11.08.2023 yildagi 363-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizimni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 11-oktabrdagi 814-son qaroriga bojxona maʼmurchiligini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizning turizm jozibadorligini oshirish va fuqarolarning nazorat tartib-taomillaridan soddalashtirilgan tartibda oʻtishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining barcha chegara oʻtkazish punktlarida bosqichma-bosqich ikki yoʻlakli tizim joriy etilib, mazkur tizimda tanlab tekshirish tamoyilini qoʻllash natijasida bojxona nazoratiga ketadigan vaqtni uch baravarga qisqartirishga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, chegara oʻtkazish punktlarida fuqarolarning harakat oqimi oshib borayotganligidan kelib chiqib va bojxona nazorati tartibotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ayrim xalqaro aeroportlarning uchib ketish yoʻnalishida vizual kuzatuv orqali nazoratdan oʻtishni taʼminlaydigan Masofaviy bojxona nazorati tizimi joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, bojxona tartib-taomillari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmonida xalqaro aeroportlarning uchib ketish yoʻnalishida masofaviy bojxona nazorati (maxsus ajratilgan joylarda vizual kuzatuvni amalga oshirish orqali) tizimini joriy etish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizimni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 11-oktabrdagi 814-son qaroriga ilovaga muvofiq xalqaro aeroportlarning uchib ketish yoʻnalishida ikki yoʻlakli tizimni tugatgan holda masofaviy bojxona nazorati tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizimni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 11-oktabrdagi 814-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-banddagi “tizimni qoʻllash tartibi” soʻzlari “va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qoʻllash tartibi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki yoʻlakli tizim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarining uchib kelish yoʻnalishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro temir yoʻl qatnovlari boshlanish yoki soʻnggi nuqtasida bojxona nazorati amalga oshiriladigan temir yoʻl vokzallarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakatining intensivligi yuqori boʻlgan (bir yil davomida oʻrtacha bir sutkada ikki ming nafar yoki undan ortiq fuqarolar harakatlanganda) va infratuzilmasi ikki yoʻlakli tizim joriy etish talablariga javob beradigan avtomobil oʻtkazish punktlarida joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) masofaviy bojxona nazorati tizimi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarining uchib ketish yoʻnalishida tatbiq etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-banddagi “ikki yoʻlak tizimini” soʻzlari “ikki yoʻlakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy bojxona nazorati — xalqaro aeroportlar orqali uchib ketayotgan yoʻlovchilarni maxsus ajratilgan joylarda xavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda tanlab olish tamoyili asosida hamda masofaviy vizual kuzatuvni amalga oshirish orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazishni taʼminlaydigan tizim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. “Yashil” va “qizil” yoʻlaklar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomobil yoʻllari (piyodalar) va temir yoʻl vokzallarida joylashgan oʻtkazish punktlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududiga kirib kelish joylarida — chegara nazoratidan oʻtgandan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududidan chiqish joylarida — chegara nazoratidan oʻtishdan oldin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xalqaro havo yoʻllari (parvozlar) uchun ochiq aeroportlarda kirib kelishda jismoniy shaxs yoʻlakni tanlashda kuzatib boriladigan bagajga ega boʻlishi uchun bagaj beriladigan joydan soʻng joylashtirilishi zarur”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Xalqaro havo yoʻllari (parvozlar) uchun ochiq aeroportlarning bojxona hududidan chiqib ketishda maxsus ajratilgan joylarda vizual kuzatuvni amalga oshirish orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini oʻtkazish imkonini beruvchi masofaviy bojxona nazorati tizimidan foydalanishga ruxsat etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quyidagi mazmundagi 5 — 8-boblar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5-bob. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarining uchib ketish joyidagi masofaviy bojxona nazorati tizimiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xalqaro aeroportlarining uchib ketish yoʻnalishida jismoniy shaxslarning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish va ularga bojxona qonunchiligi boʻyicha tushuntirishlar berish uchun yoʻlovchilar harakatiga taʼsir qilmaydigan alohida bojxona rasmiylashtiruvi joyi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi joyi davlat tilida, rus va ingliz tillarida “Bojxona”, “Tamojnya” va “Customs” yozuvlari boʻlgan maxsus grafik belgi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bojxona rasmiylashtiruvi joyi xalqaro aeroportlarning uchib ketish yoʻnalishida yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni topshirish hamda chegara nazoratidan oʻtish joylari oraligʻidagi hududida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bojxona nazorati zonasiga kirish va undan chiqish joylari eni 50 santimetr boʻlgan liniyalar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bojxona nazorati zonasiga kirish joylariga davlat tilida, rus va ingliz tillarida “Bojxona nazorati zonasi”, “Zona tamojennogo kontrolya” va “Customs control zone” yozuvlari boʻlgan maxsus belgilar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bojxona nazorati zonasiga kirib kelish joylarida bojxona qonunchiligi toʻgʻrisida bevosita jismoniy shaxslar uchun bojxona chegarasi orqali harakatlanganda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar toʻgʻrisida zamonaviy axborot hududlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Axborot hududida masofaviy bojxona nazorati tizimiga oid bojxona qonunchiligi va bajarilishini