Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatida samarali boshqaruv tizimi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 19-iyundagi PQ-196-son qarori ijrosini taʼminlash hamda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatida samarali boshqaruv tizimini joriy etish, ilm-fanni rivojlantirish, kadrlar salohiyatini oshirish va psixiatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PQ-196-son qarori asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) qayta tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Markazning bazaviy moliyalashtirishga oʻtkaziladigan va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadigan tuzilmalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida, 2024-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-sentabr,
448-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 448-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 09/25/754/1119-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 695-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasining tibbiyot muassasalarida sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatish maqsadida biriktirilgan respublika tibbiyot muassasalari roʻyxatining 19-pozitsiyasidagi “narkologiya” soʻzi “ruhiy salomatlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son qarorida:
a) 1-ilovaning “I. Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimi quyidagi mazmundagi 22-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
|
|
22. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari) |
|
”; |
b) 2-ilovada:
“I. Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻyicha” boʻlimida:
quyidagi mazmundagi 211-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
|||
|
211. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari) |
Direktor |
1 |
|
Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari |
1 | ||
|
Ilmiy kotib |
1 | ||
|
Boʻlim mudirlari |
2 | ||
|
Laborantlar |
2 | ||
|
Jami |
7 | ||
|
”; |
“Jami” pozitsiyasining “Shtat birligi soni” ustunidagi “258” raqami “265” raqami bilan almashtirilsin;
“Jami tashkilotlar boʻyicha” pozitsiyasining “Shtat birligi soni” ustunidagi “321” raqami “328” raqami bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga narkologik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi 842-son qarorining 3-bandi birinchi xatboshisidagi “narkologiya” soʻzi “ruhiy salomatlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/448/0680-son; 02.12.2025-y., 09/25/754/1119-son)