05.09.2023 yildagi 450-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.09.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligiga koʻmaklashish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgan ish beruvchilar tomonidan subsidiya olish uchun murojaat qilish hamda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish tartibini nazarda tutuvchi Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda 2025-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning nazoratda boʻlgan (probatsiya) davrida mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasidan keyin qaytarib berish tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni tashkilotlardagi mavjud boʻsh (vakant) hamda zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga masofaviy taʼlim shaklida xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hududiy mehnat organlari tomonidan roʻyxatga olingan ishsiz va ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomaga asosan bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda tegishli vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazasini “Bandlik xizmati” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali taʼlim muassasalari bitiruvchilari va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning bandlik holatini doimiy monitoring qilib borish tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bitiruvchilar va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning bandlik holatini real vaqt rejimida aniqlash imkoniyatini yaratish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati keng yoritilishini va aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev hamda ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik subsidiya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organi) tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya berish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ish beruvchilar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgandan soʻng uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan keyin subsidiya olish uchun tegishli mahalliy mehnat organiga yozma ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatda ishga qabul qilingan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish beruvchining subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvaragʻi koʻrsatilishi, shuningdek, murojaatga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahalliy mehnat organi ish beruvchi tomonidan subsidiya olishni soʻrab taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida oʻrganib chiqadi. Bunda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda unga kamida uch oy mobaynida ish haqi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarida (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari) mavjudligi subsidiya berish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ish beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilib, barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda unga kamida uch oy mobaynida ish haqi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarida mavjudligi tasdiqlangan taqdirda, mahalliy mehnat organi uch ish kuni ichida ish beruvchiga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilganligi uchun subsidiya berish toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtiradi. Buyruqda subsidiya miqdori va uni ajratish muddati koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hujjatlar ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq toʻliq taqdim etilmagani yoki jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “YAMMT” IDAK da roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi hamda unga kamida uch oy mobaynida ish haqi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarida mavjudligi emasligi aniqlansa, mahalliy mehnat organi subsidiya ajratishni rad etadi va murojaatchiga rad etishning sabablari asoslangan xabarnomani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ish beruvchi mahalliy mehnat organining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi buyrugʻidan norozi boʻlsa, yuqori turuvchi organga yoki sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahalliy mehnat organining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan besh ish kuni ichida ish beruvchiga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan har bir shaxsni ishga qabul qilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik subsidiya hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizomda ajratilishi belgilangan subsidiyani olayotgan ish beruvchilar bir vaqtning oʻzida qonunchilik hujjatlarida belgilangan, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar bandligiga koʻmaklashishga qaratilgan boshqa turdagi subsidiyalarni ham belgilangan tartibda olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ish beruvchi

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilganligi uchun subsidiya olish maqsadida tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organi) zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Ixtiyoriy

2-bosqich

Mahalliy mehnat organi

Murojaatni oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalariga koʻra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilganligi uchun subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Uch ish kunida

3-bosqich

Mahalliy mehnat organi

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiyani ish beruvchining hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

Besh ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Moliyalash-tirish manbai

Ijro muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

1.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, moslashtirish va ularni faol hayotga jalb etish.

1. Mahallalardagi “beshlik” tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning oilaviy sharoitini, turmush darajasini oʻrganish.

2. Mahallalarda davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa targʻibot tadbirlari oʻtkazish orqali ularning ongiga faol, sogʻlom turmush tarzini singdirish boʻyicha profilaktika tadbirlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

Doimiy

Ichki ishlar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektor rahbarlari

2.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ularning bandligi taʼminlanishi yuzasidan monitoring olib borish.

1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashtirilganligi va bandlik holatini mahallalardagi uchastka profilaktika nozirlari hokim yordamchilari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda monitoring qilib borish.

2. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashtirilganligi va bandligi taʼminlanishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorakda umumlashtirib borish.

3. Umumlashtirish natijasida aniqlangan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ijtimoiy moslashmagan va bandligi taʼminlanmagan shaxslar bilan alohida manzilli ishlash. Bunda zarur holatlarda psixologlarni jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

Har chorakda

Ichki ishlar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,sektor rahbarlari

3.

Har yili tuman (shahar) hokimlarining aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha qarorlarini qabul qilish.

1. Keyingi yil uchun zaxira qilinadigan ish oʻrinlari boʻyicha korxona va tashkilotlarning takliflarini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan umumlashtirish hamda tegishli qaror qabul qilish uchun tuman (shahar) hokimliklariga kiritish.

2. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish.

tuman (shahar) hokimlik qarorlari

-

Har yili 1-noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman, shahar hokimliklari,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

4.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni doimiy va vaqtincha ish oʻrinlariga ishga joylashtirish choralarini koʻrish.

1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga mavjud boʻsh (vakant) va zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlarini taklif etish va ularni ishga joylashtirish choralarini koʻrish.

2. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni vaqtincha haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishga taklif qilish va ishlash istagini bildirganlarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari

Doimiy

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish.

1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni yoʻllanma bilan kasb-hunarga tayyorlash oʻquv kurslariga yuborish.

2. “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida kasb-hunarga oʻqitish ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Doimiy

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga masofaviy taʼlim shaklida xorijiy tillarni oʻrgatish.

1. Profilaktika inspektorlari bilan uzviy hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga masofaviy taʼlim shaklida xorijiy tillar oʻquv kurslariga yuborish.

2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalarida masofaviy taʼlim shaklida xorijiy tillarni oʻrgatishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Doimiy

Ichki ishlar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,sektor rahbarlari

7.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga subsidiyalar berish orqali ularning bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga bandlikni ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar ajratish.

2. Ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishini monitoring qilib borish.

3. Tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi boʻlgan shaxslarni hokim yordamchisi, Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlimlari, shuningdek tijorat banklari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga koʻmaklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maqsadli jamgʻarmalari hamda tijorat banklari mablagʻlari

Doimiy

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

tijorat banklari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektor rahbarlari

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2023-y., 09/23/450/0682-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)