11.08.2023 yildagi 362-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirishni tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash boʻyicha harakatlar rejasining 10-bandida iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy javob choralarini ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali normativ-huquqiy va institutsional bazasini mustahkamlash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2030-yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy harakatlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy harakatlar rejasi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2030-yillarda tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy harakatlar rejasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish doirasida ustuvor yoʻnalishlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish borasidagi bilim va tajribalarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish tadbirlarini moliyalashtirishni tashkil etish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar roʻy berganda harakat qilishga tayyorlik darajasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy harakatlar rejasi va “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash, shuningdek, ularning oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning ijrosi samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

har chorakda vazirlik va idoralar rahbarlarining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish tadbirlarini moliyalashtirish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishiga moslashish milliy markazi” davlat muassasasi Kengashning ishchi organi hisoblanadi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan Milliy harakatlar rejasi va “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan funksiyalar davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvarga qadar Ekologiya jamgʻarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish sohasida ilmiy-tadqiqotlarning natijalari, monitoring, prognoz va boshqa maʼlumotlarning yagona elektron platformasini ishga tushirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilishning quyidagi tartibi belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar — har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga Milliy harakatlar rejasi hamda “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish holati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar umumlashgan tahliliy maʼlumotlarni Kengashga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduhakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.H. Kuldashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 362-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2023 — 2030-yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MILLIY HARAKATLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy maʼlumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston geografiya nuqtai nazaridan togʻ tizimlari, yirik choʻl, yaylovlar va qir-adirlarni oʻz ichiga olgan mintaqa hisoblanadi. Iqlimi keskin kontinental, kecha-kunduzgi va fasllar haroratining katta amplitudasi, yuqori quyosh radiatsiyasi va nisbatan past namlik bilan tavsiflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublikaning joylashuvi va iqlimiga koʻra hududlarida quyidagi tabiiy ofatlar kuzatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik ofatlar (zilzila, yer va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meteorologik ofatlar (kuchli shamol, kuchli jala, doʻl, qor koʻchkisi, qurgʻoqchilik);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrologik ofatlar (sel, suv toshqinlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy yongʻinlar (dasht va oʻrmon yongʻinlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublikaning katta qismi sezilarli darajada iqlim oʻzgarishi taʼsiri doirasida boʻlib, iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga, odamlarning turmush tarzi va sogʻligʻiga, shuningdek, iqtisodiy obyektlarning barqaror faoliyat olib borishiga oʻz salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Soʻnggi yillarda iqlim oʻzgarishi oqibatida respublika hududida tabiiy ofatlar soni sezilarli darajada oshdi. Tabiiy ofatlarning oʻrtacha soni 2001-2010-yillarda — 115 ta holat, 2011-2022-yillarda — 126 ta holatni tashkil etgan.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularning 46 foizi zilzilalar, 27 foizi sellar, 13,5 foizi yer koʻchkilari, 8,7 foizi kuchli shamollar, 2,4 foizi suv toshqinlari, 1,6 foizi tabiiy yongʻinlar, 0,8 foizi qor koʻchkilari va boshqalar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq kuzatilayotgan vaziyat sababli respublikada iqlim oʻzgarishiga moslashuv choralarini koʻrish va tabiiy ofatlar bilan bogʻliq yoʻqotishlarni kamaytirish dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston hududida roʻy berishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatlar xavfi va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishdagi asosiy muammolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Zilzilalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublikada 12 ballik xalqaro MSK-64 shkalasi (Medvedev-Shponxoyer-Karni) boʻyicha intensivligi 7 ball va undan yuqori boʻlgan zilzilalar sodir boʻlish xavfi mavjud. Markaziy Osiyo davlatlarining bir qator seysmologik xizmatlari har yili turli jadallikdagi 3 000 ga yaqin yer osti silkinishlarini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kuchli zilzilalarda eng koʻp zarar koʻradigan uy-joy sektori, xizmat koʻrsatish, iqtisodiyot, sanoat va savdo sohalari boʻlib, ularning aksariyati shaharlar va yirik aholi punktlarida joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston aholisining qariyb 70 foizi seysmik faol zonalarda istiqomat qiladi. Koʻplab binolar, ayniqsa, yakka tartibdagi uylar qurilish norma va qoidalarini hisobga olmagan holda qurilganligi sababli uy-joy qurilishi obyektlarining 70 foizi seysmik barqaror emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Zilzilaning ikkilamchi taʼsiri halokatli boʻlishi va boshqa xavflarni keltirib chiqarishi yoki tezlashtirishi ehtimoli yuqori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zilzilaning ikkilamchi taʼsirining aksariyati (toʻgʻonlarning buzilishi, baland togʻlardagi koʻllarning toshib ketishi natijasida yuzaga keladigan suv toshqinlari va sel orqali zaharli moddalarning tarqalishi) jiddiy transchegaraviy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yer va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yer va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar asosan togʻli va togʻoldi hududlarga xos boʻlib, tabiiy ofatlarning keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular qiyaliklarning tikligi oshishi, seysmik hodisalar, meteorologik va gidrologik oʻzgarishlar, shuningdek, turli antropogen jarayonlar hisobiga harakatga tushadi. Yer va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar tez-tez togʻoldi va togʻli hududlarda dengiz sathidan 1000-2400 metr balandlikda, 15 daraja va undan ortiq boʻlgan qiyaliklarda sodir boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yer va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar aholi turar joylari va xoʻjaliklari, binolar, transport kommunikatsiyalari, hayot maromini taʼminlovchi va muhandislik inshootlari, kanallar, elektr uzatish liniyalari va boshqa muhim obyektlarni vayron qilish hamda koʻmib yuborishi ehtimoli bilan ham xavfli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yer va tosh koʻchkilari, oʻpirilish jarayonlarining rivojlanishi aholi yashash punktlari, sogʻlomlashtirish majmualari, avtomobil va temir yoʻl uchastkalari, togʻ-kon, gidrotexnik va boshqa turdagi obyektlarga xavf solishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Kuchli shamollar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda kuchli shamollar asosan respublikaning shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy hududlarida kuzatilib, shamol tezligi 25 — 27 m/s, baʼzi hollarda 27 — 40 m/s tashkil etgan holda, mamlakat iqlimiga xos boʻlmagan talafotli boʻron va dovullar kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kuchli shamollar uylarning tom qismlari koʻchirib tashlanishi, daraxtlar qulashi, elektr taʼminoti ustunlarining agʻdarilishi va ushbu hodisalar bilan bogʻliq ravishda odamlarning halok boʻlishi va jarohat olishlari, shuningdek, elektr taʼminotidagi uzilishlar, muhandislik inshootlari va hayot maromini taʼminlash tizimlarining vayron boʻlishi kabi oqibatlarga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda Buxoro viloyatida kuzatilgan 40 m/s tezlikda esgan (soatiga 144 km — Bofort shkalasi boʻyicha boʻron) kuchli shamol bir kishining halok boʻlishiga, 40 nafarga yaqin insonlarning jarohatlanishiga, 5 000 dan ortiq obyektlarning tom qismi shikastlanishiga hamda 42 ming tup yirik daraxtlarning nobud boʻlishiga va shikastlanishiga sabab boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, binolar va daraxtlar ostida qolgan 415 ta transport vositalariga jiddiy zarar yetib, koʻp miqdorda qishloq xoʻjaligi ekinlari nobud boʻldi va 10 million AQSh dollariga yaqin moddiy zarar yetdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Kuchli jala, doʻl
