24.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2940
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) “Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar”ni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 24-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2940]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida” gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2940-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2940-1, 10.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2023-y., 10/23/2940-1/0590-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) “Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 19-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-son

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 19-sentabrdagi 135-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) “Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasida soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2940-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2940-1, 10.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2023-y., 10/23/2940-1/0590-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Standartning maqsadi soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni belgilash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Standart talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati deganda qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq maslahati bo‘yicha xizmatlarni sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq maslahatchilari tashkiloti o‘z xususiyatlarini inobatga olgan holda soliq maslahatchilari ishining sifatini nazorati ichki tartibini belgilashga, shuningdek sifat nazoratini tegishli ravishda tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan ichki nizom, yo‘riqnoma va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati tizimi quyidagilarni o‘z uchiga olishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotni o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarish uchun bilimga, mahoratga va malakaga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari bilan jamlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murakkab bo‘lgan vazifalarni kasbiy malakasi ushbu vazifalar xususiyatlariga muvofiq bo‘lgan soliq maslahatchilariga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maslahati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish jarayonida ishlarni zarur sifat talablariga javob beradigan yo‘naltiruvchi ko‘rsatmalar asosida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maslahatchilarning aniq holatlarda bilimi yetarli bo‘lmaganda, soliq maslahatchilari tashkiloti ichida ham, uning tashqarisida ham tegishli maslahatlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun soliq maslahatchilariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati quyidagi nazorat turlarini o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy;

yakuniy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dastlabki ichki nazorat soliq maslahati bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish uchun umumiy reja, sarflanadigan vaqt hisob-kitobini tayyorlashda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Joriy ichki nazorat rahbariy ko‘rsatmalar va bajarilgan ishni tekshirish elementlarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yakuniy ichki nazorat har bir soliq maslahatchisi ishi natijasini tekshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Zarurat bo‘lganda, soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari ishchi hujjatlarda tekshirilayotgan shaxsga o‘z bahosini, e’tirozini, sharhini yoki tavsiyasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Soliq maslahatchisi yordamchisining ishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari soliq maslahatchisining yordamchisi tomonidan bajarilayotgan ishni doimiy ravishda nazorat qilishi va yo‘naltirib borishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ish topshirilayotgan soliq maslahatchisining yordamchisi bajarishi lozim bo‘lgan ishi uchun javobgarligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Har bir soliq maslahatchisi soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazoratini tashkil qilish bilan tanishgan bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soliq maslahatchisi ishni sifatsiz bajarganligi, tijorat sirini oshkor etganligi natijasida yetkazilgan ziyon va soliq maslahatchilari tashkiloti zarar ko‘rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq maslahatchilari tashkiloti oldida javobgar bo‘ladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 10/17/2940/0177-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 11.08.2023-y., 10/23/2940-1/0590-son)