21.09.2023 yildagi 485-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida telekommunikatsiya sohasida maʼmuriy tartib-taomillarni soddalashtirish va mazkur yoʻnalishda xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlarga yengilliklar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2023-yil 14-iyundagi OʻRQ-846-son Qonuni bilan teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga litsenziya berganlik uchun davlat boji miqdori ikki barobarga kamaytirildi hamda tarmogʻiga ega boʻlmagan uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar)ga litsenziya berganlik uchun alohida davlat boji miqdori belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2023-yil 14-iyundagi OʻRQ-846-son Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar sohasidagi, xususan, koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish va teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatishga doir litsenziya uchun davlat bojining miqdorini uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan xizmatlar koʻrsatish uchun maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatishga doir litsenziya berganlik uchun davlat bojining miqdorini kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mazkur qarorga muvofiq takomillashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
485-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-sentabrdagi 485-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 15-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-pozitsiyadagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-pozitsiyada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“m” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“m) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish — BHMning 140 000 baravari (bunda uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish — BHMning 25 000 baravari**)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“s” va “t” kichik bandlardagi “20” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“u” va “f” kichik bandlardagi “150” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 12-pozitsiya quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“**Agar uyali aloqa virtual operatori (provayder) tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini toʻlash davridan oldingi moliya yili uchun koʻrsatilgan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshsa, “m” kichik bandda nazarda tutilgan faoliyat turi uchun davlat bojining summasiga koʻrsatilgan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlari qiymatining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha belgilanadi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “besh” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 101-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 23-band va 25-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2023-y., 09/23/485/0719-son)