04.09.2023 yildagi 444-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 25-apreldagi PQ-215-son qarori ijrosini taʼminlash hamda mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilgan, aholining tibbiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qoʻshgan, xalqimiz salomatligini mustahkamlashda shaxsiy namuna koʻrsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni va guvohnomasining tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasiga asosan “Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
444-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 444-son qaroriga
1-ILOVA

“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻkrak nishoni bilan kuyidagilar taqdirlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini umummilliy harakatga aylantirishga munosib hissa qoʻshgan barcha darajadagi idora va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy faollikni kundalik odatga aylantirib, uni oʻz jamoasi va aholi orasida targʻib qilishda alohida namuna boʻlayotgan shaxslar va sport murabbiylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli odatlarning oldini olish, bartaraf etish, ularga qarshi kurashishda ijobiy natijalarga erishgan va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda faollik koʻrsatgan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining sogʻlom ovqatlanishini yoʻlga qoʻyish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi, atrof-muhit toza va ozodaligini taʼminlash, aholida sanitariya-gigiyenik koʻnikmalarni hosil qilish va mustahkamlash orqali kasalliklarning oldini olishga erishgan mutaxassislar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali kasalliklar profilaktikasida xavf omillarini bartaraf etish va turmush tarzini ijobiy tomonga oʻzgartirishga undaydigan dolzarb materiallar tayyorlagan ommaviy axborot vositalari vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga va bu yoʻnalishda malakali kadrlarni tayyorlashga munosib hissa qoʻshgan tibbiyot sohasi xodimlari va boshqa mutaxassislar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari har yili 10-sentabrga qadar hududlardagi tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha dastlabki takliflarni shakllantiradi hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — hududiy sogʻliqni saqlash idoralari) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududiy sogʻliqni saqlash idoralari har yili 1-oktabrga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Sogʻliqni saqlash vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika darajasidagi davlat organlari, tashkilotlari va jamoat birlashmalari har yili 1-oktabrga qadar oʻz xodimlarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni vazirlikka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarga nomzodlar haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod haqida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning soʻnggi uch yil davomida oʻz hududida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi amaliy ishlari aks ettirilgan tavsifnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri (keyingi oʻrinlarda — vazir) tomonidan sohada koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan besh kishidan iborat tarkibda komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya tarkibi vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga vazirlikning Jamoatchilik kengashi va sohadagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat ekspertlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya yigʻilishida nomzodlarga oid hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganiladi, mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan mezonlarga muvofiq baholanadi va oʻz takliflarini bildirilgan holda har yili 20-oktabrga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya xulosasi asosida vazirning koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 1-noyabrga qadar chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Koʻkrak nishoni har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi — Tibbiyot xodimlari kuni arafasida vazir (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, vazirning buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati vazirlikning rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlik mazkur Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga

“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

Hududlardagi tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha dastlabki takliflarni shakllantiradi.

Takliflarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga taqdim etadi.

Har yili 10-sentabrga kadar

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining takliflarini oʻrganib chiqib, Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 1-oktabrga kadar

Respublika darajasidagi davlat organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari

Respublika darajasidagi idoralar oʻz xodimlarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Sogʻliqni saqlash vazirligiga kiritadi.

3-bosqich

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan komissiya tashkil etiladi.

Komissiya yigʻilishida nomzodlarga oid hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganiladi, oʻz takliflarini bildirgan holda eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.

Har yili 20-oktabrga qadar

4-bosqich

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqariladi.

Har yili 1-noyabrga qadar

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar)

Koʻkrak nishoni tantanali tarzda topshiriladi.

Har yili noyabr oyining 2-yakshanbasi — Tibbiyot xodimlari kuni arafasida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoniga nomzodlarni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI

T/r

Koʻrsatkichlarning nomlanishi

Ball tizimi

1.

Xalq salomatligini asrash, jumladan, sogʻliqni saqlash sohasidagi ibratli faoliyati va tizimdagi mehnat staji.

1 balldan 5 ballgacha

2.

Aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan oʻquv qoʻllanmalari yaratgani, davra suhbatlari va xalq bilan uchrashuvlarda targʻibot-tashviqot ishlarini keng olib borayotgani.

