4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 10-iyuldagi 3344-IV-sonli qaroriga
ILOVA| T/r | Ustuvor vazifalar | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish shakli | Amalga oshirish xarajatlari | Bajarish muddati | Nazorat uchun masʼullar | Masʼul ijrochilar | |
| Qonunchilik palatasi qoʻmitalari, komissiyalari, deputatlari | Parlament tadqiqotlari instituti, Qonunchilik palatasi Devoni | |||||||
| I. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar | ||||||||
| Ia. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni muvofiqlashtirish | ||||||||
| | Qonunchilik palatasining Konstitutsiyada belgilangan mutlaq vakolatlarini amalga oshirish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish. | 1. Qonunchilik palatasiga oid qonun hujjatlariga uning quyidagi mutlaq vakolatlarini kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi hisobotini koʻrib chiqish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullash; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish; Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari boʻyicha har yilgi maʼruzasini eshitish; davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish. 2. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan kelishish. 3. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Qonunchilik palatasiga kiritish choralarini koʻrish. | Qonun loyihasi | - | 1-avgust | A. Qodirov | J. Shirinov | B. Radjabov, F. Kim, A. Xojimatov |
| | Qonunlarni qabul qilishning yangi tartibini amaldagi qonunchilikda belgilash. | Qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda: Qonun Senat tomonidan 60 kun ichida koʻrib chiqilishi; Senat qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida 60 kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilishi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni 60 kun ichida imzolashiga oid normalarni nazarda tutish. | Qonun loyihasi | - | iyul | A. Qodirov | J. Shirinov | B. Radjabov, F. Kim, A. Xojimatov |
| | Parlament tekshiruvi institutini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish. | 1. Parlament tekshiruvini oʻtkazishning aniq tartibini belgilashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda parlament tekshiruvi mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qarori bilan oʻtkazilishini nazarda tutish. 2. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan kelishish. 3. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Qonunchilik palatasiga kiritish choralarini koʻrish. | Qonun loyihasi | - | 15-sentabr | A. Qodirov | J. Shirinov | B. Radjabov, F. Kim, A. Xojimatov |
| | Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining Spikeri, Senati Raisi, Markaziy saylov komissiyasi raisi boʻlishi mumkin emasligini qonunchilikda mustahkamlash. | 1. Ushbu masala yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish v� qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. 2. Qonun loyihasini tegishli tashkilotlar hamda Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan kelishish. 3. Ushbu qonun loyihasini belgilangan tartibda Qonunchilik palatasiga kiritish choralarini koʻrish. | Qonun loyihasi | - | 1-avgust | A. Qodirov | J. Shirinov | B. Radjabov, F. Kim, A. Xojimatov |
| | Qonunchilik takliflarini ilgari surish tartibini joriy qilish. | 1. Qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish va koʻrib chiqish tartibini belgilashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan kelishish. 3. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Qonunchilik palatasiga kiritish choralarini koʻrish. | Qonun loyihasi | - | 15-avgust | - | J. Shirinov, Sh. Bafayev | B. Radjabov, F. Kim, A. Xojimatov, B. Sultonov |
| | “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish. | 1. Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, bolaning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻliq rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish. 2. Qonun loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarida koʻrib chiqilishini taʼminlash. 4. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritish. | Qonun loyihasi | - | oktyabr | A. Saidov | Sh. Bafayev, F. Eshmatova, A. Yunusova | B. Radjabov, F. Kim, B. Sultonov |
| | Oʻzbekistonning tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshirishini qonuniy mustahkamlash. | 1. Oʻzbekiston va jahon hamjamiyati, qoʻshni davlatlar bilan doʻstona munosabatlarni “davlatlarning hududiy yaxlitligi” va “tinchliksevar tashqi siyosat” prinsiplar asosida rivojlantirishga doir konstitutsiyaviy normalarni Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. 2. Qonun loyihasini tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan kelishish. 3. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Qonunchilik palatasiga kiritish choralarini koʻrish. | Qonun loyihasi | - | 10-sentabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | B. Radjabov, F. Kim, A. Xudayberdiyev |
| | Oʻrta va uzoq istiqbolli demokratik davlatni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. | 1. Oʻrta va uzoq istiqbolli demokratik davlatni rivo�lantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqish. 2. Loyihani Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi demokratik davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi muhokamasiga kiritish va maromiga yetkazish. 3. Konsepsiya loyihasini Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor gʻoyalarini roʻyobga chiqarish va normalarini hayotga tatbiq etish boʻyicha Davlat komissiyasiga kiritish. | Konsepsiya loyihasi | - | 1-dekabr | - | Sh. Bafayev | B. Radjabov, V. Davlyatov, F. Kim, B. Sultonov |
