14.09.2023 yildagi PQ-306-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.09.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 18-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “uzluksiz xizmatlar zanjiri”ni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining (keyingi oʻrinlarda — Biznesni rivojlantirish banki) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznesni rivojlantirish banki Dasturni samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish boʻyicha asosiy tayanch bank etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturining tashkiliy-institutsional tuzilmasi va mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish uchun davlat mablagʻlari hisobidan 6 trillion soʻm va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, quyidagilar “Kichik biznesga koʻmaklashish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga (keyingi oʻrinlarda — markazlar) onlayn ariza yuborish orqali Dasturda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat taʼlim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Dasturda ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini shaffoflik tamoyillari asosida tanlab olish tartib-taomillari 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlar tomonidan tanlab olingan tashabbuskorlar biznes koʻnikmalarini shakllantirish yoʻnalishida qisqa va oʻrta muddatli amaliy oʻquv kurslarida oʻqitiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan tashabbuskorlar Dastur doirasidagi qoʻllab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Dasturda ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy va konsultativ qoʻllab-quvvatlash choralari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga hamda aylanma mablagʻlar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 1,5 milliard soʻmgacha kreditlar ajratish va (yoki) asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing berish. Bunda, 100 million soʻmgacha kreditlarni garovsiz, 150 million soʻmgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyati nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati 1,5 milliard soʻmgacha boʻlgan asosiy vositalarni 7 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarzga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan va oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 1 milliard soʻmdan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan hamda kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan kichik tadbirkorlik subyektlarining yangi loyihalariga va mavjud ishlab chiqarishni kengaytirishga oid loyihalariga boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari, asbob-uskunalar, bino-inshootlar va boshqa koʻrinishdagi moddiy aktivlar bilan 20 foizgacha, biroq 1 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan qiymatda ulushdor boʻlib kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalariga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 milliard soʻmgacha grant mablagʻlarini ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) konsultativ qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish masalalari, bojxona va soliq maʼmuriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar boʻyicha maʼlumot va maslahatlar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ishtirokchilarini moliyaviy va konsultativ qoʻllab-quvvatlash instrumentlari va ulardan foydalanish shartlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlarga oʻzi tomonidan kichik biznes loyihalariga kiritilgan ulushni 7 yil davomida bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish huquqi taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Dasturni uzluksiz ravishda zarur moliyaviy resurslar bilan taʼminlab borishga masʼul etib belgilansin. Bunda, Dasturni barqaror moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun xalqaro moliya bozorlari hamda xalqaro moliya institutlari hisobidan zarur hajm va muddatlarda mablagʻlar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Biznesni rivojlantirish banki uch oy muddatda xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagi va boshqa manbalar hisobidan biznes jarayonlarini avtomatlashtirgan holda tashkil etish va muvofiqlashtirib borish uchun Biznes portalning ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvarga qadar ushbu qarorga 4-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralarning tadbirkorlik yoʻnalishidagi axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining Biznes portalga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-mayga qadar tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi mavjud axborot tizimlari va maʼlumot bazalarini Biznes portalga birlashtirishni nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarning har birida dehqonchilik uchun ijara huquqi bilan berilayotgan yer maydonlarida mahsulotni yetishtirishdan boshlab uni sotishgacha zanjirni yaratishni nazarda tutuvchi kamida bittadan “agregator” va “kooperatsiya” tizimiga asoslangan loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajribali kasanachilar bilan birga kasanachilarga kompleks yordam beruvchi “kasanachilar maktablarini” tashkil etish va ularni ushbu maktablarning ustav kapitalida ishtirok etishga jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu yoʻnalishdagi loyihalarni amalga oshirishda Dasturda nazarda tutilgan mexanizm va instrumentlar qoʻllanilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Biznesni rivojlantirish banki “Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar har bir hudud uchun loyihalarni baholash va tanlab olish, biznesga oʻqitish, tashqi bozorlarga chiqish hamda markazlar faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha malakali xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Biznesni rivojlantirish bankining markazlar xodimlarining kamida 20 foizini va kamida bir nafar rahbar xodimini xususiy sektorda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari orasidan tanlov asosida tayinlash haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznesni rivojlantirish banki ustav kapitalini 2023-yil 1-oktabrdan 2024-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich 3 trillion soʻmga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga muvofiq, “Qishloq qurilish banki” ATBga ajratilgan umumiy qiymati 544 milliard soʻm boʻlgan kredit liniyalari mablagʻlarini Biznesni rivojlantirish bankiga subordinar qarz sifatida qayta rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-aprelga qadar Jamgʻarma ustav kapitali 1 trillion soʻm miqdorida shakllantirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Raqamli transformatsiya markazi” DUKni butun moddiy-texnika bazasi bilan birga masʼuliyati cheklangan jamiyatga aylantirish va uning ustav kapitalidagi davlat ulushini nominal qiymatda Jamgʻarma ustav kapitaliga Biznesni rivojlantirish bankining ulushi va bankdagi davlat ulushini oshirish hisobiga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda markazlar orqali investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni sotishdan tushadigan 1 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻlarni Jamgʻarmaga 10 yil muddatga foizsiz budjet ssudasi sifatida ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Biznesni rivojlantirish banki va hamkor banklarga Dastur doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etiladigan resurs mablagʻlarini qayta moliyalashtirish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2024-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar 3 yilgacha muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratilishi belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Biznesni rivojlantirish bankiga Dasturni amalga oshirish doirasida uning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq malakali mutaxassislardan iborat tanlov komissiyasi tomonidan mustaqil ravishda quyidagi xarid jarayonlarini amalga oshirish va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish huquqi berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro yuridik, auditorlik kompaniyalari, investitsiya maslahatchilari va investitsiya banklari, ilgʻor xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, yuqori malakali xorijiy ekspert va konsultantlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish qurilmalari, dasturiy taʼminotlar va bankomatlar yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, Biznesni rivojlantirish banki mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini saqlash hamda oʻz vaqtida qaytarishni kafolatlovchi talablar boʻyicha “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritish va davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar, tijorat banklari, Jamgʻarma va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasida Kichik va oʻrta biznes rivojlanishini tahlil qilish, qoʻllab-quvvatlash va sohada davlat siyosatini muvofiqlashtirish departamenti tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Biznesni rivojlantirish banki, Innovatsion rivojlanish agentligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda Yoshlar ishlari agentligi startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida biznes loyihalarni akseleratsiya tamoyili asosida tanlab olish jarayonlarini toʻliq aks ettiruvchi turkum shou-koʻrsatuvlar tayyorlasin hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda markazlarni joylashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Biznesni rivojlantirish banki hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda markazlar faoliyatini tashkil etish va yuritish, markazlar tomonidan kichik biznes loyihalarini tanlab olish, qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish tartiblarini tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-306-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturining tashkiliy-institutsional
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) muvofiqlashtiradi va moliyaviy resurslar bilan taʼminlab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida zarur boʻladigan mablagʻlar hisob-kitobini amalga oshirib, ularning aniq manbalarini, shu jumladan davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari, xorijiy va tijorat banklari hamda boshqa manbalardan jalb qilinadigan resurslar boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik va boshqa dasturlar doirasida imtiyozli stavkalarda ajratiladigan kreditlarni bosqichma-bosqich bozor mexanizmlariga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biznesni rivojlantirish banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) va kichik biznesga koʻmaklashish markazlarining (keyingi oʻrinlarda — markazlar) faoliyatini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va ularning xarajatlarini qoplash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlarini oʻrganishdan boshlab moliyalashtirish va ishlab chiqarishni barqaror yoʻlga qoʻygunga qadar boʻlgan jarayonda moddiy va texnik qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik subyektlariga soddalashtirilgan kreditlash tizimini joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“biznes ipotekasi” amaliyotini joriy qiladi va hududlarning master-rejasini ishlab chiqib, kommunikatsiya va infratuzilmaga ulangan obyektlarni ipotekaga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes reja, moliyaviy hisobotlar, eksport-import amaliyotlari, mulklarni baholash, sugʻurtalash va notarial xizmatlardan foydalanish hamda hujjatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlarga amaliy yordam beradi va bepul yuridik xizmatlar tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlarga bozor konyunkturasi va biznesni tashkil qilish masalalarida uzluksiz ishlovchi bank va konsalting xizmatlarini koʻrsatuvchi “Biznes 24/7” — “yagona darcha” tizimini yaratadi hamda faoliyatini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi va boshqa mezonlardan kelib chiqib, markazlarning dastlabki ustav kapitalini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma va markazlar faoliyatining institutsional va moliyaviy salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning ekspertlari, kreditlari, investitsiyalari va texnik koʻmaklarini jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida markazlarning faoliyatini tashkil qilishni metodologik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlarni bosqichma-bosqich mustaqil tashkilotga aylantirish uchun ularning ustav kapitaliga tijorat banklari va xususiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha qisqa va oʻrta muddatli strategiya hamda yondashuvlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlarga yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qiladi, ularning yagona tizim asosida ishlashini taʼminlaydi hamda bu borada zamonaviy bilim, tajriba va texnologiyalarni joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznesni rivojlantirish banki va markazlarga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishni tashkil etish uchun muvofiqlashtiruvchi va bogʻlovchi boʻgʻin vazifasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes jarayonlarini, shu jumladan kredit ajratishning barcha bosqichlarini avtomatlashtirgan holda tashkil etish, onlayn tarzda muvofiqlashtirib borish uchun Biznes platformasini yuritishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kichik biznesga koʻmaklashish markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlarining biznes loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va ishga tushirish, sotuv bozorlarini kengaytirish, xususiy investitsiya sheriklarini jalb qilish, biznes rejalar va texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va biznesni tashkil etish hamda yuritish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlarda amaliy oʻquv-konsultatsiya kurslarini tashkil etadi hamda sertifikat berish tizimini yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda qatnashish istagi boʻlgan tashabbuskorlarning loyihalarini dastlabki va yakuniy tahlil va baholashdan oʻtkazishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatli va sertifikatga ega boʻlgan tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirishga koʻmaklashadi hamda ularga ulushdor boʻlib kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish va yuritish borasida kompleks konsultatsiya xizmatlarni koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes strategiyasini ishlab chiqish, bozorga chiqish, xorijiy va mahalliy brendlar bilan bogʻlanishga va yirik korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi biznes loyihalarini ishlab chiqish maqsadida ijtimoiy soʻrovlar tashkil qilish, tadbirkorlikka oid maʼlumotlarni tahlil qilish asosida hududlarning drayver yoʻnalishlarini aniqlaydi va tadbirkorlarga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni samarali tashkil etish, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga yengillik yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — boʻsh turgan davlat mulki obyektining va yer maydonining bozor qiymatini aniqlab, markazga oʻtkazib berilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish agentligi — yuqori texnologik startap loyihalarga davlat ilmiy dasturlari doirasida grant mablagʻlari ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm qoʻmitasi — turistik salohiyati yuqori boʻlgan tuman va shaharlardagi hududlarning master rejalarini ishlab chiqib, ushbu hududdagi yer maydonlarini 7 yil muddatgacha sotib olish sharti bilan ulush kiritish yoki uzoq muddatli ijara asosida tadbirkorlik subyektlariga markaz orqali berilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi — kam zaxirali foydali qazilma konlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish uchun markazlarga oʻz loyihalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi — tadbirkorlik yoʻnalishidagi axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini Biznes platformaga integratsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari — markazlar bilan birgalikda tanlab olingan loyihalarni moliyalashtiradi va monitoring oʻtkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan yer maydonlari hisobini va monitoringini yuritish uchun tegishli axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari bilan birgalikda elektron platforma orqali kutilayotgan hosil hisobini yuritish va monitoring qilish tizimini yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari — hamkor banklar bilan birgalikda skoring baholashdan oʻtgan dasturda qatnashayotgan tashabbuskor tadbirkorlar bilan bevosita joyida uchrashib, loyihalarning maqsadga muvofiqligini oʻrganadi va tashabbuskorlarning dastlabki roʻyxatini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturida ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini shaffoflik tamoyillari asosida tanlab olish tartib-taomillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza berish va skoring tizimi

