25.08.2023 yildagi PQ-286-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — Oʻzbekiston xalqaro mukofotini taʼsis etishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon tamadduniga ulkan hissa qoʻshgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-maʼrifiy merosini xalqaro darajada chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish, sunʼiy idrok sohasida odob-axloq, inklyuzivlik va madaniy xilma-xillikni ragʻbatlantirish, Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ-361-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma), YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKO bilan hamkorlikda sunʼiy idrok sohasida odob-axloqni targʻib etish orqali ilmiy muloqotni ragʻbatlantirish boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — Oʻzbekiston xalqaro mukofotini taʼsis etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parij shahridagi (Fransiya) YUNESKO bosh qarorgohida 2023-yil 4 — 8-sentabr kunlari Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma va tadbirlarni (keyingi oʻrinlarda — Koʻrgazma) yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma va tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma va tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Koʻrgazmada taqdim etish uchun dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qoʻlyozmalar nusxalaridan iborat Koʻrgazmaga bagʻishlangan maxsus katalogning ingliz va oʻzbek tillarida chop etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining konsert dasturini yuqori saviyada tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi ishlar vazirligi Jamgʻarma buyurtmanomasiga binoan, Koʻrgazmada ishtirok etish uchun taklif etilgan Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari, xalqaro konsultantlar va tadbir mehmonlarining chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, Koʻrgazmani yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — Oʻzbekiston xalqaro mukofotini taʼsis etish hamda Koʻrgazmaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini belgilasin, shuningdek, uning xarajatlar smetasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Jamgʻarma ushbu qaror ijrosi doirasida xarajatlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq mablagʻlar ajratilguniga qadar oʻz mablagʻlari hisobidan shartnomalar tuzadi va toʻlovlarni amalga oshiradi, shuningdek, mablagʻlar ajratilgandan soʻng Jamgʻarma tomonidan sarflangan mablagʻlar qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 25-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-286-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-avgustdagi PQ-286-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma va tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

S.Sh. Mirziyoyeva

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

G.O. Umerova

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi — YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

I.R. Maxkamov

transport vaziri

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

G.G. Fazilov

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

B.A. Abduhalimov

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

E.I. Najimov

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-avgustdagi PQ-286-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma va tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. YUNESKO bilan hamkorlikda sunʼiy idrok sohasida odob-axloqni targʻib etish orqali ilmiy muloqotni ragʻbatlantirish boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — Oʻzbekiston xalqaro mukofotini taʼsis etish

1.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — Oʻzbekiston xalqaro mukofotini (keyingi oʻrinlarda — Mukofot) taʼsis etish boʻyicha oʻzaro maqbul konsepsiya va mukofot nizomini ishlab chiqish maqsadida YUNESKOning Ijtimoiy va gumanitar fanlar sektori tashqi ekspertizasi tomonidan texnik-iqtisodiy asosnomani (Feasibility Study) tayyorlashda ishtirok etish.

2023-yil avgust

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma),

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi

2.

Tashqi ekspertiza xulosalari asosida YUNESKO Ijroiya kengashida koʻrib chiqishga kiritish uchun Oʻzbekistonning Mukofotni taʼsis etish toʻgʻrisidagi tashabbusi yuzasidan YUNESKO rezolyutsiyasi loyihasini tayyorlash.

2023-yil avgust

Jamgʻarma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi

3.

Mukofot rasman maʼqullangandan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi va YUNESKO oʻrtasida Maqsadli jamgʻarma toʻgʻrisidagi sheriklik bitimni imzolash hamda Mukofotga nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi byuroga mablagʻ oʻtkazish.

2024-yil oktyabr

Jamgʻarma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

II. 2023-yil 4 — 8-sentabr kunlari YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma va tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish

4.