| Ib. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish | ||||||||
| | Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy sharhini tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy sharhini tayyorlashga doir takliflar ishlab chiqish. 2. Takliflarni Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy sharhini tayyorlash boʻyicha tahrir kengashiga taqdim etish. | Takliflar | - | 1-noyabr | A. Saidov | J. Shirinov, Sh. Nazarov | B. Radjabov, A. Xojimatov, B. Karimov |
| | Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishga doir targʻibot tadbirlarini tashkil etish. | 1. Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovchilarga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining �ohiyati va ahamiyatini tushuntirish borasidagi ishlarini tashkil etish. 2. Deputatlar tomonidan oʻz saylov okruglarida mahalliy Kengashlar deputatlari bilan birgalikda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati hamda ahamiyatini keng jamoatchilikka, ayniqsa, yoshlarga yetkazish. | Tashkiliy-amaliy tadbirlar | - | II yarim yillik davomida | A. Xaitov, A. Qodirov, Z. Ibragimova, U. Inoyatov, X. Gapporov | - | Rahbariyat huzuridagi kotibiyatlar referentlari |
| | Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirishga doir normalar mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazish. | Davra suhbati | - | iyul | A. Qodirov | J. Shirinov | A. Xojimatov | |
| | “Parlament nazorati mexanizmlarini kuchaytirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | Davra suhbati | - | noyabr | A. Saidov | Sh. Bafayev | B. Sultonov | |
| | Xalqaro tadbirlar, parlamentlararo doʻstlik guruhlari yigʻilishlari hamda parlamentlararo tashriflar chogʻida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini mazmun-mohiyatini tushuntirish. | Parlamentlararo doʻstlik guruhlari yigʻilishlarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida maʼlumot berib borish. | Doʻstlik guruhlari yigʻilishlari | - | II yarim yillik davomida | A. Saidov | Doʻstlik guruhlari rahbarlari | A. Xudayberdiyev |
| | Xalqaro tadbirlar va parlamentlararo rasmiy tashriflar chogʻida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarining mohiyati va ahamiyati haqida maʼlumot berish. | - | - | II yarim yillik davomida | A. Saidov | D. Fayziyeva | A. Xudayberdiyev | |
| | Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari yoritish boʻyicha ishlarni amalga oshirish. | 1. Qonunchilik palatasi deputatlarining yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tahliliy maqolalarini Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida, markaziy OAVda hamda siyosiy partiyalar nashrlarida keng yoritib borish. 2. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir moddasiga qisqacha sharh tayyorlagan holda Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida videoroliklar tayyorlash va Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida keng yoritilishini taʼminlash. | Tahliliy maqolalar, videoroliklar | - | II yarim yillik davomida | O. Tojiyev, A. Xaitov, A. Qodirov, Z. Ibragimova, U. Inoyatov, X. Gapporov | Qonunchilik palatasining barcha qoʻmitalari raislari | R. Umarov, M. Parmonova |
| II. Qonun ijodkorligi faoliyati | ||||||||
| | Sudlarga jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasi bilan birga himoyachining fikri ham qabul qilinishi boʻyicha qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 1. Takliflarda dastlabki va sud tergovidagi himoyachi-advokatning huquqlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish imkoniyatlarini birxillashtirish maqsadida unga dastlabki tergov yakuni boʻyicha tuziladigan ayblov xulosasiga “himoya fikri” himoyachi va ayblanuvchi tomonidan imzolanishini hamda jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyilishini qatʼiy belgilash nazarda tutilgan. 2. Takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kiritish. | Takliflar | - | iyul | A. Qodirov | J. Shirinov | A. Xojimatov |
| | Sudlarda sarsongarchiliklarni oldini olish, adolatli hukm va qaror chiqarish boʻyicha viloyat sudlarining vakolat va masʼuliyatini oshirish yuzasidan amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash. | Takliflar quyidagilarni nazarda tutish: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida ish hajmini optimallashtirish, sud qarorlari ustidan shikoyat qilish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ishlarni koʻrish muddatlari buzilishi oldini olish, sudyalarning ish sifatini yaxshilash; 2. Ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish vakolatini ham oʻrta boʻgʻin — viloyat sudlariga berish orqali ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish. 3. Takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kiritish. | Takliflar | - | avgust | A. Qodirov | J. Shirinov | A. Xojimatov |
| | Qoʻmitalarni nazorat-tahlil jarayonlariga yanada kengroq jalb etilishini taʼminlash. | 1. Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga hukumat aʼzolarining va davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish tashabbusini kiritish huquqini berish boʻyicha ishlab chiqilgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarida muhokama etilishini tashkil etish. 2. Ushbu qonun loyihasini Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritish. | Qonun loyihasi | - | oktyabr | A. Qodirov | J. Shirinov | A. Xojimatov |
