Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 23-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1806-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-son “Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22-apreldagi 41-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1806, 2008-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 178-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-iyul,
67-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2023-yil 13-iyul
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2023-yil 24-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 67-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) toʻlov qobiliyati normativlarini va ularni aniqlash tartibini, sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) aktivlarini joylashtirishga oid, shuningdek, qayta sugʻurta operatsiyalariga oid talablarni belgilaydi.”.
2. 2-bandda:
a) uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
qayta sugʻurta shartnomasi — sugʻurtalovchi oʻzining sugʻurta shartnomasiga doir barcha majburiyatlarini yoki ularning bir qismini qayta sugʻurtalovchiga qaysi shartnomaga muvofiq oʻtkazsa oʻsha shartnoma;”;
b) beshinchi, oltinchi, oʻn yettinchi va yigirma ikkinchi xatboshilardagi “(qayta sugʻurta qilish)” degan soʻzlar “(qayta sugʻurta)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qayta sugʻurta — sugʻurta shartnomasi boʻyicha qabul qilingan sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash tavakkalchiligini boshqa sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) bilan tuzilgan qayta sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan toʻliq yoki qisman sugʻurta qilish;”;
g) toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qayta sugʻurtalovchi — boshqa sugʻurta tashkilotidan qayta sugʻurta qilish uchun sugʻurta tavakkalchiliklarini qabul qiladigan sugʻurta yoki qayta sugʻurta tashkiloti;”.
3. 5-banddagi “qayta sugʻurta qilish” degan soʻzlar “qayta sugʻurta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 8-bandning birinchi xatboshisidagi “qayta sugʻurta qilish” degan soʻzlar “qayta sugʻurta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 9-bandning birinchi xatboshisidagi “(qayta sugʻurta qilish)” degan soʻzlar “(qayta sugʻurta)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “(qayta sugʻurta qilish)” degan soʻzlar “(qayta sugʻurta)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 12-bandning “b” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “(qayta sugʻurta qilish)” degan soʻzlar “(qayta sugʻurta)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 14-bandda:
oltinchi xatboshi “aksiyadorlarga” degan soʻzdan keyin “, lizing tashkilotlariga (moliyaviy yordam)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “(qayta sugʻurta qilish)” degan soʻzlar “(qayta sugʻurta)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. 16-bandning birinchi xatboshisidagi “qayta sugʻurta qilish” degan soʻzlar “qayta sugʻurta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 24-band “aksiyadorlari” degan soʻzdan keyin “, lizing tashkilotlari (moliyaviy yordam)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
11. 25 va 31-bandlardagi “Davsugʻurtanazoratni” degan soʻzlar “vakolatli davlat organini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 5-bobning nomidagi “Qayta sugʻurta qilish” degan soʻzlar “Qayta sugʻurta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 33-bandning “a” va “b” kichik bandlaridagi “qayta sugʻurta qilish” degan soʻzlar “qayta sugʻurta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 34-banddagi “(qayta sugʻurta qilish)” degan soʻzlar “(qayta sugʻurta)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 36-banddagi “qayta sugʻurta qilish” va “Davsugʻurtanazoratga” degan soʻzlar tegishli ravishda “qayta sugʻurta” va “vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 37-banddagi “qayta sugʻurta qilish” degan soʻzlar “qayta sugʻurta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 42-banddagi “qayta sugʻurta qilish” degan soʻzlar “qayta sugʻurta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 43 — 47-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
20. 48-banddagi “tugatiladi” degan soʻz “bekor qilinadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 49-bandda:
birinchi xatboshidagi “qayta sugʻurta qilish” va “Davsugʻurtanazorat” degan soʻzlar tegishli ravishda “qayta sugʻurta” va “vakolatli davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davsugʻurtanazoratga” degan soʻzlar “vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan mazkur Nizomda belgilangan normativ va talablarga rioya qilinmagan, belgilangan muddatda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi vakolatli davlat organi koʻrsatmasi bajarilmagan taqdirda, sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) litsenziyasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.”.
23. 1-ilovada:
kirish qismidagi “faqat qayta sugʻurta qilish” degan soʻzlar “faqat qayta sugʻurta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5, 6, 7, 10, 12 va 23-pozitsiyalardagi “(qayta sugʻurta qilish)” degan soʻzlar “(qayta sugʻurta)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21-pozitsiya “aksiyadorlarga” degan soʻzdan keyin “, lizing tashkilotlariga (moliyaviy yordam)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
24-pozitsiyadagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
24. 2-ilovada:
6, 7, 9, 10 va 25-pozitsiyalardagi “(qayta sugʻurta qilish)” degan soʻzlar “(qayta sugʻurta)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23-pozitsiya “aksiyadorlarga” degan soʻzdan keyin “, lizing tashkilotlariga (moliyaviy yordam)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
26-pozitsiyadagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
25. 3-ilovaning 8-pozitsiyasi “aksiyadorlari” degan soʻzdan keyin “, lizing tashkilotlari (moliyaviy yordam)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
26. 6-ilovaning nomi va 1-jadvali 5-pozitsiyasidagi “qayta sugʻurta qilish” degan soʻzlar “qayta sugʻurta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2023-y., 10/23/1806-5/0652-son)