2023-yil 4 — 8-sentabr kunlari YUNESKOning Parij shahridagi bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlab oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazma va tadbirlar (keyingi oʻrinlarda — Koʻrgazma)ning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish, namoyish etiladigan qoʻlyozmalar mulyaj nusxalarining roʻyxatini xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda shakllantirish.

2023-yil avgust

Jamgʻarma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Madaniy meros agentligi

5.

YUNESKO bosh qarorgohi zallarini Koʻrgazma va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun ajratishga erishish.

2023-yil avgust

Jamgʻarma,

Tashqi ishlar vazirligi

6.

Koʻrgazmada ishtirok etadigan masʼullar va mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.

Tashkiliy qoʻmita aʼzolari, koʻrgazma ishtirokchilari va mehmonlari uchun aviachiptalarni bron qilish.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamgʻarma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

“Uzbekistan Airways” AJ

7.

Koʻrgazmada ishtirok etishi nazarda tutilgan masʼullar va mutaxassislarning xorijga chiqish bilan bogʻliq hujjatlarini rasmiylashtirish.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamgʻarma,

Tashqi ishlar vazirligi

8.

Frans�yada turistlar oqimining keskin ortgani munosabati bilan mehmonxona narxlari koʻtarilishini inobatga olib, Koʻrgazma va boshqa tadbirlarga jalb qilinadigan mahalliy mutaxassislar, vazirlik va idoralar vakillarining mehmonxona xarajatlarini belgilangan xizmat safari meʼyorlaridan yuqori narxlarda qoplash.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamgʻarma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Koʻrgazmaning ssenografiya dizayni va audiovizualini ishlab chiqib, tasdiqlash.

2023-yil avgust

Jamgʻarma

10.

Koʻrgazmada namoyish etiladigan qoʻlyozmalarning mulyaj nusxalarini tayyorlash va ularni Fransiyaga olib chiqish uchun maxsus sertifikat rasmiylashtirish.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamgʻarma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Madaniy meros agentligi

11.

Koʻrgazma ekspozitsiya zalida montaj va demontaj ishlarini olib borish.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamgʻarma,

Tashqi ishlar vazirligi

12.

Koʻrgazmaning ochilish marosimi, uning doirasida rejalashtirilgan ilmiy va madaniy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

2023-yil 4 — 8-sentabr

Jamgʻarma,

Tashqi ishlar vazirligi

13.

Koʻrgazmaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2023-yil avgust — noyabr

Jamgʻarma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

14.

Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining konsert dasturlarini yuqori saviyada oʻtkazish.

Konsert dasturi uchun maxsus musiqa va 3D proyeksiya vizual mahsulot yaratish.

2023-yil 4 — 8-sentabr

Jamgʻarma,

Madaniyat vazirligi

III. Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan koʻrgazma uchun maxsus katalog nashr etish, Mukofot va Koʻrgazmani keng targʻib etish

15.

Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlari va xalqaro mutaxassislar ishtirokida katalog uchun maxsus maqolalar tayyorlash.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamgʻarma,

Fanlar akademiyasi

16.

Katalogning umumiy dizaynini va maxsus fotosuratlarni tayyorlash.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamgʻarma,

Fanlar akademiyasi

17.

Katalogni xalqaro nashriyot uyi bilan birgalikda chop etishni taʼminlash.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamgʻarma,

Fanlar akademiyasi

18.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan badiiy, multiplikatsion va toʻliq metrajli hujjatli filmlar yaratish.

Bunda:

film ssenariysi, eskizlar va boshqa materiallarni tayyorlash, ularga asosan filmlarni yaratish;

filmlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng namoyish qilish.

2023 — 2025-yillar davomida

Jamgʻarma,

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi,

Kinematografiya agentligi

19.

Koʻrgazma va uning doirasidagi boshqa tadbirlarni mahalliy va xalqaro darajada yoritish.

Koʻrgazmaga tashrif buyurgan taniqli shaxslar ishtirokida intervyular tashkil qilish.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamgʻarma,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 07/23/286/0656-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)