14.09.2023 yildagi PQ-308-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat idoralari oʻrtasida raqamli muloqotni taʼminlash, masʼul idora va tashkilotlar tomonidan zamonaviy yechimlar ishlab chiqishga koʻmaklashish uchun ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, Hukumat faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi (A. Aripov) (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida (keyingi oʻrinlarda — “Elektron hukumat tadqiqoti” hisoboti) Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash yoʻnalishidagi ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mamlakatimizni “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida 2030-yilga qadar Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi boʻyicha davlatlar roʻyxatida birinchi 30 talikka kiritish Komissiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisoboti indekslaridagi koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh tarkibi 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh tarkibi 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida koʻzda tutilgan indekslar boʻyicha koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruhlarning vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng muhim tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, oxirgi hisobotlarda Oʻzbekiston Respublikasiga oid maʼlumotlarni chuqur tahlil qilish, tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari funksiyalarini xatlovdan oʻtkazish, raqamlashtiriladigan jarayon va xizmatlarning muddatlari va toifalarini koʻrsatgan holda aniq roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, raqamli xizmatlarni sodda, shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qulay shaklda joriy etish yuzasidan talablarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻi va mobil aloqa foydalanuvchilari sonini oshirish maqsadida telekommunikatsiya xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, operator va provayderlar uchun teng sharoitlarni taʼminlash, telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar uchun jahon Internet tarmogʻiga ulanish jarayonlarini soddalashtirish, xususiy provayderlarni “oxirgi milya” tamoyili asosida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli hukumat tizimi hamda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlariga sunʼiy intellekt, katta hajmdagi maʼlumotlar, buyumlar interneti hamda blokcheyn kabi ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, mobil ilovalar orqali xizmat koʻrsatishni rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim bilan yalpi qamrov va uning davomiylik muddati boʻyicha xalqaro baholash mezonlarini joriy etish, ular asosida sohani takomillashtirish, aholi, shu jumladan nuroniylar, ayollar, yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslarni raqamli texnologiyalar boʻyicha “hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida oʻqitish tizimini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat axborot tizimlari va resurslaridan elektron maʼlumot olish, ularda elektron qaror qabul qilish, mahalliy organlarning aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan raqamli muloqotini taʼminlash mexanizmlarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-iyundan boshlab yangi raqamli xizmatlar va servislar, qoida tariqasida, birinchi navbatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) mobil ilovasida joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portalda koʻrsatilayotgan xizmatlar soni 700 taga, ularning avtomatlashganlik darajasi 65 foizga yetkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi mobil ilova orqali koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aholi uchun raqamli xizmatlardan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvardan boshlab raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlik subyektlariga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot beruvchi maxsus portal;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-iyundan boshlab respublika hududidagi yashil hudud, bogʻ va jamoat parklari hamda 2024-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida jamoat transporti harakati haqida axborot beruvchi maxsus portallar ishga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda shoshilinch tezkor xizmatlar boʻyicha aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlash boʻyicha “112” yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-noyabrdan boshlab “oxirgi milya” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda aholi xonadonlariga keng polosali Internet tarmoqlarini olib borishga qaratilgan hamkorlik dasturini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil yakuniga qadar magistral telekommunikatsiya tarmogʻi va aholi yashash maskanlarida qoʻshimcha 50 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Raqamli hukumat loyiha ofisi” tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Komissiya raisining oʻrinbosari (Sh. Shermatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli hukumat loyiha ofisi”ga malakali mutaxassislarni jalb etadi hamda uning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli hukumat tizimini rivojlantirish yuzasidan amaldagi holat boʻyicha tahlillar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflarni muntazam ravishda Komissiyaga kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Raqamli hukumat loyiha ofisi” faoliyati xalqaro tashkilotlar va moliya institutlaridan, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan jalb qilinadigan mablagʻlar va grantlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisoboti indekslaridagi koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar hamda loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining texnik koʻmagi, grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan zarur tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) 2024-yil 1-yanvarga qadar raqamli hukumat tizimini rivojlantirish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha departamentiga taqdimot qilsin hamda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini asoslash boʻyicha muntazam ravishda muzokaralar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-308-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisoboti indekslaridagi koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul ijrochilar

I. Onlayn xizmatlar indeksi

1.

Onlayn xizmatlar indeksida Oʻzbekiston Respublikasini birinchi 10 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishini taʼminlash.

Bunda, BMTning “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida keltirilgan Onlayn xizmatlar indeksini shakllantirish uchun baholanadigan 5 ta sohaning (texnologiya, institutsional tuzilma, kontentni taqdim etish, elektron ishtirok etish va xizmatlarni taqdim etish) 112 ta koʻrsatkichlari boʻyicha amaldagi tizimni texnologik, tashkiliy va huquqiy jihatdan takomillashtirish.

1. Onlayn xizmatlar indeksini shakllantirish uchun baholanadigan 5 ta sohaning (texnologiya, institutsional tuzilma, kontentni taqdim etish, elektron ishtirok etish va xizmatlarni taqdim etish) 112 ta koʻrsatkichi boʻyicha amaldagi holatni xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mazkur koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlangan har bir kamchilik va xalqaro talablarga nomuvofiqliklarni qisqa muddatda hal etish boʻyicha chora-tadbirlar hamda birinchi navbatda raqamlashtirilishi va avtomatlashtirilishi lozim boʻlgan xizmatlar (servislar) boʻyicha dastur shakllantirish hamda “Raqamli hukumat loyiha ofisi”ga kiritish.

2023-yil dekabr

3. Onlayn xizmatlar indeksida mamlakatimiz oʻrnini yaxshilashga qaratilgan dasturni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

2.

Raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlik subyektlariga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot beruvchi maxsus portalni yaratish.

1. Portal boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2. Portalni yaratish va ishga tushirish.

2023-yil dekabr

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

3.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) foydalanish qulayligi hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish.

1. Yagona portal orqali koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha foydalanuvchilarning savollariga tezkor javob berish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi “call-markaz” bilan bogʻlanish vaqtini ikki barobar kamaytirish, murojaat qilish boʻyicha qisqa raqam (1242) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni veb-sayt va uning ilovasining sahifalash jarayonida oʻzgarmas maydonda katta hajmlarda joylashtirish.

2. Yagona portal foydalanuvchilari uchun real vaqtda chat orqali qoʻllab-quvvatlashning:

2023-yil noyabr

Raqamlashtirish vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

“Chat-bot” funksiyasini joriy etish;

2023-yil noyabr

joriy etilgan chat dasturlarini takomillashtirish hamda sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan “chat-bot” funksiyasini joriy etish.

2024-yil sentabr

4.

Xizmatlar foydalanuvchilar uchun qulay hamda oson boʻlishini taʼminlash maqsadida Yagona portal veb-sayti va ilovasining mutlaqo yangi talqinini yaratish.

1. Foydalanuvchilar uchun qulay va oson boʻlishi, foydalanishda moslashuvchanlik hamda inklyuzivlikni taʼminlash shartlari asosida Yagona portal veb-sayti va ilovasining yangi talqinini ishlab chiqish.

Bunda:

fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda chet el fuqarolari uchun Yagona portaldan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;

aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi xizmatlarni joriy etish hamda mavjudlarini maqbullashtirish boʻyicha taklif kiritish funksiyalarini joriy etish.