Hokim yordamchilari

Loyihalarni baholash va tanlash guruhlari

Markazlar

Tijorat banklari, Jamgʻarma va Markazlar

Markazlar va tijorat banklari

Tashabbuskor tomonidan ariza beriladi, tijorat banklar koʻmagida skoring baholash oʻtkaziladi

Tijorat banklar koʻmagida skoring baholashdan oʻtgan tashabbuskorlar bilan bevosita joyida uchrashib, tasdiqlangan savolnoma asosida belgilangan mezonlarga muvofiqligi oʻrganiladi va tashabbuskorlarning dastlabki roʻyxati shakllantiriladi

Dastlabki roʻyxatga kiritilgan tashabbuskorlarning tadbirkorlik koʻnikmasi va biznes-rejalarining yashovchanligini baholash asosida istiqbolli loyihalar tanlab olinadi va ular faoliyati davri, pul aylanmasi va ishchilar soniga qarab toifalarga ajratiladi

Oʻqitish tashkil etiladi va imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganlarga sertifikat beriladi

Tanlab olingan loyihalar quyidagicha moliyaviy va konsultativ qoʻllab-quvvatlanadi:

a) kreditlar ajratish;

b) lizing xizmatlari koʻrsatish;

v) boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etish;

g) ulushdor boʻlib ishtirok etish;

d) grant mablagʻlari taqdim etish; e) konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatish

