1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimiz xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash, zamonaviy qurollangan va qudratli armiyani shakllantirish hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xodimlarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, harbiy yoʻnalishdagi davlat dasturlari ijrosini oʻz vaqtida va samarali tashkil etish, tizimdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar, shu jumladan budjet mablagʻlarini maqsadsiz sarflash holatlarining barvaqt oldini olish ishlarini va ushbu sohadagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan taʼsirchan nazoratni yanada kuchaytirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi PF-272-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy prokuratura organlariga harbiy xizmatga chaqirilgan va harbiy xizmatdan rezervga yoki isteʼfoga boʻshatilgan xodimlarni Bosh prokuraturada harbiy roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy prokuratura organlari xodimlarini yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlashda, olis hududlardagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari bilan gʻoyaviy-tarbiyaviy ishlar olib borishda hamda ularning vatanparvarlik ruhini shakllantirishda faol ishtirok etganligi uchun ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy prokuratura organlari xodimlarini uy-joy bilan taʼminlashda mavjud imtiyozlardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda) 1-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga,” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hamda Harbiy prokuraturaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Harbiy prokuratura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Harbiy prokuratura” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Harbiy prokuraturasining harbiy xizmatga majburlarini roʻyxatga olish tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi, Milliy gvardiya qoʻmondoni va Bosh prokuror tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi organlari va harbiy tuzilmalariga roʻyxatga olish uchun berilgan, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi kadrlari tarkibiga oʻtkazilgan harbiy xizmatga majburlar tegishli vazirliklar va idoralarning roʻyxatida turadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlarida” soʻzlari “, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati va harbiy prokuratura organlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi organlariga roʻyxatga olish uchun berilayotgan harbiy xizmatga majburlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi kadrlari tarkibiga oʻtkazilgan harbiy xizmatga majburlarni harbiy roʻyxatdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va favqulodda vaziyatlar vazirining, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi boshligʻining, Milliy gvardiya qoʻmondonining, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Bosh prokuror, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻidan koʻchirma asosida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Harbiy prokuraturaning harbiy xizmatga majburlarini roʻyxatga olishni tashkil etish va hisobini yuritish tartibi masalalari boʻyicha yoʻriqnomalar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, roʻyxatga olish va hisobot berishning tegishli blanklari tegishliligi boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlaridan keyin “va Harbiy prokuratura” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2018-yil 15-dekabrdagi 1020-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3 va 4-bandlardagi “va Milliy gvardiyasining” soʻzlari tegishlicha “, Milliy gvardiyasi va Bosh prokuraturasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band “Milliy gvardiyasi” soʻzlaridan keyin “Bosh prokuraturasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-banddagi “va Milliy gvardiyasiga” soʻzlari “, Milliy gvardiyasi va Bosh prokuraturasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-banddagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining” soʻzlari “, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-banddagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni” soʻzlari “, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-band va 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va Milliy gvardiyasining” soʻzlari tegishlicha “, Milliy gvardiyasi va Bosh prokuraturasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, shuningdek, tegishli vazirlik, idora va boshqa respublika tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarni koʻrib chiqish.
har yili 1-dekabrga qadar
2-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, shuningdek, tegishli vazirlik, idora va boshqa respublika tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga taklif etilayotgan nomzodlarning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi PQ-898-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasiga taqdim etish.
har yili 10-dekabrga qadar
3-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi
Nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda oʻrganib chiqish va nomzodlar yuzasidan xulosalarni tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Bosh prokuraturasiga yuborish.
har yili 3-yanvarga qadar
4-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Maʼnaviy- maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi buyrugʻini qabul qilish va koʻkrak nishonini tantanali vaziyatda topshirish.
har yili 14-yanvarga qadar
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)