2023-yil dekabr

Raqamlashtirish vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

2. Yagona portalning yangi talqindagi veb-sayti va ilovasini toʻliq ishga tushirish.

2024-yil yanvar

3. Yangi talqindagi veb-sayt va ilovani mutaxassislar hamda barcha toifadagi aholi vakillari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda doimiy sinovdan oʻtkazish va takomillashtirib borish.

2024-yil yanvardan boshlabdoimiy

5.

“Fuqarolar uchun xizmatlar portali” tamoyili asosida Yagona portalning rivojlanish modelini takomillashtirish.

“Fuqarolar uchun xizmatlar portali” tamoyili asosida Yagona portalning rivojlanish modelini, shu jumladan, xizmatlarni joriy etish jarayonlari va chizmalari, portal faoliyati uchun masʼul boʻlgan boʻlinmalar oʻrtasidagi munosabatlar hamda aniq javobgarlik darajalarini belgilash.

2023-yil noyabr

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

6.

Davlat idoralarining barcha funksiyalarini xatlovdan oʻtkazib, raqamlashtiriladigan jarayon va xizmatlarning toifalarga (G2C, G2B, G2G) ajratilgan aniq roʻyxati va muddatlarini belgilash.

1. Davlat idoralarining barcha funksiyalarini xatlovdan oʻtkazish uchun idoralararo ishchi guruhlar tashkil qilish.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

2. Davlat idoralarining funksiyalari roʻyxatini jarayon va xizmatlar toifalari (G2C, G2B, G2G) kesimida ishlab chiqish.

Bunda, funksiyalar raqamlashganlik holati va darajasini aniqlash, raqamlashtirishning aniq muddatlari, mexanizmlari va masʼul idoralarni koʻzda tutish.

2023-yil dekabr

3. Funksiyalarni raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish.

2024-2025-yillar

7.

Raqamli xizmatlarni Yagona portalda (my.gov.uz) jamlash va ular sonini oshirish.

1. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan raqamli xizmatlarni Yagona portalda (my.gov.uz) jamlash va ularning umumiy sonini:

Raqamlashtirish vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

2023 yilda — 570 taga;

2023-yil dekabr

2024 yilda — 700 taga yetkazish;

2024-yil dekabr

2. Yagona portalda (my.gov.uz) taqdim etilayotgan xizmatlarning avtomatlashganlik darajasini 65 foizga yetkazish.

2024-yil dekabr

8.

Xizmatlar taqdim etilishi indikatori doirasida baholanadigan 32 ta kompleks xizmatlar guruhiga kiruvchi xizmatlarni onlayn koʻrsatishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan, shu jumladan “3 qadam” va “user centric” tamoyillari asosida zarur kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan oʻtkazish:

tender savdolarini oʻtkazish/tender takliflarini yuborishga moʻljallangan elektron xarid platformasi mavjudligi;

kelish va tranzit uchun zarur boʻlgan viza olish uchun onlayn ariza yuborish;

transport vositasi (avtomashina, yuk mashinasi, mototsikl va boshqalar)ni roʻyxatdan oʻtkazish va/yoki muddatini uzaytirish;

ichki ishlar organlariga onlayn murojaat qilish;

yashash manzili oʻzgarganligi haqida xabardor qilish yoki roʻyxatdan oʻtishni onlayn amalga oshirish;

yuridik shaxs yoki tadbirkorlik subyektlarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati;

tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani (shu jumladan dublikatini) olishga onlayn soʻrov yuborish imkoniyati;

oʻlim haqidagi guvohnoma (shu jumladan dublikatini) olishga onlayn soʻrov yuborish imkoniyati;

nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma (shu jumladan dublikatini) olishga onlayn soʻrov yuborish imkoniyati);

shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni olish;

haydovchilik guvohnomasini olish;

davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha xulosalar olish;

ekologik ruxsatnomalarni olish;

qurilishga doir ruxsatnomalarni olish;

tadbirkorlik faoliyatiga doir litsenziyalarni olish;

respublika ijro hokimiyatida mavjud boʻsh ish oʻrinlari (vakansiya) uchun ariza berish;

davlat bojlari va jarimalarini onlayn toʻlash imkoniyati;

sud qarori yoki boshqa sabablarga koʻra bekor qilingan maʼmuriy jarimalarni yoki kamaytirilgan jarimaning farqi summasini avtomatlashtirilgan tarzda fuqarolarga qaytarish jarayonlarini raqamlashtirish va onlayn ariza berish imkoniyati;

suv taʼminoti bilan bogʻliq kommunal xizmatlardan foydalanish boʻyicha elektron jarayonlar;

energetika (elektr va gaz) bilan bogʻliq kommunal xizmatlardan foydalanish boʻyicha elektron jarayonlar;

elektron hisoblar;

mobil xizmatlar, smartfonlar uchun ilovalar, SMS xizmati, mobil brauzer (sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof muhit) orqali koʻrsatilishi imkoniyatining mavjudligi;

talabalarning bakalavr yoki magistratura uchun grantlar yoki izlanuvchilikka doir stipendiyalarga ariza topshirish imkoniyati;

ijtimoiy himoya dasturlari boʻyicha ariza yuborish imkoniyati;

kam taʼminlanganlar (bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha hamda kam taʼminlangan oilaga bolalar nafaqasini olish uchun ariza berish), nogironligi boʻlgan shaxslar, nuroniylar, mehnat migrantlari, ayollar va yoshlar uchun moʻljallangan xizmatlardan foydalanish maxsus imkoniyati;

doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish huquqi boʻyicha ariza yuborish;

sudlanganlik holatini tasdiqlovchi maʼlumot olish uchun ariza berish;

sud maʼlumotlaridan foydalana olish: maʼlumot olish, hujjatni onlayn (ochish) koʻrish, sud olib borish jarayoni bilan tanishish;

pensiya va nafaqadagi shaxslar uchun xizmatlar;

kasallik yoki jarohat sababli nafaqa (yoki tovon puli) olish uchun ariza yuborish;

bola nafaqasi uchun ariza yuborish;

nogironlik nafaqasini olish uchun ariza yuborish;

homiladorlik va tugʻilish bilan bogʻliq nafaqalar uchun onlayn ariza berish;

ishsizlik nafaqasini olish uchun ariza yuborish va boshqa barcha nafaqa turlari boʻyicha onlayn ariza yuborish.

1. 32 ta kompleks xizmatlar guruhiga kiruvchi xizmatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish va ular doirasiga kiruvchi barcha xizmatlar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Shakllantirilgan roʻyxatdagi xizmatlarni amalda koʻrsatish holatini tahlil qilish.

2023-yil dekabr

3. Tahlil natijalariga koʻra xizmatlarni onlayn shaklga oʻtkazish, birinchi navbatda mobil ilovada joriy etish va mavjudlarini toʻliq avtomatlashtirish, soddalashtirish boʻyicha reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasiga tayangan holda aniq choralarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

4. Xizmatlar taqdim etilishi indikatori doirasida baholanadigan koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

9.