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kuchli jala yogʻishi respublika iqlimi uchun xos meteorologik hodisa boʻlib, yogʻingarchilik miqdori 1 soat va undan kam vaqt ichida 15 mm va undan koʻp miqdorni tashkil etganda yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kuchli jala va doʻl sel, toshqin suvlarini hosil qilishi bilan xavfli hisoblanadi. Kuchli jala va doʻl qishloq xoʻjaligi ekinlari, mevali daraxtlar va ekin maydonlariga jiddiy zarar yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqlim oʻzgarishi natijasida tez-tez kuzatilayotgan kuchli jala va doʻl shaharlarda irrigatsiya va oqova tizimlarining talabga javob bermasligi sababli koʻplab suv toshqinlariga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Qor koʻchkisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qor koʻchkisi odamlarning iqtisodiy, rekreatsion, sport yoki boshqa faoliyatiga, shuningdek, qor koʻchkisi xavfi mavjud zonalarda joylashgan aholi punktlari, sanatoriy, kurort, sport, sanoat majmualari, infratuzilma va boshqa obyektlarga xavf tugʻdiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qor koʻchkisi asosan qor koʻp toʻplangan yillarda qish va bahor oylarida kuzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston hududida qor koʻchkisi xavfini oʻrganish darajasi bir xil emas. Qor koʻchkisining yuzaga kelishi, uning tarqalish sharoitlari maʼlum boʻlgan joylar bilan bir qatorda yetarli darajada oʻrganilmagan joylar ham mavjud. Soʻnggi yillarda olib borilgan yarim statsionar va aerovizual kuzatuvlar natijalari maʼlum hududlarda qor koʻchkisi faollashishini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Respublikada qor koʻchkisi xavfini monitoring qilish uchun 18 ta qor koʻchkisi kuzatuv punktlari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Qurgʻoqchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qurgʻoqchilik uzoq vaqt davomida yuqori havo harorati va yogʻingarchilik miqdorining kamligi natijasida yuzaga keladi. Soʻnggi yillarda qurgʻoqchilik kuzatilishi jadallashib, janubiy issiq iqlim sharoiti respublikaning shimoli-sharqiy mintaqasiga siljishi kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qurgʻoqchilik oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, aholi salomatligining yomonlashuvi, bioxilma-xillikning yoʻqolishi, hududlarning sahrolashishi, ekologiyaning yomonlashuvi, iqlim oʻzgarishiga chidamlilikning pasayishi, majburiy migratsiya kabi ijtimoiy va ekologik muammolarni keltirib chiqaruvchi tabiiy ofat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hozirgi vaqtda respublika hududining 70 foizi yoki 31,4 mln. gektar maydoni tabiiy shoʻrlanish, harakatlanuvchi qumlarning yoyilishi, chang boʻronlari va garmsel shamollari esuvchi qurgʻoqchil hamda yarim qurgʻoqchil yerlardan tashkil topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining qurishi natijasida Orolqum deb nom olgan yangi sahro paydo boʻlib, hozirda 6 mln. gektarga yaqin maydonni qamrab oldi. Orolboʻyi hududidagi 2 mln. gektar maydonda yerlarning sahrolashishi va degradatsiyasi kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Global iqlim isishi, suv resurslarining tobora kamayib borishi, qoʻshni davlatlar tomonidan transchegaraviy daryolarda turli gidrotexnika inshootlari qurilishi, suv sarfining oshishi va suvdan nooqilona foydalanish kabi omillar qurgʻoqchilik xavfini yanada oshirib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Sel, suv toshqinlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sel, suv toshqinlari xavflilik darajasi yuqori boʻlib, respublikaning togʻli va togʻoldi hududlarida, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida koʻp kuzatiladigan tabiiy ofatlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻpincha sel oqimlari qoʻshni davlatlar — Qirgʻiziston va Tojikiston hududlarida hosil boʻlishi sababli sel oqimlari transchegaraviy ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sel, suv toshqinlari oqibatida turar joylar, ijtimoiy soha va aholining hayot maromini taʼminlash obyektlari, infratuzilmalar, muhandislik, himoya, irrigatsiya inshootlarining vayron boʻlishi, ularning toshqin suvlari va loy ostida qolib ketishi, daryo oʻzanlarining oʻzgarishi va hududlar sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuvi asosiy tahdidlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Soʻnggi oʻn yilda sel, suv toshqinlari soni keskin ortdi va ushbu davrda Oʻzbekistonning barcha hududlarida 650 tadan ortiq sel, suv toshqinlari kuzatilib, soʻnggi besh yil ichida shu kabi holatlar soni 141 taga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yuzaga kelgan mavsumiy toshqinlar suv sathining koʻtarilishiga, daryolar oʻzanlari oʻzgarishiga, qirgʻoqlarning yemirilishiga olib kelib, aholi punktlari va ekin maydonlarini suv bosishiga (suv toshqinlariga) sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qor va muzliklarning jadal erishi natijasida hosil boʻladigan koʻp miqdordagi suvlar, dambalar va muzli koʻllar toʻgʻonlarining ehtimoliy oʻpirilishi, qoʻshni davlatlar tomonidan yirik suv omborlaridan suvning chiqarib yuborilishi, daryolardagi muzlarning mexanik eritilishi oqibatida daryo oʻzanlarining oʻzgarishi, suv sathining koʻtarilishi va qirgʻoqlarning yuvilishi hududlardagi aholi punktlari va ekin maydonlarini suv bosish xavfini yuzaga keltirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Tabiiy yongʻinlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Respublikada oʻrmon fondi maydoni 11 858 130 gektarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Har yili respublikada 4 tadan 16 tagacha oʻrmon yongʻinlari qayd etilib, yongʻinlar ekologiya va atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi bilan bir qatorda aholi yashash punktlariga va ekin maydonlariga tarqalgan taqdirda, jiddiy iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Soʻnggi olti yilda oʻrmonlarda 46 ta yongʻin yuz bergan boʻlsa, 2021-yilda Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi oʻrmonzorlarning 80 gektarga yaqin maydonida, Sirdaryo viloyatidagi oʻrmon-ovchilik xoʻjaligining 140 gektardan ortiq maydonida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi qoʻriqxona hududiga kiruvchi toʻqayzorning 35 gektar maydonida yirik tabiiy yongʻinlar sodir boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻrmon yongʻinlari va iqlim oʻzgarishi bir-biri bilan chambarchas bogʻliq jarayon hisoblanib, qurgʻoqchilik, yuqori harorat, nisbiy past namlik, chaqmoqlar va kuchli shamol yongʻinlar kelib chiqish xavfini keskin oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻrmon yongʻinlari yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri inson omili boʻlsada, yashin tushishi oqibatida yuzaga keluvchi yongʻinlar yanada jiddiyroq oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Tabiiy ofatlar bilan bogʻliq texnogen xususiyatga ega xavflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

