18.08.2023 yildagi PQ-283-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-83-son qarorining ilovasida ko‘rsatilgan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklari, shuningdek “UzAssets” investitsiya kompaniyasi ustav kapitalidagi davlat aksiya (ulushlari) paketlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilsin.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ikki hafta muddatda 1-ilovaga asosan ro‘yxatga muvofiq tashkilotlar ustav kapitalidagi o‘ziga tegishli davlat aksiya paketlari bo‘yicha aksiyador vakolatlarini amalga oshirish va boshqarish funksiyalarini ishonchnoma asosida cheklanmagan muddatga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga berilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Strategik islohotlar agentligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3. 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Strategik islohotlar agentligining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4. 4, 5 va 6-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5. Ilovaning izoh qismidagi “Strategik islohotlar agentligiga” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.