Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida neft va gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 9-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2277-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 27-sentabrdagi 24, 2010-47-son “Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida neft va gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2277, 2011-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011y., 41-son, 451-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-iyul,
47-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida neft va gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qaror muqaddimasidan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) muqaddimadan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son (I))” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 2-banddagi “soliq toʻlovchi” degan soʻzlar “soliqni soliq toʻlovchisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) III bobning nomidagi “solinadigan baza” degan soʻzlar “bazasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
g) 3-band “(royalti)” degan soʻzdan keyin “soliqning” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
d) 4-band “(royalti)” degan soʻzdan keyin “soliqning” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
e) 5-banddagi “43-bobi” va “solinadigan bazani” degan soʻzlar tegishli ravishda “64-bobi” va “bazasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 6-bandning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “solinadigan bazani” degan soʻzlar “bazasini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
z) 8-banddagi “solinadigan baza” degan soʻzlar “bazasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
i) 9-banddagi “kalendar yil” degan soʻzlar “chorak” degan soʻz bilan almashtirilsin;
k) V bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“V. Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi”;
l) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin Investorning yoki Operatorning soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga soliq davri boshlanganidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevral) 5-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.”;
m) 12 va 13-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
n) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliq toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.”;
o) 15-banddagi “soliqning toʻgʻri hisoblanishi” degan soʻzlar “soliqni toʻgʻri hisoblab chiqarilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
p) 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)