| | Qonun ijodkorligi faoliyatining ayrim bosqichlarini raqamlashtirish. | 1. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritilgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kirim qilishning elektron tizimini joriy etish. Bunda elektron dastur qonun loyihasiga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda, uni qabul qilmasligi hamda bu haqda tashabbuskor subyektga xabar berishi nazarda tutiladi. | Amaliy chora-tadbirlar | dekabr | A. Qodirov | I. Abdullayev | A. Saribayev, A. Nematullayev | |
| 2. Qonun ijodkorligi faoliyatining ayrim bosqichlarini avtomatlashtirishni taʼminlovchi elektron dasturlar majmuasini yaratish boʻyicha tegishli choralar koʻrish. | 1,9 mlrd soʻm | |||||||
| 3. Qonun loyihalari muhokamasini keng jamoatchilik bilan internet portalida masofaviy muhokama qilish va ularning takliflarini olish boʻyicha axborot tizimini yaratish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish (kraudsorsing). | 1,9 mlrd soʻm | |||||||
| | Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, muhim soha va tarmoqlarda aniqlangan huquqiy kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qo�un loyihalarini ishlab chiqish. | 1. Qonunchilik palatasining barcha qoʻmitalari tomonidan oʻzlarining faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, joylardagi tizimli muammolarni, saylovchilar tomonidan koʻtarilgan dolzarb masalalarni huquqiy jihatdan hal qilish hamda huquqni qoʻllash amaliyotidagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish. 2. Qonun loyihalari yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflarini olish hamda Qonunchilik palatasi Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritish. 3. Ushbu qonun loyihalarini deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish choralarini koʻrish. | Qonun loyihalari | - | II yarim yillik davomida | A. Xaitov, A. Qodirov Z. Ibragimova U. Inoyatov, X. Gapporov | Qonunchilik palatasining barcha qoʻmitalari raislari | B. Radjabov, V. Davlyatov, F. Kim, T. Eshnazarov, Qoʻmitalar huzuridagi kotibiyatlar katta referentlari |
| III. Parlament nazorati faoliyati samaradorligini yanada oshirish | ||||||||
| | Qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini qoʻmitalar tomonidan nazorat-tahlil tartibida hududlarga chiqib oʻrganish hamda aniqlangan kamchiliklarni vazirlik va idoralar bilan birgalikda hal etish choralarini koʻrish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-262-sonli qarori ijro etilishi holatini Navoiy viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. | Nazorat-tahlil tadbirlari | - | iyul | A. Xaitov | R. Mamutov | A. Egamqulov |
| | Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ijro etilishi holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. | - | iyul | A. Qodirov | I. Abdullayev | A. Nematullayev | ||
| | “Ichki yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash holatini Jizzax viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining axborotini qoʻmita majlisida eshitish. | - | avgust | A. Xaitov | N. Jumayev | D. Normuradov | ||
| | Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshirayotgan ishlar ho�atini oʻrganish. | - | avgust | A. Qodirov | I. Abdullayev | A. Nematullayev | ||
| | Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining ijro etilishi holatini Fargʻona va Andijon viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. | - | oktyabr | A. Saidov | Sh. Bafayev | B. Sultonov | ||
| | Oʻzbekiston Respublikasining “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijro etilishi holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. | - | oktyabr | Z. Ibragimova | E. Salixov | J. Toxtayev | ||
| | Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimida ijro etilishi holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. | - | oktyabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | A. Xudayberdiyev, D. Abdullayev | ||
| | Mahalliy Kengashlardagi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyalarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish borasidagi faoliyatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. | - | noyabr | A. Qodirov | J. Shirinov | A. Xojimatov | ||
| | Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni ijro etilishi holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish. | - | noyabr | A. Xaitov | I. Abdullayev | A. Nematullayev | ||
| | Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-bobining (Oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash) normalari ijro etilishi holatini nazorat-tahlil tartibida Namangan va Samarqand viloyatlari misolida oʻrganish. | - | dekabr | X. Gapporov | X. Gapporov | X. Xojimurodov | ||
| | “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” Davlat dasturining bajarilishini tumanlar, shaharlar va mahallalarga borib oʻrganish, masʼul davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish. | Joylarda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” Davlat dasturining ijrosini taʼminlash borasidagi ishlarni deputatlarning saylov okruglariga chiqishlari davomida tumanlar, shaharlar va mahallalarga borib oʻrganish, fraksiyalar, qoʻmitalar majlislarida dasturda belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha mansabdor shaxslarning axborotini eshitib borish. | Amaliy-chora tadbirlar | - | II yarim yillik davomida | A. Xaitov, A. Qodirov, Z. Ibragimova, U. Inoyatov, X. Gapporov | Fraksiyalar rahbarlari, barcha qoʻmitalar raislari | Qonunchilik palatasi rahbariyati huzuridagi kotibiyatlar referentlari |
