Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) “Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 10-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2940-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 19-sentabrdagi 135-son “Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) “Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2940, 2017-yil 24-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 10/17/2940/0177-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 17-iyul,
2940-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2940-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) “Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasidagi “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga” degan soʻzlar “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida” gi Qonunining 10-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ilova muqaddimasidan “Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2023-y., 10/23/2940-1/0590-son)