35. Tabiiy ofatlar oqibatida gidrotexnika inshootlarida yuzaga keladigan avariyalar insonlar sogʻligi, hayoti, mol-mulkiga va atrof muhitga jiddiy xavf tugʻdiradi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Toshqin suvlari gidrotexnika inshootlarining turgʻunligiga salbiy taʼsir koʻrsatib, ulardagi maksimal suv sarfining keskin oshishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv sarfining keskin oshishi suv tashlovchi inshootlarning oʻtkazuvchanligiga salbiy taʼsir koʻrsatib, inshootning buzilishiga, gidrotexnika inshooti yuqori byefining (YuBS) sathlari koʻtarilishiga, toʻsuvchi inshootlarning ustidan suv quyilishi va gidrodinamik avariyalarga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Suv inshootlari, qiyaliklar va qirgʻoqlar hamda gidrotexnika inshootining mahkamlanadigan elementlari muz yuklanish chegarasiga ega boʻlib, halokatli muz hodisalari oqibatida bunday yuklanishlar ortib ketishi inshootning buzilishiga va yuvilib ketishiga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kuchli shamollar (dovullar, boʻronlar) gidrotexnika inshootlari, xususan, suv omborlari uchun xavf tugdiruvchi tahdidlar qatoriga kirib, suv omborida poʻrtana toʻlqinlarini hosil qiladi va ular taʼsirida bosimni ushlab turuvchi qiyaliklar, qirgʻoqlar va mahkamlovchi elementlarning mustahkamligiga xavf soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yer va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar suv omborlarining yuqori byefida tsunamisimon toʻlqinlar hosil boʻlishiga va oqibatda toʻgʻonning ustki qismidan suvning toshib chiqishiga hamda ularning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish borasidagi asosiy muammolar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillar davomida roʻy bergan tabiiy ofatlarni baholash natijalari va prognoz maʼlumotlari asosida tabiiy ofatlar xavfini erta aniqlash, tabiiy ofatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar berish va maʼlumot yetkazish tizimlarining takomillashmaganligi, tabiiy ofatlar xavfi toʻgʻrisida maʼlumot almashish boʻyicha milliy va mahalliy darajadagi maʼlumotlar bazasining yaratilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini baholashning zamonaviy uslublari ishlab chiqilmaganligi va tahdidlarni tor doirada baholash amaliyotining saqlanib qolayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tabiiy ofatlar xavfi boʻyicha yer xususiyatlari hisoblangan ehtimoliy tahdidlar chastotasi, tahdid xaritalari kabilar toʻgʻrisida yangilangan maʼlumotlarni olish imkoniyatining cheklanganligi. Aholi punktlarini qurish va hududlarni rivojlantirishda tabiiy ofatlar xavfining yetarli darajada inobatga olinmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi orasida xavfsizlik madaniyatini targʻib qilish va aholini tabiiy ofatlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga tayyorlash ishlarining yetarli darajada olib borilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda tabiiy ofatlar xavfi taʼsiriga uchrash ehtimoli yuqori boʻlgan va boshqa zaif ijtimoiy guruhlarning toʻliq inobatga olinmasligi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfidan sugʻurtalash va ushbu yoʻnalishdagi ichki investitsiyalarni ragʻbatlantirish choralari va amaliy mexanizmlarining sust rivojlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Milliy harakatlar rejasining maqsadi, ustuvor yoʻnalishlari va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Milliy harakatlar rejasining maqsadi — tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Quyidagilar Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish doirasida ustuvor yoʻnalishlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish borasidagi bilim va tajribalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish tadbirlarini moliyalashtirishni tashkil etish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar yuz berganda, harakat qilishga tayyorlik darajasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Quyidagilar Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish doirasidagi vazifalar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qonunchilik normalarini ishlab chiqish va tabiiy ofatlar xavfi va iqlim oʻzgarishini inobatga olgan holda, mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish yuzasidan rejalar, respublika va mahalliy strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish borasidagi profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

mahalliy darajada tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish masalalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishtirokini kengaytirish va javobgarligini kuchaytirish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishda manfaatdor tomonlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish borasidagi bilim va tajribalarni shakllantirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini aniqlash va baholash, prognoz materiallarini tayyorlash, zamonaviy geoaxborot texnologiyalari asosida maʼlumotlar bazasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar yetkazishi mumkin boʻlgan zararni baholashning metodologik asoslarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari va aholining barcha qatlamlarining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish masalalari boʻyicha maʼlumotga egaligi va xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, ularga bilim berish va oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish masalalari boʻyicha aholini oʻqitish, soha uchun professional kadrlarni tayyorlash dasturlarini yanada takomillashtirishga koʻmaklashish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar orqali tabiiy ofatlar xavfi toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish maqsadida fuqarolar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish tadbirlarini moliyalashtirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishga oid tadbirlarga davlat investitsiyalari va xususiy investitsiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya-qutqaruv va boshqa maxsus mulk-ashyolarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini sugʻurta qilishga oid tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel, toshqinlar, koʻchkilar va boshqa xavfli tabiiy ofatlar, shuningdek, qurgʻoqchilik bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