Texnologiya indikatori doirasida baholanadigan 20 ta koʻrsatkich va talablar boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgilash. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan oʻtkazish:

milliy darajada keng foydalaniladigan har qanday qidiruv tizimi natijalarining birinchi sahifasida davlat portallarini topish imkoniyatining mavjudligi;

qidiruv funksiyasi;

sayt xaritasi;

murojaat yuborish imkoniyati;

“Biz bilan bogʻlaning” funksiyasining mavjudligi;

milliy portallarning “NTTPS” protokolidan foydalanishi;

foydalanuvchi uchun qulay veb-dizayn;

soʻnggi vaqtlardagi yangilanish boʻyicha maʼlumot;

kengaytirilgan qidiruvni amalga oshirish imkoniyati;

eng koʻp ishlatiladigan onlayn xizmatlarni tanlash yoki belgilash imkonining mavjudligi;

avval bajarilgan amallar yoki tranzaksiyalarni koʻrish imkoniyati;

onlayn xizmatlarni oson tushunish uchun moʻljallangan yoʻriqnoma yoki ulardan foydalanish boʻyicha qoʻllanmalar mavjudligi (yordam olish uchun havolalar bilan birga);

fuqarolarning oʻz shaxsiy maʼlumotlaridan foydalana olish imkoniyati;

yuridik shaxslarning oʻz shaxsiy maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyati;

yuridik shaxslar tomonidan oʻz shaxsiy maʼlumotlarini oʻzgartirish imkoniyati;

tranzaksiyalar yoki amallarning bajarilgan qismlarida saqlash va ularni kelgusida davom ettira olish imkoniyati;

sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan “chat-bot” funksiyasining mavjudligi;

W3C standartlariga mosligi (CSS style sheet/markup validity);

WCAG2.0 talablariga mosligi.

1. 20 turdagi koʻrsatkich va talablar boʻyicha amaldagi holatni xatlovdan oʻtkazish hamda maqsadli oʻrganish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini oʻrganish.

2023-yil dekabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq choralarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

4. Texnologiya indikatori doirasida baholanadigan koʻrsatkich va talablar boʻyicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

10.

Institutsional tuzilma indikatori doirasida baholanadigan 16 ta koʻrsatkich va talablar boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan oʻtkazish:

hukumat va milliy portallar faoliyatini takomillashtirish;

hukumat tarkibi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar tashkiliy tuzilmasi va/yoki tarkibi haqida maʼlumotlar joylashtirilishi;

milliy portal va veb-saytlarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar tarkibiy tuzilmalari, shu jumladan tizim tashkilotlari rahbarlari haqida dolzarb maʼlumotlar mavjudligi;

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat muassasalari va agentliklari rasmiy axborot resurslariga havolalar mavjudligi;

maxfiylik boʻyicha maʼlumotlar mavjudligi;

onlayn xizmatlardan foydalana olish uchun yagona raqamli identifikatorlarning qoʻllanishi;

Raqamli hukumat yoki unga mos keluvchi milliy strategiyaning mavjudligi;

fuqarolarning davlat maʼlumotlaridan foydalanish boʻyicha huquqlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;

shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonun hamda qonunchilik hujjatlari, siyosat va nizomlarning mavjudligi;

kiberxavfsizlik boʻyicha tartibga solishga qaratilgan qonun hamda qonunchilik hujjatlari, tartib (siyosat) yoki nizomning mavjudligi;

IT-sohasiga masʼul boʻlgan milliy darajadagi rahbar yoki unga tenglashtirilgan shaxs toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar (shu jumladan, bogʻlanish maʼlumotlari bilan) mavjudligi;

elektron ishtirok toʻgʻrisida qonun hamda qonunchilik hujjatlari, nizom yoki yoʻriqnomalarning mavjudligi;

davlat ochiq maʼlumotlari toʻgʻrisida qonun hamda qonunchilik hujjatlari, nizom yoki yoʻriqnomalarning mavjudligi;

sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit, sud yoʻnalishlarini tartibga soluvchi idoralar rasmiy veb-sayti hamda ushbu soha rasmiy axborot resurslariga havola mavjudligi;

sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit, sud sohasi bilan bogʻliq tartib (siyosat) toʻgʻrisida maʼlumotning mavjudligi;

maʼlumotlar yoʻnalishida milliy strategiya yoki tartibning mavjudligi.

1. 16 turdagi zarur maʼlumotlar, axborot resurslari mavjudligi va dolzarbligi hamda chora-tadbirlar koʻrilishi boʻyicha amaldagi holatni xatlovdan oʻtkazish hamda maqsadli oʻrganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini oʻrganish.

2023-yil dekabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma va amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq choralarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

4. Institutsional tuzilma indikatori doirasida baholanadigan koʻrsatkich va talablar boʻyicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

11.

Kontent taqdim etish indikatori doirasida baholanadigan 10 ta talablar boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan oʻtkazish:

milliy portal(lar) davlat tilidan boshqa tillarda ham yuritilishi;

davlat xizmatlari uchun onlayn toʻlovlardan tashqari boshqa yoʻllar orqali toʻlash imkoniyati mavjudligi;

oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tender va xaridlar haqida eʼlonlar mavjudligi hamda ular haqida ochiq va doimiy manbadan maʼlumot olish imkoniyati;

oʻtkazilgan onlayn tender va xarid natijalari haqida maʼlumotlar mavjudligi;

xususiy sektor bilan hamkorlikda koʻrsatiladigan xizmatlar haqida maʼlumotlarning mavjudligi;

kioskalar, jamoat markazlari, pochta boʻlinmalari, kutubxonalar va jamoat joylari yoki Wi-Fi zonalarda elektron xizmatlardan bepul foydalana olish imkoniyatlari mavjudligi va ularning isboti haqidagi maʼlumotlarning joylashtirilganligi;

onlayn xizmat va funksiya (servis)lardan foydalanganlik haqida statistik maʼlumotlarning mavjudligi;

taʼlim olish uchun mavjud stipendiya va grantlar hamda davlat tomonidan ushbu sohaga ajratiladigan boshqa moliyalashtirish dasturlari haqida maʼlumotlarning mavjudligi;

yoshlarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan havolalar mavjudligi;

surunkali kasallik yoki nogironligi boʻlgan va uzoq vaqt davomida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning tibbiy va notibbiy ehtiyojlari uchun koʻrsatiladigan uzoq muddatli yordam boʻyicha turli xizmatlar haqida maʼlumotlarning mavjudligi.

1. 10 turdagi zarur maʼlumotlar, axborot resurslari mavjudligi va dolzarbligi hamda chora-tadbirlar koʻrilishi boʻyicha amaldagi holatni xatlovdan oʻtkazish hamda maqsadli oʻrganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini oʻrganish.

2023-yil dekabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma va amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq choralarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

4. Kontent taqdim etish indikatori doirasidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

12.

