14.08.2023 yildagi 369-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ohangaron Tech Industrial” texnoparki ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlashning texnologik zanjirlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 28-iyundagi PQ-295-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tashkil etilgan mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlashning texnologik zanjirlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 28-iyundagi PQ-295-son qaroriga muvofiq “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki (keyingi oʻrinlarda — Texnopark) ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini taʼminlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan xarajatlarning 50 foiz miqdori, biroq 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan qismi qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni joriy qilish boʻyicha loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarni koʻrsatish (ishlarni bajarish) bilan bogʻliq xarajatlarning 20 foizgacha miqdori Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark ishtirokchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlarini qoplash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark ishtirokchilarining loyihalash, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarini bajarish) bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish loyiha ofisi” davlat muassasasiga (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) Texnopark ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisining Mis sanoati klasteri elektron axborot-interaktiv savdo portalida Texnopark ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid murojaatlarini onlayn qabul qilish va natijalarini qayta yuborish aloqa mexanizmini nazarda tutuvchi elektron tizimni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan birgalikda Texnopark ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga yaqindan koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Texnopark ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan xarajatlarini ushbu qaror bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 369-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Ohangaron Tech Industrial” texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tashkil etilgan mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflagan xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ishchi organ — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish loyiha ofisi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Innovatsion rivojlanish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot portali — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish loyiha ofisining Mis sanoati klasteri boʻyicha yagona elektron axborot-interaktiv savdo portali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark — Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark ishtirokchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tasdiqlangan Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarorga asosan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari — mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini taʼminlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlari (ishlari) — mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini taʼminlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni joriy qilish boʻyicha loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlari (ishlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan xarajatlarni qoplash — mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini taʼminlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan xarajatlarning 50 foiz miqdori, biroq 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash — mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini taʼminlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy qilish boʻyicha loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) bilan bogʻliq xarajatlarning 20 foizigacha miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat — Texnopark ishtirokchisining ilmiy-tadqiqotlar ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan hamda loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish toʻgʻrisidagi murojaati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnopark ishtirokchisining Texnopark hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) faoliyati doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari hamda loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalardagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlarini qoplash uchun asos boʻluvchi hujjatlar, murojaat etish va xarajatlarni qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnopark ishtirokchisi Texnopark hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) faoliyati doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etganligi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanganligi ushbu ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Texnopark ishtirokchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi hamda Texnopark ishtirokchisi boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mis va noyob metalllar xom ashyosini qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni oʻzlashtirganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yaratish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini majburiy sertifikatlash talab etilgan hollarda muvofiqlik sertifikati, shuningdek, zarur hollarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki ekologik ekspertiza xulosasiga ega boʻlishi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalash yoki boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjat talab etilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Texnopark ishtirokchisi ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun axborot portali orqali ishchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) murojaatchi toʻgʻrisida maʼlumot (pochta manzili, STIR, telefon (faks) raqami, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi hamda bankdagi hisobvaraq raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

v) ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarining funksional vazifasi, texnik xususiyati, sifat xususiyatlari, kimyoviy, fizik, mexanik va boshqa xususiyatlari hamda zaruratga koʻra sifatini tasdiqlovchi hujjatlar;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yaratish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (hisobvaraq-faktura, xarajatlar smetasi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishchi organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida murojaat ushbu Nizomning 4 va 5-bandi talablari asosida taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni axborot portali orqali murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga axborot portali orqali soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kunida soʻrovnomani oʻrganib chiqadi va natijasi boʻyicha ishchi organga axborot portali orqali ilmiy ekspertiza xulosasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda murojaatchi tomonidan joriy etilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasi ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan mezonlarga javob bermasa, asoslantirilgan axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi organ vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ilmiy ekspertiza xulosa kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida axborot portali orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Texnopark ishtirokchisiga ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasini yaratish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatda ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasini yaratish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni Texnopark ishtirokchisi murojaatida keltirilgan bankdagi hisobvaraqqa Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun asos boʻluvchi hujjatlar, murojaat etish va xarajatlarni qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Texnopark ishtirokchisi Texnopark hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) faoliyati doirasida loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatishni (ishlarni bajarishni) joriy etganligi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangandan soʻng ushbu loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini (ishlarini) joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Texnopark ishtirokchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi hamda Texnopark ishtirokchisi boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

mis va noyob metalllar xom ashyosini qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishda loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatayotganligi (ishlarni bajarayotganligi);