mahalliy sharoitlarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga doir chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan shaharsozlik normalarini, qoidalarini, aholi punktlarini rejalashtirish va qurishga oid standartlarni takomillashtirib borish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlardan jabrlanganlarni ijtimoiy muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tabiiy ofatlar roʻy berganda, harakat qilishga tayyorlik darajasini oshirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aloqa, tabiiy ofatlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar xavfi yoki roʻy berganligi haqida xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini modernizatsiya qilish va doimiy shay holatda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganligi yoki roʻy berganligi toʻgʻrisida aholiga xabar berish va maʼlumot yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish uchun texnik vositalarni mahalliy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi kuch va vositalarining shayligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi kuchlari va aholining tabiiy ofatlarda harakat qilishga shayligini, rahbarlar tarkibining vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik madaniyati darajasini oshirishda tabiiy ofatlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash boʻyicha aholini keng qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlardan jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ijtimoiy, muhim obyektlar va boshqa infratuzilmalar faoliyatining tabiiy ofatlarga nisbatan barqarorligini va iqlim oʻzgarishiga chidamliligini oshirish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Zilzilalar bilan bogʻliq seysmik xatarni kamaytirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmoprognostik monitoring, turli seysmik xavflarni baholash, kuchli zilzilalar yuzaga kelish ehtimolini prognozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilalar natijasida yer koʻchishi, sel, suv toshqinlari bilan bogʻliq ikkilamchi xavflar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan joylar boʻyicha prognoz maʼlumotlari va xaritalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalarini tanlashda ularning toʻgʻri joylashtirilishini taʼminlash, shuningdek, bino va inshootlarning qurilishini loyihalashtirishda va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda zilzilabardoshlik meʼyorlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilgan binolardan keyinchalik foydalanish imkoniyatini baholash va zilzilabardoshlik darajasi past boʻlgan binolarni mustahkamlash boʻyicha texnik yechimlar topish maqsadida binolarning seysmik chidamliligini aniqlash boʻyicha kompleks tadqiqotlar oʻtkazib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyodan sifat-mustahkamlik xususiyatlari, shu jumladan zilzilabardoshliligi zamonaviy qurilish talablariga javob beradigan yangi konstruksiyalar va qurilish materiallarini ishlab chiqarish, shuningdek, zilzilabardosh uylarning loyiha yechimlari kataloglarini tuzish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarni qurishda zilzilabardosh turar joy binolari loyihalaridan foydalanish amaliyotini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari, masʼul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ishchi hamda xizmatchilarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin oʻzini tutish qoidalari, kuchli zilzilalarga oldindan tayyorgarlik koʻrish hamda ulardan talafotlarsiz chiqish boʻyicha bilim va tajribalarini izchil oshirib borish va amaliy koʻnikmalarni hosil qilish boʻyicha tegishli chora-tadbir kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin oʻzini tutish qoidalari, shuningdek, kuchli zilzila bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish qoidalari va usullariga oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan, jismoniy imkoniyati cheklangan, shuningdek, faoliyat turidan qatʼi nazar, barcha fuqarolarni zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin toʻgʻri harakatlanishga oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin toʻgʻri harakatlanish qoidalari boʻyicha ommabop adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalarni nashr etish, qoʻshimcha oʻquv markazlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Yer va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar xavfini kamaytirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar xavfi mavjud zonalarni monitoring qilish, kuzatuv tarmogʻini (postlarni, ob-havo kuzatish stansiyalarni) kengaytirish hamda vizual va instrumental kuzatishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar boʻyicha prognoz maʼlumotlari va xaritalarini tayyorlash, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlash va xavfli hududlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka yetkazish uchun ommaviy axborot vositalarida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik himoya inshootlari qurilishini tizimli rejalashtirish va inshootlarni ishchi holatda saqlash (koʻchki jismlarini gidroizolatsiya qilish va drenajlash, qiyaliklarni terrasalash va ogʻirligini pasaytirish, tirgak devorlar bilan mustahkamlash, yer usti suvlarini boshqa joylarga yoʻnaltirish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er koʻchkisi xavfi boʻlgan qiyaliklar yuzasiga koʻp yillik chim hosil qiluvchi oʻtlar bilan birgalikda daraxt va buta oʻsimliklarini ekish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er koʻchkisi xavfi boʻlgan maydonlarni oʻzlashtirish, sugʻorish va boshqa meliorativ ishlar olib borilishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar xavfi mavjud hududlarda yashovchi aholini xavfsiz hududlarga koʻchirish chora-tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar xavfi mavjud hududlarda yashovchi aholini ularning ehtimoliy taʼsir hududi va chegaralari toʻgʻrisida xabardor qilishning zamonaviy usullarini joriy etish va mavjudlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar oqibatlarini bartaraf etish uchun kuch va vositalarni yaratish, ularning shayligini taʼminlash, shuningdek, yer va tosh koʻchkilari, oʻpirilishlar xavfining oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlik rejalarini tizimli yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga, iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun koʻchkilarni majburan tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga yer va tosh koʻchkisi faollashuvi, oʻpirilishlarning dastlabki belgilarini tushuntirish ishlarini olib borish va xavfli hududlarda oʻzini tutish qoidalariga oʻrgatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Kuchli shamol xavfini kamaytirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologik vaziyatni kuzatish tarmoqlarini takomillashtirish va kengaytirish, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini kuchli shamol xavfi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar tom qismlarining shamol kuchiga barqarorligini oshirish boʻyicha va yangi qurilayotgan obyektlarda bajariladigan montaj ishlari sifatini nazorat qilish yuzasidan tizimli choralar koʻrib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining mustahkamligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr toki uzatilishi bilan bogʻliq avariyalarni bartaraf etish rejalarini takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtlarning kuchli shamol oqibatida sinishi va qulab tushishining oldini olish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish uchun kuch va vositalarni yaratish, ularning shayligini taʼminlash, shuningdek, kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlik rejalarini tizimli yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini kuchli shamol kuzatilganida toʻgʻri harakatlanish qoidalariga oʻrgatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Kuchli jala va doʻl xavfini kamaytirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologik vaziyatni kuzatish tarmoqlarini takomillashtirish va kengaytirish, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, vizual va instrumental kuzatishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini kuchli jala va doʻl xavfi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish tizimlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari bosh rejalariga muvofiq shahar va boshqa aholi punktlarida qurilishlarni suv bosish hududlarini hisobga olgan holda amalga oshirish, shuningdek, tabiiy ariqlarni saqlab qolish va yogʻingarchilik suvlarini chiqarib yuboruvchi yangi irrigatsiya tizimlarini yaratish (jala kollektorlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologik jarayonlarni atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatish orqali boshqarish (kuchli jala va doʻl yogʻishining oldini olish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli jala va doʻl oqibatlarini bartaraf etish uchun kuch va vositalarni yaratish, ularning shayligini taʼminlash, shuningdek, sel va suv toshqinlari xavfining oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlik rejalarini tizimli yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini kuchli jala va doʻl hodisalari paytida toʻgʻri harakatlanish qoidalariga oʻrgatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qor koʻchkisi xavfini kamaytirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor koʻchkisi xavfi mavjud hududlarni aniqlashtirgan holda ularni monitoring qilish va qor koʻchkisini prognozlash, gidrometeorologik parametrlarni kuzatish va nazorat qilish tarmoqlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor koʻchkisi xavfi boʻyicha prognoz maʼlumotlar va xaritalarni tayyorlash, muntazam ravishda yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor koʻchkisi xavfi mavjud hududlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli mutaxassislar va jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor koʻchkisiga qarshi inshootlarni (koʻchki qaytaruvchi va koʻchki toʻxtatuvchi) barpo etish va ularni ishchi holatda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor koʻchkisi xavfi yuzaga kelgan hududlarda transport vositalarining va odamlarning harakatini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor koʻchkisini sunʼiy tushirish (artilleriya yordamida otib tushirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor koʻchkisi xavfi mavjud joylarda aholini xabardor qilish (transport harakatlanishi tartibi toʻgʻrisida maʼlumot stendlar va boshqa belgilar oʻrnatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor koʻchkisi oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kuch va vositalarni yaratish, ularning shayligini taʼminlash, shuningdek, qor koʻchkisi xavfining oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlik rejalarini tizimli yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor koʻchkisi xavfi mavjud boʻlgan hududlarda yashovchi aholi va sayyohlarni qor koʻchkisida toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurgʻoqchilikni prognozlash va monitoring qilish tizimini takomillashtirish (maʼlumotlar toʻplash, gidrologik va iqtisodiy shart-sharoitlarni modellashtirish, maʼlumotlardan erkin foydalanish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurgʻoqchilik sabablari va oqibatlarini bartaraf etish choralari va qurgʻoqchilik xavfini yumshatish boʻyicha tadbirlarni muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarini diversifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimlik turlarini yetishtirish, shu jumladan, diversifikatsiyalash uchun shu turdagi oʻsimliklar urugʻlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurgʻoqchilikka chidamli qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurgʻoqchilik xavfi bilan bogʻliq sugʻurta xizmatlari turlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choʻl hududlarida oʻrmonzorlar va yashil qoplamalar barpo etish, qumli hududlarni mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Sel, suv toshqinlari xavfini kamaytirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel, suv toshqinlari xavfi mavjud hududlarni monitoring qilish, kuzatuv tarmogʻini (gidropostlarni, ob-havo kuzatish stansiyalarini) kengaytirish, ularni zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlash, vizual va instrumental kuzatishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel, suv toshqinlari xavfi boʻyicha prognoz maʼlumotlari va xaritalarini tayyorlash, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlash va xavfli hududlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalariga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlaridan foydalangan holda sel hodisalarini oldindan aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baland togʻlardagi koʻllar, daryolar va sel kelish oʻzanlarini tizimli oʻrganish, ularning taʼsiri ehtimoli boʻlgan hududlarni, oʻzanlarining torayish joylarini, qum-shagʻal materiallarining toʻplanishi kabi xavflarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik himoya inshootlari qurilishini tizimli rejalashtirish va ularni ishchi holatda saqlash (sel qabul qilish, kanallar, sel oʻtkazgichlari, himoya devorlari, yoʻnaltiruvchi va oʻrab turuvchi toʻgʻonlar, qiyaliklarni terassalash, shuningdek, qirgʻoqlarni muhofaza qilish va suv tubini chuqurlashtiruvchi ishlarni olib borish, toshqin suvlarini qabul qilish va kelayotgan suvlarni boshqarish uchun suv omborlarining ishlashini doimiy nazorat qilish, muzlar tiqilib qolishiga qarshi kurashish va boshqa choralarini koʻrish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari bosh rejalariga muvofiq shahar va boshqa aholi punktlarida qurilishlarni suv bosish hududlarini hisobga olgan holda amalga oshirish, shuningdek, tabiiy ariqlarni saqlab qolish va yogʻingarchilik suvlarini chiqarib yuboruvchi yangi tizimlarini yaratish (jala kollektorlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel, suv toshqini xavfi toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida xabardor qilish (yuqori harorat, yogʻingarchilik, koʻllar va suv omborlarni oʻpirilishi xavfi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel, suv toshqinlarini xavfsiz oʻtkazib yuborish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish (daryo oʻzanlarini, kanallarni, seldan himoya qilish inshootlarini tozalash, qirgʻoqlarni mustahkamlash, ariqlarni tiklash va yangilarini qurish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel, suv toshqinlari xavfi mavjud hududlarda yashovchi aholini xavfsiz hududlarga koʻchirish hamda xavf mavjud joylarda turar joy va jamoat binolari qurilishining oldini olish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel, suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish uchun kuch va vositalarni yaratish, ularning shayligini taʼminlash, shuningdek, sel va suv toshqinlari xavfining oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlik rejalarini tizimli yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya toʻgʻonlarini qurish uchun materiallar zaxiralarini yaratish, avariya va himoya ishlarini amalga oshirish uchun texnikalarni shay holatga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga, iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun gidrometeorologik jarayonlarni atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatish orqali boshqarish (yogʻingarchiliklar va sel kelishining oldini olish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini sel, suv toshqinlari xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda toʻgʻri harakat qilishga tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tabiiy yonginlar xavfini kamaytirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonginlarni oʻchirishning samarador tizimlarini yaratish, ularning oldini olish va oʻchirish ishlariga keng jamoatchilikni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonginlar sabablari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazish va natijalarini tahlil qilgan holda yongin sabablarini bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonginlarni tezkor monitoring qilish va tezkorlik bilan oʻchirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish (kosmik monitoring, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish, yonginlarni videokameralar yordamida kuzatish va aniqlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinlarining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish (yongʻinga qarshi himoya oraliqlar, toʻsiqlar va boshqa infratuzilmalarni yaratish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashinlar tufayli yongʻinlar roʻy berishi mumkin boʻlgan joylarni aniqlagan holda, ushbu joylarda momaqaldiroq pelengatsiyasini va yashindan himoyalash tizimlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinlarni oʻchirish uchun kuch va vositalarni yaratish, ularning shayligini taʼminlash, shuningdek, yongʻinlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlik rejalarini tizimli yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va sayyohlar oʻrtasida alanga bilan ehtiyot boʻlish choralari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tabiiy ofatlar bilan bogʻliq texnogen xususiyatga ega xavflarni kamaytirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlovchi choralarni amalga oshirish, shu jumladan, ularning xavfsizlik mezonlarini belgilash, inshootlar holatini doimiy nazorat qilish maqsadida nazorat-oʻlchov asboblari bilan jihozlanishini taʼminlash, xavfsizlik deklaratsiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlariga malakali mutaxassislar tomonidan xizmat koʻrsatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarida avariyalar yuzaga kelish xavfini kamaytirish boʻyicha oldindan kompleks chora-tadbirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlaridan xavfsiz foydalanish uchun ishlab chiqilgan foydalanish qoidalari va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlari va uning suv oqib oʻtuvchi qismlarining holati ustidan doimiy nazorat qilish texnik tizimlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarini doimiy kuzatish natijasida olingan maʼlumotlarni tizimli ravishda tahlil qilib borish va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini pasaytiruvchi omillarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining texnik holatiga tabiiy va texnogen omillar taʼsir koʻrsatkichlarini nazorat (monitoring) qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyalar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun kuch va vositalarni yaratish, ularning shayligini taʼminlash, shuningdek, inshootlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyalar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlik rejalarini tizimli yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnik inshootlarni metrologik taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnik inshootlarda yuzaga kelgan avariyalar va favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida aholiga xabar berish va maʼlumot yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnik inshootlarning xodimlari va aholini gidrotexnik inshootlarda yuzaga kelgan avariyalar va favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Milliy harakatlar rejasining ustuvor yoʻnalishlari va vazifalari davlat strategiyalari, rivojlantirish dasturlari, ularni amalga oshirish rejalariga, shuningdek, boshqa sohalarni takomillashtirishga doir dasturiy hujjatlarga integratsiyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish uchun barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor, shuningdek, aholi jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Milliy harakatlar rejasi “yoʻl xaritasi”da belgilangan mexanizmlar orqali va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Milliy harakatlar rejasi va “yoʻl xaritasi”ning bajarilishi yuzasidan harakatlarni muvofiqlashtirish idoralararo boshqaruv Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Milliy harakatlar rejasini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ushbu Milliy rejani amalga oshirish natijasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tabiiy ofatlar xavfi paydo boʻlishining oldi olinishi va maʼlum xavflarning tahdidi kamayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlardan jabrlanganlar soni, shuningdek, ularning oqibatida oʻlim darajasi imkon qadar kamayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishidan koʻrilgan ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik zararlar koʻlami miqdorlari kamayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining tabiiy ofatlar xavfi va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha bilim-tajribalari shakllanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishiga chidamlilik darajasining oshishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishidan jabrlangan aholining hayot faoliyatini taʼminlash tizimlarining rivojlantirilishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 362-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2023 — 2030-yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy harakatlar rejasini amalga oshirish boʻyicha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. TABIII OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISh VA IQLIM OʻZGARIShIGA ChIDAMLILIKNI OShIRIShIIIG TAShKILIY-HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi masalalarini inobatga olgan holda shaharsozlik norma va qoidalarini takomillashtirish.

1. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi masalalarini hisobga olgan holda, qurilishni rejalashtirish idoraviy hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil may

Davlat budjeti parametrlarida nazarda �utilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, tashabbuskorlar mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, texnik va arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari

(kelishilgan holda)

2. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi masalalarini hisobga olgan holda qurilishni rejalashtirish aktini amaliyotga joriy etish.

2024-yil iyun

2.

Aholini tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida xabardor qilish va axborot berish sohasidagi shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish doirasidagi meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish.

1. “Yangidan va qayta qurilayotgan, kapital taʼmirlash talab etiladigan bino va inshootlarda simli radioxabar yetkazish tarmoqlari” loyihasini 2022-2023-yillarda shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish dasturiga kiritish.

2. Shaharsozlik meʼyorlarini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish.

2024-2025-yillar davomida

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, tashabbuskorlar mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha respublika, hududiy va mahalliy darajada tadbirlarni belgilash va amalga oshirish.

1. Oxirgi 5 yilda (hududlar kesimida) iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy ofatlar rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari va koʻlamlarini tahlil qilish.

2. Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha respublika, hududiy va mahalliy darajada namunaviy rejalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Normativ-texnik hujjat loyihasini Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazish.

4. Namunaviy rejalar asosida respublika, hududiy, mahalliy va obyektlar uchun tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2024-yil 1-mart

Mablagʻ talab etilmaydi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Aholi punktlari va obyektlarga xavfsizlik pasportlarini joriy etish.

1. Aholi punktlari va obyektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibini ishlab chiqish.

2. Xavfsizlik pasportlarini tuzish tartibini belgilovchi meʼyoriy hujjatni Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazish.

3. “Xavfsizlik pasporti” avtomatlashtirilgan axborot-maʼlumot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

4. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xavfli ishlab chiqarish va muhim obyektlar mutasaddi rahbarlari bilan xavfsizlik pasportini yuritish boʻyicha seminarlar oʻtkazish.

2024-yil yanvardan boshlab

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar, tashabbuskorlar mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Aholi punktlari va shaharlar barqaror rivojlanishiga kompleks va yaxlit yondashuvni amalga oshirish yuzasidan standart koʻrsatkichlarni joriy etish.

1. “Jamiyatning barqaror rivojlanishi. Shahar xizmatlari va hayot sifati koʻrsatkichlari” xalqaro standartini (ISO 37120:2018 “Sustainable cities and communities — Indicators for city services and quality of life”, IDT) mahalliy shart-sharoitlarni inobatga olgan holda oʻrganib chiqish va takliflar ishlab chiqish.

2024-yil fevral

Mablagʻ talab etilmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Respublikada “Jamiyatning barqaror rivojlanishi. Shahar xizmatlari va hayot sifati koʻrsatkichlari” xalqaro standartini (ISO 37120:2018 “Sustainable cities and communities — Indicators for city services and quality of life”, IDT) joriy etish.

2024-yil martdan boshlab

Tasdiqlangan dasturlarga muvofiq

6.

Zomin davlat qoʻriqxonasi misolida oʻrmon yongʻinlarining oldini olish tizimlarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini (ITTKI) amalga oshirish.

1. Chaqmoqlar ehtimoli boʻlgan joylarni aniqlash boʻyicha passiv bir tarmoqli yoki koʻp tarmoqli radiotexnik tizimlari asosida momaqaldiroq pelengatsiya tizimini ishlab chiqish.

2. Videokuzatuv tizimlari yordamida oʻrmon yongʻinlarini aniqlash komplekslarini ishlab chiqish.

3. Ilmiy-tadqiqot ishlar natijalari asosida oʻrmon yongʻinlarining oldini olishning zamonaviy texnologiyalar asosidagi tizimlarini yaratish.

2024 — 2030-yillar

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Voitov)

axborot texnologiyalari va texnik yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari

(kelishilgan holda),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Bino va inshootlarning tabiiy ofatlar taʼsiriga bardoshliligini oshirish maqsadida bino va inshootlarni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va mustahkamlash boʻyicha konstruktiv hamda texnik yechimlarni ishlab chiqish.

1. Seysmik faol hududlardagi bino va inshootlarning seysmik bardoshliligini, shuningdek, kuchli shamollar ehtimoli boʻlgan xavfli tumanlarda bino va inshootlarning shamol kuchiga bardoshliligini aniqlash yuzasidan tadqiqotlarni oʻtkazish.

2. Tadqiqotlar natijalari boʻyicha bino va inshootlarni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va mustahkamlash boʻyicha konstruktiv va texnik yechimlar katalogini ishlab chiqish.

3. Konstruktiv va texnik yechimlar katalogini ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha maxsus portalga joylashtirish.

4. Konstruktiv va texnik yechimlar asosida bino va inshootlarni tabiiy ofatlarga chidamliligini oshirish choralarini koʻrish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. TABIIY OFATLAR XAVFIII KAMAYTIRISh VA IQLIM OʻZGARIShIGA ChIDAMLILIKII OShIRISh BORASIDAGI BILIM VA TAJRIBALARINI ShAKLLANTIRISh

8.

Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar monitoringi, ularni prognozlash va axborot almashinuvi yagona tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona tizim) faoliyatini takomillashtirish.

1. Yagona tizim faoliyatini tahlil qilish orqali uni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2023-yil oktyabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Yagona tizimga kiruvchi manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yagona tizimga kiruvchi vazirlik va idoralar axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazalari majmualarini integrallash mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2024-yil iyun

Tasdiqlangan dasturlarga muvofiq

9.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishiga moslashish milliy markazi” davlat muassasasida ofatlar xavfini kamaytirish sohasida davlat, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan monitoring, prognoz, ilmiy-tadqiqot maʼlumotlarining yagona manbasini yaratish.