1 balldan 5 ballgacha

3.

Xalq salomatligi borasida oʻtkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgani, shogirdlari nufuzli tanlov va musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani.

1 balldan 5 ballgacha

4.

Oʻz hududida sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlashga, aholining shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish koʻnikmalarini hosil qilish orqali yuqumli kasalliklar profilaktikasiga erishayotganligi.

1 balldan 5 ballgacha

5.

Aholi salomatligini muhofaza qilish va ularda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “Salomatlik maktabi”ni yaratgani va faoliyatini samarali tashkil etayotgani

1 balldan 5 ballgacha

6.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sogʻlom va barkamol rivojlantirishga, jumladan, toʻgʻri ovqatlanishga va zararli odatlardan xoli boʻlish koʻnikmalarini shakllantirishga hissa qoʻshayotgani.

1 balldan 5 ballgacha

7.

Oʻz hududi va mahallasida surunkali kasalliklar profilaktikasi, yurak-qon tomir, hazm aʼzolari tizimi surunkali kasalliklarining kamayishiga erishayotganligi.

1 balldan 5 ballgacha

8.

Jamoasi va mahallada “Salomatlik burchagi” tashkil etilganligi va ulardagi maʼlumotlardan aholining foydalanish samaradorligi.

1 balldan 5 ballgacha

9.

Oilada sogʻlom turmush tarzi yaxshi yoʻlga qoʻyilgani, oila aʼzolarining sport bilan muntazam shugʻullanishi va shaxsiy namuna koʻrsatgani, zarur sharoitlar va jihozlar bilan taʼminlangani.

1 balldan 5 ballgacha

10.

Mahallada jismoniy faollik bilan shugʻullanuvchi “Eʼzozli ayollar” va “Faxriy nuroniylar” klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyganligi.

1 balldan 5 ballgacha

11.

Mahallasida jismoniy faollikni tizimli targʻib etayotgani va natijada toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilgan holda ortiqcha vazndan xolos boʻlgan fuqarolar ulushining koʻpayganligi.

1 balldan 5 ballgacha

12.

Amalga oshirayotgan ibratli ishlarining ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishi darajasi.

1 balldan 5 ballgacha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Nomzodlarning erishgan natijalari boʻyicha qoʻyilgan ballar jamlanib, eng yuqori koʻrsatkichni qayd etganlar koʻkrak nishoniga nomzod sifatida tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur baholash mezonlarining koʻrsatkichlari davr talabidan kelib chiqqan holda komissiyaning tavsiyalari asosida sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 444-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI

“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining old tomonida xalq salomatligi himoyasi maʼnosini ifodalovchi ramziy darvoza shaklidagi yashil emalli arka tasviri joylashgan boʻlib, uning quyi qismida koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida ochiq kaftlar ushlab turgan qizil rangdagi yurak shakli hamda koʻk rangda ishlangan sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi oila tasviri aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining yuqori aylanasi boʻylab oq emal fonida balandligi 3 millimetr boʻlgan “XALQ SALOMATLIGI POSBONI” yozuvi zarhal harflar bilan yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining orqa tomonida, aylana markazida, toʻrt qatorda harflarning balandligi 1,8 millimetr boʻlgan “XALQ SALOMATLIGIGA QOʻSNGAN NISSASI UCNUN” soʻzlari joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, ikki chekkadagi koʻk rangli yoʻllar eni 4 millimetrni, oʻrtadagi koʻk rangli yoʻlning eni 3 millimetrni tashkil etadi. Uning orasida eni 3,5 millimetrli ikkita qizil rangdagi yoʻllar oʻtgan. Koʻk va qizil rangdagi yoʻllarni eni 1 millimetr boʻlgan 4 ta oq rangdagi yoʻllar ajratib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 444-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 36 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “XALQ”, ikkinchi satrda “SALOMATLIGI POSBONI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 14 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuvlar oq rangda aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda, “GUVONNOMA №” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “sogʻliqni saqlash vazirining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 7 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20___ u. “____” ____________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “XALQ SALOMATLIGI”, ikkinchi satrda “POSBONI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda, “VAZIR” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni guvohnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/444/0678-son)