11.09.2023 yildagi 459-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonalarda saqlash va ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud qarorlarini qayta koʻrish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-665-son Qonuniga muvofiq maʼmuriy qamoqqa olish tarzidagi jazo chorasini qoʻllash vakolati tuman (shahar) maʼmuriy sudlaridan jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlariga oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, qonunchilik hujjatlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonalarda saqlash va ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olish jazo chorasini qoʻllash vakolati tuman (shahar) maʼmuriy sudlaridan jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlariga oʻtkazilganligi sababli qarorlarni Qonunga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etilganligi munosabati bilan amaldagi qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonalarda saqlash va ularni saqlash xarajatlarni undirish tartibini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
459-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 734-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-banddagi “tuman (shahar) maʼmuriy sudi” soʻzlari “jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-banddagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 9-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) maʼmuriy sudi” soʻzlari “jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 11-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 13-banddagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Maxsus qabulxonalar faoliyati ustidan nazorat bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-iyuldagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ushbu Nizomga ilovadagi” soʻzlari “ushbu Nizomga 1-ilovadagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Navbatchi kun davomida qabul qilingan shaxslarning yigʻmajildlari va maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan olingan hujjatlar, pul mablagʻlari, qimmatbaho buyumlar va boshqa ashyolarni jamlab, maxsus qabulxona boshligʻi tomonidan tayinlangan maxsus qabulxonaning hisob-kitobi bilan shugʻullanuvchi masʼul xodim (hisobchi)ga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Masʼul xodim (hisobchi) yigʻmajildlarning yuritilishini va maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan olingan hujjatlar, pul mablagʻlari, qimmatbaho buyumlar va boshqa ashyolarning saqlanishini taʼminlaydi hamda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda alohida kitobda qayd etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyilgan hujjatlar, pul mablagʻlari, qimmatbaho buyumlar va boshqa ashyolar masʼul xodim (hisobchi) xonasida oʻrnatilgan, alohida yacheykalardan iborat, raqamlanadigan hamda qulflanadigan shkaflarda saqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 11-band “qoplaganligi toʻgʻrisida” soʻzlaridan keyin “ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 12-bandning birinchi xatboshisi “lozimligi toʻgʻrisida” soʻzlaridan keyin “ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 13-band “ushbu shaxsdan” soʻzlaridan keyin “mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 15-banddagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ilova belgisidagi “ilova” soʻzi “1-ilova” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) quyidagi mazmundagi 2 — 5-ilovalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan olingan hujjatlar, pul mablagʻlari, qimmatbaho buyumlar va boshqa ashyolarni qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Shaxsning F.I.O.

Shaxsdan olib qoʻyilgan muhim narsalar qayd etilgan hujjat turi va sanasi

Saqlash uchun qabul qilingan muhim narsalarning soni, turi, tavsiflari va identifikatsiya raqamlarining hujjatda ular haqida qayd etilgan maʼlumotlar bilan mosligi yoki tafovutlar mavjudligi

Qabul qilib olingan sana va vaqt

Saqlashga topshirgan masʼul xodimning lavozimi, unvoni, F.I.O.

Saqlash uchun joylashtirilgan yacheykaning raqami

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning muhim narsalari toʻliq qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida tilxati, qabul qilib olish sanasi va imzosi

...

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

MAʼLUMOTNOMA

Berildi ushbu maʼlumotnoma ___.___.__________ yilda tugʻilgan, __________________

(kun, oy, yil)

__________________________________________________________________ yashovchi

(yashash manzili toʻliq koʻrsatiladi)

fuqaro ________________________________________________________________ga,

(F.I.O. toʻliq yoziladi)

haqiqatdan ham tuman (shahar) ________________________________________________ _____________________________________________________________________ning

(jinoyat ishlari boʻyicha sudi sudyasi, harbiy komendant, ichki ishlar organi boshligʻi)

qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning ________________-moddasi(lari)da nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun tayinlangan “____” sutka maʼmuriy qamoq jazosini oʻtash davomida “____” kun mobaynida haq toʻlanadigan mehnatga jalb etilishi orqali maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq boʻlgan ____________________________________________________ soʻm

(summa raqam hamda harflarda aks ettiriladi)

miqdoridagi xarajatlarni maxsus qabulxonaning _______________________________

(maxsus hisobvaraq aks ettiriladi)

hisobvaragʻiga toʻliq miqdorda qopladi.
‎‎____________ viloyati IIB Maxsus qabulxona boshligʻi

______________

________________________

(imzo, muhr)

(F.I.O.)

-------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

(maʼlumotnomaning qirqib olinadigan qismi)

Maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq _______________________________________

(summa saqlangan shaxs tomonidan toʻldiriladi)

soʻm miqdoridagi xarajatlarni toʻliq qoplaganligim toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani qabul qilib oldim.

_________________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Fuqaro _______________________________ga

(maʼmuriy qamoqni oʻtagan shaxsning F.I.O.)

BILDIRISHNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining _____________-moddasi(lari)da nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha _______________________tuman (shahar) _____________________________________________________________________ning

(jinoyat ishlari boʻyicha sudi sudyasi, harbiy komendant, ichki ishlar organi boshligʻi)

qaroriga asosan 20___ yil “___” ____________ dan 20___ yil “___” ____________ ga qadar maxsus qabulxonada saqlanganligingiz uchun _______________________________
‎________________________________________________________________________

(sud, harbiy komendant, ichki ishlar organi boshligʻi)

tomonidan undirilishi belgilangan _____________________ soʻmning _________________ soʻm miqdorini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-iyuldagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi talablariga muvofiq bir bank ish kuni mobaynida qoplanishi lozimligi maʼlum qilinadi.

____________ viloyati IIB Maxsus qabulxona boshligʻi

__________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

-------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

(bildirishnomaning qirqib olinadigan qismi)

Maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlardan toʻlanmay qolgan ________________________________________________ soʻmni bir bank ish kuni mobaynida qoplash toʻgʻrisida rasman ogohlantirildim.

_________________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_____________________ viloyati IIB JXX JTSB Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxona boshligʻi _________________
________________________________(F.I.O.)ga

‎fuqaro (F.I.O., tugʻilgan sanasi, doimiy yashash manzili, uyali telefon raqami, pasport seriyasi va berilgan vaqti koʻrsatiladi)

A R I Z A

_____________ viloyati IIB JXX JTSB Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonada saqlangan fuqaro __________ _______________________________________________________________________ga

(F.I.O., tugʻilgan sanasi, oyi, yili koʻrsatiladi)

__________tuman (shahar) ___________________________________________________

‎‎(jinoyat ishlari boʻyicha sudi sudyasi, harbiy komendant, ichki ishlar organi boshligʻi)

tomonidan undirilishi belgilangan maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq __________________________ soʻm miqdoridagi xarajatlarni bir bank ish kuni mobaynida oʻz mablagʻim hisobidan qoplashga ruxsat berishingizni soʻrayman.

_________________

_____________

_________________________

(ariza yozilgan sana)

(imzo)

(F.I.O)

”.‎

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)