1. Monitoring, prognoz va ilmiy-tadqiqot maʼlumotlarining yagona manbasini yaratishga moʻljallangan maxsus portal (keyingi oʻrinlarda — maxsus portal)ni ishga tushirish yuzasidan texnik topshiriq ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar kelishish.

2023-yil noyabr

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Voitov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maxsus portalni yaratishni moliyalashtirish.

3. Maxsus portalni yaratish va ishga tushirish.

2024-yil mart — avgust

10.

Geologik, meteorologik va gidrologik xavfli jarayonlarga va tabiiy yonginlarga moyil boʻlgan zonalarni monitoring qilish samaradorligini oshirish.

1. Monitoring qilish uchun instrumental kuzatishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy qilish.

2. Geologik, meteorologik va gidrologik xavfli jarayonlar hamda yonginlar xavfi boʻyicha prognoz maʼlumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish va maxsus portalga joylashtirib borish.

Har yili, mavsumiy va belgilangan muddatlarda

Tasdiqlangan dasturlarga muvofiq

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Saidov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Voitov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishi natijasida yetkazilishi mumkin boʻlgan zararni baholash tizimini takomillashtirish.

1. Tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishi natijasida yetkazilishi mumkin boʻlgan zararni baholash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

2023-yil noyabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishi natijasida yetkazilishi mumkin boʻlgan zararni baholashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

3. Tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishi natijasida yetkazilishi mumkin boʻlgan zararni baholashning zamonaviy uslublarini amaliyotga tatbiq etish.

2024 — 2030-yillar

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 1-2-mart kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtgan Qoʻshilmaslik harakati guruhi sammitida ilgari surilgan tashabbus doirasida respublikada maxsus monitoring va ilmiy tadqiqotlar tarmogʻini yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etish.

1. Qoʻshilmaslik harakati guruhi doirasida Oʻzbekistonda monitoring va ilmiy tadqiqotlar tarmogʻini yaratish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va uni tasdiqlash.

2023-yil oktyabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar.

2. “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhni tashkil etish.

2023-yil noyabr

3. “Yoʻl xaritasi” asosida maxsus monitoring va ilmiy tadqiqotlar tarmogʻini yaratish.

2024-yil dekabr

13.

Dav�at boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari va aholining barcha qatlamlarining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish masalalari boʻyicha maʼlumotga egaligi va xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, ularga bilim berish va oʻqitish.

1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti va hududiy “Hayot faoliyati xavfsizligi” oʻquv markazlarida rahbarlar va mutaxassislarni reja asosida oʻqitish.

2. Tele va radiokanallarda koʻrsatuv va lavhalar hamda eshittirishlar tashkil etish.

3. Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali maqolalar, murojaatlar va eslatmalar chop etish.

4. Mahallalarda ish bilan band boʻlmagan aholi, xususan, imkoniyati cheklangan fuqarolar bilan tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishi sharoitida toʻgʻri harakat qilish boʻyicha uchrashuvlar va seminar-treninglar oʻtkazish.

Doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. TABIIY OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISh VA IQLIM OʻZGARIShIGA ChIDAMLILIKNI OShIRIShGA QARATILGAN TADBIRLARNI MOLIYALAShTIRIShNI TAShKIL ETISh

14.

Tabiiy ofatlar xavfini sugʻurta qilishga oid tadbirlarni tashkil etish.

1. Sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda aholining mol-mulki va yashash joylarini tabiiy ofatlardan sugʻurta qilish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish.

2. Tabiiy ofatlar xavfi yuqori zonalarda yashovchi aholining mol-mulki va boshqa obyektlarni bosqichma-bosqich sugʻurtalash choralarini koʻrish.

2023 — 2030-yillar

Mablagʻ talab etilmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishga oid tadbirlarga davlat investitsiyalari va xususiy investitsiyalar kiritilishini kengaytirish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlari va maʼmuriy hududlarni rivojlantirishga doir davlat strategiyalariga, dasturiy hujjatlarga tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishga doir chora-tadbirlar kiritilishini tashkil etish.

2. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurslarni hisoblash va ajratilishini taʼminlash.

3. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish tadbirlari salohiyatini oshirishga doir tadbirlarga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish.

Tegishli davrga tadbirlar rejalariga muvofiq

Tasdiqlangan dasturlarga muvofiq

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishga moʻljallangan avariya-qutqaruv va boshqa maxsus mol-mulkni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish.

1. Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar yoʻnalishlari va roʻyxatlari boʻyicha avariya-qutqaruv texnikasi, maxsus mol-mulk va jihozlarni mahalliylashtirish sharoitlarini oʻrganish va takliflar ishlab chiqish.

Tegishli davrga tadbirlar rejalariga muvofiq

Mablagʻ talab etilmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norkulov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi

(M. Ibodullayev),

vazirlik va idoralar

2. Mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayoniga investitsiyalarni keng jalb qilish uchun davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish.

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

17.

Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy ofatlardan sugʻurtalashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish.

1. Tabiiy ofatlardan sugʻurtalashning normativ-huquqiy asoslarini xatlovdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish.

2. Tabiiy ofatlardan sugʻurtalashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

3. Takliflar asosida sugʻurtalashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqib, tasdiqlash va ijroga qaratish.

2023 — 2027-yillar

Mablagʻ talab etilmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

vazirlik va idoralar

18.

Sel, toshqin, koʻchki va boshqa xavfli tabiiy ofatlar, shuningdek, qurgʻoqchilik bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.

1. Xavfli gidrometeorologik va geologik hodisalar faollashishi mumkin boʻlgan zonalarni oʻrganish, ushbu zonalarda joylashgan aholi punktlarini aniqlash, xavfsiz hududlarga vaqtincha yoki doimiy koʻchirilishi lozim boʻlgan xoʻjaliklar, shuningdek, sel, toshqin va koʻchki xavfi mavjud boʻlgan uchastkalar roʻyxatini tuzish.

har yili yanvar-fevral

Mablagʻ talab etilmaydi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Voitov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norkulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha sel, suv toshqini va koʻchki xavfini kamaytirishni taʼminlovchi tashkiliy, muhandislik-texnik va boshqa tadbirlar oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi majlisida ularning koʻrib chiqilishini tashkil etish.

har yili mart oyida

Mablagʻ talab etilmaydi

3. Tegishli manzilli dasturlarni ishlab chiqish, ularni Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining bayonnoma qarori bilan tasdiqlash, tadbirkorlik subyektlarini roʻy berishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatlarning oldini olishga doir ishlarga davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish.

har yili fevral — may, reja-jadvalga muvofiq

Tasdiqlangan dasturga muvofiq

19.

