1-ILOVA
|
A.N. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi |
|
S.Sh. Mirziyoyeva |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
|
G.O. Umerova |
— |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi — YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
|
O.A. Nazarbekov |
— |
madaniyat vaziri |
|
I.R. Maxkamov |
— |
transport vaziri |
|
B.G. Abdikarimov |
— |
Madaniy meros agentligi direktori |
|
I.I. Norqulov |
— |
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
G.G. Fazilov |
— |
tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari |
|
B.A. Abduhalimov |
— |
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti |
|
E.I. Najimov |
— |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita kotibi |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. YUNESKO bilan hamkorlikda sunʼiy idrok sohasida odob-axloqni targʻib etish orqali ilmiy muloqotni ragʻbatlantirish boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — Oʻzbekiston xalqaro mukofotini taʼsis etish | |||
|
1. |
Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — Oʻzbekiston xalqaro mukofotini (keyingi oʻrinlarda — Mukofot) taʼsis etish boʻyicha oʻzaro maqbul konsepsiya va mukofot nizomini ishlab chiqish maqsadida YUNESKOning Ijtimoiy va gumanitar fanlar sektori tashqi ekspertizasi tomonidan texnik-iqtisodiy asosnomani (Feasibility Study) tayyorlashda ishtirok etish. |
2023-yil avgust |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma), Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
2. |
Tashqi ekspertiza xulosalari asosida YUNESKO Ijroiya kengashida koʻrib chiqishga kiritish uchun Oʻzbekistonning Mukofotni taʼsis etish toʻgʻrisidagi tashabbusi yuzasidan YUNESKO rezolyutsiyasi loyihasini tayyorlash. |
2023-yil avgust |
Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
3. |
Mukofot rasman maʼqullangandan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi va YuNES�O oʻrtasida Maqsadli jamgʻarma toʻgʻrisidagi sheriklik bitimni imzolash hamda Mukofotga nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi byuroga mablagʻ oʻtkazish. |
2023-yil avgust |
Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
II. 2023-yil 4 — 8-sentabr kunlari YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma va tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish | |||
|
4. |
2023-yil 4 — 8-sentabr kunlari YUNESKOning Parij shahridagi bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlab oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazma va tadbirlar (keyingi oʻrinlarda — Koʻrgazma)ning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish, namoyish etiladigan qoʻlyozmalar mulyaj nusxalarining roʻyxatini xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda shakllantirish. |
2023-yil avgust |
Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Madaniy meros agentligi |
|
5. |
YUNESKO bosh qarorgohi zallarini Koʻrgazma va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun ajratishga erishish. |
2023-yil avgust |
Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi |
|
6. |
Koʻrgazmada ishtirok etadigan masʼullar va mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari, koʻrgazma ishtirokchilari va mehmonlari uchun aviachiptalarni bron qilish. |
2023-yil avgust-sentyabr� |
Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Uzbekistan Airways” AJ |
|
7. |
Koʻrgazmada ishtirok etishi nazarda tutilgan masʼullar va mutaxassislarning xorijga chiqish bilan bogʻliq hujjatlarini rasmiylashtirish. |
2023-yil avgust-sentyabr |
Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi |
|
8. |
Fransiyada turistlar oqimining keskin ortgani munosabati bilan mehmonxona narxlari koʻtarilishini inobatga olib, Koʻrgazma va boshqa tadbirlarga jalb qilinadigan mahalliy mutaxassislar, vazirlik va idoralar vakillarining mehmonxona xarajatlarini belgilangan xizmat safari meʼyorlaridan yuqori nar�larda qoplash. |
2023-yil avgust-sentyabr |
Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
9. |
Koʻrgazmaning ssenografiya dizayni va audiovizualini ishlab chiqib, tasdiqlash. |
2023-yil avgust |
Jamgʻarma |
|
10. |
Koʻrgazmada namoyish etiladigan qoʻlyozmalarning mulyaj nusxalarini tayyorlash va ularni Fransiyaga olib chiqish uchun maxsus sertifikat rasmiylashtirish. |
2023-yil avgust-sentyabr |
Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Madaniy meros agentligi |
|
11. |
Koʻrgazma ekspozitsiya zalida montaj va demontaj ishlarini olib borish. |
2023-yil avgust-sentyabr |
Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi |
|
12. |
Koʻrgazmaning ochilish marosimi, uning doirasida rejalashtirilgan ilmiy va madaniy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish. |
2023-yil 4 — 8-sentabr |
Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi |
|
13. |
Koʻrgazmaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2023-yil avgust — noyabr |
Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi |
|
14. |
Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining konsert dasturlarini yuqori saviyada oʻtkazish. Konsert dasturi uchun m�xsus musiqa va 3D proyeksiya vizual mahsulot yaratish. |
2023-yil 4 — 8-sentabr |
Jamgʻarma, Madaniyat vazirligi |
|
III. Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan koʻrgazma uchun maxsus katalog nashr etish, Mukofot va Koʻrgazmani keng targʻib etish | |||
|
15. |
Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlari va xalqaro mutaxassislar ishtirokida katalog uchun maxsus maqolalar tayyorlash. |
2023-yil avgust-sentyabr |
Jamgʻarma, Fanlar akademiyasi |
|
16. |
Katalogning umumiy dizaynini va maxsus fotosuratlarni tayyorlash. |
2023-yil avgust-sentyabr |
Jamgʻarma, Fanlar akademiyasi |
|
17. |
Katalogni xalqaro nashriyot uyi bilan birgalikda chop etishni taʼminlash. |
2023-yil avgust-sentyabr |
Jamgʻarma, Fanlar akademiyasi |
|
18. |
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan badiiy, multiplikatsion va toʻliq metrajli hujjatli filmlar yaratish. Bunda: film ssenariysi, eskizlar va boshqa materiallarni tayyorlash, ularga asosan filmlarni yaratish; filmlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng namoyish qilish. |
2023 — 2025-yillar davomida |
Jamgʻarma, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi |
|
19. |
Koʻrgazma va uning doirasidagi boshqa tadbirlarni mahalliy va xalqaro darajada yoritish. Koʻrgazmaga tashrif buyurgan taniqli shaxslar ishtirokida intervyular tashkil qilish. |
2023-yil avgust-sentyabr |
Jamgʻarma, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi |