obyektni Iqtisodiyot va moliya vazirligining gʻaznachilik tizimida roʻyxatdan oʻtkazadi va obyekt roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng oʻttiz daqiqa ichida tanlov predmetining nomi va gʻaznachilik tizimidagi shaxsiy hisobvaragʻini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi xizmati eskiz loyihani ishlab chiqishda arxitektura tanlovini oʻtkazish shakli, loyihaning tavsifi va boshlangʻich narxi, tanlovni oʻtkazish joyi, moddiy ragʻbat miqdori va taklif berish muddati bilan bogʻliq talablarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar bilan kelishgan holda belgilaydi hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali oʻn kun muddat davomida tanlovni oʻtkazish boʻyicha eʼlon beradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlovda arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar tanlov boʻyicha eʼlon tugagandan soʻng besh kun muddatda eskiz loyihalarni ilova qilgan holda buyurtmachi xizmatiga murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan eskiz loyihalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli litsenziyaga ega loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dolzarbligi, innovatsion gʻoya va yechim oʻz aksini topganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional va ekspluatatsiya talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taxminiy qiymati va amalga oshirish muddati haqida toʻliq maʼlumot boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha aniq maʼlumotlar aks etganligi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov ishtirokchilarining eskiz loyihalari mazkur Nizomga 2-ilovadagi hayʼat tarkibi (keyingi oʻrinlarda — hayʼat) tomonidan oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlov gʻolibini aniqlashda hayʼat aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashsa, hayʼat vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha eʼlon berilgan muddat ichida birorta ham taklif kelib tushmaganda yoki bir nafar talabgordan taklif kelib tushganda, shuningdek, kelib tushgan takliflar tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, tanlov oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hayʼatning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hayʼat quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishib chiqish va zarur hollarda qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov takliflarini koʻrib chiqish muddatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarning tanlov hujjatlariga va tanlov oʻtkazish shartlariga muvofiqligini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻolibini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni oʻtkazishda ushbu Nizom talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda, tanlovni oʻtkazishni toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hayʼat tanlovning xolislik va oshkoralik asosida oʻtishini taʼminlashga, shuningdek, tanlovni oʻtkazishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikka va mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tanlov gʻolibini aniqlash tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlov ishtirokchilarining eskiz loyihalari mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq mezonlar asosida baholanadi va natijasi boʻyicha tanlov gʻolibi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov gʻolibi mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq namunadagi diplom bilan taqdirlanadi hamda moddiy ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar eskiz loyihalarini baholash natijalari teng boʻlgan taqdirda, hayʼat tomonidan haqiqiy gʻolibni aniqlash maqsadida loyiha va ishlanmalarga doir qoʻshimcha maʼlumotlar talab etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tanlov gʻolibining eskiz loyihasi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida saqlanadi va undan kelgusida obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlov natijalari ommaviy axborot vositalari hamda buyurtmachi xizmatining rasmiy veb-saytlari orqali yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tanlovni moliyalashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish, shu jumladan, tanlov gʻolibini moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki tashabbuskor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom qoidalari qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Buyurtmachi xizmati
1. Tanlovga qoʻyiladigan obyektni Iqtisodiyot va moliya vazirligining gʻaznachilik tizimida roʻyxatdan oʻtkazadi.
Belgilangan muddatda
2. Tanlov predmetining nomi va gʻaznachilik tizimidagi shaxsiy hisobvaragʻini kiritadi.
Oʻttiz daqiqa ichida
3. Eskiz loyihani ishlab chiqishda arxitektura tanlovini oʻtkazish shakli, loyihaning tavsifi va boshlangʻich narxi, tanlovni oʻtkazish joyi, moddiy ragʻbat miqdori va taklif berish muddati bilan bogʻliq talablarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar bilan kelishgan holda belgilaydi.
Belgilangan muddatda
4. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali tanlovni oʻtkazish boʻyicha eʼlon beradi.
Oʻn kun muddat davomida
2-bosqich
Talabgor
Tanlovda ishtirok etish uchun eskiz loyihalarni ilova qilgan holda buyurtmachi xizmatiga murojaat qiladi.
Besh kun muddatda
3-bosqich
Hayʼat
1. Tanlov ishtirokchilarining eskiz loyihalarini koʻrib chiqadi.
2. Baholash mezonlariga muvofiq tanlov gʻolibini aniqlaydi va taqdirlaydi.
Oʻn kun muddatda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov ishtirokchilarining eskiz loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAYʼAT TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Hayʼat raisi
Lavozimiga koʻra
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari boshliqlari
Lavozimiga koʻra
—
Obyekt boʻyicha buyurtmachi xizmati rahbari
Lavozimiga kura
—
Obyektdan yakuniy foydalanuvchi tashkilot rahbari
Lavozimiga kura
—
Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi aʼzolari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.

1. Hayʼat aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxs kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hayʼat raisi tomonidan, zarur hollarda, hayʼat faoliyatiga boshqa tashkilot vakillari ham jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov ishtirokchilarining eskiz loyihalarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI

T/r
Baholash mezonlari
Eng yuqori ball
1.
Amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqilganligi (obyektning iqtisodiy samaradorligi, konstruktiv yechimlar)
20
2.
Obyektning funksionalligi va ekspluatatsiya qilishda qulayligi
20
3.
Mi�liy arxitektura anʼanalari va elementlaridan foydalanilganligi
15
4.
Energiya tejamkor texnologiyalar qoʻllanilganligi (qayta tiklanadigan energiya resurslari, muhandislik tarmoqlari bilan birga)
15
5.
Landshaft va interyer dizayni (yashil arxitektura, tabiiy yashash muhiti va biologik xilma-xillik)
15
6.
Atrof-muhitga muvofiqligi (iqlim oʻzgarishiga moslashuvi, odamlarning hayotiy faoliyatiga va turizmga uygʻunligi) va yondosh hududlarga uygʻunligi
15
JAMI
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov gʻoliblarini taqdirlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DIPLOM NAMUNASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2023-y., 09/23/488/0720-son)