14.08.2023 yildagi 379-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-yanvardagi PQ-23-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, paxta xom ashyosini yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-yanvardagi PQ-23-son qarorining 10-bandida qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash hamda hisobga olish muddatini paxta xom ashyosi boʻyicha amalga oshiriladigan hisob-kitob muddatiga muvofiqlashtirish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 31-bandiga muvofiq qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olmasdan tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasteri paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosini shartnomada belgilangan narxlarda sotib olish va yakuniy hisob-kitoblarni hosil yigʻib olingan yilning 31-dekabriga qadar amalga oshirish majburiyatiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil hosilidan boshlab, paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xom ashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻshilgan qiymat soligʻini paxta xom ashyosi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatiga qadar toʻlash va hisobga olishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2026-yil 1-aprelga qadar paxta-toʻqimachilik klasterlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) oʻrtasidagi hisob-kitoblar hamda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar oʻz muddatida amalga oshirilmagan taqdirda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari)ga uch oy muddatga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) paxta-toʻqimachilik klasterlari ishlab chiqarish quvvatlari joylashgan hududdan qatʼi nazar boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan ularga aloqador korxonalarga paxta xomashyosini shartnomalarda belgilangan muddatlarda toʻlovlarni amalga oshirish sharti bilan yetkazib beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida belgilangan talablardan kelib chiqqan holda, qoʻshilgan qiymat soligʻini boʻlib-boʻlib toʻlash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi bilan birgalikda 2023-yil 5-sentabrga qadar hududlar va klasterlar kesimida paxta xom ashyosini yigʻib olish bilan bogʻliq maʼlumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushirilishi hamda 2023-yil 15-sentabrdan boshlab “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Agroplatforma” axborot tizimi orqali paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq organlarining axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini hamda soliq organlariga doimiy taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/379/0610-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)