11.08.2023 yildagi 365-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hududidan oqib oʻtgan Amudaryo daryosining qirgʻoq himoya dambalari va inshootlarini sel-toshqin suvlaridan himoya qilish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida sel-toshqin suvlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligini oshirish hamda aholini, ijtimoiy va iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini xavfli sel va toshqin hodisalarining salbiy taʼsiridan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Xorazm viloyati hokimligining Xorazm viloyati hududidan oqib oʻtadigan Amudaryo daryosining qirgʻoq himoya dambalari va inshootlarini sel-toshqin suvlaridan himoya qilish uchun Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Amudaryo Chapqirgʻoq himoya dambalari boshqarmasiga “Xorazm” milliy tabiat bogʻining rekreatsiya zonasi hududidagi “Tangrikoʻl” karyerining 14-uchastkasida joylashgan 19 gektar yer maydonidagi xarsang toshlardan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Xorazm” milliy tabiat bogʻining rekreatsiya zonasi hududidagi “Tangrikoʻl” karyerining 14-uchastkasidagi 19 gektar yer maydoni belgilangan tartibda zaxiraga olinishini va Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Amudaryo Chapqirgʻoq himoya dambalari boshqarmasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Xorazm viloyati hokimligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan birgalikda “Xorazm” milliy tabiat bogʻi yer maydonlariga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer maydonidagi karyerdan (keyingi oʻrinlarda — karyer) qonunchilik hujjatlariga muvofiq olingan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma asosida foydalanishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karyerdan foydalanishning atrof-muhitga taʼsirini baholash loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karyerdan faqat favqulodda holatlarda Amudaryo daryosining qirgʻoqboʻyi zonasini mustahkamlash maqsadida foydalanishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karyerdan foydalanish natijasida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish ishlari amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalar qayta ishlangan va sotilgan hollarda, yer qaʼridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda soliqlar toʻlanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Amudaryo daryosining qirgʻoqboʻyi zonasini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish noruda foydali qazilmalarni sotishdan olingan daromadlar miqdoriga mos ravishda kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Amudaryo Chapqirgʻoq himoya dambalari boshqarmasiga toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karyerdan foydalanish ishlari Vazirlar Mahkamasining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-martdagi 133-son qarori talablari asosida amalga oshirilishini nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Amudaryo Chapqirgʻoq himoya dambalari boshqarmasiga ajratiladigan yer maydonidan foydalanish davrida atrof-muhit muhofazasiga oid qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishi va buzilgan yerlar rekultivatsiya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Amudaryo daryosining qirgʻoq dambalari va inshootlarini sel-toshqin suvlaridan himoya qilish ishlari sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev va Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/365/0596-son)