Elektron ishtirok etish indikatori doirasida baholanadigan 29 ta talablar boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgilash. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan oʻtkazish:

elektron ishtirok etish uchun moʻljallangan portal(lar)ning mavjudligi;

ijtimoiy tarmoqlar funksiyalari joriy etilganligi (mavjudligi);

real vaqt rejimida chat orqali qoʻllab-quvvatlash funksiyalari faoliyati;

elektron xizmatlardan foydalanish (shu jumladan, foydalana olish) boʻyicha qulaylikni oshirish yuzasidan taklif, eʼtiroz va izohlar bildirish imkoniyati;

davlat xizmatchilari yoki tashkilotlaridagi korrupsiya holatlari toʻgʻrisida xabar berish imkoniyati;

elektron ishtirok etish boʻyicha yaqinlashib kelayotgan tadbirlarga jamoatchilikni jalb qilishga qaratilgan eʼlonlar yoki taqvimlar;

qaror qabul qilishga doir muhokamalar boʻyicha maʼlumotlar olish uchun onlayn vositalar;

elektron ishtirok etish asosida bildirilgan takliflar boʻyicha yangi qarorlar qabul qilinishi, normativ hujjat imzolanishi yoki xizmatlar joriy etilganligi haqida maʼlumotlar;

Hukumatning ochiq maʼlumotlar portali;

ochiq maʼlumotlar portalidagi maʼlumotlar lugʻati yoki meta maʼlumotlar;

Hukumatning ochiq maʼlumotlari toʻplamidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma yoki qoʻllanmaning mavjudligi;

yangi turdagi maʼlumotlar toʻplamini eʼlon qilishni taklif qilish yoki soʻrab olish imkoniyati;

ochiq maʼlumotlar portalidan foydalanish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov, xakaton va tadbirlar tashkil etilishi haqida maʼlumot;

ochiq maʼlumotlar portalida Davlat budjeti xarajatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplami;

geoaxborot tizimlari va boshqa geofazoviy maʼlumotlar;

foydalanuvchining onlayn yoki mobil xizmatlardan qoniqish darajasini aniqlash boʻyicha baholash natijalari;

ochiq maʼlumotlar portali va rasmiy veb-saytda davlat tomonidan sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud sohalari uchun Davlat budjeti xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi;

soʻnggi 12 oy ichida sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yoʻnalishida fuqarolar ishtirokida oʻtkazish koʻzda tutilgan maslahatlar;

soʻnggi 12 oy ichida sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yoʻnalishida fuqarolar ishtirokida forum, soʻrovnoma va savollarga doir onlayn amalga oshirilgan maslahatlar;

soʻnggi 12 oy mobaynida sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yoʻnalishlarida qarorlar qabul qilinishida fuqarolarning fikr yoki takliflari inobatga olinganligi;

sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yoʻnalishlarida davlat ochiq maʼlumotlari toʻplami;

mehnat qonunchiligi borasida huquqbuzarliklar toʻgʻrisida onlayn murojaat yoʻllash imkoniyati;

birgalikda budjetni taqsimlash imkoniyati yoki bu boradagi mexanizm mavjudligi;

davlat ochiq maʼlumotlari toʻplamidan erkin foydalanish imkoniyatini beruvchi ochiq maʼlumotlar litsenziyasi (ODbL) mavjudligi;

sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yoʻnalishlari boʻyicha Davlat budjeti hamda ushbu yoʻnalishdagi xarajatlarga doir maʼlumotlar;

davlat ochiq maʼlumotlarining real vaqt rejimida mavjudligi;

sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yoʻnalishlarida hamkorlikda yoki birgalikda elektron xizmatlar joriy etilishi yoki shakllantirilishi;

elektron jamoaviy murojaat yoki bu boradagi mexanizmlar;

oxirgi 12 oy ichida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari, jumladan mehnat migrantlari, nuroniylar, nogironligi boʻlgan shaxslar, ayollar, yoshlar, ehtiyojmand oilalar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilinishida ularning fikrlari yoki takliflari inobatga olinganligi.

1. 29 turdagi talablar boʻyicha amaldagi holatni xatlovdan oʻtkazish hamda maqsadli oʻrganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini oʻrganish.

2023-yil dekabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma va hal etilishi lozim boʻlgan aniq choralarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

4. Elektron ishtirok etish indikatori doirasida baholanadigan koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

13.

Barcha xizmatlarni, birinchi navbatda, Yagona portal mobil ilovasida avtomatlashgan shaklda (maʼlumot va hujjat talab etmasdan) joriy etish ishlarini samarali tashkil etish.

1. Mobil ilovada joriy etilishi lozim boʻlgan ommabop davlat xizmatlari roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil noyabr

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Davlat tashkilotlari tomonidan elektron xizmatlarni koʻrsatish maqsadida ishlab chiqilgan mobil ilovalarning SDK dasturini ishlab chiqish orqali mikroilova koʻrinishida myGov ilovasida tizimli ravishda joylashtirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

3. Yagona portal mobil ilovasida taqdim etilayotgan davlat xizmatlarini ommalashtirish boʻyicha PR-kampaniya dasturini amalga oshirish.

2024-2025-yillar

14.

BMTning Elektron hukumat reytingi boʻyicha baholash mezonlari va talablari asosida Raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini baholash reytingini (NIS.UZ-axborot tizimi) takomillashtirish.

1. BMTning Elektron hukumat reytingi boʻyicha soʻnggi hisoboti maʼlumotlari asosida Raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini baholash reytingining yangi tahrirdagi metodikasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Yangi tahrirdagi metodikani koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritish.

2024-yil yanvar

15.

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi faoliyatini takomillashtirish.

Ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

Raqamlashtirish vazirligi

16.

Barcha raqamli xizmatlarni Yagona portal mobil ilovasida avtomatlashgan shaklda joriy etish.

1. Mobil ilovada joriy etilishi lozim boʻlgan ommabop davlat xizmatlari roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil dekabr

Raqamlashtirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yagona portalning mobil ilovasida raqamli xizmatlarni avtomatlashgan shaklda joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

3. Yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi Yagona portal mobil ilovasida koʻrsatilishini taʼminlash.

2024-yil dekabr

17.

Raqamli xizmatlarni sodda shaklda (user-centric), shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qulay shaklda joriy etish boʻyicha huquqiy va texnologik talablarni oʻrnatish.

1. Elektron davlat xizmatlarini sodda shaklda (user-centric), shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qulay shaklda joriy etish boʻyicha huquqiy va texnologik talablarni tasdiqlash boʻyicha quyidagi standartlar loyihasini ishlab chiqish:

elektron davlat xizmatlari, jarayonlarni modellashtirish va reinjiniring qilish (umumiy talablar);

elektron davlat xizmatlarini yaratish bosqichlari;

elektron davlat xizmatlari, raqamli transformatsiyaga qoʻyiladigan umumiy talablar.

2024-yil mart

Raqamlashtirish vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Standart loyihasini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash choralarini koʻrish.

2024-yil may

18.

Davlat tashkilotlari tomonidan aholiga raqamli xizmatlarni koʻrsatish jarayonini doimiy monitoring qilish.

1. Davlat tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan raqamli xizmatlar boʻyicha axborot tizimlarini xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil dekabr

Raqamlashtirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari

2. Xatlov natijalariga koʻra, raqamli xizmatlarni koʻrsatish jarayonini oʻrganish, bunda quyidagilarga eʼtibor qaratish:

raqamli xizmatlarni foydalanuvchi toifalariga koʻra bir nechta tilda olish imkoniyati yaratilganligi (shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarga zarur shart-sharoitlar yaratilganligi);

raqamli xizmatlar pasporti shakllantirilgani, ariza toʻldirish jarayoni sodda, qulay shaklga keltirilgani;

foydalanuvchini identifikatsiya qilish imkoniyati mavjudligi;

raqamli xizmatlar koʻrsatish sifatini baholash va takliflar kiritish imkoniyati yaratilgani;

raqamli xizmatlar koʻrsatilishining har bir bosqichida arizaning koʻrib chiqilishini kuzatib borish va undagi uzilishlarni nazorat qilish imkoniyati yaratilganligi;

raqamli xizmat boʻyicha onlayn toʻlovni amalga oshirish imkoniyati yaratilganligi.

2024-yil yanvardan boshlab

3. Raqamli xizmatlarni koʻrsatishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

II. Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi

19.

Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksida Oʻzbekiston Respublikasining birinchi 35 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishini taʼminlash.

1. Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksida baholash mezonlarini tahlil qilgan holda kelgusi yillarda telekommunikatsiya tarmogʻini kengaytirish maqsadida, operator va provayderlardan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash hamda ularni tahlil qilish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Tahliliy maʼlumotlar asosida maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash va ularga erishish boʻyicha tadbirlarni nazarda tutuvchi “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va “Raqamli hukumat” loyiha ofisiga kiritish.

2023-yil dekabr

2.1. Har 100 nafar aholiga nisbatan mobil uyali aloqa abonentlari sonini oshirish

20.

Mobil uyali aloqa tayanch stansiyalari sonini oshirish.

1. Xizmat koʻrsatuvchi mobil aloqa operatorlari bilan keng polosali mobil aloqa qamrovini oshirish maqsadida tayanch stansiyalarini oʻrnatish rejasini tasdiqlash.

2. Mobil aloqa tayanch stansiyalarining umumiy sonini 59 mingtaga yetkazish orqali mobil aloqa xizmatlarining qamrovi hamda sifatini yanada yaxshilash.

2023-2024-yillar

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

21.

Telekommunikatsiya xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish va operatorlar uchun teng shart-sharoitlarni taʼminlash.

1. Telekommunikatsiya xizmatlari bozori holati, mobil aloqa operatorlari uchun yaratilgan sharoitlar, ularga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalarni tahlil qilish.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Reytingda ilgʻor natijalarga ega xorijiy mamlakatlarning telekommunikatsiya xizmatlari bozori holati, mobil aloqa operatorlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalarini oʻrganib chiqish.

2023-yil noyabr

3. Telekommunikatsiya tarmoqlari hamda xizmatlar bozorini tashkil etish va rivojlantirishda ishtirok etish uchun teng imkoniyatlarni yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

2.2. Keng polosali internet foydalanuvchilari ulushini oshirish

22.

Internetdan foydalanish tezligini oshirish.

1. Kichik tarif rejasida mavjud tezlikni oshirish choralarini belgilash.

2024-yil may

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Belgilangan choralardan kelib chiqqan holda internet xizmati kichik tarif rejasi boʻyicha tezlikni 8 Mbit/sekundga yetkazish.

2024-yil dekabr

23.

Aholi uchun taqdim etiladigan Internet tezligini oshirish choralarini belgilash.

Xalqaro paketli kommutatsiya markazlari oʻtkazuvchanlik qobiliyatini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2.3. Har 100 nafar aholiga nisbatan statsionar (simli) keng polosali internet abonentlar sonini oshirish

24.

Keng polosali simli internet bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish.

1. Magistral telekommunikatsiya tarmogʻi va aholi yashash maskanlarida 50 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurish orqali ularning umumiy uzunligini 250 ming kilometrga yetkazish.

2. 700 mingta keng polosali internet portlar oʻrnatish orqali ular sonini 5,7 milliontaga yetkazish.

3. Aholi maskanlarini yuqori tezlikdagi keng polosali simli internet bilan taʼminlash darajasini:

2023-2024-yillar

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2023-yilda 88 foiz;

2023-yil dekabr

2024-yilda 100 foizga yetkazish.

2024-yil dekabr

25.

“Oxirgi milya” tamoyili asosida provayderlarga internet tarmogʻini oʻtkazish boʻyicha hamkorlik dasturini amalga oshirish.

Oxirgi milya” tamoyili asosida “Oʻzbektelekom” AK tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda aholi xonadonlariga tarmoq olib borishga qaratilgan hamkorlik dasturini amalga oshirish.

2023-yil noyabrdan boshlab

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

26.

Respublikaning barcha aholisi uchun yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoniyatini yaratish boʻyicha zarur choralarni belgilash.

Yuqori tezlikdagi internetga ulash yuzasidan barcha zarur choralarni qamrab olgan 2025-2026-yillarga moʻljallangan dastur loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil fevral

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

27.

Hududlarda aholini simli keng polosali internet xizmatlari bilan taʼminlash darajasini oshirish maqsadida magistral nuqtalardan turarjoy va biznes obyektlargacha boʻlgan masofada internet tarmoqlari oʻtkazilishi uchun xususiy provayderlarni “oxirgi milya” tamoyili asosida qoʻllab-quvvatlash choralarini belgilash.

1. Operator va provayderlarning tuman (shahar)larda raqamli infratuzilmani rivojlantirish loyihalari amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xorijiy tajribani tahlil qilish.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Magistral nuqtalardan turarjoy va biznes obyektlargacha boʻlgan masofada internet tarmoqlari oʻtkazilishi uchun xususiy provayderlarni “oxirgi milya” tamoyili asosida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq hisob-kitoblar asosida qoʻshimcha iqtisodiy-huquqiy mexanizmlarni nazarda tutuvchi takliflar tayyorlash.

2023-yil dekabr

2.4. Har 100 nafar aholiga nisbatan keng polosali mobil aloqa abonentlar sonini oshirish

28.

Keng polosali mobil internet bilan qamrab olish darajasini oshirish.

Aholi yashash maskanlarini yuqori tezlikdagi mobil internet bilan taʼminlash darajasini:

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2023-yilda 88 foiz;

2023-yil dekabr

2024-yilda 100 foizga yetkazish.

2024-yil dekabr

29.

Avtomagistral yoʻllarda mobil internet qamrovini toʻliq taʼminlash.

1. Xizmat koʻrsatuvchi mobil aloqa operatorlari tomonidan xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yoʻllari boʻylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovi darajasini oshirish uchun mobil aloqa tayanch stansiyalarini oʻrnatish rejasini tasdiqlash.

2. Xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yoʻllarida keng polosali mobil aloqa qamrovini oshirish maqsadida qoʻshimcha tayanch stansiyalari va uskunalarini oʻrnatish.

2023-2024-yillar

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

30.

Keng polosali mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlar sonini oshirish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish boʻyicha zarur choralarni belgilash.

1. Keng polosali mobil aloqa abonentlari sonini oshirish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganib chiqish va tahliliy maʼlumot tayyorlash.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Tahliliy maʼlumot asosida mobil aloqa foydalanuvchilari sonini oshirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

III. Elektron ishtirok etish indeksi

31.

Elektron ishtirok etish indeksida Oʻzbekiston Respublikasini birinchi 15 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishini taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ishlab chiqish.

1. Elektron ishtirok indeksida baholash mezonlarini belgilagan holda ularga erishish boʻyicha ikki yilga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Mazkur koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlangan har bir kamchilik va xalqaro talablarga nomuvofiqliklarni hal etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va “Raqamli hukumat” loyiha ofisiga kiritish.

2023-yil dekabr

32.

Elektron maʼlumot indikatori doirasida baholanadigan koʻrsatkichlarni tahlil qilish hamda ular boʻyicha muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Indikatorga doir koʻrsatkichlarni tahlil qilish hamda bu boradagi amaldagi holatni maqsadli oʻrganish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda ushbu sohadagi indikatorlarda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini oʻrganish.

2023-yil dekabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot va amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

33.

Elektron maslahat indikatori doirasida baholanadigan koʻrsatkichlarni tahlil qilish hamda ular boʻyicha muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Indikatorga doir koʻrsatkichlarni tahlil qilish hamda bu boradagi amaldagi holatni maqsadli oʻrganish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda ushbu sohadagi indikatorlarda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini oʻrganish.