Mahalliy sharoitlarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga doir chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan shaharsozlik normalarini, qoidalarini, aholi punktlarini rejalashtirish va qurishga oid standartlarni takomillashtirib borish.

1. Shaharsozlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha hududlarni rejalashtirish va kompleks qurish boʻyicha mavjud shaharsozlik normalari, qoidalari, standartlarini qayta koʻrib chiqish yoki zarur hollarda yangilarini ishlab chiqish yuzasidan ularning mahalliy sharoitlarda samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash va taqdim etish.

2023-yil noyabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(A. Voitov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

20.

Tabiiy ofatlardan jabrlanganlarni ijtimoiy muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Tabiiy ofatlardan jabrlanganlarni, shu jumladan, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq jarayonlarni inobatga olgan holda mahalliy aholi ishtirokida ijtimoiy muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, mexanizmlarini takomillashtirish.

2. Strategiyalar va rejalarni ishlab chiqishda tabiiy ofatlardan jabrlangan fuqarolar, surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolarning oʻziga xos ehtiyojlarini eʼtiborga olish, shu jumladan, hayot maromini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash.

3. Hayot uchun muhim va shoshilinch tibbiy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish, aholining zaif qatlamlari, shu jumladan, onalar, chaqaloqlar va bolalarning sogʻligʻini, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish, uy-joy bilan taʼminlash, tabiiy ofatlardan jiddiy zarar koʻrgan odamlarga yordam koʻrsatish boʻyicha uzoq muddatli qarorlar qabul qilish sohalarida koʻmaklashish.

Reja-jadvalga muvofiq

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. TABIIY OFATLAR ROʻY BERGANDA HARAKAT QILIShG� TAYYORLIK DARAJASIII OShIRISh

21.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aloqa, favqulodda vaziyatlar, xususan, tabiiy ofatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish va doimiy shay holatda saqlash.

1. Potensial xavfli obyektlarda va ularga tutash hududlarda lokal xabar berish tizimlarini yaratish.

2. Respublika, mahalliy, lokal va obyekt darajasidagi xabar berish tizimlarini, shuningdek, avtomatlashtirilgan xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazish tizimini yaratish va doimiy shay holda saqlash.

3. Axborotni boshqarish va uzatish uchun davlat va idora aloqa kanallarini (ularning rahbarlari bilan kelishgan holda radio, televideniye) va boshqa telekommunikatsiya tizimlaridan markazlashtirilgan tartibda foydalanishni taʼminlash.

Reja-jadvalga muvofiq

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi kuch va vositalarining shayligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilishga doir tadbirlarni ofatlarning mahalliy xavflarini inobatga olgan holda rejalashtirishni tashkil etish.

Reja-jadvalga muvofiq

Mablagʻ talab etilmaydi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi kiruvchi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi kuchlarining moddiy-texnik bazasini zamonaviy qutqaruv texnikasi, asbob-uskunalar, himoya vositalari va boshqa mol-mulk bilan mustahkamlash choralarini koʻrish.

3. Mutaxassislarning tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishda qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirishga doir koʻnikmalari va kasbiy mahoratini takomillashtirish boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish.

4. Tabiiy ofatlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda zarur vositalarni shoshilinch jalb qilish maqsadida moddiy-texnik va moliya resurslari zaxiralarini oldindan yaratish.

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

23.

Xavfsizlik madaniyati darajasini oshirishda tabiiy ofatlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash boʻyicha aholini keng qamrab olish.

1. Qoʻmondonlik-shtab, maxsus-taktik va boshqa oʻquv mashqlariga aholini keng jalb qilish.

2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tashkil etilgan oʻquv-maslahat punktlarida maʼruzalar oʻqish, oʻquv filmlarini namoyish etish, oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarga jalb etish, shuningdek, qoʻllanmalar va eslatmalar tarqatish.

3. Ommaviy axborot vositalarida maxsus radio va teledasturlarni efirga uzatish.

4. Mobil ilovalar va milliy elektron platforma orqali malaka oshirish ishlarini tashkillashtirish.

Reja-jadvalga muvofiq

Mablagʻ talab etilmaydi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Tabiiy ofatlardan jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Tabiiy ofatlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiy mol-mulk va dori vositalari zaxiralarini oldindan yaratish.

2. Tabiiy ofatlardan jabrlanganlar orasida kasallik va oʻlimning oldini olish, jabrlanganlarga psixologik yordam koʻrsatish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish.

3. Tabiiy ofatlar roʻy bergan zonalarda sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va oʻta xavfli yuqumli kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha laboratoriyalarni shay holatga keltirish.

2023-2024-yillar

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Ijtimoiy, muhim obyektlar va boshqa infratuzilmalar faoliyatining tabiiy ofatlarga nisbatan barqarorligini va iqlim oʻzgarishiga chidamliligini oshirish.

1. Obyektlar bino va inshootlarining tabiiy ofatlarga nisbatan barqarorligi va iqlim oʻzgarishiga chidamliligini aniqlashning zamonaviy u�lublarini ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq qilish.

2. Gidrotexnika inshootlarining xavfsiz va uzluksiz ishlashi ustidan doimiy monitoring olib borish, avariyalarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallar, uskunalar, instrumentlar, inventar, avtomatlashtirish, aloqa, energiya taʼminoti va yongin xavfsizligi vositalarini oldindan yaratish.

2023-2024-yillar

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

(A. Sanginov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

1. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish sohasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ofatlar xavfini kamaytirish byurosi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ular tomonidan oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.

2. Qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikni takomillashtirish, transchegaraviy xususiyatga ega yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatlar toʻgʻrisida axborot almashish.

3. Tabiiy ofatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalari boʻyicha hamkorlikdagi mashqlar, hayʼatlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish.

4. Ofatlar xavfini kamaytirish sohasida memorandumlar va boshqa xalqaro bitimlarni imzolash.

5. Tabiiy ofatlar roʻy berganda xalqaro yordamni va birinchi navbatdagi qutqaruv ishlarini amalga oshirishda beriladigan yordamni tartibga solishga doir xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari va tartib-taomillardan toʻliq foydalanish.

Reja-jadvalga muvofiq

Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari . jamgʻarmalari mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Favqulod�a vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 362-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo kengash

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi

2.

A.A. Abduhakimov

ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

A.H. Kuldashev

favqulodda vaziyatlar vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari

4.

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri

5.

B.F. Islamov

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

6.

Sh.R. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

7.

A.B. Voitov

qishloq xoʻjaligi vaziri

8.

J.T. Mirzamaxmudov

energetika vaziri

9.

A.Sh. Inoyatov

sogʻliqni saqlash vaziri

10.

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

11.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

12.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

13.

B.A. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

14.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

15.

I.Y. Abdurahmanov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

16.

H.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

17.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

18.

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

19.

M.M. Yunusov

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi

20.

Lavozimi boʻyicha

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishi milliy markazi” davlat muassasasi boshligi, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/362/0592-son)