| | Har yili ajratilgan subsidiyalardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan subsidiya taqdim etuvchi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotini eshitish amaliyotini joriy etish. | 1. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan subsidiya taqdim etuvchi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotini eshitish amaliyotini joriy etish. 2. Subsidiya taqdim etuvchi vazirlik va idoralardan taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qilish. 3. Qoʻmita majlisida har yili ajratilgan subsidiyalardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan subsidiya taqdim etuvchi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotini eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | 1-dekabr | A. Xaitov, U. Inoyatov | Sh. Nazarov, M. Xodjayeva | B.Karimov, B. Toʻxtayev |
| | Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni tegishli vazirlik va idoralar ishtirokida muhokama qilib borish, ularning yechimi boʻyicha tegishli choralar koʻrish. | 1. Tanlov asosida hududlardagi mavjud bozorlar, ulardagi savdo oʻrinlari, avtoturargohlar, ularning holati, bozorlar orqali 2021 — 2023-yillarda kelib tushgan mablagʻlar tahlili, zarar koʻrib ishlayotgan va oʻzini mablagʻ bilan taʼminlay olmayotgan bozorlar holatini va bu boradagi mavjud muammolarni nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. 2. Oʻrganish yakunlarini, mavjud muammolar va ularni hal qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning axborotini qoʻmita majlisida eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | noyabr | A. Xaitov | N. Jumayev | D.Normuradov |
| | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Respublika boʻyicha viloyat, tuman, shaharlar bosh rejalarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi holati hamda bu boradagi mavjud muammolarning hal etilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmita majlisida eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | avgust | A. Xaitov | N. Jumayev | D.Normuradov | |
| | Kommunal sohada, xususan, joriy yilda aholini ichimlik suvi va issiq suv bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kommunal sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi ustuvor vazifalar boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining hududlar kesimidagi axborotini qoʻmita majlisida eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | noyabr | A. Xaitov | N. Jumayev | D.Normuradov | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Xalqaro munosabatlar doirasida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan “Yoʻl xarita”lari ijro etilishi holati toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitaning kengaytirilgan majlisida eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | noyabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | A. Xudayberdiyev | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi fuqarolari murojaatlarida koʻtarilgan masalalar qay darajada hal etilayotganligi toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitaning kengaytirilgan majlisida eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | dekabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | A. Xudayberdiyev, D. Abdullayev | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirligining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmita majlisida eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | oktyabr | A. Xaitov | N. Jumayev | D. Normuradov | |
| | Taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatish. | Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi, taʼlim sifatini oshirish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarining holati toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmita yigʻilishida eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | oktyabr | A. Qodirov | E. Zaxidov | R. Tursunov |
| | Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish yakunlarini qoʻmita majlisida muhokama qilish, mutasaddi rahbarlarning axborotini eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | iyul | A. Qodirov | J. Shirinov | A. Xojimatov |
| 2. Eshituv yakunlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda tegishli sohalarda mavjud korrupsion holatlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. | Takliflar | |||||||
| | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi milliy maʼruzasi yuzasidan axborotini dastlab Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasida, soʻngra Qonunchilik palatasi majlisida eshitish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | II yarim yillikda | A. Qodirov | J. Shirinov | A. Xojimatov | |
| | Hukumat aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar, shuningdek qonunlar va davlat dasturlari ijrosini taʼminlash borasidagi ishlar yuzasidan axborotini eshitish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasining bajarilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masalasi yuzasidan deputatlarning savollariga javobini eshitish. | Hukumat soati bayoni | - | iyul | A.Xaitov | R. Mamutov | A.Egamqulov |
| | Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan Konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | avgust | A. Xaitov | R. Mamutov | A. Egamqulov | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” Strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirayotgan ishlar yuzasidan axborotini qoʻmita majlisida eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | sentyabr | A. Qodirov | I. Abdullayev | A. Nematullayev | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan axborotini qoʻmita majlisida eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | dekabr | A. Qodirov | I. Abdullayev | A. Nematullayev | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | dekabr | U. Inoyatov | E. Salixov | J. Toxtayev | |
| | Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturi hamda uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Jahon taʼlim dasturining toʻrtinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturi va “Yoʻl xaritasi”ning ijro holati yuzasidan Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan maʼlumotni oʻrganish. 2. Qoʻmita majlisida Inson huquqlari sohasidagi Jahon taʼlim dasturining toʻrtinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiyaning Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturi va “Yoʻl xaritasi”ning ijro holati boʻyicha axborotini eshitish. | Qoʻmita qarori | - | 1-avgust | A. Saidov | Sh. Bafayev | B. Sultanov |
| | Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi hamda boshqa masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborish institutidan samarali foydalanish. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosariga “Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida” parlament soʻrovini yuborish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | avgust | Z. Ibragimova | E. Salixov | J. Toxtayev |
| | Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziriga “Mamlakatimizda energetik barqarorlikni taʼminlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovi yuborish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | avgust | X. Gapporov | X. Gapporov | X. Hojimurodov | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziriga “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovi yuborish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | sentyabr | A. Xaitov | N. Jumayev | D. Normuradov | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziriga “Respublika aholi yashash punktlarini telekommunikatsiya xizmatlari bilan qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan” parlament soʻrovi yuborish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | oktyabr | A. Qodirov | I. Abdullayev | A. Nematullayev | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziriga “Hududlarda aholi bandligini taʼminlash boʻyicha dasturlarning ijrosini taʼminlash shuningdek, ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovi yuborish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | noyabr | U. Inoyatov | M. Xodjayeva | B. Toʻxtayev | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan parlament soʻrovi yuborish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | noyabr | A. Qodirov | J. Shirinov | A. Xojimatov | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari A. Saʼdullayevga “Nogironligi boʻlgan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovi yuborish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | dekabr | A. Saidov | Sh. Bafayev | B. Sultanov | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J. Kuchkarovga “Banklarni transformatsiyalash jarayonini tezlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovi yuborish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | dekabr | A. Xaitov | Sh. Nazarov | B. Karimov | |
| | Davlat budjeti ijrosining borishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish. | Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan davlat va xoʻj�lik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotlarini eshitib borish. | Qoʻmitalar qarorlari loyihalari | - | II yarim yillik davomida | A. Xaitov, A. Qodirov Z. Ibragimova | Sh. Nazarov, N. Jumayev, E. Zaxidov, E. Borisova | B. Karimov, D. Normuradov, R. Tursunov, N. Aytjanova, T. Eshnazarov |
| | Soliq qoʻmitasi va Bojxona qoʻmitasining Davlat budjeti daromadlari prognozi toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, qoʻllanilgan soliq va bojxona imtiyozlarining samaradorligi toʻgʻrisidagi axborotini qoʻmita majlisida eshitish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | II yarim yillik davomida | A. Xaitov | Sh. Nazarov | B. Karimov | |
| | Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish. | Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2023-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish. | Qoʻmita qarori loyihasi | - | sentyabr — noyabr | A. Xaitov | Sh. Nazarov | T. Eshnazarov, B. Karimov |
| Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2023-yil toʻqqiz oydagi ijrosi toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish. | ||||||||
| | Hisobotlarni fraksiyalarda dastlabki tarzda muhokamasini tashkil etish. Hisobotlarni Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqish hamda tegishli qaror bilan tasdiqlash. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | |||||
| | Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning borishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish, xususan, sohada mavjud kamchiliklarni joyiga chiqib, aholining fikri asosida oʻrganish hamda ularga mutasaddi idoralar bilan birgalikda yechim topish. | Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Sogʻliqni saqlash sohasiga oid islohotlarning amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida”gi axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | avgust | U. Inoyatov | E. Borisova | N. Aytjanova |
| | Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 7, 9, 10-moddalarining ijrosi holatini Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. | Nazorat-tahlil tadbiri | - | sentyabr | U. Inoyatov | E. Borisova | N. Aytjanova | |
| | Oʻzbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni 7, 9, 11, 18-moddalarining ijrosi holatini Buxoro va Xorazm viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. | - | oktyabr | U. Inoyatov | E. Borisova | N. Aytjanova | ||
| | Toshkent shahrida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. | - | dekabr | U. Inoyatov | E. Borisova | N. Aytjanova | ||
| | Aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish. | Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini, shuningdek 2023-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturlari doirasida ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini Andijon viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. | Nazorat-tahlil tadbiri | - | avgust | U. Inoyatov | M. Xodjayeva | B. Toʻxtayev |
| | 2023-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturlari doirasida ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini Jizzax va Sirdaryo viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. | - | sentyabr | U. Inoyatov | M. Xodjayeva | B. Toʻxtayev | ||
| | BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatish. | 1. Mazkur masala yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarning axborotini qoʻmitalar majlislarida eshitib borish. 2. Eshituvlarda har bir qoʻmita oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish hamda 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning bajarilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish. 3. Tahlil natijalariga koʻra zarur taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda ushbu masala yuzasidan qoʻmita qarorini qabul qilish. | Qoʻmitalar qarorlari loyihalari | - | avgust | A. Xaitov | N. Jumayev | D. Normuradov |
| | avgust | X. Gapporov | X. Gapporov | X. Hojimurodov | ||||
| | sentyabr | A. Qodirov | E. Zaxidov | R. Tursunov | ||||
| | oktyabr | A. Xaitov | R. Mamutov | A. Egamqulov | ||||
| | noyabr | A. Xaitov | Sh. Nazarov | B. Karimov | ||||
| IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyatini tashkil etish | ||||||||
| | Qonunchilik palatasi deputatlarining har oy oxirgi haftasida saylov okruglariga chiqib, aholi va saylovchilar muammolarini oʻrganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish borasidagi faoliyatini yanada samarali tashkil qilish. | 1. Deputatlarni saylov okruglariga chiqishdan oldin zarur axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlash. 2. Saylov okruglarida deputatlarning aholi bilan muloqotlarini sifatli va samarali tashkil etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish. 3. Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati yakunlarini umumlashtirish hamda mazkur masala yuzasidan tegishli statistik koʻrsatkichlar va axborot tayyorlash. 4. Umumlashtirilgan statistik koʻrsatkichlar va axborotni Qonunchilik palatasi Kengashiga kiritish. | Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | - | har oyning oxirgi haftasi | A.Xaitov, A. Qodirov, Z. Ibragimova U. Inoyatov, X. Gapporov | - | Rahbariyat huzuridagi kotibiyat Tashkiliy-ishlar va kadrlar boʻlimi Nazorat-tahlil boʻlimi |
| | Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati ustidan doimiy nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalar qay darajada hal etilayotganligi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish. Bunda faoliyati yuzasidan eng koʻp murojaat kelib tushayotgan vazirliklar va idoralar rahbarlarining axborotini eshitishga ustuvor ahamiyat qaratish. | Qoʻmitalar qarorlari loyihasi | - | iyul | A. Xaitov | N. Jumayev | D. Normuradov |
| sentyabr | A. Qodirov | J. Shirinov | A. Xojimatov | |||||
| | oktyabr | A. Saidov | Sh. Bafayev | B. Sultonov | ||||
| | noyabr | U. Inoyatov | E. Borisova | N. Aytjanova | ||||
| | noyabr | A. Qodirov | I. Abdullayev | A. Nematullayev | ||||
| | dekabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | D. Abdullayev | ||||
| | 2. Qonunchilik palatasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan Qonunchilik palatasi Kengashida axborot berish. | Kengash qarori loyihasi | - | iyul, oktyabr | X. Gapporov | X. Gapporov | F. Kuvatov, X. Hojimuradov | |
| V. Xalqaro parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar | ||||||||
| | Xalqaro parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashriflarni tashkil etish. | Vengriya Milliy assambleyasi bosh direktori D.Suxning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etishga doir chora-tadbirlarni koʻrish. | Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | - | sentyabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | A. Xudayberdiyev |
| | Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi Raisi E. Koshanovning Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifini yuqori saviyada tashkil etishga doir chora-tadbirlarni koʻrish. | Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | - | oktyabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | A. Xudayberdiyev | |