2023-yil dekabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma va amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

34.

Elektron qaror qabul qilish indikatori doirasida baholanadigan koʻrsatkichlarni tahlil qilish hamda ular boʻyicha muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Indikatorga doir koʻrsatkichlarni tahlil qilish hamda bu boradagi amaldagi holatni maqsadli oʻrganish.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda ushbu sohadagi indikatorlarda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini oʻrganish.

2023-yil noyabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma va amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

35.

Davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning rahbarlari haqida toʻliq maʼlumot olish, ularga onlayn murojaat yoʻllash va javob olish imkonini beruvchi, vazirlik, idora va tashkilotlar birinchi rahbarlari tomonidan yuritiladigan internet-blog funksiyalaridan iborat maxsus platforma faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Aholi bilan elektron muloqotni taʼminlash uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus platforma joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

idoralar birinchi rahbarlari toʻgʻrisida maʼlumot olish hamda ular tomonidan Internet-blog yuritish;

idoralar birinchi rahbarlariga onlayn murojaat qilish va javob olish;

qarorlar qabul qilishda jamoatchilik fikrini soʻrovnoma asosida aniqlash;

dasturlar ijrosi boʻyicha internet-konferensiyalar yuritish.

2023-yil dekabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

IV. Inson kapitali indeksi

36.

Inson kapitali indeksida Oʻzbekiston Respublikasining birinchi 30 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishini taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ishlab chiqish.

1. Inson kapitali indeksida baholash mezonlarini belgilagan holda ularga erishish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Mazkur koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlangan har bir kamchilik va xalqaro talablarga nomuvofiqliklarni hal etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va “Raqamli hukumat loyiha ofisi”ga kiritish.

2024-yil dekabr

37.

Maktabdan oliy taʼlimgacha bosqichda yalpi qamrov hamda davomiylik muddati boʻyicha YUNESKO baholash mezonlarini joriy etish va taʼlim sohasida siyosatni ishlab chiqishda mazkur koʻrsatkichlarni inobatga olish.

1. BMTning Elektron hukumat reytingidagi Inson kapitali indeksida baholash mezonlarini tahlil qilish.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Baholash mezonlarini joriy etish va taʼlim sohasida siyosatni ishlab chiqish yuzasidan YUNESKO masʼul boʻlinmalari bilan muzokaralar olib borish.

2023-yil noyabr

3. Olib borilgan muzokaralar natijasida maktabdan oliy taʼlimgacha bosqichda yalpi qamrov hamda davomiylik muddati boʻyicha YUNESKO baholash mezonlarini joriy qilish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni belgilash.

2023-yil dekabr

4. YUNESKO va BMT Departamenti ekspertlari bilan muzokaralar olib borish, taʼlim olish kutilayotgan davomiylik boʻyicha Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini asoslash.

2024-yil yanvardan boshlab doimiy

38.

Taʼlim qamrovining yalpi koeffitsiyenti, taʼlim olishning kutilayotgan davomiyligi, taʼlim olishning oʻrtacha davomiyligi indikatori doirasida baholanadigan koʻrsatkichlarni tahlil qilish hamda ular boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Indikatorga doir koʻrsatkichlarni aniqlash va ular boʻyicha mamlakatimizdagi amaldagi holatni maqsadli oʻrganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda bu borada indikatorda yuqori natijaga ega davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish.

2023-yil dekabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot va amalga oshirilishi lozim boʻlgan choralarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

39.

Aholi, jumladan nuroniylar, yoshlar, ayollar va nogironligi boʻlgan shaxslarning onlayn xizmatlardan foydalanishi koʻrsatkichlarini oshirish.

Aholi, jumladan nuroniylar, yoshlar, ayollar va nogironligi boʻlgan shaxslarni onlayn xizmatlardan foydalanish va IT-bilimlar boʻyicha “hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida bepul oʻqitish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

Bunda, raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarida oʻquv kurslarini tashkil etish va ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha choralarni koʻzda tutish.

2024-yil yanvar

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

V. Mahalliy onlayn xizmatlar indeksi

40.

Mahalliy onlayn xizmatlar indeksida Oʻzbekiston Respublikasining birinchi 30 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishini taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ishlab chiqish.

1. Mahalliy onlayn xizmatlar indeksida baholash mezonlarini belgilagan holda ularga erishish boʻyicha ikki yilga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlarni aniqlash.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Mazkur koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlangan kamchilik va xalqaro talablarga nomuvofiqliklarni hal etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va “Raqamli hukumat loyiha ofisi”ga kiritish.

2023-yil dekabr

3. Mahalliy onlayn xizmatlar indeksiga asosan tadqiqot maqsadida Toshkent shahrini baholashdan oʻtkazish.

2024-yil yanvar

41.

Jamoat transporti harakatiga oid hamda yashil hudud, bogʻ va jamoat parklari haqida maʼlumot beruvchi maxsus portallarni ishga tushirish.

1. Toshkent shahrida jamoat transporti harakatiga oid axborot beruvchi maxsus portalni ishlab chiqish va ishga tushirish.

2024-yil avgust

Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Raqamlashtirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

2. Yashil hudud, bogʻ va jamoat parklari haqida maʼlumot beruvchi maxsus portalni ishlab chiqish va ishga tushirish, mavjudlarini takomillashtirish.

2024-yil may

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyat hokimliklari, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

42.

Aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlash boʻyicha “112” yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Shoshilinch tezkor xizmatlar (yongʻin-qutqaruv, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam, gaz tarmogʻining avariya xizmati) boʻyicha aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlashni taʼminlovchi “112” yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini 2024-yilda respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich toʻliq ishga tushirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023yil oktabr

Raqamlashtirish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Energetika vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

43.

Yoʻl-transport boshqaruvini raqamlashtirish hamda “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimi asosidagi chorrahalarni tashkil etish.

1. Yoʻl-transport boshqaruvini raqamlashtirish boʻyicha zarur choralarni belgilash.

2. Yoʻl-transport boshqaruvini raqamlashtirish boʻyicha raqamli texnologiyalarni joriy etish.

3. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimi asosidagi chorrahalarni tashkil etish boʻyicha zarur choralar koʻrish.

2024-yil dekabr

Toshkent shahri hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

44.

Yagona portalda yangi avtotransport vositalari va tirkamalarini (yarim tirkamalari) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish (qayd etish guvohnomasi va davlat raqam belgisini yetkazib berish) xizmatini joriy etish.

1. Xizmatni joriy etish boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2023yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Texnik hujjatlar asosida interaktiv xizmatni Yagona portalda joriy etish va ishga tushirish.

2024-yil dekabr

45.

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash jarayonlarida aholi bilan elektron muloqotni yoʻlga qoʻyish.

Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali aniqlanadigan yoʻl harakati qoidalari buzilishi holati yuzasidan yuboriladigan qaror va xabarnomalar boʻyicha aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish (shikoyat yuborish) imkoniyatini yaratish hamda Yagona portalda joriy etish.

2024-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

46.

Elektron tibbiy karta, retsept va markazlashgan xarid axborot tizimini joriy qilish.

1. Barcha tuman (shahar)lardagi birlamchi tibbiyot muassasalarida Elektron tibbiy karta (tibbiy maʼlumotlar registrlari va omborlari) tizimini ishga tushirish.

