Oʻzbekiston Respublikasi KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISh VA BANDLIK VAZIRINING
buyrugʻi
Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 402-9]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan 1998-yil 7-yanvarda 8/04-01, 32/01-son bilan tasdiqlangan Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 402, 1998-yil 29-yanvar) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-iyul,
65-2023/B-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2023-yil 18-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
2023-yil 19-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-iyuldagi 65-2023/B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchalarini (bundan buyon matnda mehnat daftarchalari deb yuritiladi) yuritish tartibini belgilaydi.”.
2. 1.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.1. Lozim darajada tasdiqlangan mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi va jismoniy shaxsning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi verifikatsiya qilingan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan asosiy hujjat boʻlib, ish beruvchi (bundan jismoniy shaxslar boʻlgan ish beruvchilar mustasno) tashkilotda besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlar uchun mehnat daftarchalarini yuritishi shart.”.
3. 1.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi xodimlarga va uy ishchilariga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.”.
4. 1.3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.3. Mehnat daftarchasi va mehnat daftarchasiga qoʻshimcha varaqlarni tashkilotlar tomonidan qayta sotishga yoki boshqacha tartibda begonalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
5. 1.5-banddagi “mehnat daftarchasini” degan soʻzlar “mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 1.6-banddagi “korxonaning” degan soʻz “tashkilotning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 2.3-bandning uchinchi xatboshisidagi “korxonalarda” degan soʻz “tashkilotlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8. 2.6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.6. Mehnat daftarchasiga notoʻgʻri yoki noaniq yozuv kiritgan tashkilot tugatilgan boʻlsa, bunday xatoni tuzatish mazkur tashkilot bevosita boʻysungan yuqori tashkilot tomonidan (bunday tashkilot mavjud boʻlmagan taqdirda tegishli arxivlardan olingan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi), tashkilot qayta tashkil etilgan hollarda esa uning huquqiy vorisi tomonidan amalga oshiriladi.”.
9. 2.9-bandda:
birinchi xatboshi “pasporti” degan soʻzdan keyin “yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi yozuvlar faqat tegishli hujjatlarga (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnomaga) asosan yoziladi.”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
10. 2.10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “korxona” degan soʻz “tashkilot” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. 2.11-bandda:
birinchi xatboshi “pasporti” degan soʻzdan keyin “yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzgartirilgan yozuvlar mehnat daftarchasining birinchi betiga kiritiladi. Ilgarigi familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tugʻilgan kuni toʻgʻrisidagi yozuv ustidan bir chiziq chizilib, yangi maʼlumotlar yozib qoʻyiladi. Yozuvlar muqovaning ichkari betiga yozilib tashkilot rahbarining yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxs imzosi hamda tashkilot yoki xodimlar boʻlimi muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.”.
12. 2.12-bandda:
birinchi xatboshidagi “korxonaning” degan soʻz “tashkilotning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 291-modda) bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga” degan soʻzlar “Oʻz DSt 3513:2021 “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020)” Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “korxonaning” degan soʻz “tashkilotning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
13. 2.13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.13. Xodim ishlab turgan davrda tashkilotning nomi oʻzgartirilsa, unda bu toʻgʻrisida mehnat daftarchasining 3-ustunida alohida satr bilan “Falon tashkilot, falon sanada, falonchi nom bilan atala boshladi” deb yoziladi. 4-ustunda esa, qayta atalishini (nomlanishini) asoslab buyruq sanasi va son raqami qoʻyiladi.”.
14. 2.15 va 2.16-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
15. 2.17-bandda:
“a” kichik banddagi “Milliy xavfsizlik xizmatida” degan soʻzlar “Davlat xavfsizlik xizmatida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida boʻlgan davrlari toʻgʻrisida.”.
16. 2.171 va 2.21-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
17. 3.1-bandda
birinchi xatboshidagi “korxona rahbari yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxsning imzosi va korxona” degan soʻzlar “tashkilot rahbari yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxsning imzosi va tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “mehnat daftarchasini” degan soʻzlar “mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 3.2 va 6.3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
19. 4.4-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.4. Bordiyu, xodim mazkur tashkilotga ishga kirmasdan oldin ishchi yoki xizmatchi vazifasida ishlagan boʻlsa, unda mehnat daftarchasi dublikati “Ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimining 3-ustuniga, mazkur tashkilotga ishga kelmasdan ilgarigi ishlagani toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy ish staji yoziladi.”;
ikkinchi xatboshidagi “korxonada” degan soʻz “tashkilotda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “korxona” degan soʻz “tashkilot” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “korxonaning” degan soʻz “tashkilotning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “korxonaga” degan soʻz “tashkilotga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
20. 5.1-bandning uchinchi xatboshisidagi “korxona” degan soʻz “tashkilot” degan soʻz bilan almashtirilsin.
21. 5.2-banddagi “korxona” degan soʻz “tashkilot” degan soʻz bilan almashtirilsin.
22. 6.1-bandning beshinchi xatboshisidagi “korxonalarning” degan soʻz “tashkilotlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
23. 6.2-bandning birinchi xatboshisidagi “korxonaning” degan soʻz “tashkilotning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
24. 4-ilovaning matnidagi “korxonaning” va “Pasport” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotning” va “Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 5-ilovaning matnidagi “(tugallanmagan umumiy oʻrta, umumiy oʻrta, tugallanmagan hunartexnika, tugallanmagan oʻrta maxsus (kasb-hunar), oʻrta maxsus (kasb-hunar), tugallanmagan oliy, oliy, tayanch oliy (bakalavr), oliy (magistr)” degan soʻzlar “(umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy maʼlumot)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2023-y., 10/23/402-9/0658-son)