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatishni (ishlarni bajarishni) joriy etish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha majburiy sertifikatlash talab etilgan hollarda muvofiqlik sertifikati, shuningdek, zarur hollarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki ekologik ekspertiza xulosasiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Texnopark ishtirokchisi loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatishi (ishlarni bajarishi) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun axborot portali orqali ishchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) murojaatchi toʻgʻrisida maʼlumot (pochta manzili, STIR, telefon (faks) raqami, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi hamda bankdagi hisobvaraq raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

v) loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) funksional vazifasi va boshqa xususiyatlari hamda zaruratga koʻra sifatini tasdiqlovchi hujjatlar;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatishni (ishlarni bajarishni) yoʻlga qoʻyish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (hisobvaraq-faktura, xarajatlar smetasi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida murojaat ushbu Nizomning 11 va ushbu band talablari asosida taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni axborot portali orqali murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga axborot portali orqali soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kunida soʻrovnomani oʻrganib chiqadi va natijasi boʻyicha ishchi organga axborot portali orqali ilmiy ekspertiza xulosasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda murojaatchi tomonidan joriy etilgan loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan mezonlarga javob bermasa, asoslantirilgan axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishchi organ vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ilmiy ekspertiza xulosasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida axborot portali orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Texnopark ishtirokchisiga loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatishni (ishlarni bajarishni) joriy etish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatda loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatishni (ishlarni bajarishni) joriy etish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni Texnopark ishtirokchisi murojaatida keltirilgan bankdagi hisobvaraq raqamiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishchi organga taqdim etilgan axborot va hujjatlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligi uchun ularni taqdim etganlar masʼul va javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Ohangaron Tech Industrial” texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark ishtirokchisining texnopark hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) faoliyati doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Texnopark ishtirokchisi

Ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasi bilan bogʻlik xarajatlarni qoplash uchun axborot portali orqali ishchi organga murojaat etadi.

ixtiyoriy

2-bosqich

Ishchi organ

Murojaat belgilangan mezonlarga asosan taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi boʻyicha:

hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni axborot portali orqali murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi;

hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga axborot portali orqali soʻrovnoma yuboradi.

besh ish kunida

3-bosqich

Vakolatli organ

Soʻrovnomani oʻrganib chiqadi va natijasi boʻyicha ishchi organga axborot portali orqali ilmiy ekspertiza xulosasini taqdim etadi.

Bunda murojaatchi tomonidan joriy etilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasi belgilangan mezonlarga javob bermasa, asoslantirilgan axborotni taqdim etadi.

oʻn besh ish kunida

4-bosqich

Ishchi organ

Vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ilmiy ekspertiza xulosasiga asosan texnopark ishtirokchisiga ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasini yaratish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplab berish toʻgʻrisida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga axborot portali orqali soʻrovnoma yuboradi.

besh ish kunida

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ishchi organning soʻrovnomasiga muvofiq texnopark ishtirokchisi murojaatida keltirilgan bankdagi hisobvaragʻiga ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasini yaratish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab beradi.

bir oy muddatda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ohangaron Tech Industrial” texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark ishtirokchisining texnopark hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) faoliyati doirasida loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Texnopark ishtirokchisi

Loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun axborot portali orqali ishchi organga murojaat etadi.

ixtiyoriy

2-bosqich

Ishchi organ

Murojaat belgilangan mezonlarga asosan taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi boʻyicha:

hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni axborot portali orqali murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi;

hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga axborot portali orqali soʻrovnoma yuboradi.

besh ish kunida

3-bosqich

Vakolatli organ

Soʻrovnomani oʻrganib chiqadi va natijasi boʻyicha ishchi organga axborot portali orqali ilmiy ekspertiza xulosasini taqdim etadi.

Bunda murojaatchi tomonidan joriy etilgan loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) belgilangan mezonlarga javob bermasa, asoslantirilgan axborotni taqdim etadi.

oʻn besh ish kunida

4-bosqich

Ishchi organ

Vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ilmiy ekspertiza xulosasiga asosan texnopark ishtirokchisiga loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplab berish toʻgʻrisida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga axborot portali orqali soʻrovnoma yuboradi.

besh ish kunida

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ishchi organning soʻrovnomasiga muvofiq texnopark ishtirokchisi murojaatida keltirilgan bankdagi hisobvaragʻiga loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarni bajarish) bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab beradi.

bir oy muddatda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/369/0606-son)