| | Xalqaro parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida xorijiy davlatlarga rasmiy tashriflarni tashkil etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifini yuqori saviyada tashkil etishga doir chora-tadbirlarni koʻrish. | Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | - | oktyabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | A. Xudayberdiyev |
| | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi delegatsiyasining Vengriyaga rasmiy tashrifini yuqori saviyada tashkil etishga doir chora-tadbirlarni koʻrish. | Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | - | oktyabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | A. Xudayberdiyev | |
| | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi delegatsiyasining Malayziyaga rasmiy tashrifini yuqori saviyada tashkil etishga doir chora-tadbirlarni koʻrish. | Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | - | oktyabr-noyabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | A.Xudayberdiyev | |
| VI. Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” faoliyatini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar | ||||||||
| | Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” faoliyatini yanada takomillashtirish. | Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” aʼzolarining vazirlik va idoralar bilan oʻzaro ijtimoiy hamkorlik tamoyillari asosida ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda: | Takliflar | - | har oyning 25 sanasiga qadar | O. Tojiyev | M. Valiyev, Sh. Joldasova | A. Egamqulov |
| 1. Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” aʼzolarining vazirlik va idoralarda yoshlar bilan ishlash, yosh xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish, yoshlarga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik monitoringini amalga oshirish. 2. Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar, hokimliklar, sektor rahbarlari tomonidan joylarda yoshlar bilan ishlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taklif kiritib borish nazarda tutiladi. | doimiy | |||||||
| | Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” aʼzolarining siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish. | Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” aʼzolarining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan uchrashuvlarini tashkil etish. | Amaliy-chora tadbirlar | - | II yarim yillik davomida | O. Tojiyev, A. Xaitov, A. Qodirov, Z. Ibragimova, U. Inoyatov, X. Gapporov | M. Valiyev, Sh. Joldasova | A. Egamqulov, Qonunchilik palatasi rahbariyati huzuridagi kotibiyatlar referentlari |
| | Yoshlar ishlari boʻyicha komissiyaning oʻtgan davrdagi faoliyatini tahlil qilish va takliflar tayyorlash. | Yoshlar ishlari boʻyicha komissiyaning oʻtgan davrdagi faoliyati boʻyicha axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish. Komissiyaning faoliyatini yanada kuchaytirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga koʻmaklashish yuzasidan takliflar tayyorlash. | Qonunchilik palatasi qarori loyihasi | - | iyul | O. Tojiyev | M.Valiyev, Sh.Joldasova | A. Egamqulov |
| | “Qonun ijodkorligida yoshlarning oʻrni” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | Davra suhbati | - | oktyabr | O. Tojiyev | M.Valiyev, Sh.Joldasova | A. Egamqulov | |
| VII. Konferensiya, uchrashuv va boshqa tashkiliy tadbirlar | ||||||||
| | Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, soʻnggi yillarda muhim soha va tarmoqlarda erishilgan yutuqlar mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishga bagʻishlangan tadbirlari oʻtkazish. | “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Hukumat oʻrtasidagi munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya. | ilmiy-amaliy konferensiya | - | avgust | A. Qodirov | J. Shirinov | A. Xojimatov, V. Davlyatov |
| | “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — aholi salomatligini asrash borasidagi islohotlarga asos” mavzusida davra suhbati. | Davra suhbati | - | avgust | U. Inoyatov | E. Borisova | N. Aytjanova | |
| | “Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda rivojlanish istiqbollari” mavzusida davra suhbati. | Davra suhbati | - | avgust | A. Xaitov | N. Jumayev | D. Normuradov | |
| | “Oʻzbekiston Respublikasi tinchliksevar tashqi siyosatining konseptual-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati. | Davra suhbati | - | sentyabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | A. Xudayberdiyev | |
| | 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozlar hurmati — ajdodlarimiz merosi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir. | Tadbir | - | sentyabr | A. Qodirov | E. Zaxidov | R. Tursunov | |
| | “Qon preparatlaridan xavfsiz va sifatli dori vositalarini tayyorlash va uning huquqiy asoslari” mavzusida seminar. | Seminar | - | sentyabr | U. Inoyatov | E. Borisova | N. Aytjanova | |
| | 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan “Til — millat ruhi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir. | Tadbir | - | oktyabr | A. Qodirov | E. Zaxidov | R. Tursunov | |
| | 18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Davlat bayrogʻi — baxt va iftixorimiz timsoli” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir. | Tadbir | - | noyabr | A. Qodirov | E. Zaxidov | R. Tursunov | |
