Paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatni yo‘lga qo‘yish, paxta xomashyosini yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchi korxonalar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning ta’sischilarini yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan bo‘ladigan munosabatlariga ta’sir o‘tkazish qat’iyan man etiladi;
paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda mahsulot yetishtiruvchilarga ekinlarni joylashtirish, yer va suv resurslaridan foydalanishda qonunchilikda nazarda tutilmagan cheklovlar kiritgan mutasaddilarga belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
paxta-to‘qimachilik klasterlariga uch tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qo‘shimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Bosh prokuratura (Sh. Aminov) va Ichki ishlar vazirligi (S. Nishanbayev) mazkur holatlar yuzasidan nazoratni kuchaytirsin va o‘z vaqtida tezkor choralar ko‘rib borsin.
a) har yili 1-oktabrga qadar paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta xomashyosini yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuziladi (2023-yil hosili uchun 2023-yil 1-fevralga qadar). Bunda, paxta xomashyosini yetishtirish va yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari soliq organlarining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilinadi;
b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi Nyu-York birjasi paxta tolasining o‘rtacha oylik fyuchers kotirovkalari tahlilini o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘n besh kun muddatda Nyu-York birjasi o‘rtacha oylik fyuchers kotirovkalari tahlilini Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilish reglamentini tasdiqlasin.
Bunda, paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta xomashyosining xarid narxi o‘zaro manfaatli kelishuv asosida shakllantirilishiga e’tibor qaratilsin;
v) g‘o‘za ekinini navlar bo‘yicha joylashtirish va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda urug‘lik xo‘jaliklarini tanlash paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan ularga ajratilgan yer uchastkalari va fermer xo‘jaliklarining paxta maydoni doirasida mustaqil ravishda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
d) paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan bo‘nak to‘lash mahsulot yetishtiruvchilar bilan kelishuv asosida pul va moddiy resurslar shaklida amalga oshiriladi. Bunda, moddiy resurslar, shu jumladan, urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va o‘simliklarni himoya qilish vositalari ustamalarsiz (yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlari bundan mustasno) yetkazib beriladi;
e) paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan mahsulot yetishtiruvchilarga sotilgan urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va o‘simliklarni himoya qilish vositalari elektron hisobvaraq-fakturalar orqali kunlik rasmiylashtirib boriladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida paxta-to‘qimachilik klasterlarini jalb etgan holda g‘o‘zaning eng hosildor navlarini chetdan olib kirib, belgilangan tartibda qat’iy karantin himoyasi ostida izolatsiyalangan muhitda seleksiya maqsadlari uchun sinovdan o‘tkazishga ruxsat beriladi;
2023-yildan boshlab, xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi;
paxta xomashyosi yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sug‘orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olish hamda paxta xomashyosi yetishtirishda nasoslarga sarflangan me’yor darajasidagi elektr energiyasi xarajatlarini qoplab berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida quyidagi tizim joriy etilsin:
yangi paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish va mavjudlarining faoliyatini kengaytirish tanlov asosida faqatgina yangi o‘zlashtiriladigan maydonlarda hamda sud tartibida yer maydoni kamaytirilgan va/yoki faoliyati tugatilgan paxta-to‘qimachilik klasterlari maydonlarida amalga oshiriladi;
paxta-to‘qimachilik klasterlari paxtachilik va to‘qimachilik sohalaridan boshqa yo‘nalishdagi loyihalarni ixtiyoriy ravishda amalga oshiradi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Tabiat resurslari vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligining xulosalariga asosan 10 barobar ko‘p miqdorda tut va boshqa daraxtlar ekish sharti bilan konturlarni yiriklashtirishga ruxsat berish vakolati berilsin.
5. Qishloq xo‘jaligi vazirligining davlat-xususiy sheriklik asosida paxta-to‘qimachilik klasterlarini jalb etgan holda, ularning mablag‘lari hisobidan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xorijdan olib kelish va vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi va uning hududiy bo‘linmalari orqali qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga paxta va g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta xomashyosi hamda donni sotishdan tushgan pul mablag‘laridan to‘lanadigan majburiy ajratma 0,6 foiz miqdorida belgilansin.
7. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvarga qadar import qilinadigan mineral o‘g‘itlarga (TIF TN kodlari 3105 59 000 0, 3105 40 000 0, 3104 30 000 0, 3105 30 000 0 va 2835 29 900 0) bojxona bojining “nol” stavkasi qo‘llaniladi.
8. Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023 — 2025-yillarda paxta yetishtirishda zamonaviy ilm-fan yutuqlari, ilg‘or xorijiy tajribalarni fermer xo‘jaliklariga joriy etish uchun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda uning hududiy agroxizmatlar markazlariga 20 million AQSh dollari miqdorida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
9. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bir oy muddatda amalda joriy qilingan Paxta tolasini majburiy avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini Qishloq xo‘jaligi vazirligi balansiga o‘tkazib bersin.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu tizimning barcha paxta-to‘qimachilik klasterlarida, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi paxta-to‘qimachilik klasterlari tizimiga kirmagan yigiruv korxonalarida joriy etilishini hamda soliq organlarining axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
10. Paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining mazkur qaror kuchga kirish sanasi holatiga barcha soliqlari bo‘yicha hisoblangan va to‘lanmagan penyalari, istisno tariqasida hisobdan chiqarilsin.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash hamda uni hisobga olish muddatini paxta xomashyosi bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitob muddatiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan birgalikda ikki oy muddatda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda mavjud quvvatlar va amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining barcha qayta ishlash bosqichlarida o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilgan holda, paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan tuzilgan to‘rt tomonlama bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birga paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanilishini auditdan o‘tkazish va biznes-konsalting tashkilotlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash va uch tomonlama bitim majburiyatlari bajarilishining monitoringini olib borish huquqi berilsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
14. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda har hosil yili yakuni bilan tomonlarning kelishuvida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati bo‘yicha monitoring olib borsin hamda natijasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan paxta xomashyosi yetishtirishga mineral o‘g‘itlar va boshqa moddiy resurslarni o‘z vaqtida jamg‘arish uchun paxta-to‘qimachilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari buyurtmasiga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratilishini ta’minlasin.
16. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda tomchilatib sug‘orishga beriladigan kreditlar muddatini 5 yil etib belgilash hamda mazkur maqsadlar uchun avval berilgan kreditlarni ham ushbu muddatga qayta rasmiylashtirish choralarini ko‘rsin.
17. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
18. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri A.B. Voitov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)