OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
Qarori
Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 18-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2560-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2017-yil 2-martdagi 116-son “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 17-yanvardagi 22, 1 va 1-son qarori (roʻyxat raqami 2560, 2014-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 8-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-avgust,
22-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-iyul,
31-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-iyul,
35-son
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 3-avgustdagi 22-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 31-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 31-iyuldagi 35-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“haydovchilik guvohnomasi;”.
2. 11-banddagi “2015-yil 24-dekabrdagi 370-son” degan soʻzlar “2022-yil 12-apreldagi 172-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2560-2/0624-son)