| | “Geografik koʻrsatkichlar — tadbirkorlikni rivojlantirishning yangi drayveri” mavzusida seminar. | Seminar | - | oktyabr | A. Qodirov | I. Abdullayev | A. Nematullayev | |
| | “Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi murosasiz boʻlishlari davr talabi” mavzusida seminar. | Seminar | - | noyabr | O. Tojiyev | J. Shirinov M. Valiyev | A. Xojimatov | |
| | 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlamentning roli” mavzusida davra suhbati. | Davra suhbati | - | dekabr | A. Qodirov | J. Shirinov | A. Xojimatov | |
| | 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari huquqlari davlat himoyasida” mavzusida davra suhbati. | Davra suhbati | - | noyabr | A. Qodirov | M. Xodjayeva | B. Toʻxtayev | |
| | “Qishloq xoʻjaligi sohasi tarmoqlarida ilmiy yondashuvni taʼminlashning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | Davra suhbati | - | noyabr | A. Xaitov | R. Mamutov | A. Egamqulov | |
| | 5-dekabr — Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Tuproq unumdorligini saqlashda ilmiy yondashuv” mavzusida seminar. | Seminar | - | dekabr | A. Xaitov | R. Mamutov | A. Egamqulov | |
| | Qonunchilik palatasi qoʻmitalari ishidan jamoatchilikni doimiy xabardor qilish, ular faoliyatining ochiq-oshkoraligini taʼminlash. | 1. Qoʻmitalarning har chorakdagi faoliyati yakuni boʻyicha OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumanlarini tashkil etish. 2. Matbuot anjumanlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash. | Matbuot anjumani | - | iyul, oktyabr | A. Saidov, A. Xaitov, A. Qodirov Z. Ibragimova U. Inoyatov, X. Gapporov, O. Tojiyev | Qonunchilik palatasining barcha qoʻmitalari | Parlament axborot markazi, Qoʻmitalar huzuridagi kotibiyatlar katta referentlari |
| | Qonunchilik palatasi qoʻmitalari masʼuliyatini hamda faoliyati samaradorligini kuchaytirish, ularning saylovchilar oldidagi hisobdorligini yanada oshirish choralarini koʻrish. | 1. Qoʻmitalarning oʻz vakolatlariga taalluqli vazifalarning bajarilishi boʻyicha axborotini Qonunchilik palatasining Kengashida eshitish. 2. Qoʻmitalarning axborotini eshitish yakunlari yuzasidan Qonunchilik palatasi Kengashi qarorini qabul qilish. | Qonunchilik palatasi Kengashi qarori loyihalari | - | iyul | A. Xaitov | Sh. Nazarov | B. Karimov |
| | avgust | U. Inoyatov | E. Borisova | N. Aytjanova | ||||
| | sentyabr | A. Qodirov | I. Abdullayev | A. Nematullayev | ||||
| | oktyabr | A. Saidov | D. Fayziyeva | D. Abdullayev | ||||
| | noyabr | A. Xaitov | N. Jumayev | D. Normuradov | ||||
| | noyabr | U. Inoyatov | M. Xodjayeva | B. Toʻxtayev | ||||
| | dekabr | A. Qodirov | E. Zaxidov | R. Tursunov | ||||
| | Ommaviy axborot vositalari uchun grantlar, ijtimoiy buyurtmalarning soni va miqdorini oshirib borish hamda bu borada alohida tanlovlar oʻtkazish. | Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun grantlar, ijtimoiy buyurtmalarning soni va miqdorini oshirib borish hamda bu borada alohida tanlovlar oʻtkazish. | Parlament komissiyasi qarori loyihasi | - | 1-dekabr | Z. Ibragimova | A. Shadmanov | O. Xusanov, U. Xalbekova |
| | Xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan past koʻrsatkichli indikator va subindikatorlar boʻyicha soha, tarmoq hamda hududlardagi tizimli muammolarni tahlil qilish. | 1. Past koʻrsatkichli indikator va subindikatorlar boʻyicha soha, tarmoq hamda hududlardagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish boʻyicha yillik rejalarni ishlab chiqish 2. Ushbu yillik ish rejani Qonunchilik palatasi Kengashiga kiritish. | Yillik rejalar | - | 1-dekabr | A. Saidov | - | V. Davlyatov |
| | Qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar tadbirlarini (majlislarini) ommaviy axborot vositalarida, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keng va tizimli yoritish ishlarini yanada kuchaytirish. | 1. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, qabul qilinayotgan qonunlar toʻgʻrisidagi axborotni fuqarolarga oddiy va tushunarli tilda yetkazib beruvchi Parl.uz Internet portalini takomillashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 400 mln. soʻm | dekabr | O. Tojiyev, A. Qodirov | I. Abdullayev | A. Saribayev, A. Nematullayev |
| 2. Qonunchilik palatasining faoliyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidan jamoatchilikni doimiy tarzda xabardor qilib borishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish. | 400 mln. soʻm | |||||||
| | “Elektron parlament” konsepsiyasi doirasidagi loyihalarni hayotga izchil tatbiq etish. | 1. Parlament palatalari aʼzolarining saylovchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot olib borishi, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni muhokama qilishi va hal etishi jarayonini raqamlashtirish. 2. Deputatlarni oʻz saylovchilari bilan bogʻlash, ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish, fuqarolar parlamentda muhokama boʻlayotgan har bir masaladan xabardor boʻlishini taʼminlash, saylovchilar bilan “qayta aloqa” qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 400 mln. soʻm | dekabr | A. Qodirov | I. Abdullayev | A. Saribayev, A. Nematullayev |
| 3. Qonunchilik palatasi Kengashining majlisi oʻtkaziladigan zalda E-KENGASN tizimini joriy etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish. | 1,3 mlrd. soʻm | |||||||
| 4. Qonunchilik palatasi elektron hujjat aylanish tizimini takomillashtirish. | 1,2 mlrd. soʻm | |||||||