2023-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlanishini kodlari bilan birgalikda “Elektron retsept” tizimiga ulash.

2024-yil may

3. “Elektron retsept” (toʻliq talqini) tizimini sinov tariqasida Toshkent shahrida ishga tushirish.

2024-yil iyul

4. Markazlashgan tartibda xarid qilinadigan dori vositalari monitoringi boʻyicha axborot tizimini ishga tushirish.

2024-yil noyabr

47.

Texnologiya indikatori doirasida baholanadigan 18 ta koʻrsatkich va talablar boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgilash. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan oʻtkazish:

hokimlik bilan bogʻlanish maʼlumotlarining mavjudligi;

brauzerlar orqali foydalanish imkoni taʼminlanganligi;

portalda maʼlumotlarni izlash hamda olishning osonligi va qulayligi;

mobil qurilmalar yordamida foydalanish imkoniyati mavjudligi;

portal navigatsiyasining qulayligi;

maʼlumotlarni izlash hamda olishning ichki mexanizmi mavjudligi;

ichki maʼlumotlarni kengaytirilgan izlash mexanizmi mavjudligi;

dizayn va tashqi koʻrinish boʻyicha standartlarga mosligi;

foydalanish qulayligi borasidagi standartlar;

foydalanuvchilarni onlayn qoʻllab-quvvatlash imkoniyatining mavjudligi;

onlayn xizmatlardan foydalanish (soni, foydalanish statistikasi va boshqalar) boʻyicha maʼlumotlar;

portal maʼlumotlarining yangilanishi;

shaxsiy maʼlumotlar mavjudligi;

shaxsiy maʼlumotlarni yangilash imkoniyati;

tadbirkorlikka doir maʼlumotlar;

tadbirkorlikka doir maʼlumotlarni yangilash imkoniyati;

texnik qoʻllab-quvvatlash xizmatining telefon raqamlari.

1. 18 turdagi koʻrsatkich va talablar boʻyicha amaldagi holatni xatlovdan oʻtkazish hamda maqsadli oʻrganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini oʻrganish.

2023-yil dekabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma va amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq choralarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

48.

Institutsional tuzilma indikatori doirasida baholanadigan 9 ta talablar boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan oʻtkazish:

hokimlik portali mavjudligi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining elektron hukumat strategiyasi mavjudligi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining tashkiliy tuzilmasi mavjudligi;

tarkibiy boʻlinmalar (departament, boshqarma, boʻlimlari) rahbarlari toʻgʻrisida hamda ular bilan bogʻlanish boʻyicha maʼlumotlar mavjudligi;

davlat maʼlumotlaridan foydalanish huquqining taʼminlanishi;

maʼlumotlarni oshkor etmaslik boʻyicha (konfidensiallik) siyosatning mavjudligi;

ochiq maʼlumotlar bilan ishlash tartibi;

hokimlik, idora va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlariga havolalar;

portalda autentifikatsiya qilish imkoniyati.

1. 9 turdagi zarur maʼlumotlar, axborot resurslari mavjudligi va dolzarbligi hamda chora-tadbirlar koʻrilishi boʻyicha amaldagi holatni xatlovdan oʻtkazish hamda maqsadli oʻrganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini oʻrganish.

2023-yil dekabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma va amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq choralarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

49.

Kontent taqdim etish indikatori doirasida baholanadigan 21 ta talab boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan oʻtkazish:

xorijiy tillardagi talqinining mavjudligi;

hokimlik toʻgʻrisidagi maʼlumotning mavjudligi;

ob-havo hamda tabiiy ofatlar toʻgʻrisida ogohlantirishlar berilishi yoʻlga qoʻyilganligi;

xaridlar boʻyicha eʼlonlar mavjudligi;

xaridlar natijasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

taqdim etilayotgan (koʻrsatilayotgan) xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjudligi;

fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda koʻrsatiladigan xizmatlar;

bepul Internetdan foydalanish maskanlari toʻgʻrisida maʼlumot (interaktiv xarita);

ekologiya (utilizatsiya markazlari, yashil makon zonalari manzillari, daraxtlar) va atrof muhit toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

taʼlim haqida hamda soha tashkilotlari manzillari toʻgʻrisida maʼlumotlar (interaktiv xarita) mavjudligi;

ijtimoiy himoyaga doir maʼlumotlar (nogironligi boʻlgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlari, pensiya tarqatish markazlari, sogʻliqni tiklash pansionatlari va tashkilotlari va boshqalar toʻgʻrisida) mavjudligi;

sport majmualari hamda madaniyat markazlari, muzeylar, teatr, kino va koʻngilochar parklar toʻgʻrisida maʼlumotlar (interaktiv xarita) mavjudligi;

aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari (qariyalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, ayollar, yoshlar) uchun moʻljallangan maʼlumotlarning mavjudligi;

sud jarayonlarining onlayn translyatsiyasini kuzatib borish, sudga chaqiruv qogʻozlari holatini tekshirish, sud binolari manzillari va ularning ish vaqti, sudyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjudligi;

“aqlli shahar” tamoyili doirasida amalga oshirilgan loyihalarning amaliyotga joriy etilganligi;

zamonaviy texnologiyalar (AI, blokcheyn, IoT va boshqalar)ni amaliyotda qoʻllash holati;

statistik va tadqiqot natijalari maʼlumotlari mavjudligi;

jamoat transporti harakati toʻgʻrisida maʼlumotlar;

mobil ilovalar mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyati;

chiqindilar va ularni qayta ishlash boʻyicha maʼlumotlar (utilizatsiya qilish manzillari, usullari va boshqalar);

yoʻl harakati xavfsizligiga doir maʼlumotlar mavjudligi (qoidalar, ularni buzganlik uchun jazo turlari va jarimalar miqdori, jarimalarni toʻlashdagi imtiyozlar, yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlganda murojaat qilish uchun telefon raqamlari va boshqalar);

MGPdan foydalanish statistikasi

1. 21 turdagi zarur maʼlumotlar, axborot resurslari mavjudligi va dolzarbligi hamda chora-tadbirlar koʻrilishi boʻyicha amaldagi holatni xatlovdan oʻtkazish hamda maqsadli oʻrganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini oʻrganish.

2023-yil dekabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma va amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq choralarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

4. Kontent taqdim etish indikatori boʻyicha koʻrsatkchilarni yaxshilash yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

50.

Elektron ishtirok etish indikatori doirasida baholanadigan 17 ta talablar boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgilash. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan oʻtkazish:

hokimlikning elektron pochta manzili orqali murojaatlarga javob berishi;

hokimlikning elektron pochta manzili orqali taqdim etilgan javobining mazmuni;

mahalliy budjet va ularning sarf-xarajati boʻyicha maʼlumotlar;

ochiq maʼlumotlarni taqdim etish;

ochiq maʼlumotlarda meta shaklidagi maʼlumotlar mavjudligi;

zoʻravonlikka doir barcha turdagi holatlar haqida xabar berish;

real vaqt rejimida muloqot imkoniyati (onlayn yordamchi, chat funksiyalari);

qayta aloqa va shikoyat yoʻllash imkoniyati mavjudligi;

onlayn muhokama qilish imkoniyati mavjudligi;

ijtimoiy tarmoqlar funksiyalari mavjudligi;

jamoat joylarida sodir boʻlgan hodisalar toʻgʻrisida maʼlumot olish (berish) imkoniyati mavjudligi;

aholi ishtirokida budjetni shakllantirish imkoniyati mavjudligi;

yerdan foydalanish rejasi aholi ishtirokida shakllantirilishi;

kelgusida oʻtkaziladigan elektron ishtirokka doir tadbirlar haqida maʼlumot;

maslahat jarayonlari haqida sharhlar qoldirish;

hokimlik kengashining ochiq majlislari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjudligi.

