Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Davlat boshqaruvi tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3448]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-iyul,
52-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da (roʻyxat raqami 474, 1998-yil 14-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 5-son):
a) 54.2 va 54.3-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 64-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosda (roʻyxat raqami 475, 1998-yil 14-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 5-son):
a) 1.1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi tomonidan 1999-yil 21-dekabrda tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 860, 1999-yil 28-dekabr) 1.3-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2002-yil 13-martdagi 2002-03-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1125, 2002-yil 15-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 7-son) bilan tasdiqlangan Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha yoʻriqnomada:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma chiqarilishi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan hujjatli qimmatli qogʻozlarni muomaladan chiqarish va yoʻq qilish tartibini belgilaydi”;
b) 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qimmatli qogʻozlarni bekor qilish koʻzda tutilgan sanadan bir oy oldin emitentlar bu toʻgʻrisida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor qilishi shart.”;
v) 8-bandning sakkizinchi xatboshisidan “yoxud uning hududiy tuzilmasining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
g) 10-banddan “yoki uning hududiy tuzilmasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
d) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasini qimmatli qogʻozlari yoʻq qilingan emitentning umumiy hujjatlari (ish) jildiga qoʻshib qoʻyishga majbur.”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2003-yil 30-dekabrdagi 2003-19-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1322, 2004-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi Bosh direktorining 2004-yil 10-iyundagi 2004-13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1384, 2004-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 325-modda) bilan tasdiqlangan Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oʻn birinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-noyabrdagi 196-son va Soliq qoʻmitasining 2024-yil 28-noyabrdagi 2024-22-son qaroriga (roʻyxat raqami 3590, 25.12.2024-y.) asosan 7-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 10/24/3590/1074-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745, 2007-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 7-maydagi 49-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808, 2008-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 181-modda) bilan tasdiqlangan Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha nizomda:
a) 9-banddagi “moliya idoralarida” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya idoralarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 14-banddagi “moliya boʻlimlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 15-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 22-banddagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 29-banddagi “moliya idoralariga” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya idoralariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 31-banddagi “Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlimlari” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining hududiy boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 14-oktabrdagi 101, 113 va 2008-43-son qarori (roʻyxat raqami 1868, 2008-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 46-son, 458-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan aholi punktlari chegaralaridan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning tegishli iqtisodiyot va moliya hamda soliq organlari bilan kelishilgan holda, borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarda joylashgan aholi punktlarining roʻyxatini mazkur Yoʻriqnoma 1-bandining “a” kichik bandi va 2-bandiga muvofiq ravishda tasdiqlaydilar hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi va soliq organlariga yuboradilar.”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 30-yanvardagi 2009-05-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1911, 2009-yil 25-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oʻn birinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 18-martdagi 2009-20-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1942, 2009-yil 17-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 207-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarida:
a) 1-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 221-bandning beshinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 24-martdagi 24 va 2010-15-son qarori (roʻyxat raqami 2107, 2010-yil 27-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 21-son 169-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 va 2-ilovalar matnidagi “Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi” degan soʻzlar “Soliq inspeksiyasi boshligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 3-maydagi 37, 2010-20-son qarori (roʻyxat raqami 2111, 2010-yil 4-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil 22-son, 180-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-banddagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 12-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi” va “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” hamda “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 27-dekabrdagi 108 va 2010-52-son qarori (roʻyxat raqami 2185, 2011-yil 27-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 4-5-son 38-modda) bilan tasdiqlangan Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidagi “moliya organlari va” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 30-martdagi 2012/17-son “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida (roʻyxat raqami 2355, 2012-yil 26-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 199-modda):
a) nomi va 1-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) ilovaning nomi va muqaddimasidagi “Davlat soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383, 2012-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarining 1-bandi oʻninchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2515, 2013-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 553-modda) bilan tasdiqlangan Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shaklini toʻldirish qoidalarining 2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 16-oktabrdagi 67-son “Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot shaklini tasdiqlash va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2624, 2014-yil 10-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 46-son, 553-modda) 2-bandining “a” kichik bandidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 10-iyundagi 2016-21-son qarori (roʻyxat raqami 2808, 2016-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 340-modda) bilan tasdiqlangan Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi beshinchi xatboshisi va 13-bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24 va 121-son qarori (roʻyxat raqami 2822, 2016-yil 26-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasi izoh qismi uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 5-iyundagi 69 va 2017-24-son qarori (roʻyxat raqami 2892, 2017-yil 22-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 27-son 563-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining ortiqcha toʻlangan summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 21-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat soliq boshqarmasi” va “Davlat soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “soliq boshqarmasi” hamda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 22-bandda:
birinchi va uchinchi xatboshilardagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, soliq boshqarmasi 2 ish kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga qayta ishlangan xulosani taqdim etishi lozim.”;
g) 23-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 1-ilova matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 2-ilova matnidagi “DSI boshligʻi” degan soʻzlar “Soliq inspeksiyasi boshligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 31-iyuldagi 116, 141 va 2017-38-son qarori (roʻyxat raqami 2924, 2017-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 35-son, 942-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 27.12.2024-y., 10/24/3590/1074-son; 05.06.2025-y., 10/25/1808-3/0598-son)