1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, jumladan boshqaruvni takomillashtirish, sohani rivojlantirishning kelgusi istiqbollarini belgilash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish orqali sifatli tibbiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) etib qayta tashkil qilinsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi PQ-4063-sonli “Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli boʻlmagan kasalliklarga qarshi kurashish hamda oldini olish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining barqaror tibbiy madaniyatini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor va maqbul xorijiy tajriba asosida sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, oʻrta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish ssenariylari va strategiyalari boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy statistikani shakllantirish va yuritish, statistik koʻrsatkichlarni shakllantirishda xalqaro standartlar va metodikalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tibbiyot sohasidagi statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash borasidagi ishlarni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan Institut va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlariga koʻra, tegishli ravishda, Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqaruv organlari xodimlariga tenglashtiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi Institut bilan birgalikda ikki oy muddatda 2024 — 2026-yillarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, toʻgʻri ovqatlanishni tizimli targʻib qilish va ommalashtirish dasturini ishlab chiqsin va unda, jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan yiliga 25 tagacha promo-roliklar, dastur va telekoʻrsatuvlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyali telefon foydalanuvchilariga kasalliklar profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzi asoslari boʻyicha har kuni qisqa xabarlar (SMS) yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalistlar va boshqa matbuot vakillari oʻrtasida har yili “Sogʻlom turmush tarzi boʻyicha yilning eng yaxshi targʻibotchisi” tanlovini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar, samolyot, poyezd, avtobus, metro, supermarketlar va fuqarolar ommaviy yigʻiladigan boshqa joylarda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha roliklar namoyish qilish, radiomaslahatlar taqdim qilish va bukletlar tarqatishni taʼminlash.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi xalqaro tashkilotlar va xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda 2023-yil yakuniga qadar ilgʻor xorijiy tajriba asosida quyidagilarga asosiy eʼtiborni qaratgan holda “Aholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini maksimal qamrab olgan holda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini unga yanada yaqinlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning sogʻlom turmush tarzini, sogʻlom ovqatlanishini va jismoniy faolligini qoʻllab-quvvatlash, ularni aholi orasida har tomonlama targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining bu boradagi ehtiyojlarini qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻlamini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimini toʻliq raqamlashtirish, qogʻozbozlikka, asossiz byurokratiyaga va navbatlarga chek qoʻyish, aholiga tibbiyot muassasalariga murojaat qilganida qulayliklar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy va samarali boshqaruv usullarini joriy qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sektorni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish hamda yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmogʻini samarali tartibga solish.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasiga oʻtkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 993-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvardan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmonning 5-bandida koʻrsatilgan muassasalar Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasiga mustaqil yuridik shaxs maqomi hamda ular faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi manbalari va tartibini saqlab qolgan holda oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi farmatsevtika sanoati barqaror rivojlanishi uchun javobgarlikni toʻliq zimmasiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining kuzatuv kengashi tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida tibbiy xizmat koʻrsatish uchun jalb qilinadigan yetkazib beruvchilar (davlat va nodavlat)ni, xarid qilinadigan tibbiy yordamlar hajmini mustaqil belgilaydi va oʻz budjetini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi 2027-yil 1-yanvardan Sogʻliqni saqlash vazirligi tarkibidan chiqadi va mustaqil jamgʻarma sifatida faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha tasdiqlangan standartlarga muvofiq tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash vaziri va Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijrochi direktori 2026-yilning yakuniga qadar tibbiy sugʻurtaning respublika boʻylab toʻliq joriy etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2024-yil 1-yanvardan Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida quyidagilarni birlashtirish orqali yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi) tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-217-sonli “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar 2024-yil 1-yanvardan Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan har yili ajratiladigan 350 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish xarajatlari uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish uchun Davlat budjetidan har yili ajratiladigan 50 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning boʻsh turgan binolari, koʻchmas mulk obyektlari va yer uchastkalarini ommaviy savdolar (auksion)da sotishdan tushadigan mablagʻlarning respublika budjetiga oʻtkaziladigan 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning mol-mulkini ijaraga berishdan tushadigan tushumlarning, Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining operatsion xarajatlarini chegirib tashlagan holda, mahalliy budjetlarga oʻtkaziladigan 100 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagilarga sarflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar sotib olish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy asbob-uskunalar, kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari, dasturiy taʼminotlarni xarid qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarining xodimlarini xorijda tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, oʻqitish, malaka oshirish va tajriba almashishni respublikada tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklar boʻyicha yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish, sogʻliqni saqlash sohasidagi keng koʻlamli vazifalarni amalga oshirish maqsadida ekspertlik guruhi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun tegishli tibbiyot muassasalarini kapital va joriy taʼmirlash, qurish va rekonstruksiya qilish, ularga asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar, laboratoriya reaktivlari va boshqa sarflash vositalarini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida ogʻir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning respublikada amalga oshirilmaydigan jarrohlik amaliyotlarini xorijiy mamlakatlarda oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarga respublika hududidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqori texnologik tashxis va davolash-profilaktika xizmatlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi xodimlarini oʻqitish, qayta tayyorlash va stajirovkasini tashkil etish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga tashriflarini, Oʻzbekiston hududidan tashqarida oʻtkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini, xizmat safariga yuborilishini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta tibbiyot taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalariga maxsus stipendiyalar toʻlashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi va uning direksiyasi, shuningdek, Institut va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan boshqa tadbirlarni hamda sogʻliqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2024-yil 1-yanvardan Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi direksiyasi tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi mazkur Farmonda nazarda tutilgan birlashtirilayotgan jamgʻarmalarning barcha majburiyatlari va daromadlar manbalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari uning kuzatuv kengashi qaroriga asosan qatʼiy ravishda ushbu Farmonda koʻrsatilgan yoʻnalishlarga sarflanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasining joriy moliya yilida foydalanilmagan (oʻzlashtirilmagan) mablagʻlari keyingi moliya yiliga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi bir oy muddatda Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda uning kuzatuv kengashi tarkibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini sarflashning shaffof tartibini, uning daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida hisobdorlikni, shuningdek, faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash masalalarini nazarda tutish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 6-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-156-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-sentabrdagi PF-156-son Farmoniga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 12.2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
12.2
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Farmagentlik
Farmagentstvo
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4592-son qarorining 9-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2024-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan tamaki mahsulotlari uchun aksiz soligʻi yigʻim summasining 7 foizi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-197-son qarori 3-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti
“Oʻzmedimpeks” davlat muassasasi
“IT-Med” davlat muassasasi
“Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” davlat muassasasi
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi” davlat muassasasi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi
Ilmiy-tadqiqot va tibbiy taʼlim muassasalari, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari
“Oʻztibtexnika” davlat muassasasi
Respublika tibbiyot va yordamchi tashkilotlar
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi respublika tashkilotlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahri sogʻliqni saqlash boshqarmalari
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi hududiy tashkilotlar
Ilmiy-tadqiqot va tibbiy taʼlim muassasalari, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarining hududiy boʻlinmalari va boʻlimlari (filiallari)
Hududiy tibbiyot va yordamchi tashkilotlar
Xususiy va idoraviy tibbiyot tashkilotlari
Tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi tuman (shahar) tashkilotlari
Tuman (shahar)lar markaziy shifoxonalari, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, tugʻuruq majmualari, ixtisoslashtirilgan shifoxona va dispanserlar
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2023-y., 06/23/156/0684-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)