1. 17 turdagi talablar boʻyicha amaldagi holatni xatlovdan oʻtkazish hamda maqsadli oʻrganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini oʻrganish.

2023-yil dekabr

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma va amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq choralarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni shakllantirish hamda “Raqamli hukumat” loyiha ofisiga kiritish.

2024-yil yanvar

51.

Xizmatlar taqdim etilishi indikatori doirasida baholanadigan 17 ta kompleks xizmatlar guruhiga kiruvchi xizmatlarni onlayn koʻrsatishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan, shu jumladan “3 qadam”, “user centric”, “barchasi bitta mobil ilovada” tamoyillari asosida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan oʻtkazish:

huquqni muhofaza qilish organlariga onlayn murojaat yuborish;

haydovchilik guvohnomasini olish uchun onlayn ariza topshirish imkoniyatining mavjudligi;

qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish;

atrof-muhit bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish (daraxtlarni kesish, koʻngilochar maskanlar yaratish va boshqalar) uchun ruxsatnoma olish;

tadbirkorlik subyektini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ayrim turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma (litsenziya)ni onlayn olish imkoniyati mavjudligi;

doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash manzili boʻyicha onlayn roʻyxatga olish imkoniyati;

tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani onlayn olish imkoniyati;

oʻlim haqidagi guvohnomani onlayn olish imkoniyati;

nikoh haqidagi guvohnomani onlayn olish imkoniyati;

yashash manzili oʻzgarganligi haqida xabardor qilish imkoniyati;

koʻchmas mulkka (yerga) boʻlgan huquqni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati;

elektron xaridlar boʻyicha servis mavjudligi;

boʻsh ish oʻrinlari va ularga onlayn ariza topshirish imkoniyati;

tadbirkorlikni boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsatnoma (litsenziya) olish va toʻlovlarini onlayn toʻlash imkoniyati;

yigʻimlarni onlayn toʻlash imkoniyati;

ichimlik suv uchun toʻlovlarni onlayn toʻlash imkoniyati;

elektr energiyasi hamda gaz uchun toʻlovlarni onlayn toʻlash imkoniyati.

1. 17 turdagi kompleks xizmatlar guruhiga kiruvchi xizmatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish va ular doirasiga kiruvchi barcha xizmatlar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh

2. Shakllantirilgan roʻyxatdagi xizmatlar amalda koʻrsatilishi holatini tahlil qilish.

2023-yil dekabr

3. Tahlil natijalariga koʻra xizmatlarni onlayn shaklga oʻtkazish va (yoki) mavjudlarini toʻliq avtomatlashtirish, soddalashtirish boʻyicha reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasiga tayangan holda aniq choralarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

VI. BMTning Elektron hukumat reytingida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish

52.

“Elektron hukumat tadqiqotlari” hisobotida eʼlon qilinadigan Elektron hukumat reytingida mamlakatimizning 2030-yilga qadar birinchi 30 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishini taʼminlashga qaratilgan “Raqamli hukumat — 2030” strategiyasini ishlab chiqish.

Bunda, raqamli hukumat tizimini rivojlantirishga erishish boʻyicha aniq maqsadli koʻrsatkichlar hamda texnologik Bosh rejani tasdiqlashni nazarda tutish.

1. Xalqaro darajada tajribaga ega xorijiy malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, shu jumladan tegishli indekslar boʻyicha baholash mezonlarini belgilagan holda ularga erishish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar oʻrnatilishini nazarda tutuvchi Strategiya loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil fevral

Raqamlashtirish vazirligi, Strategik rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, OTFIV, MMTV, “Raqamli hukumat loyiha ofisi”

2. Strategiya loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil mart

53.

“Raqamli hukumat loyiha ofisi” faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish.

1. “Raqamli hukumat loyiha ofisi”ga belgilangan vazifalarni yuqori va professional darajada bajarilishini taʼminlay oladigan malakali mutaxassislarni jalb qilish.

2023-yil oktabr

Raqamlashtirish vazirligi

2.“Raqamli hukumat loyiha ofisi”ni joylashtirish va unga faoliyat yuritish uchun zarur sharoitlarni yaratish.

2023-yil oktabr

3. “Raqamli hukumat loyiha ofisi” faoliyatini moliyalashtirish uchun mablagʻlar va grantlar jalb qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2023-yil dekabr

4. Xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari mablagʻlari va grantlari jalb qilinguniga qadar qonunchilikda taqiqlanmagan manbalardan mablagʻlar va grantlar jalb qilish hisobiga “Raqamli hukumat loyiha ofisi” faoliyatini moliyalashtirish.

2023-yil oktabrdan boshlab

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat koʻrsatish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri, Ishchi guruh rahbari

2.

K. Karimov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

X. Meliyev

adliya vaziri oʻrinbosari

5.

O. Omonov

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

6.

U. Begimkulov

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari

7.

J. Abruyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari

8.

J. Kazbekov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosari

9.

M. Mirmaksudov

Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari

10.

S. Abdullayev

Adliya vazirligi departament boshligʻi

11.

Sh. Matkarimov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament boshligʻi

12.

A. Muxitdinov

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori

13.

A. Sultonov

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

O. Pekos

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

A. Shadmanov

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

3.

O. Qudratov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

Sh. Rabiyev

adliya vaziri oʻrinbosari

5.

U. Begimkulov

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari

6.

G. Raximova

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

7.

S. Buzrukxonov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari

8.

R. Turdiboyeva

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari

9.

Gʻ. Bozorov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari

10.

F. Xudaykulov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlim boshligʻi

11.

A. Sultonov

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi

12.

I. Saipov

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

13.

V. Kravchenko

Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi direktori, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J. Maxsudov

raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

3.

D. Adilov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori

4.

Z. Ziyayev

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

5.

N. Xasanov

“Oʻzbektelekom” AK boshqaruvi raisi

6.

U. Shakirov

“Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK direktori

7.

Z. Astanov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti boshligʻi

8.

J. Aripov

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

9.

Kelishuvga koʻra

telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi operator va provayderlar rahbarlari

10.

M. Yuldashev

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

K. Karimov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

U. Sharifxodjayev

maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

3.

R. Karimjonov

raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari

4.

Z. Ziyayev

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

5.

A. Eshchanov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti boshligʻi

6.

S. Butanov

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi

7.

E. Murodov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi

8.

Sh. Ergashev

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi kotibiyat boshligʻi, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun masʼul ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A. Xen

Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari, Ishchi guruh rahbari

2.

O. Pekos

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

3.

X. Meliyev

adliya vaziri oʻrinbosari

4.

E. Murodov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi

5.

M. Xadraliyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi “IT-med” davlat muassasasi rahbari

6.

A. Sultonov

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi

7.

S. Abdullayev

Adliya vazirligi departament boshligʻi

8.

A. Muxitdinov

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori

9.

V. Kravchenko

Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi direktori

10.

Gʻ. Burxonov

Raqamli rivojlanish departamenti rahbari oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 07/23/308/0712-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)