nazorat qilish bojxona organlariga yuklangan boshqa qonunchilikning asosiy qoidalari, shuningdek, bojxona qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Axborot hududi davlat tili, rus va ingliz tillaridagi, shuningdek, faoliyat koʻrsatadigan hududida bojxona hududidan chiqib ketish joyi joylashgan bojxona organlari qoʻllanilishini maqsadga muvofiq deb biladigan boshqa har qanday tildagi axborot materiallarini oʻz ichiga olgan stendlar, shchitlar, tablo va boshqa qurilmalar bilan jihozlanishi darkor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot hududida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyalari blanklarini toʻldirish joylari, toza blankalar va davlat tili, rus hamda ingliz tillarida toʻldirish namunalari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Jismoniy shaxslarning masofaviy bojxona nazoratidan oʻtishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jismoniy shaxslar va ularning qoʻl yuklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari) xodimlari tomonidan tekshirish orqali nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq olib chiqilishi taqiqlangan, cheklangan yoki olib chiqishning cheklangan normalaridan oshib ketadigan tovarlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy va xorijiy valyuta boyliklari aniqlanganda, tovarlar qonunchilik talablari asosida olib oʻtilayotganligiga aniqlik kiritish maqsadida aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan tekshirish jarayoniga bojxona organlari xodimlari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlik kiritish maqsadida oʻtkazilgan bojxona nazoratida noqonuniy tarzda olib chiqib ketilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona organlari tomonidan dastlabki protsessual hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jismoniy shaxslarning bagajlarini nazorat qilish texnologik sxemalarga muvofiq bojxona organlari va aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan alohida yoki hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Masofaviy bojxona nazorati tizimi joriy etilgan xalqaro aeroportlarda jismoniy shaxslar va ularning qoʻl yuklari bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratidan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar, ularning qoʻl yuklari va bagajlari quyidagi hollarda bojxona nazoratidan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazoratini oʻtkazish “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan buyurilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlarida davlat organlari, shuningdek, xorijiy davlatlar bojxona, boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlardan olingan maʼlumotlar mavjud boʻlganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlariga fuqarolarning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga oid tezkor xabarlari kelib tushganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazoratining tegishli shakllarini qoʻllash natijasida jismoniy shaxsning oʻzini tutish harakatlarida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining yetarlicha alomatlari aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Masofaviy bojxona nazoratidan oʻtishda quyidagi holatlarda tovarlar ogʻzaki deklaratsiyalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq olib chiqilishi taqiqlanmagan va (yoki) cheklovlar belgilanmagan tovarlar olib oʻtilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati va (yoki) miqdori respublikadan jismoniy shaxs tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan olib chiqish normalari doirasidagi tovarlar olib oʻtilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma deklaratsiyalanmasdan olib chiqishga ruxsat etilgan naqd valyuta mablagʻlari cheklangan normalardan oshmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jismoniy shaxslarning belgilangan bojxona nazorati zonasi orqali yozma deklaratsiyasiz oʻtishi, bojxona maqsadlari uchun bojxona organiga mazkur shaxsning yozma deklaratsiyalanadigan tovarlari yoʻqligi haqida maʼlum qilish sifatida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jismoniy shaxslar bojxona qonunchiligi talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilmaydi.

Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish tartibi bojxona organlari tomonidan belgilanadi.

34. Jismoniy shaxslar yonida, qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarida yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu tovarlar haqida yozma deklaratsiyalash orqali bojxona organi xodimiga bojxona deklaratsiyasini taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ikki yoʻlakli tizim joriy etilmagan chegara bojxona postlarida jismoniy shaxslarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ikki yoʻlakli tizim joriy etilmagan chegara bojxona postlarida jismoniy shaxslar oʻtishi uchun bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi joylari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur joylar kirish va chiqish qismlari eni 50 santimetr boʻlgan liniyalar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, bojxona nazorati zonasiga ushbu joylarga kirishda davlat tilida, rus va ingliz tillarida “Bojxona”, “Tamojnya” va “Sustoms” yozuvlari boʻlgan maxsus belgilar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Jismoniy shaxslar yonida, qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarida yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar mavjud boʻlgan taqdirda, bojxona deklaratsiyasi bojxona organi xodimiga taqdim etish yoʻli bilan deklaratsiyalashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Jismoniy shaxslar belgilangan bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi joyi orqali yozma deklaratsiyasiz oʻtishi, bojxona maqsadlari uchun bojxona organiga mazkur shaxsning yozma deklaratsiyalanadigan tovarlari yoʻqligi haqida maʼlum qilish sifatida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jismoniy shaxslar bojxona qonunchiligi talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish tartibi bojxona organlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizomda belgilangan talablarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)