Tegishli biznes rejalari amalga oshirilishining monitoringi yuritiladi hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishilgandan soʻng kiritilgan ulushni belgilangan tartibda sotish choralari koʻriladi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi ishtirokchilarini moliyaviy va konsultativ qoʻllab-quvvatlash instrumentlari va ulardan foydalanish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Kreditlar ajratish:

a) 100 million soʻmgacha garovsiz kreditlar

Ishtirokchilar:

kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat taʼlim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari;

oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar

Foiz stavkasi:

Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada

Kredit ajratish maqsadi va muddatlari:

ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi

b) 150 million soʻmgacha garov talabi pasaytirilgan revolver kreditlar

Ishtirokchilar:

kichik tadbirkorlik subyektlari

Foiz stavkasi:

Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada

Kredit ajratish maqsadi va muddatlari:

ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda soʻndirish sharti bilan 36 oygacha ajratiladi

v) 1 milliard soʻmgacha kreditlar

Ishtirokchilar:

tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari:

oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 500 mln soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan;

kamida besh nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan

Foiz stavkasi:

Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada

Kredit ajratish maqsadi va muddatlari:

asosiy vositalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi

g) 1,5 milliard soʻmgacha kreditlar

Ishtirokchilar:

tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari:

24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan;

oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan;

kamida oʻn nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan

Foiz stavkasi:

Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada

Kredit ajratish maqsadi va muddatlari:

asosiy vositalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi.

2. 1,5 milliard soʻmgacha lizing xizmatlari koʻrsatish:

Ishtirokchilar:

tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari:

24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan;

oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan;

kamida oʻn nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan

Foiz stavkasi:

Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada

Maqsadi va muddatlari:

asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi

3. 1,5 milliard soʻmgacha foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarzga asosiy vosita olib berish:

Ishtirokchilar:

tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari:

24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan;

oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan;

kamida oʻn nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan

Maqsadi va muddatlari:

asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi.

4. Loyihalarda 1 milliard soʻmgacha miqdorda ulushdor boʻlib ishtirok etish:

Ishtirokchilar:

tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari:

24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan;

oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan;

kamida oʻn nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan

Qoʻllab-quvvatlash turi:

boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari, asbob-uskunalar, bino-inshootlar va boshqa koʻrinishdagi moddiy aktivlar bilan 20 foizgacha, biroq 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan qiymatda ulushdor boʻlib ishtirok etish

Ulushdan daromad:

kichik tadbirkorlik subyekti faoliyati natijasidagi sof foydadan dividendlar;

ulushni bozor bahosida baholab sotishda koʻriladigan foyda

Ulushdan foydalanish muddatlari:

markazlar tomonidan loyihaga kiritilgan ulushni 7 yil davomida bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish.

5. 2 milliard soʻmgacha grant mablagʻlari taqdim etish:

Ishtirokchilar:

tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan kichik tadbirkorlik subyektlari

Qoʻllab-quvvatlash turi:

kichik tadbirkorlik subyektlarida innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalarga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 mlrd soʻmgacha grant mablagʻlar ajratib boriladi. Bunda:

markazlarda tashkil etiladigan Loyihalarni baholash va tanlash guruhlari tomonidan ushbu yoʻnalishdagi loyihalar tanlab olinadi va Innovatsion rivojlanish agentligiga maʼqullash uchun taqdim etiladi;

Innovatsion rivojlanish agentligi 15 ish kunida belgilangan tartibda koʻrib chiqib, maʼqullangan loyihalarni Markazlarga taqdim etadi;

markazlar maʼqullangan loyihalar tashabbuskorlarini maxsus dasturlar asosida oʻqitadi va sertifikat olgan tashabbuskorlarni grant mablagʻlari ajratish uchun Innovatsion rivojlanish agentligiga yoʻnaltiradi;

Innovatsion rivojlanish agentligi mazkur loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtiradi;

Innovatsion rivojlanish agentligi davlat ilmiy dasturlari doirasida moliyalashtirilgan tijoratlashtirish va startap loyihalari roʻyxatini amaliyotga joriy qilish va kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida markazlarga taqdim etib boradi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi masalalar boʻyicha maʼlumot va maslahatlar berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish, bojxona va soliq maʼmuriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznes portalga tadbirkorlik yoʻnalishidagi axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Adliya vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki ishlar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaziy bank va tijorat banklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq qoʻmitasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bojxona qoʻmitasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Savdo-sanoat palatasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: zaruratga koʻra, boshqa vazirlik va idoralarning tadbirkorlik yoʻnalishidagi axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining Biznes portalga integratsiya qilinishiga ruxsat etiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2023-y., 07/23/306/0706-son; 16.03.2024-y., 07/24/130/0218-son; 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son; 03.04.2024-y., 07/24/146/0266-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)