Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish orqali tadbirkorlik subyektlarining rolini yanada oshirish hamda ularga bu borada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini (keyingi oʻrinlarda — dasturiy-texnik vositalar) oʻrnatish va ishga tushirish muddatini 60 kundan 180 kunga uzaytirish;
dasturiy-texnik vositalar “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilingandan soʻng ularni oʻn kun davomida sinov tariqasida ishlatish;
dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi taqsimlanishida tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozli davrni 1 yildan 2 yilga uzaytirish;
tadbirkorlik subyekti auksion savdosida gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida obyektda dasturiy-texnik vositalarni oʻrnatish bilan bogʻliq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmaganda, uning obyektga nisbatan boʻlgan mulk huquqini sud tartibida bekor qilish;
dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarlik holatlari boʻyicha “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborilgan maʼlumotlardagi xatoliklarning umumiy soni besh va undan ortiq foizni tashkil etgan taqdirda, tadbirkorlik subyektining obyektga nisbatan boʻlgan mulk huquqini sud tartibida bekor qilish.
2. Milliy axborot agentligi hamda Milliy teleradiokompaniya Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritilishini tashkil etsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-avgust,
375-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-bandning “a” va “b” kichik bandlari birinchi xatboshilaridagi “1” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
2. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (qarorga 1-ilova):
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tizim qurilmalari — tadbirkorlik subyektlari tomonidan tizimni shakllantirish uchun foydalaniladigan hamda transport vositalari tomonidan sodir etiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarni foto va video qayd etish uskunasi, “I”, “G”, “T” yoki “P” shakldagi metall ustun, qayd etilgan qoidabuzarlik va transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida saqlovchi qurilma, kommutator, marshrutizator va boshqalardan iborat boʻlgan tarmoq qurilmalari hamda elektr quvvati bilan taʼminlovchi qurilmalar”;
b) 11-bandning birinchi xatboshisi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan” soʻzlaridan keyin “oʻrnatiladigan” soʻzi bilan toʻldirilsin;
v) 17-bandning birinchi xatboshisidagi “oʻrnatilgandan” soʻzi “Maʼmuriy amaliyot” KAATga integratsiya qilingandan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Vakolatli organ tomonidan bildirilgan quyidagi eʼtirozlar mazkur Nizomning 42-bandida koʻrsatilgan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlarining obyektga nisbatan boʻlgan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinishiga olib keladi:
tadbirkorlik subyekti auksion savdosida gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida obyektda dasturiy-texnik vositalarni oʻrnatish bilan bogʻliq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmaganda;
tizimdan boshqa maqsadlarda foydalanganda;
tizimdan foydalanish jarayonida ushbu Nizom bilan tasdiqlangan texnik talablarga javob bermaydigan holatlar kelib chiqqanda;
tizimga vakolatli organning ruxsatisiz qoʻshimcha yoki boshqa qurilma oʻrnatilganda;
tizimda qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarining buzilganlik holatlari boʻyicha “Maʼmuriy amaliyot” KAATga yuborilgan maʼlumotlardagi xatoliklarning umumiy soni besh va undan ortiq foizni tashkil etganda;
tashqi taʼsir natijasida tizim qurilmalarining joylashuvida oʻzgarish yuz berib, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga toʻsqinlik qilganda.
Qonunchilik hujjatlarida obyektga nisbatan mavjud boʻlgan mulk huquqini bekor qilishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin”;
d) 47-bandning oltinchi xatboshisidagi “60” raqami “180” raqami bilan almashtirilsin;
e) 48-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tadbirkorlik subyekti auksion savdosida gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida obyektda dasturiy-texnik vositalarni oʻrnatish bilan bogʻliq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmagan taqdirda, uni obyektga nisbatan boʻlgan mulk huquqini sud tartibida bekor qilish choralarini koʻrish toʻgʻrisida rasmiy ogohlantirish”;
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
j) 1-ilovaning izoh qismidagi “60” raqami “180” raqami bilan almashtirilsin;
z) 2-ilovada:
birinchi xatboshi “tizim doirasida quyidagi” soʻzlardan keyin “(bir yoki bir nechta)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “(radar)” soʻzi chiqarib tashlansin;
8-bandning uchinchi xatboshisidagi “360 gradus radiusda, 100” soʻzlari “50” raqami bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tizimni joylashtirish uchun avtomobil yoʻlining qatnov qismiga xalaqit bermaydigan holda, oʻng yoki chap yoʻnalishga “I”, “G”, “T” yoki “P” shakldagi metall ustun oʻrnatiladi”;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Metall ustun va transport vositasining toʻxtash chizigʻi oraligʻidagi masofa tizim qurilmalarining texnik xususiyatlari, relyefning murakkabligi va muhandislik kommunikatsiyalari mavjudligidan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim”;
14-band “taʼminlash maqsadida” soʻzlaridan keyin “360 gradus radiusdagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Tizimni elektr quvvati bilan taʼminlashga moʻljallangan elektr taʼminoti qurilmasining (keyingi oʻrinlarda — elektr taʼminoti) erga ulanish kontur qarshiligi tizim qurilmalarining texnik talablari asosida hisoblanishi lozim”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)